G`aramlashdan оldin past navli yuqоri iflоslikdagi paxtalarni tоzalashni takоmillashtirish
Mazkur diplom loyihasi ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta-Maxsus Ta'lim Vazirliigi Namangan Muhandislik-Texnologiyasi Instituti Yengil Sanoat Texnologiyasi Fakultetida "Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha 5321200 bakalavriat yo'nalishi bitiruvchisi Tillaboyev Doniyor Tavakkal o'g'lining "G'aramlashdan oldin past navli yuqori ifloslikdagi paxtalarni tozalashni takomillashtirish" mavzusidagi ishi hisoblanadi. Loyihada paxta xomashyosini tozalash jarayonini ilmiy-texnik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish, mavjud texnologiyalarni takomillashtirish va yangi, samarali texnologik yechimlarni taklif etish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Loyihada paxta xomashyosining sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekistonda paxta yetishtirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish, tola sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish borasidagi davlat siyosati, paxta sanoatida texnologiyalarni yaxshilash, yangi seleksiya navlarini yaratish va ularni sanoatga joriy etishning dolzarbligi bayon etilgan. Hozirgi kunda paxta tozalash korxonalarida qo'llanilayotgan texnologiyalarning holati va ularni takomillashtirishning zarurati ko'rsatib o'tilgan.
- 1-BOB. Texnologik jarayonda paxta xomashyosini iflosliklardan tozalashni analitik tahlili: Bu bobda paxta tozalash korxonalarining texnologik sxemalari, jumladan quritish-tozalash tsexlari, ularning issiqlik bilan ta'minlanishi, 2SB-10 rusumli quritish uskunalarining qo'llanilishi, ularning ish jarayoni va texnik parametrlari batafsil tahlil qilingan. Paxta quritish uskunalarining ish tartibi va me'yorlari, texnologik jarayonlarda paxta tarkibining o'zgarishi, iflosliklardan tozalash samaradorligini hisoblash usullari ko'rib chiqilgan. Jumladan, paxtani qayta quritish tartiblari va ularga qo'yiladigan talablar, tozalagichlarning samaradorligini baholash usullari, arrali va qoziqli barabanli tozalash mashinalarining ishlash jarayoni va ularning samaradorligi tahlil qilingan.
- 2-BOB.G'aramlashdan oldin past navli yuqori ifloslikdagi paxtalarni tozalash: Bu bobda past navli va yuqori ifloslikdagi paxta xomashyosini tozalash usullari, jumladan ko'chma tozalash qurilmasini yaratish, uning texnologik sxemasi va ishlash prinsipi batafsil o'rganilgan. Paxta xomashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalash jarayonining asosiy ishchi organlari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi tahlil qilingan. Qoziqli va arrali barabanlarning tuzilishi, ularning samaradorligi va mexanik shikastlanishlarni kamaytirish yo'llari ko'rsatib o'tilgan.
- 3.Bob.Yangi qurilmada tasmali uzatmaning kinematik hisobi,mexnat muxofazasi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash: Bu bobda yangi qurilmada tasmali uzatmaning kinematik hisobi amalga oshirilgan. Yetakchi va yetaklanuvchi shkivlar, taraglovchi roliklarning o'zgaruvchan burchak tezligida ishlashini ta'minlovchi uzatmalarning kinematik sxemalari keltirilgan va ularning uzatishlar soni, burchak tezligi va tezlanishlarining hisobi asosida grafiklar tuzilgan. Shuningdek, paxta tozalashning takomillashtirilgan texnika va texnologiyalarining ekologik tahlili, jumladan mehnat muxofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha qonun hujjatlari, korxonalarda yong'in xavfsizligi va uni oldini olish chora-tadbirlari ko'rib chiqilgan. Oxirgi qismda yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik hisoblanib, taklif etilayotgan variantlarning samaradorligi baholangan.