To’rsari konida geologic qidiruv va quduqlarning geofizik tatqiqot ishlarining samaradorligini aniqlash
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta'lim Vazirligi qoshidagi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti tomonidan tayyorlangan "BITIRUV MALAKAVIY ISHI" bo'lib, unda To'rsari konida geologik qidiruv va quduqlarning geofizik tatqiqot ishlarining samaradorligini aniqlash mavzusi atroflicha o'rganilgan. Ishda To'rsari maydonining geologik tuzilishi, neft va gaz qatlamlarining ochilishi, geologik qidiruv ishlarining samaradorligi, hamda turli geofizik usullarning qo'llanilishi batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: To'rsari maydonida neft va gaz uyumlarini qidirish maqsadida 2008 yildan boshlab chuqur burgʻilash ishlari boshlangan. Bu hududda olib borilgan chuqur burgʻilash ishlaridan obyekt uglevodorodlarga yuqori mahsuldorli sifatida joylashishi bilan bog'liqligi aniqlanilgan. Toʻrtsari maydoni Garmiston, Shakarbuloq, Shim. Gʻuzor neft va gaz konlariga yaqin joylashgan. Toʻrtsari strukturasi 1998 yilda seysmorazvedka UCHN (umumiy chuqur nuqta) usuli orqali aniqlanilgan. 2006 yilda 3D-UCHN usulining qidiruv-mufassal ishlari natijasida chuqur burgʻilashga tayyorlanilgan. Titon (J3,tt) quyi angidritlari yuzasida oʻrganilgan T5 qaytaruvchi gorizonti janubi-sharqdan yer yorig'i bilan chegaralangan va yarimantiklinal koʻrinishiga ega. Burma oʻlchami 5,5 x 2,5km, amplitudasi 130m, foydali maydon 12,2km. S3 kategoriyali uglevodorod resurslari miqdori quyidagicha: chiquvchi neft- 1549 ming t., quruq gaz 657 mln.m3, kondensat (chiquvchi) 62 ming t. Maydonda 3800m chuqurlikdagi 3 ta qidiruv qudugʻi burgʻilangan. Ularning har biri yura terrigen yotqiziqlarini ochgan. Quduqlarda geologo-geofizik tadqiqotlarning toʻliq kompleksi koʻrib chiqilgan. Ular qidiruv burgʻilashlar msalalarini yechishda yordam beradi. Oʻzbekistonda hozirgi kunda 5 ta neft-gazli hudud aniqlangan boʻlib, ularning ichida Buxoro-Xiva hududi uglevodorod zaxiralarini oshirish hamda qazib chiqarish boʻyicha oʻrinni egallaydi. Buxoro-Xiva hududidagi yuqori yura davriga mansub karbonat jinslari qatlamlari asosiy maxsuldor qatlam boʻlib, oʻzining yuqori darajada oʻrganilganligiga qaramay yangi neft-gaz uyumlarini ochish istiqbolini saqlab qolmoqda. Hozirgi kunda maxsulot bermaydigan quduqlar sonini kamaytirish, uglevodorod zaxirasi boʻlmagan tuzulmalar sonini kamaytirish uchun yangi obyektlarni burgʻilashga tayyorlash uslubiyatini takomillashtirish talab etiladi.
- I. GEOLOGIK QISM: Toʻrtsari maydoni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor rayoni hududida joylashgan. Tadqiqot hududidan janubi-sharq tomonga 15km uzoqlikda G'uzor rayonining markazi, ya'ni neftgazoqidiruv asosiy ekspeditsiyasining bazasi joylashgan. Orografik jihatdan ish hududi dengiz sathidan 450 – 500m absolyut balandlikda joylashgan. Hududdan uncha katta boʻlmagan jarliklar, ariq va kanallar oʻtgan. Turtsari maydonining geomorfologiyasi Beshkent botiqligining boshqa qismlari bilan deyarli bir xil. Ichimlik suvi Turtsari maydonidan 25km uzoqlikda joylashgan Gʻuzor shaxridan olib kelinadi. Burgʻili texnik suvlar 250m chuqurlikdagi suvli quduqlardan olinadi. Hudud iqlimi jadal kontinentli, haroratning kunlik va mavsumli oʻzgarishi yuqori. Yozda maksimal harorat +45; +47°C, qishda minimal harorat -15 – 20°C. Bir yilda yog'ingarchilikning oʻrtacha miqdori 120mm ni tashkil etadi. Yog'ingarchilik asosan bahor va qish oylarida boʻladi, shamol kam esadi, yozda harorat yuqori boʻladi va qum boʻronlari yogʻiladi. Bu hududning hayvonot dunyosi har xil. Jumladan, tulkilar, quyonlar, tipratikonlar, dala sichqonlari, toshbaqalar, har xil turdagi ilonlar va boshqa hayvonlar uchraydi. Qushlardan ham qargʻa, chumchuq va boshqalari mavjud. Shu bilan birga oʻrgamchiklarning har xil sinflari: chayonlar, tarantulalar va boshqalar uchraydi. Hududda yashovchi axoli asosan oʻzbeklardan va tojiklardan iborat boʻlib, ular asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻillanishadi. Hududda "Qamashi-Shaxrisabz” va “Gʻuzor-Chimqoʻrgʻon” asfalt yoʻllari bilan birlashuvchi bir qancha grunt yoʻllari mavjud. Bu grunt yo'llari juda yomon ahvolda, avtotransportlar harakati uchun talabga javob bermaydi. Neft kondensati va gaz foydali qazilma konlaridan tashqari paleogen va neogen to'rtlamchi davr yotqiziqlari bilan bog'liq boʻlgan qurilish materiallari ham mavjud. Bular avtomobil yoʻllarini qurish uchun (shagʻalli qumlar) va boshqa qurilish obyektlari uchun kerak boʻladigan kulrang shagʻal, tuproq, qumlardan iborat. Oziq-ovqatlarni yetkazish, suv bilan ta'minlash, tibbiy yordam ko'rsatish avtomobil transportlari orqali amalga oshiriladi. Toʻrtsari maydonining geologik – geofizik oʻrganilganligi. Beshkent botiqligida geologo-xaritalash ishlari 1936 yildan boshlangan boʻlib, unda asosan 1:200000 masshtabli geologik xaritalash ishlari olib borilgan. Ishlar natijasida neogen - to'rtlamchi davr yotqiziqlarining yotish chuqurliklari boʻyicha geologik xarita tuzilgan. Hududning tektonikasini oʻrganish uchun 1950 yildan strukturali, struktura-profilli va chuqur burgʻilash ishlari boshlandi. 1956 yildan boshlab geolgik – qidiruv ishlari neftgazga istiqbolli boʻlgan hududlarni aniqlashga yoʻnaltirildi. 1956-1969 yillarda Beshkent botiqligi hududida “Qarshineftgazqidiruv” tomonidan strukturali – qidiruv burgʻilash ishlari oʻtkazildi. 1974 yilda Oʻzbek geologiya boshqarmasi tomonidan (G.V. Belenkiy va S.X. Mirkamolova) 1:100000 masshtabli geologik xaritalash ishlari olib borilgan. Unda Gʻuzor – Lyangar koʻtarilmasining janubi – g'arbiy qismi tektonikasi va stratigrafiyasi yoritilgan. 1976 1979 yillarda PGO “Oʻzbekgeofizikada” BXNGV (Buxoro-Xiva neft-gaz viloyati) ning janubi-sharqiy qismlari uchun 1:100000 masshtabda yuqori yura karbonat yotqiziqlari yuzasi va kimeridj-titon yarusining quyi angidritlari yuzasi boʻyicha dastlabki strukturaviy (tuzilmali) xaritalar qurildi (N.N. Morozova va boshqalar). Ushbu xaritada, shu jumladan oʻrganilayotgan maydonda bir qancha antiklinal burmalar aniqlandi. 1984 - 1987 yillarda KGPE PGO “Toshkentgeolgiya” (I.M. Eydelnant, L.G. Bunyak, V.S. Kochubey) Beshkent botiqligining janubi-sharqiy qismida va HTJGʻT (Hisor togʻining janubi-gʻarbiy tizmasi) ning gʻarbiy qismida 1:50000 masshtabli aerofotoxaritalash tadqiqotlari oʻtkazildi. Ishlar natijasida umumiy hisobda 67 ta tuz ustli antiklinallar aniqlanilgan. Beshkent botiqligining geofizik oʻrganilganligi. Beshkent botiqligining geologik tuzilishini geofizik usullarda oʻrganish 1951 yillardan boshlangan boʻlib, dastlab 1:200000 masshtabli gravimetrik xaritalash ishlari olib borilgan (S.A. Sokolovskiy, G.V.Smolin, YE.A. Ivanova va boshqalar). Bu ishlar natijasida Beshkent botiqligining chuqurlik tuzilishi oʻrganilgan va Dengizkoʻl koʻtarilma hududi hamda bir qancha mahalliy koʻtarilmalar aniqlanilgan. 1956-1957 yillarda Gʻarbiy geofizika tresti (Y.G. Vorobyev) 1:200000 masshtabli aeromagnit va gravimetrik xaritalash ishlarini olib bordi. Ishlar natijasida magnito qo'zg'atuvchi massa yuzasigacha boʻlgan chuqurlikdagi izodinamik xarita va izochuqurlik sxemasi qurilgan. 1958 - 1960 yillarda Beshkent botiqligi hududida TEZ (tik elektr zondlash) elektrorazvedka ishlari oʻtkazildi (N.A. Gromiko). Ishlar natijasida buxoro ohaktoshlari yuzasiga taalluqli boʻlgan qaytaruvchi elektr gorizontlar boʻyicha Shimoliy Qamashi, Qamashi, Nishon, Ayzovot, Yangikent vv boshqa koʻtarilmalar aniqlanildi. 1958 – 1962 yillarda Qashqadaryo elektrorazvedka partiyasi tomonidan (N.A. Gromiko va N.G. Zaripov) 1:200000 masshtabli TEZ usulidagi elektrorazvedka ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida Nishon, SHoʻrtan, G'uzor, Yangikent, Alyaudin va boshqa bir qator antiklinal koʻtarilmalar aniqlanilgan va tasdiqlangan. 1960 yilda Beshkent botiqligi hududida QTU (qaytgan to'lqinlar usuli) seysmorazvedka ishlari olib borildi. Bu ishlar natijasida Ayzovot, Qamashi maydonlari mufassal oʻrganildi va chuqur burgʻilashga tayyorlanildi, Pomuk, Zevardi, Shim. Qamashi va boshqa maydonlar chegaralari aniqlanildi. 1967 yilda Pachkamar seysmorazvedka partiyasi tomonidan (M.M. Rzayev va O.G. Pedayev) 1:100000 masshtabli QTU (qaytgan to'lqinlar usuli) seysmorazvedka tadqiqotlari oʻtkazildi. Tadqiqotlar natijasida Kimeridj-titon quyi angidritlariga taalluqli boʻlgan qaytaruvchi gorizont boʻyicha Gʻuzor va Belisiaynak maydonlari boʻylab 1:100000 masshtabli strukturaviy xarita tuzildi. 1972 – 1974 yillarda Beshkent botiqligida olib borilgan UCHN (umumiy chuqur nuqta) usulidagi tadqiqotlar natijasida T5 qaytaruvchi gorizont boʻyicha Beshkent botiqligi boʻylab 1:200000 masshtabli strukturali xarita qurildi. Bu gorizont kellovey-oksford yuzasi yaqinida joylashgan. Olib borilgan ishlar natijasida Pukli, Ishonquduq, Oqnazar, Izgancha, Shim. Girsan, Nour, Girsan-1, Girsan-2 va boshqa antiklinal botiqliklar aniqlanildi. 