Manzarali o’simliklar fitopatologiyasi

O„zbekistonda manzarali o„simliklarning fitopatologiyasi va biologiyasi o„rganilgan, hamda ularga qarshi kurash choralari takomillashtirilgan. Ushbu darslik gulchilik sohasi, jumladan manzarali bog„dorchilik va ko„kalamzorlashtirish ta‟lim yo‟nalishidagi talabalar va magistrantlarning manzarali bog‟dorchilik, botanika va o‟simliklar fiziologiyasi, manzarali bog‟dorchilik biotexnologiyasi va mikrobiologiya hamda manzarali bog‟dorchilik fitopatologiyasi fanlarini chuqur o‟rganish uchun mo‟ljallangan. Shuningdek undan viloyatlar va tumanlardagi gulchilik tarmog‟i fermer xo‟jaliklari va xususiy tadbirkorlar, o‟simliklarni himoya qilish mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Manzarali gullar fitopatologiyasi: Manzarali gullarda uchraydigan kasalliklar, ularning turlari, rivojlanish sharoiti, qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar, ularning biologik xususiyatlari, tarqalish qonuniyatlari va ularga qarshi kurash choralari haqida ma‟lumot berilgan.
  • Manzarali daraxtlar fitopatologiyasi: Manzarali daraxtlarda uchraydigan kasalliklar, ularning klassifikatsiyasi, o„simliklarni yuqumsiz va yuqumli kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari haqida ma‟lumot berilgan.
  • Kasallikning umumiy ma’lumotlari: O„simlik kasalligi turlari, patogenlar, rivojlanish jarayonlari, kasallik belgilari va ularga qarshi kurash choralari haqida umumiy ma‟lumotlar berilgan.
  • Kasalliklarni klassifikatsiyasi: Kasalliklarni etiologik va yuqumlilik belgilari bo‟yicha tasniflash, ularga qarshi kurash choralari.
  • Agrotexnik tadbirlar: Kasalliklarga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, ularning turlari va qo„llanilishi.
  • Kimyoviy usuldan foydalanish: Kasalliklarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo„llash, fungitsidlar va ularning qo„llash usullari.
  • Biologik usuldan foydalanish: Biologik usullardan foydalanish, BIOTROF va NEKTROTROF parazitlar, ularning rivojlanish bosqichlari.