Fizika fanidan qo'llanma
Ushbu uslubiy qo'llanmada optik, yadro va elektr masalalarini echishda dolzarb masalalariga e'tibor berilgan. Jumladan, elektr va magnetizm, optika asoslari, atom va yadro fizikasi elementlari asosiy bo'limlari va ularning rivojlanish bosqichlari, yorug'likning qiluvchi va nurlantiruvchi qurilmalar, ularning ishlash prinsiplari va konstruksiyalari yoritib berilgan. Elektr o'lchashlarning shart-sharoitlari, o'lchashlarni amalga oshirishda qo'llaniladigan elektr signallari va elektr manbalari, ularning turlari va ishlash jarayoni uslubiy qo'llanmada o'z aksini topgan. Har bir mavzudan oldin qisqacha nazariy qism bayon qilingan, so'ngra esa oldin soddaroq, keyin esa murakkabroq masalalarning yechilishi bayon qilingan. Masala yechilishidan oldin ishchi formula topilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining texnika yo'nalishlari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilmoqda.
Asosiy mavzular
- ELEKTR VA MAGNETIZM: Jismlarning elektrlanishi. Elektr maydon kuchlanganligi. Kulon qonuni. Ostrogradskiy - Gauss teoremasi. Elektr maydonida zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish. Potensial. Elektr sig'imi. Kondensator. Dielektriktlarning qutblanishi. Tok kuchi. Elektr yurituvchi kuch. Kuchlanish. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Berk zanjir uchun Om qonuni. O'ta o'tkazuvchanlik hodisasi. Joul - Lens qonuni. Elektr tokining ishi va quvvati. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari. Elektron emissiya. Termoelektron emissiya. Yarim o'tkazgichlar. Elektroliz hodisasi. Faradey qonunlari. Toklarning magnit maydoni. Bio - Savar - Laplas qonuni. Elektromagnit induksiya. Faradey qonuni. Lents qoidasi. O'zaro va o'zinduksiya. Transformator. O'zgaruvchan tok. Sig'im va induktiv qarshiliklar. O'zgaruvchan tok uchun Om qonuni. Elektr rezonansi.
- OPTIKA ASOSLARI: Yorug'likning tabiati. Geometrik optika qonunlari. Yorug'likning sinish qonuni. To'la ichki qaytish hodisasi. Linzalar. Linzalarning kamchiliklari. Optik asboblar. Ko'z - optik sistemadir. Yorug'likning dispersiyasi. Elektromagnik to'lqinlar shkalasi. Yorug'likning yutilishi. Asosiy fotometrik kattaliklar. Yorug'likning interferensiyasi. Yorug'likning difraksiyasi. Rentgen nurlari va mikrozarrachalar difraksiyasi. De-Broyl to'lqinlari. Yorug'likning qutblanishi. Fotoeffekt hodisasi.
- ATOM VA YADRO FIZIKASI ELEMENTLARI: Atom tuzilishi. Tomson va Rezerford modellari. Bor postulatlari. Radioaktivlik. Radioaktiv nurlanishlar (Alfa, Betta, Gamma). Radioaktiv yemirilish qonuni. Yadro kuchlari. Yadroning bog'lanish energiyasi. Yadro reaksiyalari.