1980 yilda Boʻzaxoʻr seysmopartiyasi (V.P. Nikiforov) 1:50000 masshtabli UCHNU (umumiy chuqur nuqta usuli) qidiruv seysmorazvedka ishlarini oʻtkazdi. Ishlar natijasida Zafar strukturasi chuqur burgʻilashga tayyorlanildi va topshirildi, Shimoliy SHoʻrtan antiklinali chegaralandi, Mangʻit, Shakarbuloq, Qumchuq va boshqa bir nechta burmalar chuqur gorizontlari tasdiqlandi, SHoʻrtan konining chuqurlik tuzilishi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar olindi. 1979 - 1983 yillarda Gissaroldi seysmorazvedka partiyasi tomonidan (T.I. Korobkova va b.) 1:50000 masshtabli qidiruv seysmorazvedka ishlari olib borilgan. Tadqiqot ishlari natijasida bir qancha Shim. Boʻzaxoʻr, Yangi Gʻuzor, Jan. Djambuloq kabi strukturalar antiklinal choʻkmaligi qayd qilindi va tasdiqlandi. 1981 - 1983 yillarda Pomuk konidan sharqda Beshkent botiqligining shimoliy qismida olib borilgan qidiruv-detalli seysmorazvedka ishlari natijasida tuzusti yura yotqiziqlari boʻyicha Kapali, Yangiariq, Shirsan, Uroqboy maydonlarining geologik tuzilishi aniqlanildi, Xodjaqum strukturasi qidiruv burgʻilashga tayyorlanildi. 1983 - 1985 yillarda U.A. Alibayev va S.X. Smirnovalar 1:50000 masshtabli mufassal seysmorazvedka ishlari natijasida Yangi G'uzor anomaliyasini ajratishdi. 1991 yilda Beshkent botiqligining janubi-gʻarbiy qismida qidiruv seysmorazvedka ishlari (R.B. Irgashev, Sh.U. Buriyev) ZSD-3D, MTZ elektrorazvedka ishlari bilan birgalikda olib borildi va natijada Tuzoq, Shoda, Oqoltin, Jan. Shurtan, Marjon, Xodjaquli, Yoʻldosh, Sputnik, Shim. Chiston “uyum tipidagi anomaliya” lar (ATZ – anomalii tipa zalej) chuqur burgʻilashga tayyorlanildi va topshirildi hamda Telegri va Jan. Kultak anomal mintaqalari aniqlanildi. Olib borilgan ishlardan Beshkent botiqligining ancha qismi, Beshkent botiqligini boʻlinish mintaqalari va Qashqadaryo botiqligining geologik tuzilishi aniqlanildi. 1992 - 1995 yillarda Sh.U. Boʻriyev (PGO “Oʻzbekgeofizika”, YAGE Yangikent seysmopartiyasi) UCHN qidiruv tadqiqot ishlarini oʻtkazdi. Tadqiqot ishlari natijasida Beshkent botiqligining shimoli-sharqiy qismi tuzilishi o'rganildi. Avval topilgan Darbazakom, Shaydullo, Tumarchi obyektlar tasdiqlandi. Neft-gazga mahsuldor boʻlgan bir qancha yangi Turtsari, Shakarbuloq, Shim. Yangikent obyektlar aniqlanildi hamda Bozbichkan va Jaralash yangi strukturalari qayd qilindi, Yangi Djambuloq strukturasi T5 gorizont boʻyicha detalizatsiyalashtirildi va chuqur burgʻilashga topshirildi. 1995 1997 yillarda qidiruv va qidiruv-detalli UCHNU (umumiy chuqur nuqta usuli), TSP (tik seysmik profillash) seysmorazvedka ishlari hamda elektrorazvedka ishlari natijasida Sabo, Ilkush, Chigil, Yangi Darbaza, Muminobod, Yangi Djambuloq va boshqa uyum tipidagi anomaliyalar aniqlanildi. 1998 – 2003 yillarda Beshkent botiqligida neftgazga mahsuldor boʻlgan obyektlarni aniqlash maqsadida UCHNU seysmorazvedka ishlari olib borildi. Ishlar natijasida Xodjamuborak, Chunagar, Darbazakom, Qorabogʻ, Saraton, Gulbodom, Chilkuvar, Sharqiy Darbaza, Kelinkuvi va boshqa strukturalar chuqur burgʻilashag tayyorlanildi, yangi obyektlar aniqlanildi: Yangi Qoratepa, Kultak, Mezon, Ramazon, Xamal, Feruza va boshqalar. So'ngi 2000 – 2007 yillarda UCHN ning yangi turini – seysmorazvedkaning uch oʻlchamli modifikatsiyasini qoʻllash orqali Turtsari va Toshkutan strukturalari chuqur burgʻilashga tayyorlanildi va topshirildi, Beshkent botiqligidagi bir qancha konlarning geologik tuzilishi aniqlanildi (Shim. Gʻuzor, Garmiston, Shim. Shurtan, Kumchuk, Shakarbuloq va boshqalar). Turtsari strukturasi 3D UCHNU mufassal-qidiruv ishlari natijasida aniqlanilgan va 2006 yilda “Geovektor plyus” tizimidan foydalanish bilan birga burgʻilashga tayyorlanilgan. APK qayta ishlash dasturi Risx-6000 platformasidagi integraldir. Natijaviy hujjatlarni tayyorlash va qayta ishlash YAGE va PGMP OAJ “Oʻzbekgeofizika
- 1.3. Tadqiqot maydonining geologik tuzilishi.: Toʻrtsari strukturasi BXNGV Chordjou pogʻonasining Beshkent botiqligida Garmiston konidan gʻarbda joylashgan. Geologik jihatdan tadqiqot maydoni Beshkent botiqligining deyarli markaziy qismida, biroz sharqda joylashgan. Geologik xaritadan biz Toʻrtsari strukturasini Beshkent botiqligi misolida koʻrishimiz mumkin. Aynan Toʻrtsari strukturasining geologik kesimi tuzilishini oʻrganishda biz Toʻrtsari maydonida burgʻilangan №1 quduq ma'lumotlaridan foydalanishimiz mumkin. Garmiston koni va Toʻrtsari strukturasining gumbaz qismidan burgʻilangan №1 quduq bir tomondan geologik kesimni aniqlasa, boshqa tomondan ularni yoriqli buzilishlari boʻluvchilarini va chegaralarini hamda boshqa stratigrafik boʻlinmalarni aniqlaydi.
- 1.3.1. Stratigrafiya.: Maydonda geologik jihatdan choʻkindi qavatning yura, boʻr, paleogen va neogen-to'rtlamchi davr yotqiziqlari qatnashgan hamda hududning boshqa maydonlari kabi stratigrafik nomuvofiqlik va burchak ostida yotuvchi paleozoy yotqiziqlari kuzatiladi. №1 Toʻrtsari, №№1,2 Jan. Djambuloq va №1 Djambuloq quduqlarida fundament jinslari ochilmagan. Yakkabogʻ togʻlarida fundament yotqiziqlari proterozoy va paleozoy eratemalariga mansub boʻlgan metamorfik, vulkanogen va choʻkindi qmtlamlardan iborat. Ular asos tarkibli va ishqorli intruziyalar bilan buzilgan. Paleozoy guruhi – Pz. Oʻrganilayotgan hududda 2 ta strukturali-formatsion qavat ajratiladi: paleozoy burmali asos (fundament) va mezokaynozoy choʻkindi qoplama. Beshkent va Qashqadaryo botiqligiga kelib qoʻshiluvchi hududda fundament 5 ta: №1 Chimqoʻrgʻon, №№3,4,7 SHoʻrasan, №1 Shahrisabz quduqlar bilan ochilgan. №1 Chimqoʻgʻon qudugʻidagi 2405-2551m oraliqda kesim kvarsli porfirlar, metosamatik oʻzgarishlar bilan murakkablashgan. Porfirli ajralish kvarsli va plagioklazli koʻrinishda. SHoʻrasan maydonida paleozoy yotqiziqlari kesimi effuziv jinslaridan iborat. Bular №3 quduqda (1934-1938m oraliqda) datsitli porfiritlar, kvarsli porfiritlar va ularning tuflaridan iborat. №4 quduqda (1778-1780m oraliqda) kvarsli porfir tuflaridan iborat. №7 quduqda (1385-1403m oraliqda) esa kvarsli porfir va ularning tuflaridan iborat (N.K. Eydelnant, 1999y.). Mezozoy guruhi – Mz. Mezozoy yotqiziqlari paleozoy yotqiziqlari ustiga burchak ostida va stratigrafik nomuvofiqlik bilan yotadi hamda yura va boʻr sistemasi jinslaridan iborat. Yura sistemasi – J. Yura sistemasi yotqiziqlari oʻzining litologik belgilari va paragenezi boʻyicha 3 ta qatlamga boʻlinadi. Kesim boʻyicha pastdan yuqoriga: terrigen, karbonat va tuz-angidritli formatsiya. Terrigen formatsiya. Terrigen formatsiya yosh jihatdan yuraning quyi, oʻrta boʻlimi J1+2 va yura sistemasi yuqori boʻlimi J3 kellovey yarusining quyi qismiga toʻgʻri keladi. Terrigen formatsiya Jan. Djambuloq konida ochilgan. №2 Jan. Djambuloq qudugʻida yura terrigen formatsiya yuzasi 3718m chuqurlikda ochilgan va u tezda gilli-alevrolitli va qumli-alevrolitli jinslardan iborat boʻlgan gilli-karbonatli jinslar bilan almashinadi.ular №1 quduqda 3725m, №2 Djambuloq qudugʻida esa 3850m chuqurlikda ochilgan. №1 Turtsari qudugʻida terrigen yotqiziqlar ochilmagan. Karbonatli formatsiya. Karbonat formatsiya oʻrtakellovey yarusidan yura sistemasi yuqori boʻlimining kimeridj yarusi quyi nad'yarusigacha boʻlgan oraliqni o'z ichiga qamrab oladi. Toʻrtsari maydonidagi №1 qidiruv qudugʻining stratigrafik kesimi quyidagicha: neogen – toʻrtlamchi davr yotqiziqlari 0 – 1423m chuqurlik oralig'ida, 1423m qalinlikda ochilgan; paleogen davri yotqiziqlari 1423 – 1456m oraliqda, 233m qalinlikda ochilgan; bo'r davri yotqiziqlari 1656 – 3320m oraliqda, 1664m qalinlikda ochilgan; yura davri yotqiziqlari 3320 – 3580m oraliqda, 260m qalinlikda ochilgan. Tuz-angidritli formatsiya. Mahsuldor karbonat yotqiziqlari hududda keng tarqalgan va paleogenli jinslar qatlamlarini qoplab yotadi hamda tuz-angidritli formatsiyalarga boʻlinadi. Yosh jihatdan u yura sistemasi yuqori bo'limining titon yaruslarini oʻz ichiga qamrab oladi. Formatsiya orasida angidrit va kaliy tuzi qatlamchasi boʻlgan tosh tuzlaridan iborat. №2 Jan. Djambuloq qudugʻidagi titon yotqiziqlari faqat 3ta qatlamdan iborat: quyi angidritlar, yuqori tuzlar, yuqori angidritlar. №1 Turtsari qudugʻida ham kimeridj-titon yotqiziqlarining 3 qismi ochilgan. Karbonat formatsiya yotqiziqlarida “quyi angidritlar” qatlami ajratiladi va ular oq rangli, rangli-kulrangli, kristalli, zich, qattiq, ayrim joylari yoriqli. Maydondagi quyi angidritlar qalinligi 10m ni tashkil etadi. Yuqorida "yuqori tuz” qatlami ajraladi. Ular kristalli, binafsha-oq, zich galitli, orasida silvinit qatlamchasi mavjud. Yuqori tuzlar qavatining qalinligi 30m. Tuz-angidritli formatsiya kesimi angidritlar (yuqori angidritlar) qavatidan hamda takrorlanuvchi gil va alevropelitli materiallardan iborat. Qatlam qalinligi 21m. Maydonda titon tuzli