Yuqori molekulyar birikmalar kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tish uslubiyoti

Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari kimyo yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish uslubiyotlari, shu jumladan virtual laboratoriya mashg'ulotlarini yaratish va ularni o'quv jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritilgan. Kitobda polimerlanish jarayonlari, polikondensatlanish, sellyulozaning gidrolizlanishi kabi mavzular virtual animatsiyalar bilan tushuntirilgan. Shuningdek, laboratoriya ishlarining bajarilishi, reaksiya mexanizmlari, polimerlarning xossalari va ularning amaliy ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Stirolning erituvchida polimerlanishi: Polistirol sintezi, erituvchi tabiati va miqdorining polimerlanish tezligiga ta'sirini o'rganish. Reaktivlar, idish va asboblar ro'yxati, ishning bajarilishi va tahlili.
  • Fazalararo chegarada adipin kislotasini dixlorangidridining geksametilendiamin bilan polikondensatlanishi: Polikondensatlanish jarayoni, monomerlar va funksional guruhlar, fazoviy polikondensatlanish, reaksiya mexanizmi, polimer hosil bo'lishi, reaksiya sharoitlari. Adipin kislotasini dixlorangidridining geksametilendiamin bilan reaksiyasi. Laboratoriya ishining bosqichlari va xavfsizlik choralari.
  • Sellyulozaning gidrolizlanishi: Sellyulozaning gidrolizlanish jarayonining qonuniyatlari, geterogen va gomogen sharoitda gidroliz, turli kislotalar ta'sirida gidrolizlash usullari, hosil bo'ladigan mahsulotlar, reakstiya mexanizmlari va amaliy ahamiyati.