Педагогик маҳорат асослари
Ushbu kitob bo'lajak o'qituvchilar uchun pedagogik mahorat asoslarini o'rganishga qaratilgan. Unda o'qituvchilik kasbining jamiyatdagi o'rni, pedagogik mahoratning mohiyati, uning tarkibiy qismlari, o'qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari, pedagogik texnika va uni egallash yo'llari kabi mavzular yoritilgan. Kitobda pedagogik faoliyatning o'ziga xosliklari, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari, dars berish mahorati, o'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash masalalari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Pedagogik mahorat asoslari fanining predmeti: O'qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji, pedagogik mahorat asoslari fanining vazifalari, pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari, bo'lajak o'qituvchi professiogrammasi.
- Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari: Qadimgi davrlarda pedagogik faoliyatning yuzaga kelishi, chet el va sharq pedagogikasida o'qituvchilik kasbiga oid g'oyalar, rus pedagogikasida o'qituvchilik mahorati masalalari, hozirgi zamon pedagogikasida o'qituvchi mahoratini o'rganilishi.
- O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyatlar: Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha, pedagogik qobiliyatlar klassifikasiyasi, o'qituvchi mahoratini shakllanishida qobiliyatlarning muhimligi, bo'lajak pedagoglarda pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish.
- O'qituvchining kommunikativ qobiliyati: Muloqot haqida tushuncha, uning mohiyati, pedagogik muloqotning asosiy funktsiyalari, pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari, kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish usullari, o'qituvchi muloqotidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish.
- Pedagogik texnika va uni egallash yo'llari: Pedagogik texnika va uning tarkibiy qismlari, pedagogning tashqi ko'rinishi va uni maqsadga yo'nalganligi, yosh o'qituvchilar faoliyatida namoyon bo'ladigan tipik xatolar, pedagogik texnikani egallash yo'llari.
- O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash: O'z-o'zini tarbiyalash tushunchasi va uning mohiyati, o'z-o'zining tarbiyalash pedagogik mahoratini shakllantirish sharti sifatida, tashxis usullarida o'qituvchining o'z-o'zining anglash darajasini belgilash, o'z-o'zining tarbiyalash metodlari.
- O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati: Dars berish faoliyatining o'ziga xosligi, darsdagi faoliyatning turli-tumanligi haqida, darsda mustaqil ishni tashkil qilish, pedagogik faoliyat madaniyati, darsning hissiy-intellektual ohangini yaratish, darsda o'z-o'zini nazorat qilish.