O'zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda mamlakatning qadimiy davrlaridan bugungi kungacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining rivojlanishi, davlatchilikning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari chuqur yoritilgan. Kitobda O'zbekiston tarixini o'rganishda foydalaniladigan manbalar, jumladan, moddiy va yozma manbalarning o'rni va ahamiyati hamda tarix fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o'rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy g'oyaning shakllanishida tarix fanining o'rni, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g'oyalar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ma'naviy-madaniy taraqqiyot va O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi kabi masalalar ham diqqat markaziga qo'yilgan. Kitobda O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li, huquqiy-demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi kabi muhim masalalar ham o'z ifodasini topgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o'rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. O'zbekiston tarixini o'rganishda moddiy va yozma manbalarning o'rni. Insonlarni har tomonlama yetuk, ma'naviyatli va komil etib tarbiyalashda O'zbekiston tarixi fanining ahamiyati.
- O'zbekiston tarixi fanining predmeti, ob'ekti, uni o'rganishning nazariy-metodologik tamoyillari. O'zbekiston tarixining jahon xalqlari tarixi bilan bevosita uyg'unligi.: Tarix fani insoniyatning o'tmishi, aholining turmush tarzi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga oid sodir bo'lgan voqea va hodisalarni, insoniyat jamiyatining barcha tadrijiy (evolyusion) rivojlanish jarayonlarini o'rganadi. O'zbekiston tarixi jahon tarixining ajralmas qismi bo'lib, u ajdodlarimizning bosib o'tgan tarixiy yo'li, turmush tarziga oid ma'lumotlarni ma'lum izchillikda va ketma ketlikda o'rganadi. O'zbekiston tarixi fanini o'rganish orqali biz ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi xususida tushunchalarga ega bo'lish barobarida, ularning jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotiga qo'shgan hissalari haqida zarur ma'lumotlarga ega bo'lamiz.
- O'zbekiston tarixini o'rganishda moddiy va yozma manbalarning o'rni.: Tarixiy manbalarning o'rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma'naviy merosi, boyligi hisoblanib, muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o'z mazmuniga ko'ra, moddiy va yozma turlarga bo'linadi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir.
- Insonlarni har tomonlama yetuk, ma'naviyatli va komil etib tarbiyalashda O'zbekiston tarixi fanining ahamiyati: Tarix insonning umumiy ma'naviy madaniyati saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ta'lim va tarbiyadir. Tarixiy bilimlar turli sohalar, uslublar orqali insonlarga singdiriladi. Bular oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari, jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Tarix tom ma'noda insonning bugungi va o'tmish faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oladi.
- Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi: O'zbekiston insoniyatning qadimgi o'choqlaridan biri ekanligi, o'lkamiz hududlaridan topilgan qator moddiy yodgorliklar, xususan, qadimgi aholi manzilgohlari, shaharlar va qo'rg'onlar, qadimgi qabrlar, uy-joy qoldiqlari o'rnidan topilgan ashyolar to'la tasdiqlaydi. Bular qatorida Machay, Qo'shilish, Selung'ur, Obiraxmat, Omonqo'ton, Teshiktosh, Qo'tirbuloq, Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo'ton manzilgohlari va yodgorliklari alohida o'rin egallaydi.
- Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot: Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh tumaniga qarashli Xo'ja Ilg'or qishlog'ida barlos beklaridan biri Amir Tarag'ay oilasida dunyoga keladi. Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga kirib kelishi mo'g'ullar hukmronligi va zulmidan aziyat chekkan, shu tariqa mo'g'ullar hukmronligi tanazzulga uchray boshlagan bir davrga to'g'ri keladi.
- O'rta osiyo hududlarining xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: Xiva xonligi taxti uchun kurashlar XVII asrda yanada avj oladi. Xususan, 1602-1621-yillarda taxtga Arab Muhammadxon o'tiradi. Ammo bu paytda Xiva xontigida davlat parokandaligi yuqori cho'qqiga yetadi. Xonlikka qozoqlar va qalmiqlar talonchilik yurishlari qilib mamlakat aholisining tinchini buzishga sabab bo'lgan bo'lsa, mamlakat ichida mavqei kuchaygan darvesh shayxlari ta'siridagi Arab Muhammadning o'g'illari Habash va Elbarslarning otasiga qarshi chiqishi parokandalikni avj oldirdi va qatl ettiradilar.
- O'zbek xonliklarining Rossiyasi imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakati. Jadidchilik.: XIX asr 80-yillarining oxiri va 90-yillarining boshlarida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. XX asr 20-30-yillarida Turkistonda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston. Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti. Sobiq ittifoqdagi ma'muriy buyruqbozlik tizimining O'zbekistonga ta'siri.
- Turkistonda sovet hokimiyatining o'rnatilishi. Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirigan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlari.: 1917-yil fevral inqilobining va oktyabr davlat to'ntarishining Turkistonga ta'siri, o'lkada ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar. «Turkiston Muxtoriyati»: milliy davlatchilikda yangi bosqich. TASSR davrida Turkiston. XX asr 20-30-yillarida Turkistonda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston. Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti.
- O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi.: O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi mamlakatimiz tarixida muhim voqea bo'ldi. Siyosiy islohotlar, O'zbekistonda huquqiy-demokratik davlat asoslarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi, Respublikada mahalliy davlat hokimiyati va o'zini o'zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi.
- Mustaqillik yillarida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy taraqqiyoti. O'zbekiston va jahon hamjamiyati: Taraqqiyotning “o'zbek modeli”. Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi. O'zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining o'rni. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot, madaniyat, ta'lim va fan. O'zbekiston va jahon hamjamiyati.
- O'zbekiston taraqqiyotining "o'zbek modeli": Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi. Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo'li xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «o'zbek modeli» deb qabul qilindi. O'zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.
- O'zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining o'rni. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimidagi islohotlar.: Qishloq xo'jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo'jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo'jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo'jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari tashkil etila boshlandi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
- Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot, madaniyat, ta'lim va fan.: Ma'naviy hayot, madaniyat, ta'lim va fan insonning ma'naviy dunyosi, saviyasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi sohalardir. Mustaqillik yillarida bu sohalarda katta o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, O'zbekistonning milliy urf-odatlariga, an'analariga, ma'naviy merosiga e'tibor kuchaydi.
- O'zbekiston va jahon hamjamiyati.: O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng jahon hamjamiyati orasida munosib o'rin egallashga harakat qilmoqda. O'zbekistonning o'z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo'g'rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish uchun imkon bermoqda. O'zbekiston 2001-yilda «Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti»ga a'zo bo'ldi.