Wordpress dasturida ishlashni o’rgatish bo’yicha videodars ishlanmalari toplaminiyaratish va amaliy mashg’ulotda qo’llash
Ushbu bitiruv malakaviy ishida WordPress CMS dasturini o'rgatuvchi videodars ishlanmalari to'plamini yaratish va undan amaliy mashg'ulotda foydalanish ko'rib chiqiladi. Zamonaviy o'qitishda o'rgatuvchi multimedia mahsulotlarining o'rni katta ahamiyat kasb etishi tushunib yetildi.
Asosiy mavzular
- Zamonaviy o'qitishda AKTning tutgan o'rni: Ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish, xususan, multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta'lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlangan.
- Ta'limda multimediali o'qitishning ahamiyati: Multimedia texnologiyalari ta'lim jarayonini boyitadi, o'quv materiali ta'limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini beradi. Multimedia — bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interaktiv dasturiy ta'minot boshqaruvi ostida o'zaro vizual va audiosamara ta'siridan iborat bo'lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi.
- Masalaning qo'yilishi va uning amaliy ahamiyati: O'quv mashg'ulotlarini zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash bilan birga pedagogik texnologiyalarning turli metodlari asosida ham dars mashg'ulotlari olib borilmoqda. Ta'lim jarayoniga o'rgatuvchi multimediali ilovalarni qo'llashda turli hil animatsiya, o'rgatuvchi simulyatsiyalar, trenajorlar va video roliklardan foydalanish yuqori natijalarni bermoqda.
- WordPress dasturini o'rgatish bo'yicha videodars ishlanmalarini yaratish texnologiyasi: O'quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o'qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg'ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.
- Videodars ishlanmalaridan foydalanish yo'riqnomasi: WordPress dasturi bilan ishlashni o'rgatuvchi videodars ishlanmalaridan foydalanish uchun, o'zi joylashgan katalogdan index.html faylini ixtiyoriy brauzerda ochamiz.
- Amaliy mashg'ulot o'tkazish metodikasi: Videodars ishlanmalari to'plamidan foydalanish uchun sichqoncha kursorini pastga tushiramiz. Natijada sahifada videodars ishlanmalari namoyon bo'ladi.
- WordPress CMSni lokal serverga o'rnatish. WordPress admin paneli bilan tanishish: Barcha talabalar mustaqil ravishda kompyuterdagi lokal serverga WordPress CMS ni o'rnatadi. Admin paneli bilan tanishib chiqadi.
- Kompyuter bilan ishlashda zararli omillar: Kompyuterdan foydalanuvchi insonlar salomatligiga ta'sir etuvchi zararli omillarga to'xtalib o'tiladi. Bularga uzoq muddat o'tirib ishlash jarayonlari, monitordagi elektromagnit nurlanishlar ta'siri, ko'ruv organlariga tushadigan yuklamalar, ya'ni ko'zning toliqishi, qo'l - kaft bo'g'imlariga tushadigan yuklama kiradi.