qatlami qalinligi 80m ni tashkil etadi. Yura yotqiziqlarining umumiy qalinligi esa 260m ni tashkil qiladi. Bo'r sistemasi – K. Ish hududida boʻr yotqiziqlarining quyi va yuqori boʻlimlari namoyon boʻladi hamda yuqori yura yotqiziqlariga stratigrafik nomuvofiqlik holatida joylashgan. Quyi boʻlim – K₁. Neokom yotqiziqlari kimeridj-titonning tuz-angidritli qavati ustiga yuvilgan holatda joylashgan. Ular gil, alevrolit va qumtoshlarning takrorlanishidan iborat. Kesimning ostki qismida angidritlashgan gil qoʻshilmasi boʻlgan gil qavatidan iborat. Gillar qizil va toʻq-kulrang, orasida gnezd qoʻshilmasi va angidrit qatlamchasi mavjud. Alevrolitlar tarkibi yashil-kulrang, jigarrang, mayda zarrali, qumtoshli. Qumtoshlar tarkibi oʻrta zarrali, kulrang, zich, qattiq. Neokom nad’yarus kesimida (pastdan yuqoriga) XIV va XIII mahsuldor gorizontlar ajratiladi. Yondan qazilgan quduq boʻyicha XIV gorizont qalinligi 65m dan 95m gacha. Turtsari maydonida XIV gorizont qalinligi 60m ni tashkil qiladi. XIII gorizont qalinligi qoʻshni hududlarda 70m dan 107m gacha. Turtsari maydonida bu mahsuldor gorizontning qalinligi 80m ni tashkil qiladi. Neokom nad’yarusining umumiy qalinligi 265m ni tashkil etadi. Apt yarusi – К₁ ар. Apt yarusi yotqiziqlari neokom gillari ustiga muvofiq holatda yotadi. Ular orasida kulrang zich gillar qavati boʻlgan kulrang va yashil-kulrang rangli, mayda va oʻrta zarrali, kvars-glaukonitli qumtoshlardan iborat. Apt yarusi XII oʻtkazuvchi gorizont sifatida ajraladi. №1,2 Jan. Djambuloq quduqlarida ochilgan oʻtkazuvchi gorizontning qalinligi 90-110m ni tashkil qiladi. Turtsari maydonida esa bu gorizont qalinligi 157m ni tashkil qiladi. Alb yarusi – K₁ al. Alb yotqiziqlari apt qumtoshlarida joylashgan va litologik jihatdan gil va qumtoshlardan iborat. Gillar kulrang, toʻq-kulrang, zich, qattiq, yupqa qavatli. Kesimning yuza qismidagi gillarda rangli-kulrang, zich, mayda va yupqa zarrali glaukonitli qumtoshlar qavati ajraladi. Ular orasida huddi shu rangdagi gil va alevroli qavatchasi kam uchrab turadi. Bu qavat XI oʻtkazuvchi gorizont hisoblanadi. Turtsari maydonida XI gorizont qalinligi 75m ni tashkil qiladi. Alb yarusining umumiy qalinligi 270m, quyi boʻr yotqiziqlarining umumiy qalinligi esa 263m ni tashkil qiladi. Yuqori bo'r – K2. Yuqori boʻr yotqiziqlari quyi boʻr jinslariga muvofiq joylashgan. Yuqori boʻr yotqiziqlari senoman, turon yaruslariga va senon nad’yarusiga boʻlinadi. Senoman yarusi – K2 cm. Senoman yarusi yotqiziqlari takrorlanuvchi qumtosh, alevrolit va gil qatlamlaridan iborat. Senoman yarusi kesimida X va IX oʻtkazuvchi gorizontlari ajratiladi. X gorizontning yuqori qismi senoman tagida joylashgan va kulrang, yashil-kulrang, mayda zarrali, kvarsli, gilli, slyudali hamda orasida gil qatlamchasi boʻlgan qumtoshlardan iborat. Gorizontning quyi qismi esa alb yarusiga taalluqli. X gorizontda alevrolitli, zich, yashil-kulrang gillar qatlami ajralgan. Senoman kesimi yashil-kulrang, kvars-glaukonitli, gilli, yupqa va mayda zarrali, qattiq, orasida alevrolit qatlamchasi boʻlgan qumtoshlar bilan tugaydi. Bu qatlam IX gorizont deb yuritiladi. Oʻrganilayotgan Turtsari maydonida bu gorizontning qalinligi 90m. Turtsari maydonida senoman yotqiziqlarining umumiy qalinligi 219m ni tashkil qiladi. Turon yarusi – K2 t. Turon yotqiziqlari senoman qumtoshlari ustiga mos holatda joylashgan. Yarus asosida yashil-kulrang, kulrang, mayda zarrali, yupqa zarrali, kvars-glaukonitli, kuchsiz sementlangan, ohaktoshli qumtoshlar ajralib yotadi. Bu yerda rakushnyak-ohaktoshning yupqa qatlami rivojlangan. Bu qumtoshli jinslar qavati VIII oʻtkazuvchi gorizont sifatida ajraladi. Turon yarusi yuzasi orasida kulrang va yashil-kulrang gilli alevrolitlar qatlami boʻlgan takrorlanuvchi qumtoshli gil va qumtosh qavatlaridan iborat. Turon yotqiziqlari №1,2 Jan. Djambuloq chuqur burgʻilash qudugʻida ochilgan va qalinligi 280 - 400m oralig'ida. Turtsari maydonida esa ushbu VIII gorizontning qalinligi 273m. Senon nad'yarusi – K2sn. Senon yotqiziqlari turon yotqiziqlari ustiga muvofiq holda yotadi va qatlamlashib yotuvchi – yashil-kulrang, kulrang qumtoshlar, alevrolitlar va gillarni namoyon etadi. Gillar kulrang, yashil-kulrang, slyudali, zich, yupqa siqilgan hududli va orasida mayda zarrali yupqa qum qavati mavjud. Alevrolitlar kulrang, yashil-kulrang, zich, kvarsli, slyudali gilli. Qumtoshlar mayda zarrali, yashil-kulrang, kvars-glaukonitli, karbonat-gilli sementli. Senon yotqiziqlari qalinligi Jan. Djambuloq maydonidagi №1 Jan. Djambuloq qudugʻida 480m ni, №2 Jan. Djambuloq qudugʻida esa 500m ni tashkil qiladi. №1 Turtsari qudugʻida senon yotqiziqlarining qalinligi 487m ni tashkil qiladi. Boʻr yotqiziqlarining umumiy qalinligi 1664m dan iborat. Kaynozoy guruhi – Kz. Beshkent botiqligida kaynozoy yotqiziqlari paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yoshidagi choʻkindilardan iborat. Paleogen sistemasi – P. Bu yerda paleogen yotqiziqlari ikki boʻlimdan iborat: paleotsen – quyi va eotsen -oʻrta. Paleotsen - P1. Paleogenning quyi boʻlimi paleotsen oʻrganilayotgan hududda buxoro yotqiziqlaridan iborat. Buxoro qatlami – P₁ bh. Buxoro yarusi yotqiziqlari yuvilgan holatda senon yotqiziqlari ustida yotadi va ohaktoshlardan iborat. Ohaktoshlar kulrang, rngli-kulrang, boʻshliqli, yoriqli, gipslashgan, orasida kichik qalinlikdagi gips va dolomit qatlamchasi mavjud hamda ohaktoshlar tarkibida fauna qoldiqlari uchraydi. Ushbu qatlamning qalinligi qoʻshni maydonda 95m dan 110m gacha. Turtsari maydonida bu yotqiziqlarning qalinligi 113m. Eotsen - P2. Paleogenning oʻrta boʻlimi eotsen quyi, oʻrta va yuqori qismlarga boʻlinadi. Tadqiqot hududida quyi qism – suzak qatlami ishtirok etadi. Beshkent botiqligida suzak qatlami yashil-kulrang, moviy-kulrang gillar qatlamidan iborat. Gillar zich, tarkibida qumli ozroq miqdorda molyuska va baliq suyagi qoldiqlari qoʻshilmasi mavjud. Paleogen sistemasining umumiy qalinligi 233m ni tashkil qiladi. Neogen-to'rtlamchi davr yotqiziqlari – N+Q. Neogen yotqiziqlari paleogen yotqiziqlari ustiga yuvilgan holatda yotadi va notekis qatlamlashgan qumtosh, gil va alevrolit qatlamlaridan iborat. Gillar jigarrang-sriq, zich, qumli, oʻrtacha devorli (gʻishtli). Alevrolitlar yashil-kulrang, gʻishtli-qizil, yupqa zarrali, zich. Qumtoshlar yashil-kulrang, gʻishtli-qizil, sariq-kulrang, har xil zarrali, o'rtacha devorli. Neogen yotqiziqlari katta qalinlikdagi zamonaviy allyuvial va eol jinslaridan iborat. Ular tuproqlar, kulrang-sariq soz tuproqlar, supeslar, shag'al va graviy aralashmali qumlardan iborat. Neogen yotqiziqlari bilan aloqa qismida har xil shagʻalli, qum-gilli sementli gravelitlar ajralgan.
- 1.4. Tektonika: Toʻrtsari maydoni tektonik jihatdan Beshkent botiqligining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Bu hududda yirik Amudaryo choʻkmasining Chordjou tektonik pogʻonasi elementlari toʻgʻri keladi. Beshkent botiqligi Chordjou pogʻonasining janubi-sharqiy qismi toʻgʻri keladi. Bu botiqlik shimoldan Uchbosh-Qarshi, janubdan Amudaryo, sharqdan – Qorail-Lyangar fleksura-yoriq mintaqalari bilan chegaralangan. Tuzusti yotqiziqlari boʻyicha Beshkent botiqligining sharqiy qismi Hisor togʻining Janubi-gʻarbiy tizmasi qismidan kam farq qiladi. Bularning o'xshashlik xususiyatlari boʻr-paleogen burmalari tiniq chiziqli ajratilgan. Bu yerda Boʻzaxoʻr, Sharq. Boʻzaxoʻr, Shim. Gʻuzor, Shim. SHoʻrtan va boshqa mahalliy tuzusti antiklinallari rivojlangan. Hududda seysmorazvedka va burgʻilash ishlari orqali tuzusti antiklinallar yetarlicha o'rganilgan. Ular braxiburma koʻrinishiga ega. Gumbuloq, Qizilbayroq, Djarquduq tuzusti strukturalari chiziqli va koʻpburchakli hisoblanadi, bularning har bir burchaklarini mahalliy braxiantiklinal deb hisoblash mumkin. Cho'kindi qoplamada 2 ta strukturaviy yarus ajratiladi: bir-biriga burchakli nomuvofiq holatda joylashgan yura va boʻr. Yanada katta yuvilishli boʻlgan nomuvofiqlik fundament va choʻkindi qoplama orasida kuzatiladi. Bu konfiguratsiya kuchi natijasida mahalliy burmalar cho'zilishi, oʻlchamlari chuqurlik sari sezilarli darajada oʻzgarib boradi, gumbazlar aralashishi kuzatiladi, qatlamlarning ogʻish burchaklari kattalashadi va ho kazo. Titon quyi angidritlari yuzasida oʻrganilgan T5 qaytaruvchi gorizont yuzasi boʻyicha Turtsari strukturasi janub va sharqdan yoriqli buzilishlar bilan chegaralangan yarim braxiantiklinal burma shakliga ega. Titon quyi angidritlari yuzasi boʻyicha burma oʻlchami 5,5 x 2,5km, balandligi 130m, maydoni 12,2km² ni tashkil etadi. Tuzosti va tuzusti struktura qavatlarida nomuvofiqlik kuzatiladi. Seysmorazvedka UCHNU ma'lumotlari buzilishlarni trassalash imkonini beradi. Shuni qayd qilish joizki, koʻrilayotgan hududda bir vaqtda plikativ va dizyunktiv siljish kuzatiladi. Toʻrtsari burmasi janub va shimoldan yoriqli buzilishlar bilan murakkablashgan.
