Toshkent viloyati Bekobod shahrida ichimlik suvi uzatish tarmog’ini rekonstruktsiya qilish.

Ushbu diplom loyihasi Toshkent viloyati Bekobod shahrida ichimlik suv uzatish tarmog'ini rekonstruktsiya qilish, zamonaviy suv ta'minoti tizimlarini loyihalash va gidravlik hisoblash, atrof-muhit muhofazasi, mehnat muhofazasi, iqtisodiy samaradorlik hamda xavfsizlik masalalarini qamrab oladi. Loyiha davlat standartlari va me'yoriy-texnik hujjatlarga asoslangan holda tuzilgan bo'lib, Toshkent viloyati Bekobod shahri aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, ichimlik suvi ta'minotining ahamiyati, mavjud muammolar va ularning yechimi hamda diplom loyihasining maqsadi va vazifalari bayon etilgan.
  • TEXNOLOGIYA ASOSIY QISMI: Bekobod shaxarchasining suv ta'minoti tizimlarini loyihalash, tabiiy-iqlim sharoitlari, suv ta'minoti tadbirlari, O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, suv sifatiga qo'yiladigan talablar, suv ta'minoti tizimlarining klassifikatsiyalari, suv ta'minoti sxemalari, suv sarfini hisoblash usullari va suv ta'minoti tarmog'ini gidravlik hisoblash natijalari keltirilgan.
  • ATROF MUHIT MIHOFAZASI QISMI: Sanoat chiqindilarining atrof-muhitga ta'siri, ekologik o'zgarishlar, ularning oldini olish choralari hamda chiqindisiz texnologiyalarning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
  • MEHNAT MUHOFAZASI QISMI: Loyixa ishida metrologiya sharoitini ifodalovchi omillar, qurilish maydonini tashkil qilishda xavfsizlik, elektr va yong'in xavfsizligi hamda mashinalar xavfsizligi bo'yicha talablar bayon etilgan.
  • IQTISODIYOT QISM: Loyihaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash, harajatlarni hisoblash, suv sarfini kamaytirish usullari, suv ta'minoti tizimlarini tanlashda iqtisodiy samaradorlikni hisobga olish hamda polietilen quvurlarni tanlashning iqtisodiy asoslari keltirilgan.
  • XULOSA: Diplom loyihasining asosiy yo'nalishlari, bajarilgan ishlar va ularning natijalari, suv ta'minoti tizimlarini qurish va takomillashtirish bo'yicha asosiy vazifalar va kelajakdagi rejalar haqida umumiy xulosa berilgan.
  • Foydalangan adabiyotlar ro'yhati: Loyihani tayyorlashda foydalanilgan me'yoriy-texnik hujjatlar, qonunlar, Prezident farmonlari, kitoblar va internet materiallarining ro'yxati keltirilgan.