Matoni bo’yash vannasidagi buyoq kontsentratsiyasini rostlashni avtomatlashtirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishda matoni bo'yash vannasidagi buyoq kontsentratsiyasini rostlashni avtomatlashtirish va jarayonlari MATLAB dasturida modellashtirish masalalari tadqiq etildi. Ishlab chiqarish jarayonida zararli moddalarning kishi organizimiga zararli ta'sirini kamaytirish, tola va iplarni hamda matolarni bo'yashda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning kishi tanasiga salbiy ta'sir qilish va organizmni zaharlashni oldini olish choralarini ko'rilganligi haqida ham ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Respublikamiz resurslarini tejash masalasi, iqtisodiy rivojlanish omillari, sanoatda avtomatlashtirishning o'rni, to'qimachilik sanoati va uning ahamiyati hamda bo'yash jarayonini avtomatlashtirishning zarurati va maqsadi haqida ma'lumot berilgan.
  • BO'YASH KONTSENTRATSIYASI JARAYONINING MATEMATIK MODELINI QURISH: Matoni bo'yash jarayonini boshqarishning turlicha usullari, temperaturaviy rejimni rostlash, jarayonning matematik modelini qurish usullari, avtomatlashtirilgan funktsional sxemasi va uning boshqarish tizimi struktur sxemasi haqida ma'lumot berilgan.
  • AVTOMATLASHTRISHNING TEXNIK VOSITALARINI TANLASH: Texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirishning asosiy texnik bazasi (MPU), raqamli va analog axborotlarni qayta ishlash, boshqaruvchi signallarni chiqarish bloklari, ketma-ket aloqa kanali bloki, datchiklardan axborotni o'qish bloklari hamda ularning ishlash algoritmlari haqida ma'lumot berilgan.
  • MEHNAT MUXOFAZASI: Tsexlarda havoning tozaligi, ishchilar salomatligini saqlash, zararli moddalarning kishi organizimiga ta'siri, changni kamaytirish tadbirlari, zaharli moddalar ta'sirini oldini olish haqida ma'lumot berilgan.
  • IQTISODIY QISM: Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy mehnat unumdorligining o'sishi, samaradorlikni tavsiflovchi ko'rsatkichlar, xarajatlarni qoplash muddati, yillik iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • XULOSA: Bitiruv malakaviy ishda matoni bo'yash vannasidagi buyoq kontsentratsiyasini rostlashni avtomatlashtirish va jarayonlari MATLAB dasturida modellashtirish masalalari tadqiq etilgan.