- 1.5.Neftgazdorligi.: Chordjou pogʻonasidagi Beshkent botiqligi Oʻzbekistondagi eng mahsuldor hududlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu hududda bir qator neft va gaz konlari aniqlangan: Shakarbuloq, Garmiston, Zafar va boshqalar. Bu konlarda mahsuldor-sanoatli qatlam boʻlib faqat tuz-angidridli jinslar tagida yotuvchi yuqori yura karbonat yotqiziqlari hisoblanadi. Ko'rilayotgan hududdagi karbonatli formatsiya ularda uglevodorodlar toʻplanishi uchun juda qulay sharoit hisoblanadi. Ular tarkibida oʻzi neft-gaz ishlab chiqaruvchi yotqiziqlar mavjud va flyuidlarni oʻtkazmaydigan kerakli tuzli yotqiziqlar qatlami bilan qoplangan har xil tipdagi flyuidlarga boy kogllektorlar keng rivojlangan. Turtsari strukturasi so'ngi yillarda faol qidiruv va tekshiruvlar (seysmorazvedka, chuqur burgʻilash) oʻtkazilayotgan hududda joylashgan. Bu ishlardan hududning neftgazga mahsuldorligi juda yuqori baholanadi. O'rganilayotgan hudud taxminan Shakarbuloq va Garmiston neftgaz konlari va Shimoliy G'uzor gaz koni yaqinida joylashgan. G'uzor konidagi №1 quduqdan XV-P va XV-HP gorizontlaridagi 3 ta oraliqdan sanoatli neft olingan. Bu kondagi XV-P gorizont oʻzi bilan yuqori yura karbonat rezervuarining massiv qismini namoyish etadi va boʻshliq-gʻovakli kollektorlardan (gʻovaklik 11%, oʻtkazuvchanlik 119 mD) iborat. XV-P gorizontning sanoatli mahsuldorligi №1 quduqdagi 2 ta oraliq qatlamda aniqlangan. XV-HP gorizontda QCHT (quduqlarda chuqur tadqiqotlar GIS) ma'lumotlari boʻyicha uning quyi qismida gʻovakli tipdagi kollektorlarga mansub boʻlgan oʻtkazuvchi qatlam ajratilgan. Bu yerda yagona gʻovak-yoriqli kollektorli qatlamcha mavjud. Bu qatlamcha gorizontning pastki qismi bilan qoplangan. Gorizontning yuqori qismidagi oʻtkazuvchi qatlamlar gorizont yuqorisi yarmini egallagan va ular quyidagicha namoyon boʻladi: kesimdagi №1 quduqda – gʻovakli va yoriqli-gʻovakli tipdagi kollektorlar; kesimdagi №2 va №4 quduqlarda – yoriq-gʻoqakli tipdagi kollektorlar. Bu yerda sanoatli neft faqat №1 quduqdan olingan. Shakarbuloq neftgazkondensati konidagi neft uyumi yuqori yura karbonat yotqiziqlaridaga baryer-rifli qapqoq tizimida (sistemasida) oʻrganilgan. Asosiy neft uyumi qalinligi 61m boʻlib, XV-P gorizontda aniqlanilgan. Bu yerdagi kollektor jinslar yuqori gʻovakli-filtratsion xarakterga ega. Neft uyumining sanoatli bahosi chuqur qidiruv va razvedka burgʻilari hamda №4 quduqda oʻtkazilgan uslubiy-sanoatli ekspluatatsiya maʼlumotlari asosida isbotlangan. Toʻrtsari strukturasi yoriqli buzilish orqali Janubiy Djambuloq maydoniga tutashib ketgan. Janubiy Djambuloq tuzilmasida 2 ta quduq burgʻilangan: bittasi parametrik, ikkinchisi qidiruv. Janubiy Djambuloq №1p qudugʻi ekspluatatsion kolonnasiz qazilgan. Janubiy Djambuloq №2 qudugʻi Turtsari tuzilmasining gumbaz qismidan burgʻilangan. Burgʻilash jarayonida XV-P gorizont yuzasidan neft plyonkasi bilan suv olingan, kesim boʻyicha boshqa oraliqlar quruq boʻlib chiqdi. Yaxshi natija olinmaganligiga qaramasdan 3527m chuqurlikgacha boʻlgan XV-P gorizont yuzasi neft saqlovchi hisoblanadi. Bu yerda Kng yuqori 0,68 – 0,76 qiymatga ega. Bu yerdan suv chiqqanligining sababi uzoq vaqt mobaynida burgʻilash jarayonida flyuidlar bilan suv ham qoʻshilib kirgan boʻlishi mumkin. Qidiruv ishlari natijasida T5 qaytaruvchi gorizont boʻyicha tuzilgan tuzilmali xaritaga muvofiq obyekt neftgazkondensat uyumi boʻlishi kutilmoqda. Bunda yarim antiklinal shakldagi tuzilma janub va sharq tomonlardan yoriqli buzilishlar bilan chegaralangan. Turtsari tuzilmasidagi neft, gaz va kondensatning mahsuldor resurslari quyidagicha: XV-P gorizont boʻyicha neft zaxirasi: Q HXV P6198/1549 ming t. Gaz zaxirasi: Qg = 673/657 mln.m³. Kondensat zaxirasi: Qkon = 69/62 ming t.
- 1.6.Neft va gaz resurslari.: Neft va gaz resurslari tuplanishiga xududdagi mahsuldor qatlamlarning tuliq kesimi, qopqoqlarning genetik turlarining rivojlanishi, hududda bir xil yoshdagi yotqiziqlar tuplanishining fatsial sharoiti va boshqa koʻpgina sabablariga bogʻlik. Quyida 1-jadvalda loyixalashtirilayotgan ish maydoni yakinida aniqlangan neft va gaz konlarining qisqacha tasnifi keltirilgan. Har xil tadqiqotlar boʻyicha karbonat jinslarda quyidagi mahsuldor gorizontlar ajratilgan: XV, XV-a, XV-ПР, XV-P, XV-HP. Yuqori yura karbonat yotqiziqlari bilan qoplovchi yotqiziqlar aloqasi bir jinsli emas. Tadqiqot maydonida yirik SHoʻrtan koni va kichikroq Shimoliy SHoʻrtan, Shakarbulak, Shimoliy Guzor, Garmiston, Mezon konlari ochilgan. Bular seysmokidiruvning UCHNU-2D usuli orqali oʻrganilgan va topilgan. Hozirda seysmokidiruvning 3D ishlari bu konlarning gaz-suv, neft- suv konturlarini aniklash, konlarning tarkalish chegaralarini aniklash maksadida keng koʻlamda oʻtkazilmoqda. Bu esa tadqiqot va tekshiruvlvr uchun muhim axamiyat kasb etadi.
- 2.1. QGT tadqiqot ishlari uslubi va hajmi.: Toʻrtsari strukturasi 1998 yilda UCHNU qidiruv seysmorazvedka ishlari natijasida aniqlanilgan. 2006 yilda UCHNU - 3D qidiruv-mufassal ishlar bilan chuqur burgʻilashga tayyorlanildi. Burma oʻzi bilan shimoli-sharqqa cho'zilgan yarim braxiantiklinal shaklni namoyish etadi va sharqiy qismi tektonik buzilishlar natijasida tushgan. Strukturaning oʻlchami 5,5 x 2,5km, foydali maydoni 12,2 kv.km., amplitudasi 130m. Qidiruv ishlarining maqsadi yuqori yura oksford-kimerij yarusining XV va XV-p gorizontlari yotqiziqlaridagi neft va gaz uyumlarini qidirish hisoblanadi. Qidiruv quduqlarining joylashish tizimi. Maydonda va konlarda qidiruv razvedka ishlarini olib borish amaliyoti G'arbiy O'zbekistonning yuqori yura karbonat yotqiziqlari bilan bog'liq. Rif tipidagi karbonat yotqiziqlari bilan bogʻliq boʻlgan va bogʻliq boʻlmagan neft-gazga mahsuldor maydonlar murakkab tuzilishga ega, ulardagi karbonat yotqiziqlarining tarkibi bitr xil emas hamda birlamchi va ikkilamchi hajmiy xossalarga ega. Shuning uchun bunday tipdagi maydonlarda qidiruv burgʻilashlarni loyihalashtirishda katta hajmdagi burgʻilash ishlari talab qilinadi. Bu ishlar ayniqsa, zaxirasi kichik boʻlgan konlarda juda muhim hisoblanadi. Neft va gaz uyumlarini qidirish amaliyotida qapqoqlar joylashishi, uning oʻlchami, strukturani bir necha bloklarga boʻluvchi yoriqlar miqdori kollektorlar koʻrinishi va boshqalar bilan bog'liq boʻlgan qidiruv quduqlarini oʻrnatishning bir necha usullari mavjud. Quduqlar orasidagi masofani tanlash 3 ta faktorga bogʻliq: uyumning taxmin qilinayotgan oʻlchami, uning tektonik tuzilishi va kollektorlarning litologik xususiyatlarining oʻzgaruvchanligi.
- 2.2. Quduqlarni oʻtkazishning geologik sharoiti va QGT oʻtkazish sharoitlari.: Toʻrtsari maydonida 3 ta yura terrigenlarini ochgan va 3800m zaboyli (chuqurlikdagi) burgʻilangan qidiruv quduqlari koʻriladi. Beshkent botiqligida chuqur qidiruv quduqlarini oʻtkazishning geologik shart-sharoitlari Jan. Djambuloq, Garmiston, Shakarbuloq, Shim. Gʻuzor va boshqa maydonlar va konlardagi quduqlarni burgʻilash natijalari boʻyicha yetarli darajada oʻrganilgan. Geologo-texnik sharoitlar boʻyicha Turtsari maydonida chuqur quduqlarni oʻtkazish murakkab kategoriyalarga mansub. Qidiruv qudugʻini burgʻilash jarayonida quyidagi murakkabliklarga duch kelish mumkin: yoʻnalish boʻyicha quduqning yuvilishi; burgʻilashda neogen-toʻrtlamchi davr va paleogenning eotsen-oligotsen yotqiziqlari quduq devorlariga va ularning koʻchishi, yemirilishi, yuvuvchi eritmaning singishiga ta'sir qilishi mumkin; buxoro ohaktoshlarini ochishda yuvuvchi eritmaning singishi kuzatiladi; bo'r yotqiziqlari boʻyicha quduqni burgʻilash yaxshi oʻtadi, lekin alb va turon yarusining gillarida esa quduq devorlari koʻchmaydi, ular burgʻi asboblari va eritmalarini saqlab qoladi; senoman, alb va apt yaruslari, hamda nekom nad'yarusi qumtoshlarini burgʻilashda quduq ustuni quriydi, suv oʻtib turadi va singiydi; -titonning tuz-angidrit qatlamini burgʻilashda suyuq eritmaning sifati tezda yomonlashadi, gilli qorishma, qatlamlardagi angidritlar yotish oraligʻida quduq stvolining qurishi, burgʻi qorishmasining qisman singishining yomonlashuvi kuzatiladi; - yuqori yura oksford-kimerij yarusi yotqiziqlarini ochish va oʻtishda (ochilgan karbonat kesim turiga bogʻliq boʻlmagan holda) burg'i eritmasi parametrlarining loyihadan chetga ogʻishi hollarida gilli eritmaning quduq devorlariga singishi kuzatiladi va burgʻilash asboblarini qoplab oladi. Qorishmaning zichligi va tarkibi yuzaga kelayotgan murakkabliklar taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Jan. Djambuloq maydonidagi quduq natijalari boʻyicha Turtsari maydonidagi qidiruv quduqlarini burgʻilash jarayonida loyihaviy quduq kesimida quyidagicha qatlam bosimi va harorati kuzatiladi: paleogenda 1400m chuqurlikda bosim 14,0MPa va harorat 18,5°S (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi); - senonda 1640m chuqurlikda bosim 16,4MPa va harorat 57°C (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi); - senomanda 2420m chuqurlikda bosim 25,8MPa va harorat 74°C (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi); - neokom - aptda 2910m chuqurlikda bosim 30,8MPa va harorat 78°C (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi); - titonda 3310m chuqurlikda bosim 34,1MPa va harorat 84,5°C (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi); - oksford-kimerij yarusida 3360m chuqurlikda bosim 35,0MPa va harorat 88,2°C (asosan neft, gaz, kondensat qatlami boʻlib hisoblanadi); - yura terrigenlarida 3720m chuqurlikda bosim 38,6MPa va harorat 122,9°C (asosan suv saqlovchi qatlam boʻlib hisoblanadi).
