Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини экспорт қилишда божхона органларининг роли

Ushbu tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonida bojxona organlarining roli va ular faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi eksportining rivojlanishidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilishda bojxona organlari faoliyatining umumiy tavsifi: O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga oid davlat siyosati va unda bojxona faoliyatiga qo‘yilayotgan talablar, bojxona organlari faoliyatini takomillashtirishning huquqiy asoslari va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan.
  • Qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qilishda bojxona organlarining huquqiy talablari: Eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotini bojxonada rasmiylashtirishning huquqiy tartibi, invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirishning huquqiy asoslari, eksport qilinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari va bojxona ittifoqiga a'zo mamlakatlarga meva va sabzavot eksport qilishda bojxona ittifoqi (EAES)ning huquqiy va me'yoriy talablarini aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan.