Tikuv buyumlari texnologiyasi

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 2019 yil 04 oktyabrdagi 982-sonli buyrug'ining 6-ilovasi bilan tasdiqlangan "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fani dasturi asosida tayyorlangan. Uslubiy qo'llanma "Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan tuzilgan va chop etishga tavsiya etilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Universal mashinalarda ish bajarish rejimini aniqlash. Ishdan maqsad: Universal mashinalarda ish bajarish rejimini aniqlashni o'rganish. Ish mazmuni: Gazlamada solqi hosil bo'lishda ta'sir etuvchi turli xil omillarni o'rganish. Turli xil ignalar bilan baxyaqatorlar hosil qilishda gazlamalarga ziyon etish holatini aniqlash. Buyumlarni tikishda ip sarfi va ularning mustahkamligini yo'qotish darajasini va sababini aniqlash. Birlashtiruvchi choklarning sifatiga biriktirilayotgan gazlamalardagi solqi va baxyaqator iplarining tortilishi ta'sir ko'rsatadi. Gazlama bir qavatini boshqasiga nisbatan qisqartirish bilan solqi o'lchami baholanadi.
  • 2- Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Tikuv buyumlari detallarini yelim bilan biriktirish. Ishdan maqsad: Tikuv buyumlari detallarini yelim bilan biriktirish usullarini o'rganish. Ish bajarish mazmuni va tartibi: Yelim, yelim bilan biriktirish turlari va ularning xossalari bilan tanishish. Yelim bilan biriktirishni bajarish rejimi va parametrlari. Detallarni yelim bilan biriktirish usullarini o'rganish. Berilgan detal va uzelni yelim bilan biriktirish bo'yicha ishlov berish va yig'ish texnologik sxemasini tuzish. Yelim bilan biriktirish usullarini qo'llash samaradorligini o'rganish.
  • 3-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlov berish jarayonini o'rganish. Ishdan maqsad: Tikuv buyumlarini tayyorlashda namlab-isitib ishlov berishning vazifasi, asosiy parametrlari va ahamiyatini o'rganish, uskunalar bilan tanishish. Ish mazmuni va bajarish tartibi: Namlab-isitib ishlov berish jarayonining ahamiyatini, namlab-isitib ishlov berish parametrlarini buyum sifatiga ta'sirini o'rganish. Namlab-isitib ishlov berish rejimini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi apparatlar bilan tanishish. Namlab-isitib ishlov berish operatsiyalari bilan tanishish. Press yostiqchalari turlari bilan tanishish va namlab-isitib ishlov berish operatsiyalari jadvalini tuzish.
  • 4-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Kiyim detallariga dastlabki ishlov berish. Ishdan maqsad: Ustki kiyim asosiy detallariga ishlov berish usullarini o'rganish; kiyim detallariga ishlov berish ketma-ketligini tuzish. Ish mazmuni va bajarish tartibi: Ustki kiyimning asosiy detallarini chizish, vitochka, taxlama, relef, koketka, kesim va detal qirqimlariga ishlov berish usullari bilan tanishish. Zamonaviy mashina, avtomat va yarim avtomatni, yangi elimli materiallarni qo'llashga asoslangan kiyim detallariga dastlabki ishlov berishning zamonaviy usullarini o'rganish.
  • 5-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Ustki kiyimda qirqma cho'ntaklarni tayyorlash. Ishdan maqsad: Ustki kiyimda qirqma cho'ntaklarni tayyorlash usullarini o'rganish. Ish mazmuni va bajarish tartibi: Qopqoqli qirqma cho'ntak. Mayda detallarni tayyorlash (qopqoq). Cho'ntak xaltasini tayyorlash. Cho'ntakni yig'ish.
  • 6-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Chok davomidagi cho`ntaklarga ishlov berish. Ishdan maqsad: Chok davomidagi cho`ntak tikish usullarini o'rganish. Reja: Ayollar ko`ylagini chok davomidagi cho`ntagi turlari. Ko'ylak va jaket rel'yef chokida joylashgan cho'ntakni tiish. Chokdagi listochkasiz cho'ntakka ishlov berish.
  • 7-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Qoplama cho'ntaklarga ishlov berish. Ishdan maqsad: Ustki va yengil kiyimlarda qoplama cho'ntaklarga ishlov berish usullarini o'rganish. Reja: Qoplama cho'ntakni old bo'lakka ulash usullari. Qoplama cho'ntakni old bo'lakka bostirib tikish. Qoplama cho'ntakni old bo'lakka yelimlab ulash.
  • 8-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Astardagi ichki cho`ntaklarga ishlov berish. Ishdan maqsad: Astardagi ichki cho'ntakni tayyorlash usullarini o'rganish. Reja: Astardagi ichki cho'ntak tayyorlash usullari bilan tanishib chiqish. Ichki cho'ntak detallari spetsifikatsiyasini jadval shaklida berish. Berilgan topshiriq bo'yicha ichki cho'ntakni tikish. Tikilgan cho'ntakka texnologik ketma-ketlik tuzish va 8.1-jadval shaklida yozish.
  • 9-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Shim yon cho`ntaklariga ishlov berish. Ishdan maqsad: Shim yon cho'ntagini tayyorlash usullarini o'rganish. Reja: Shim yon cho'ntagi konstruktsiyalarini o'rganish va detal uzellarini spetsifikatsiyasini jadval shaklida bajarish. Quyidagi shim cho'ntak turlaridan birini tikish. (o'qituvchining topshirig'i bilan). Tikilgan shim cho'ntagiga ishlov berish texnologik ketma-ketligini jadval shaklida bajarish. Shim yon cho'ntagi va orqa cho'ntagiga ishlov berish usullarini takomillashtirish yo'llari.
  • 10-Tajriba mashg'uloti: Mavzu: Kiyim bortiga ishlov berish. Ishdan maqsad: Bortga ishlov berish va yig'ish usullarini o'rganish. Ish mazmuni va bajarish tartibi: Ustki kiyimdagi bort qotirmasining konstruktsiyasi bilan tanishish, jadval shaklida bort qotirmasining spetsifikatsiyasini berish, konstruktsiya, detallar soni, qo'llaniladigan materiallar nimaga bog'liqligini izohlang. Bort qotirmasini yig'ish va uni old bo'lakka ulash usullarini o'rganish. Bort qotirmasiga ishlov berish va uni old bo'lakka ulash texnologik ketma-ketligini tuzish (o'qituvchining topshirig'i bilan) va 1-jadval shaklida yozish. Adipga ishlov berish va old bo'lakka ulash usullarini o'rganish, aniq bir tanlangan buyumga texnologik ketma-ketlik berish va 1-jadval shaklida yozish. Bortga ishlov berish va yig'ish jarayonining takomillashtirish yo'llarini o'rganish va izohlash.