- 2.2.1.QGT oʻtkazish sharoitlari.: Koʻpincha burgʻilash jarayonida burgʻilash eritmalari ishlatiladi. Ushbu burgʻilash eritmalari gil zarralarining suvli aralashmasidan tayyorlanadi va shunday eritmalar gilli burgʻilash eritmasi deb aytiladi. Burgʻilash jarayonida quduqni ichidagi burgʻilash eritmaning gidrostatik bosimi qatlam bosimidan yuqori boʻlishi kerak. Shuning uchun gʻovakli singdiruvchan togʻ jins – qatlamlarida burgʻilash eritmaning filtrati qatlamga singib ketadi. Gil zarralarining bir qismi esa quduq devorida yopishib qoladi va ular (loy) gilli poʻstni tashkil etadi. Burgʻilash jarayonida quduq atrofidagi togʻ jinslarda ikkita asosiy zona ajratiladi: Singish zonasi – bu burgʻilash eritma filtratining jinslarga singib yetib borgan joyi (soxasi); Yuvilib ketgan zonasi – bu burgʻilash eritmaning filtrati bilan togʻ jinslarining toʻliq toʻyingan zonasi.
- 2.3.1.Quduq qurilishini tanlash va asoslab berish.: Burgʻilash jarayonida quduqlar tarkibi fizik-kimyoviy xossalari va qatlam bosimi turiga mansub boʻlgan togʻ jinslarini ochadi. Burgʻilashni qiyinchiliklarsiz olib borish uchun quduq tanasi mustahkamlash quvurlari deb ataluvchi poʻlat quvurlar bilan mustahkamlab boriladi. Quduq devori va quvur orasidagi boʻshlikka sement eritmasi haydaladi. Quduqlarni mustahkamlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 1). Qatlamda neft va gaz suvlarni yer yuzasiga chiqarish yoki qatlamga turli xil agentlarni haydash. 2). Turli bosimdagi gorizontlarni va mahsuldor qatlamlarni mahsuldor boʻlmagan qatlamlardan ajratish. 3). Yumshoq togʻ jinslaridan iborat quduq devorlarini mustahkamlash va hakozo. Quduqqa tushirilgan turli diametr va uzunlikdagi mustahkamlash tizmalari quduq qurilishini hosil qiladi. Shaxta - 508 mmli himoya quvuri boʻlib, 5m chuqurlikgacha tushirilgan, quduqning yuza qismini oʻpirilishdan saqlash uchun xizmat qiladi.
- 2.3.2.Burgʻilash sitemasi va burgʻilar.: Burgʻilash tizmasi yer usti jihozlari bilan quduq tubida joylashgan burgʻini birlashtirib turuvchi mintaqadir. Burgʻilash tizmasi burgʻiga mexanik, gidravlik va elektr energiyani yetkazish, burgʻilash eritmasini quduq tubiga tushishini ta'minlash, burgʻiga ogʻirlik hosil qilish, burgʻi va quduq tubi dvigatellarining reaktiv momentini qabul qilish kabi vazifalarni bajaradi. Burgʻilash tizmasining asosiy elementlariga boshqaruvchi quvur, burgʻilash quvurlari, burgʻilash qulflari, burgʻilash tizmasini markazlashtiruvchilari, perevodniklar, OBQ lari va yengil metall qotishmalaridan tayyorlangan burgʻilash quvurlari kiradi. Boshqaruvchi quvurlar rotordan aylanma harkatni burgʻilash qvurlariga uzatish uchun xizmat qiladi. Burgʻilash quvurlari burgʻilash tizmasining asosiy qismini tashkil etadi. Rotorli burgʻilash usulida burgʻilash tizmasi burgʻiga aylanma harakat berish va quduq tubini yuvuvchi suyuqlik bilan ta'minlash uchun xizmat qiladi. Burgʻilash qulflari alohida boʻlgan burgʻilash qulflarini bir-biriga birlashtirish uchun xizmat qiladi. Ulagichlar burgʻilash tizmasi elementlarini turli xil oʻlcham va rezbaga ega boʻlsa, ularni oʻzaro birlashtiradi va ushlovchi asboblarni burgʻilash tizmasiga qotirish uchun xizmat qiladi. Burgʻilash tizmasi sentratorlari (markazlashtiruvchilari) quvurlarni ogʻishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Burgʻilash tizmasi elementlari konstruksiyasi, burgʻilash quvurlari va ularni birlashtiruvchi elementlar, po'lat burgʻilash quvurlarining quyidagi turlari mavjuddir:
- 2.3.3.Burgʻilash uskunasi va burgʻilash usulini tanlash.: Burg'ilashdagi turli xil sharoitlar, chuqurliklarning xilma-xilligi va qurilishiga qarab turli oʻlchamdagi burgʻilash uskunasi turlari qo'llaniladi. Uskuna oʻlchami va namunasini tanlashda aniq geologik, energetik, yo'l-transport va boshqa burgʻilash shart-sharoitlari hisobga olinadi. Shunga muvofiq holda uzatma turi (dizelli, elektrik), shuningdek, burgʻilash uskunasini yigʻish va tashish sxemasi tanlanadi.
- 2.3.4.Burgʻining oʻtishiga va samarali burgʻilashiga eritma ta'siri va burgʻilash rejimini toʻgʻri tanlash.: Quduq chuqurlashgan sayin togʻ jinslari qattiqligining oshishi burgʻilash mexanik tezligining (u = h/t) pasayishi sabablaridan biri boʻlib hisoblanadi. Maxsus oʻtkazilgan laboratoriya tajribasi shuni koʻrsatadiki, quduqdagi yuvuvchi suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim oshishi bilan bir xil tog' jinslaridagi mexanik tezlikning oʻzgarishi bir xil boʻlmaydi: bir xil togʻ jinslarini burgʻilanganda burgʻilashning mexanik tezligi qisqa vaqt ichida kamayadi yoki juda oz kamayadi, boshqa togʻ jinslarini burgʻilashda mexanik tezlik sezilarli darajada pasayadi yoki umuman oʻzgarmaydi. Gidrostatik bosim oshishi va tog' jinslarining qattiqligi oshishidan qat'iy nazar burgʻilashning mexanik tezligiga va uning oʻzgarishi turiga boshqa faktorlar ham taʼsir koʻrsatadi. Eng asosiy omillardan biri quduqlardagi yuvuvchi suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan burgʻilanayotgan togʻ jinsi qatlam bosimi orasidagi farqdir. Bu farq qancha katta boʻlsa, burgʻilangan togʻ jinsi boʻlakchalarini jinsga siquvchi kuch shuncha katta boʻladi, natijada shlamni quduq tubidan olib chiqish shuncha qiyin boʻladi. Bunda, albatta, togʻ jinsi zarrachalarini maydalash uchun yanada koʻproq energiya sarflashga toʻgʻri keladi. Chuqurlik oshgan sayin suv bilan va havo bilan burgʻilanganda burgʻilashning mexanik tezliklari orasidagi farq sezilarli darajada oshadi, lekin atmosfera bosimi ostida bu farq juda kichik, ayniqsa, burgʻining uncha katta boʻlmagan aylanishi tezligida. 2000 - 3000m chuqurlikdagi quduqlarni burgʻilashda havo ishlatilganda burgʻilashning mexanik tezligi 2 ÷ 3 marta qatnov boʻyicha o'tish 5 ÷ 10 martagacha oshadi. Nyuton suyuqliklari (suv, neft) bilan burgʻilanganda qovushqoqlik oshishi bilan burgʻilashning mexanik tezligi pasayadi. Quduq tubi atrofida yuvuvchi suyuqlik oqimi turbulent boʻlib togʻ jinsi oldida harakatlanayotgan suyuqlik esa laminar rejimida harakatlanadi. Tarkibida qattiq zarrachalari koʻp boʻlgan yuvuvchi suyuqliklar ishlatilganda qattiq zarrachalar toʻplanishi oshishi bilan burgʻilashning mexanik tezligi pasayib ketadi. Bunda burgʻilash tezligining pasayish tempi qattiq zarrachalar toʻplanishi kichik boʻlganda oʻta sezilarli boʻladi deyish mumkin. Moylovchi qoʻshimchalarni qoʻshilishi burgʻilashning mexanik tezligini oshishiga ham ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Suv asosidagi burgʻilash eritmasida neft to'planishi 10% ga oshirilsa, mexanik tezlik ham toʻgʻri proporsional ravishda 10% ga (Umex) oshadi. Neft toʻplanishi 15% dan oshsa, burgʻilash tezliklarini oshishi toʻxtaydi, koʻpgina kamayishlar ham kuzatiladi.
- 2.4. QGT ma'lumotlarini majmuali talqin qilish.: Tadqiqot natijalarini talqin qilish burgʻi quduqlarida oʻlchangan geofizik parametrdan quduqlardagi geologik kesmalar, aniqlangan foydali qazilma konlari, burgʻi quduqlari joylashgan maydonlarning geologik tuzilishi haqidagi ma'lumotlarni olishdan iborat. QGT talqini 4 bosqichga boʻlinadi: 1. Burg'i quduqlariga tushirilgan asboblardan kelayotgan va qayd qiluvchi mexanizmlarning harakatchan sistemalaridagi diagramma qog'ozlarida aks etayotgan signallarni tuyuluvchi va samarali qarshilik, tabiiy va undalgan qutblanish potensiallari, nur tarqatishini hisoblashning jadalligi va yana bir qancha miqdorlardan iborat geofizik parametrlar grafigiga aylantirishdir. 2. Yuqorida sanab oʻtilgan geofizik parametrlardan tadqiq etilayotgan togʻ jinslarining elektr solishtirma qarshiligi, elektroximik faolligi, magnit ta'sirchanligi, zichligi, gamma-faolligi kabi va yana ba'zi haqiqiy fizik xossalarini oʻrganishga oʻtish. 3. Tog' jinslarining fizik xossalaridan ularning litologik va kollektorlik xossalarini oʻrganishga oʻtish. Ushbu bosqichda burgʻi quduqlarida oʻlchangan fizik xossalari va geofizik parametrlari majmui ajratiladi, ularni birgalikda qayta ishlash usuli yaratiladi. Ushbu parametrlar majmui va ularni qayta ishlash usuli burgʻi quduqlari orqali ochilgan togʻ jinslari diagnostikasi, ushbu togʻ jinslari qatlamlarida suv, koʻmir, ma'dan va yana boshqa foydali qazilmalar ostida ko'milib qolgan neft va gaz qatlamlarining aniqlanishi kabilarga imkon beradi. 4. Burgʻi quduqlarini geofizik oʻrganish natijalaridan yuqorida sanab o'tilgan vazifalarni bajarishda foydalanish.
