Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi va avtоmоbillar texnik ekspluatatsiyasi

Ushbu kitob "Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanmasi bo‘lib, unda avtomobillarning asosiy tizimlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, nosozliklari va ularni ta’mirlash hamda texnik ekspluatatsiya qilish jarayonida texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyalari haqida atroflicha ma'lumot berilgan. Kitobda avtomobilning yurish qismlari, dvigatelning sovutish va moylash tizimlari, tormoz tizimi, transmissiya, elektr jihozlari, boshqarish organlari va boshqalar hamda ularning texnik holati va ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarish kabi muhim mavzular qamrab olingan. Shuningdek, avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari, yonilg‘i tejamkorligi va ekologik masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Kitob oxirida har bir mavzu bo‘yicha nazorat savollari va adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtomobil nazariyasi va texnik ekspluatatsiyasi: Kitob avtomobil nazariyasi, asosiy tizimlar, ularning ishlash prinsiplari, nosozliklari, ta'mirlash va texnik ekspluatatsiya qilish jarayonlari, yonilg‘i tejamkorligi, ekologik masalalar, harakatlanish dinamikasi, yurish qismlari, tormoz tizimi, boshqarish tizimi, avtomobilni ekspluatatsiyada o‘zgarishi kabi mavzularni qamrab oladi.
  • Avtomobilning tortish tezlik xususiyati: Avtomobilning tortish qobiliyatini hisoblash, dvigatel quvvatini aniqlash, asosiy uzatmaning uzatish sonini aniqlash, havoning qarshilik kuchlari, avtomobilning harakatini aniqlashga ta'sir etuvchi kuchlar va momentlar.
  • Avtomobilning yurish rovonligi: Avtomobilning yurish ravonligi va uning o‘lchamlari, bir massali tizimning tebranishi, avtomobilning tebranishi va unga ta’sir etuvchi omillar.
  • Avtomobil boshqarish mexanizmlariga TXK va T ishlari texnologiyasi: Rul boshqarmasi, rul mexanizmi, rul yuritmasining gidravlik kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari.
  • Avtomobil tormoz tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi: Tormoz tizimining asosiy nosozliklari, ularning alomatlari, kelib chiqish sabablari, TXK va T ishlari texnologiyasi, diagnostikalash, hamda tormoz tizimlarini ta'mirlash.