- 2.4.1.Tuyuluvchi solishtirma qarshilik diagrammalarini talqin qilish, gradiyent va potensial zondlar.: Talqin etish jarayonida tuyuluvchi solishtirma qarshilik diagrammasi alohida qatlamlarning joylashish chegaralari va qalinliklarini topishda foydalaniladi. KS usulining ma'lumotlarini talqin etishning muhim boʻlimlaridan biri turli solishtirma qarshilik va qalinlikdagi yolg'iz qatlam, juft qatlam va qatlamlar pachkasining turli zondlar bilan olingan tuyuluvchi qarshilik egri chiziqlari shakllarini oʻrganishdir. pк diagrammasi boʻyicha qatlamlar qalinliklari va joylashganlik chegaralarini topish usullari yolg'iz qatlamlar va ularning pachkalari tuyuluvchi qarshiliklari egri chiziqlari shakllarini bilishga asoslangan. Potensial-zondlar bilan yozilgan tuyuluvchi qarshilik egri chiziqlarida qamrovchi jinslar qarshiliklarining kichik farqlarida chegaralangan qalinliklar qatlami qatlam oʻrtasiga nisbatan simmetrik boʻlgan anomaliya bilan ajratiladi. Shu bilan bog'lik holda potensial zond pk egri chizig'i boʻyicha qatlamlarning ustki va ostki yuzalari holatini aniqlash qoidasi bir xildir. Gradiyent zond bilan yozilgan tuyuluvchi qarshiliklar diagrammalaridan kesmalarni ajratishda foydalanish juda maqsadga muvofiqdir, chunki koʻpgina hollarda qatlamlar chegarasi pk ning ekstremal miqdorlari bilan mos tushadi. Katta va oʻrtacha qalinlikdagi qatlam “AO<n>>dc”. Qatlam ostki va ustki yuzalari ustki gradiyent zond pk diagrammalarida yuqori qarshilik pk, max va pk, min nuqtalaridan quyida MN/2 “A B/2” masofasida joylashgan nuqtalarda boʻladi. Agar MN oralig'i uncha katta boʻlmasa “0.1-0.25” va diagramma chuqurliklarining berilgan miqyosida ushbu siljish axamiyatga ega boʻlmasa, unday hollarda qatlamlarning ostki va ustki yuzalari pk, max va pk, min lar boʻyicha aniqlanadi. Agar zond oʻlchami katta boʻlib va burgʻi qudugʻi oʻlchamidan koʻplab marta katta boʻlsa, qatlamning yuqori qarshilikka ega ustki yuzasi yaqinida Pк egri chizig'ida tuyuluvchi qarshiliklarning past uchastkalari kuzatiladi, “nazariy egri chiziqlarda u AO zondi oʻlchamiga teng boʻladi", рк, min nuqtasi esa qatlam ustki yuzasida koʻrinmaydi. Bunday hollarda pк, min zond oʻlchamiga teng masofada joylashgan boʻladi. Ostki gradiyent zond pk diagrammalarida yuqori qarshilikka ega qatlamning ostki va ustki yuzalari pk, max va pk, min nuqtalaridan yuqorida MN/2 “AV/2
- 2.4.2.O'z-o'zidan qutblanish potensiallari diagrammalarini talqin qilish.: PS diagrammalarini birlamchi talqin etish boshqa elektr usullari bilan majmuali ravishda olib boriladi. Terrigen kesmalardagi qatlamlarning litologik xarakteristikasini quyidagi mulohazalardan kelib chiqib aniqlash mumkin: 1. Qatlam suvlari mineralizatsiyasi va ximik tarkibining doimiyligida Дисп ≈ ∆E = Rcn Lg (рф / рв). KS va PS diagrammalri boʻyicha togʻ jinslarining asosiy turlarini aniqlash belgilari рф> Рв boʻlganda. Agar quduqdagi eritma bir jinsli boʻlsa, unda Lg(po / рв) = const boʻladi, qatlamga qarshi PS anomaliyasi amplitudasi esa togʻ jinsi hajmidagi gil materialining taqsimlanishi va adsorbsion qobiliyatiga bogʻlik boʻladi. Qatlamning litologik xarakteristikasi PS va KS diagrammalarini kompleks talqin qilish natijasida aniqlanadi. PK va Upc ning oraliq kattaliklari bilan xarakterlanuvchi oraliq fizik xossalarga ega litologik farq kesmada uchrashi mumkin emas. 2. Qatlam suvlari mineralizatsiyasining oʻzgaruvchan holatlarida PS amplitudasi Lg (рф / рв)ga bog'lik boʻladi. Katta qalinlikdagi qumtoshlar qatlamchalari uchun (po > PB) boʻlganda amplituda △Upc<0 boʻladi; (p < PB) boʻlganda △Upc>0 boʻladi; (рф = pB) boʻlganda esa ∆Unc = 0 boʻladi. Bundan tashqari, agar qumtoshlarning adsorbsion qobiliyati (gilliligi) ham oʻzgaruvchan bo'lsa PS ning sifatli talqinini boshqa usullar ma'lumotlaridan foydalanmasdan turib amalga oshirish qiyin boʻladi.
- 2.4.2.Kavernometr ma'lumotlarini talqin qilish.: Burgʻi quduqlari diametrlarining oʻzgarishi boʻyicha togʻ jinslari 3 turga boʻlinadi. I. Burgʻi qudugʻi diametri doloto diametriga mos holda saqlanib qoluvchi togʻ jinslari birinchi tur togʻ jinslariga kiradi. Qattiq qumtoshlar, ohaktoshlar, dolomitlar, angidritlar va boshqa ko'pgina magmatik va metamorfik jinslar ushbu turga mansubdir. II. Quyida tavsif etiluvchi jinslar esa ikkinchi tur togʻ jinslariga kiradi. 1. Gil zarralarining boʻkishi va eritma tarkibiga oʻtishi bois loyqalangan burgʻilash eritmasi oqimi ostida yengil va oson yuviluvchi gillar va gilli slanetslar. Ushbu togʻ jinslarida kavern diametri 60sm ga va undan ham katta miqdorlarga teng boʻlishi mumkin. 2. Oquvchi (boʻshoq) qumlar. Bunday togʻ jinslaridan berilgan burgʻi quduqlari devorlari ham tez yemiriluvchi boʻladi. 3. Karst boʻshliqlari va yirik kavernalar hosil qiluvchi gʻovak ohaktoshlar va dolomitlar. Koʻpgina hollarda ushbu togʻ jinslarida burgʻi quduqlari diametrining biroz kengayishi kuzatiladi. 4. Asosan izotrop darzlar bilan kuchli darzlangna ohaktoshlar va dolomitlar. Bunday jinslarda quduqlar diametri aslida boʻlishi mumkin boʻlganda nisbatan oz miqdorlarda kengayadi. 5. Yuqori erish xususiyatiga ega boʻlgan tosh tuzi va silvin ham geologik xosilalar. III. Uchinchi turdagi togʻ jinslariga burgʻilanish yuzalarida burgʻi qudugʻi salniklar hosil qiluvchi geologik xosilalar kiradi. 1. Intergranulyar va izotrop darzlikli gʻovaklikka ega qumtoshlar, ohaktoshlar, dolomitlar, baʼzan mergel va angidritlardan iborat oʻtkazuvchanlik qobiliyatiga ega togʻ jinslari. 2. Erkin suvga ega boʻlmagan qovushqoq burgʻi eritmalarida ish olib borilayotgan hollardagi ba'zi plastik gillar. Burgʻi quduqlari diametrlarining oʻzgarishi boʻyicha togʻ jinslarini farqlashning aytib oʻtilgan belgilari togʻ jinslarini bir necha asosiy turlarga ajratishga imkon beradi.
- 2.4.3.Tadqiqot olib borilayotgan maydonda quyidagi standart karotaj usullarida QGT ishlari oʻtkazilgan:: 1) Standart karotaj (PS va KS). 2) Kavernometriya DS. 3) Yonlama karotaj. 4) Gama karotaj. 5) Harorat oʻzgarishi. 6) Rezistivimetriya. 7) Gaz karotaji. 8) Mexanik karotaj. 9) Inklinometriya. 10) AK (akustik karotaj) profilmetriya. Tuyuluvchi qarshilik (KS) egri yozuvlari birinchi quduqda gradiyent zond N0,5M2,0A, potensial zond N2,0M0,5A. Oʻlchovlar AKC-JI-7 stansiyasi orqali bajarilgan. Egri chiziqlarning har bir qarshiliklari 1,0; 2,5; 5,0; 10,0; Om·m/sm miqyosda roʻyxatga olingan.
- 2.4.4.Kon-geofizik materiallarini miqdoriy talqin qilish uslubi.: Kon-geofizik materiallarini talqin qilish qoʻlda va avtomatik (EHM da) varianlarda bajarilgan. NGK va AK ma'lumotlariga asosan gʻovaklik koeffitsiyenti kattaligi faqat mashinali (EHM da) variantda aniqlangan. Elektrometriya maʼlumotlarini qayta ishlash qoʻlda bajarilgan. Qayta ishlashda ham avtomatik tarzda, ham qoʻl variantida bajarilgan (Ε.Ν. Basin (3,4), L.B.Berman (3), B.Y. Vendelshteyn (5), V.N.Daxnova (11), B.C. Neyman (3) va boshqalar). Bunda metodik qoʻllanmalardan tashkil topgan algoritmlardan foydalanildi. “Oʻzbekgeofizika” ishlab chiqarish geologik birlashmasi zaxiralarni hisoblash partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan materiallarni qayta ishlash keng ko'lamda qoʻllanildi. Avtomatik variantda (EHM da) qayta ishlash zaxiralarni hisoblash partiyasining avtomatik qayta ishlash guruhi tomonidan K.A. Grutkin rahbarligida bajarildi.
- 2.4.5.Minerallanish va qatlam suvlarining solishtirma qarshiligi.: Qatlam suvlarining minerallashuvi №1 burgʻi qudugʻidan olingan qatlam suvlarining kimyoviy analizi natijasida aniqlangan. Minerallashuvni hisoblashda zichligi 1,06-1,067 g/sm³ plast suvlarining analizlaridan foydalanildi. Kesma boʻylab minerallashuvning oʻzgarishi 104 g/l dan (XV-pr gorizont) 89g/l (XV-nr gorizont) gacha. Minerallanishning maydon boʻyicha oʻzgarishi: XV-pr gorizont uchun 98g/l (№4 burgʻi qudugʻi) dan 104 g/l (№1 burgʻi qudugʻi) gacha. XV-r gorizont uchun 85g/l (№2 burgʻi qudugʻi) dan 108 g/l (№6 burgʻi qudugʻi) gacha. Yuqorida belgilangan minerallanishning oʻzgarishlarga qatlam suvlari solishtirma qarshiligining oʻzgarishi muvofiqdir: XV-pr gorizont 0,03100 Om·m dan 0,029 Om-m gacha; XV-r gorizont 0,034 Om·m dan 0,028 Om-m gacha; XV-nr gorizont 0,0335 Om·m. Negaki qatlam suvlarining minerallanishi maydon va kesma boʻylab oʻzgaradi, miqdoriy hisoblashlarda har bir gorizont uchun qatlam suvlari solishtirma qarshiligining quyidagi qiymatlari qabul qilingan: XV-nr gorizont рв = 0,0335 Om·m (CB=89g/l:) XV-r gorizont pв = 0,0315 Om·m (cB=97g/l:) - XV-pr gorizont рв = 0,029 Om·m (CB=101g/l:) Qatlam suvlarining solishtirma qarshiligini hisoblashda tenglamani amalga oshiruvchi nomogramma boʻyicha bajarilgan. ▲UPSpriv = Кпст°*Ig рф / рв bu yerda ∆UNCpriv = ∆UPS/vps (qorishma jinslar solishtirma qarshiligi, plastning solishtirma qarshiligi, qalinligi taʼsirida toʻgʻirlangan PS ning keltirilgin amplitudasi). Kpst° – qatlam haroratida PS anomaliyasi koeffitsiyenti (Kps20°C = 75 mv) haqidagi baholanuvchi maʼlumotlar kimyoviy analizlarga yaqindir.
- 2.4.6.Radiometriya (NGK, GK) ma'lumotlarini talqin qilish uslubi.: NGK va GK materiallarini talqin qilishda gʻovaklik koeffitsiyentini aniqlash maqsadida GNK-2 sistemasi boʻyicha avtomatik variantda (EHM da) bajarilgan. NGK ma'lumotlarining qayta ishlangan algoritmi quyidagilardan iborat.
- 2.5. Yura davri yotqiziqlarini QGT maʼlumotlari boʻyicha tabaqalash.: Toʻrtsari strukturasi yarim antiklinal shaklidagi struktura boʻlib, sharq tomondan tektonik buzilish bilan chegaralangan. Uning oʻlchami – 2875m izogips boʻyicha 5,5 x 2,5km, maydoni 12,2 km², amplitudasi 130m. Zaxirasi esa C3 toifa boʻyicha Neft – 1549 ming t. Gaz - 657 mln. m³ Kondensat – 62 ming t. Toʻrtsari maydonida №1 izlov qudugʻi – neft va gaz mahsulotlarini izlash va topish maqsadida, strukturaning markazida CR 1865 va L 1668 seysmoprofillarning kesishgan joyida №2 Jan. Djambuloq izlov qudugʻidan janubi-sharqda 1050m, №1 Jan. Djambuloq izlov qudugʻidan shimoli-g'arbda 2125m uzoqlikda joylashgan. Aslini olganda quduq 3580m chuqurlikgacha burgʻilangan boʻlib, yuqori yura kellovey – oksford gorizontini ochgan. Altitudasi – 471,10m. Quduqda parmalash ishlari 2008 yilda boshlangan va 2009 yilda tugallangan. Quduqda sinov ishlari 2009 yilda olib borilgan. Quduqda ochilgan haqiqiy geologik qatlamlar: 0-1423m - Neogen – toʻrtlamchi davr yotqiziqlari, 1423-1656m - Paleogen davri yotqiziqlari, 1656-3320m - Boʻr davri yotqiziqlari, 3320-3580m - Yura davri yotqiztqlari, shu jumladan: 3320-3405m - titon yarusi, 3365-3589m - oksford-kimerij yarusi, shu jumladan: 3320-3341m - yuqori angidrit, 3341-3349m - I tuz, 3349-3365m - pastki angidrit, 3365-3403m - XV gorizont, 3403 – 3413м - XVnr gorizonti, 3413 – 3490м - XVr gorizonti, 3490-3536m - XVpr gorizonti, 3536-3589m - XVa gorizonti. №1 Toʻrtsari izlov qudugʻida oʻtkazilgan geofizik tadqiqotlarga va parmalash natijalari, hamda quduqdan olingan shlamlarga asosan yura davri oksford-kimerij yarusi XV gorizonti 3365m chuqurlikda ochilgan (mutloq chuqurlik - 2894m), bu esa unga qoʻshni boʻlgan №1 Jan. Djambuloq izlov qudugʻidan 268m yuqori (mutloq chuqurlik – 3162m), №2 Jan. Djambuloq izlov qudugʻidan esa 50m yuqoridir (mutloq chuqurlik – 2944m), geologik loyihadan gipsometrik jihatdan 5m pastdir (3360m). Quduqning mahsuldorligini aniqlash va sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida 4 ta obyektda sinov ishlari oʻtkazilgan. Quduqdan sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan gaz-kondensati olinganligi hamda ushbu konni ishlab chiqarishga qoʻshuvchi korxonadan uzoqda joylashganligi va konni yaqin vaqt ichida ishlab chiqarishga qoʻshish rejalashtirilmaganligi sababli, quduq qurilish bilan tugatilib 2 yil muxlatga vaqtinchalik konservatsiyaga qoʻyilgan. 2009 yil 5 martdan – 2011 yil 5 martgacha. Toʻrtsari maydonida №2 izlov qudugʻi – strukturaning markaziga yaqin joyga L 1641 va CR 1835 seysmoprofillarning kesishgan joyiga №1 Turtsari izlov qudugʻidan 1000m janubi-gʻarbga oʻrnatilgan. Quduqni o'rnatishdan asosiy maqsad maydonning chuqur geologik va tektonik tuzilishini oʻrganish, yuqori yura davri karbonatli yotqiziqlaridagi neft va gaz uyumlarini aniqlash, qatlam suvlarining gidrogeologik, gidroximik xususiyatlarini oʻrganishdan iborat.
- 2.5.2. Yura davri yotqiziqlarini QGT ma'lumotlari bo'yicha tahlil qilish va tabaqalash.: Toʻrtsari maydoni №1 qidiruv qudugʻida yura davri yotqiziqlarining neft gazga istiqbolliligini oʻrganish maqsadida geofizikaviy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bunda ishlar asosan QGT ning BK (yonlama karotaj), AK (akustik karotaj), IK (induktiv karotaj), kavernomer, NGK (neytron – gamma karotaj) va GK (gamma karotaj) usullarida olib borilgan. Quduqda olib borilgan AK, BK, IK va kavernomer usullaridagi tadqiqot ishlari 1:200 masshtabda bajarilgan boʻlib, ular diagrammada keltirilgan (5 rasm). Quduq chuqurligi 3564m. Unda AK ning qiymati 100 260 mks/m oralig'ida, BK ning qiymati 0,2 – 2000 Om·m oraligʻida,, IK ning qiymati 0 – 40 m sim, kavernomer, ya'ni quduq diametriniki esa 4 dan 24 sm gacha. AK quduqda 3359 – 3362m, 3403 – 3406m, 3414 – 3449m, 3456 – 3464m oraliqlarda yuqori (maksimum) qiymatlarga ega. BK 3366 – 3378m, 3380 – 3382m, 3383 – 3385m, 3386 – 3389m, 3390 - 3393m, 3396 - 3398m, 3400 - 3403m, 3407 – 3410m, 3412 - 3413m, 3492 - 3502m, 3504 - 3507m, 3518 - 3520m, 3528 - 3530m, 3536 - 3542m, 3546 – 3550m, 3560 – 3562m oraliqlarda yuqori qiymatlarga ega. IK 3400 - 3405m, 3414 – 3491m, 3510 - 3518m, 3522 - 3528m, 3542-3546m, 3550 – 3558m oraliqlarda yuqori qiymatlarga ega. Kavernomer 3400 – 3402m, 3405 – 3410m, 3496 – 3498m, 3536 – 3539m, 3560 – 3562m oraliqlarda yuqori qiymatlarga ega. AK diagrammalari orqali togʻ jinslarining tezliklari oʻrganiladi. Shunga qarab kichik qiymati jinslar zichligining kichikligidan, yuqori qiymati esa yuqoriligidan dalolat beradi. BK diagrammalari orqali togʻ jinslarining elektr xossalari oʻrganiladi. Diagrammalarda elektr oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan va ega boʻlmagan togʻ jinslari ajratiladi. BK tadqiqotlarini olib borishda elektron karotaj asboblaridan foydalanilgan. IK diagrammalari orqali ham tog' jinlarining elektr oʻtkazuvchanligi va xossalari oʻrganiladi. IK tadqiqotlarini olib borishda SPAK – 8 asbobidan foydalanilgan. Kavernomer diagrammalari asosida quduqning dimetri oʻzgarishi oʻrganiladi va shunga mos holda togʻ jinslari ajratiladi. Toʻrtsari maydonidagi №1 quduqda GK (gamma karotaj) va NGK (neytron gamma karotaj) usullarida ham tadqiqot ishlari olib borilgan. NGK ning oʻlchov birligi imp/min va shartli belgida, GK ning oʻlchov birligi esa ipm/min va mkr/soat da ifodalangan.
- 2.6.Ish iatijalari.: QGT tadqiqotlari natijalari maydonda burgʻilangan burgʻi quduqlarida olib borilgan tadqiqotlarga asoslandi. Toʻrtsari maydonida joylashgan №1 kudugʻi karotaj diagrammalari talqin qilindi. Karotaj diagramalarida asosan elektr karotaj usullari: elektr maydonlar (PS), tuyuluvchi solishtirma qarshilik Pк (KS), kavernometriya (DS), radioakiv usullar: neytron-gamma karotaj va gamma karotaj (NGK, GK) diagrammasi oʻrganilayotgan quduqlar kesmalarini ajratish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Talqin etish jarayonida tuyuluvchi qarshilik diagrammalaridan foydalanib, qatlamlarning joylashish chegaralari, ularning qalinliklari topildi (quduq kesimi boʻyicha). Bunda butun quduq boʻyicha olingan karotaj diagrammasidan yura davriga tegishli qisman karbonat va terrigen yotqiziqlarida XV-HP, XV-P, XV-PR, XVI, XVII, XVIII gorizontlar ajratildi. Standart karotaj diagrammalaridan foydalangan holda, ya'ni togʻ jinslarining karotaj diagrammalarida oʻziga xos aks etish qonuniyatlaridan va hududning geologik tuzilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlardan foydalangan holda gorizontlarning litologik tarkibi aniqlandi va ushbu quduq kesimining litologik kolonkasi tuzildi. To'rtsari maydonida joylashgan №1 qudugʻi boʻyicha yura davri karbonatli (2100m dan 2368m gacha) va terrigen yotqiziqlari (2368m dan 2600m gacha) gorizontlarining ustki va ostki chegaralari quyidagicha baholandi: XV-HP – 3403 – 3413м, XV-P – 3413 – 3490m, XV-PP – 3490 – 3536m, XVa – 3536 – 3589m, XVI – 3589 – 3717m, XVII – 3717 – 3800m. №1 qudugʻidan olingan ma'lumotlarga asoslanib karbonatli yotqiziqlarda gillilik 2-9%, gʻovaklik 2-15%, terrigen jinslarda gillilik 10-62%, gʻovaklik 15-90% gacha oʻzgarishi aniqlandi.
- 3.1. Seysmokidiruv ishlarini olib borish jarayonida suv va chikitlar.: UCHN uslubidagi seysmokidiruv ishlari yerning yuza kismida bajarilayotganligi va tulkin xosil kiluvchi manbalar potlatilmaydigan uslubda, ya'ni seysmovibratorlardan foydalanilayotganligi sababli ishlab chikarishda suv ishlatilmaydi. Fakat ichimlik suvlari ichimlik uchun ishlatiladi. Avtomashina va texnika uskunalarini ta'mirlash jarayonida, avtomashinalarga yokilgi kuyilayotgan vaktda, partiya lagerida xosil buladigan komunal chikitlar uchun maxsus chukurlar (lagerdan 50metrdan tashkarida) kovlanadi. Bu chukurlar tulganda usti tuprok bilan yopilib, yangisi kaziladi. Boshka ishlab chikarish chikitlari chikarilmaydi.
- 3.2. Suv resurslarini ximoya kilish.: UChN uslubidagi seysmokidiruv ishlari yerning yuza kismida bajarilayotganligi va tulkin xosil kiluvchi manbalar potlatilmaydigan uslubda, ya'ni seysmovibratorlardan foydalanilayotganligi sababli atrof muxitdagi suv resurslariga (daryo, kul, kanal, arik va boshkalar) zarar keltirilmaydi. Fakat ichimlik suvlari ishlatiladi. Ichimlik suvlari maxsus avtotsisternalarda keltiriladi. Dala lagerida ichimlik suvlarini saklash uchun aloxida suv rezuyervarlari mavjud bulib, ulardan jumrak orkali suv olinadi va usti yopik xolda (kulf bilan bekiladigan) saklanadi.
- 3.3. Tuprok resurslarini ximoya kilish.: UChN uslubidagi seysmokidiruv ishlari yerning yuzasining tuprok kismida bajarilayotganligi va tulkin xosil kiluvchi manbalar kuchli seysmovibratorlar bulganligi sababli, ular ishlab bulgan joylarda kichik chukurchalar xosil buladi. Dala ishlari bajarib bulgandan keyin, profil buylab seysmovibrator, avtosmoka, seysmostansiya, boshka avtomobil va texnika vositalarining izlari 3metr engligida tuprok yuzasida koladi, ba'zi joylarda chukurchalar xosil buladi. Bu joylar buldozerlar yordamida tugrilanib, tekislanib kuyidagi xajmda tuprok ishlari bajariladi:
- 3.4. Rekultivatsiya.: Seysmokidiruv ishlari loyixalashtirilayotgan Tandircha yer maydoninig togli zona bulganligi sababli, dala ishlari bajarilgandan sung kam mikdorda ekin maydonlariga ta'sir kiladi. Kishlok xujalik ekinlarini va yaylovlarni kayta tiklash, seysmovibrator va avtomashinalar koldirgan izlarini tekislash, shudgorlangan yerlarni kayta shudgorlash maksadida rekultivatsiya ishlari olib boriladi. Xar bir ishlangan UCHN profilida kayta tiklash ishlari bajarilgandan sung, ekspeditsiya ekologi tomonidan karab chikiladi va kabul kilinadi. Kishlok xujalik ekinlariga zarar yetkazilganda, maxalliy xokimiyat organlari bilan birga urganilib, ularning zarari koplanadi.
- IV. MEXNAT MUXOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI: Geofizik ishlarini bajarishda dala partiyasi mexnat xavfsizligi, yongin, elektr xavfsizligi va sanoat sanitariya koidalariga muvofik tarzda ish olib boriladi. Dala partiyasi Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha kuyidagi normativ xujjatlar va kullanmalar bilan ta'minlangan: 1. Geologorazvedka ishlarini olib borishda xavfsizlik koidalari. Toshkent, 1997g. 2. Geofizika ishlarini olib borishda ishchilar uchun mexnat xavfsizligi kullanmasi (seysmostansii), Toshkent, 2000g. 3. Geofizik apparaturalarni ta'mirlarchilar uchun mexnat xavfsizligi kullanmasi, Toshkent, 2000g. 4. Xarakatdagi elektrostansiya mashinisti uchun mexnat xavfsizligi kullanmasi. 7. Elektromonterlar uchun mexnat xavfsizligi kullanmasi. 9. Uzbekiston Respublikasi «Uzbekneftegaz» MXKga karashli geologorazvedka tashkilot va karxonalari uchun Yongin xavfsizlik koidalari, Toshkent, 2004g. 11. Neft va gaz soxasi buyicha Mexnat xavfsizligining aloxida boshkaruv tizimi. «Uzbekneftegaz» MXK. Toshkent, 2001g. 12. Baxtsiz xodisalar yuz berganda birinchi tibbiyot yordam kursatish kullanmasi. Moskva, 1986g. 13. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 06.iyundagi №286 sonli «Ishlab chikarishda ishchilarning sogligining zararlanganligi va baxtsiz xodisalarni xisobga olish va ularni tekshirish nizomi». 14. «Uzbekneftegaz» MXKga karashli tashkilot va karxonalari uchun ishlab chikarishda sodir bulgan baxtsiz xodisalar xakidagi ma'lumotlarni zudlik bilan kayd kilishning yagona tartibi». Toshkent 2003g. Yukorida kursatilgan tadbirlarning bajarilishi va koidalarga rioya kilish ishlariga partiya boshliklari javobgar bulib, brigada, otryad boshliklari va avtomexaniklar uz yunalishlari buyicha javobgardir. Baxorgi - yozgi va kuz- kish mavsumlari oldidan maxsus komissiya tomonidan partiyaning dala ishlariga tayyorgarligi tekshiriladi. Partiyaning dala ishlariga chikishi tayyorgarlik tekshiruvdan keyin ruxsat beriladi va dalalotnoma bilan rasmiylashritilib, kasaba uyushmasining roziligi bilan ekspeditsiya boshligi tomonidan tasdiklanadi. Ishga, 18 yoshdan yukori bulgan, dala sharoitiga mos keladigan, tibbiyot kurigidan utgan, sogligi dala sharoitiga mos keladigan shaxslar kabul kilinadi. Kayta tibbiyot kurigi Uzbekiston Respublikasi Soglikni Saklash Vazirligining 2000 yil 06.iyundagi №300 sonli karorida kursatilgan muddatlarda utkaziladi. Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bilimlari buyicha injener - texnik xodimlar koidalarda kursatilgan muddatlarda va ishchilar xar yili imtixon topshiradilar. Ishga yangi kabul kilinganlar avvalo ekspeditsiya bazasida, keyinchalik ish joyida mexnat xavfsizligining boshlangich instruktajini utadilar. Mexnat xavfsizligi buyicha olgan bilim va tushunchalari bilan ish joyiga sinov muddatlari asosida ishga kuyiladi. Ish joyiga mexnat xavfsizligi buyicha olgan bilim va tushunchalari tekshirildan keyin ruxsat beriladi va maxsus ruxsatnoma beriladi. Dala lagerlarining joylashish xududi viloyat sanepidemstansiya organi va maxaliy xokimiyat tomonidan ruxsat olinadi. Dala lagerini joyini tanlashda kuyidagi kuyidagi shart – sharoitlar xisobga olinadi: dala lageri yer osti va yer usti komunikatsiyalaridan xoli yerda bulishi; sel kelishi va yerning nurashi yoki upirilishi extimoli bulgan joylardan uzokda; elektr energiyasi liniyasidan xavfsiz masofada; iloji boricha axoli punktidan tashkarida; daryo uzanlari va kul atroflaridan uzokda. Lagerda mexnat xavfsizligi, xarakat xavfsizligi va fukora ximoyasi burchaklari tashkil kilinadi. Xamma brigada aʼzolari operator-mashinistlar va boshka mutaxasislar (buldozerchi, gazoelektr payvandchilar), soglikka zarar keltiruvchi sharoitda ishlovchilar jamao shartnomasida kursatilgan normalarga muvofik maxsus sut bilan bepul ta'minlanadilar. Avtomobil texnikalarining tamirlash ishlari, maxsus jixozlangan maydonchalarda bajariladi. Kapital tamirlash ishlari ekspeditsiya bazasida amalga oshiriladi. Mexnatni muxofaza kilish va texnika xavfsizligiga rioya kilish axvolini nazorat kilish MMKABT (Mexnatni muxofaza kilishning aloxida boshkaruv tizimi) buyicha olib boriladi. 4.2. Ishlab chikarish sanitariyasi. Dala lagerlarining joylashish xududi viloyat sanepidemstansiya organi va maxaliy xokimiyat tomonidan ruxsat olinadi. Sanoat sanitariya koidalariga rioya kilgan xolda va ishchilarning sogligini saklash maksadida, ichimlik suvi maxsus avtomobillarda (vodovoz) keltiriladi. Ichimlik suvini keltirish uchun tibbiyot kurigidan utgan, sogligi xakida kayd etilgan «sanitariya daftarchasi» ga ega bulgan maxsus shofyorlar tayinlanadi. Dala lagerida ichimlik suvlarini saklash uchun aloxida suv rezuyervarlari mavjud bulib, ulardan jumrak orkali suv olinadi va usti yopik xolda (kulf bilan bekiladigan) saklanadi. Issik ovkatlarni tayyorlash uchun partiyada vagon – oshxona movjud. Ovkat pishirish uchun tibbiyot kurigidan utgan, sogligi xakida kayd etilgan «sanitariya daftarchasi» ga ega bulgan maxsus oshpazlar tayinlanadi Ular xar doim tibbiyot kurigidan utib borishlari shart. Dala partiyasida tibbiyot instruktorlari (10 kunlik maxsus tibbiyot kurslarni tugatgan) tayinlanadi. Ular dala ishlari bajarilayotgan vaktda va lagerda sanitariya koidalariga rioya kilishni nazorat kiladilar. Tibbiy medikamentlar xar chorakda tuldirilib boriladi. Lager va uning atrofi xar uch kunda tozalanib, xar xil chikindilar maxsus chukurchalarga tashlanadi. Bu chukurchalar tulganda esa usti tuprok bilan yopilib, yangisi kaziladi. Yoz vaktida partiya ishchilari chivin,kon suruvchi pashshalarga karshi kurashish maksadida, dokalar va maxsus insekitsidlar bilan yetarlicha mikdorda taminlanadi. Tabiiy klimatni xisobga olgan xolda yilning issik vaktida «Dala ishlari chul va suvsiz xududlarda issik vaktlarda ishlash kullanmasi» ga kattik rioya kilingan xolda olib boriladi. Kattik changli shamol vaktida transport vositalarining xarakatlanishi tuxtatiladi. Partiya ishchi -xodimlari kigiz shlyapalar, changdan tusuvchi ochkalar,etik, yilning sovuk vaktida paxtalik kurtka, bryuk, issik yotish okliklari anjomlari bilan taminlaniladi. Maxsus kiyimlar, yotish okliklari ekspeditsiya bazasida markazlashgan kirxonada yuviladi. Yotish okliklari xar 10 kunda almashtiriladi. 4.3. Yonginga karshi profilaktika. KGT ishlari bajarilayotgan vaktda va dala lagerlarida yonginga karshi profilaktika ishlari olib boriladi va «Geologiya kidiruvi tashkilot va korxonalari uchun yongin xavfsizlik koidalari» kullanmasiga tulik rioya kilinadi. Dala partiyasida vagon – uylarni joylashtirishda kuyidagi yongin xavfsizligi tadbirlariga rioya kilinadi: a) vagon – uylar orasidagi oralik masofa 5 metrdan kam bulmasligi lozim. b) dala lageri maydoni va yon atrofi ut- ulanlar va butalardan tozalaniladi. v) partiya lageri, ut uchirish normativlariga asosan ut uchirish moslamalari bilan ta'minlaniladi. g) xar bir vagon – uyga yongin xavfsizligi buyicha javobgar shaxs tayinlanadi; d) vagon – uylar atrofi zazemleniyasi kontur kilib uralib, xar yilda 2 marta muntazam ravishda elektr karshiligi ulchanadi. Yozning issik vaktida atrofdagi ut –ulanlarni yongindan saklash maksadida lager va avtotransportlar turadigan joy atroflarini tozalab shudgorlab kuyiladi. Chekish uchun aloxida joy ajritiladi. Dala partiyasida yongin sodir bulganda vaktida yonginni uz vaktida bartaraf etish uchun maxsus ut uchiruvchi drujina buyruk asosida tashkil kilinadi. Yokilgi va yoglash maxsulotlarini omborlarda saklash va uni tashishda esa «Yokilgi va yoglash maxsulotlarini omborlarda saklash va uni tashishda yonginga karshi xavfsizlik kullanmalari» asosida bajariladi. Yokilgi va yoglash maxsulotlari saklanadigan omborlar (maxsus rezuyervarlar) dala lageridan 50metrdan kam bulmagan masofada urnatiladi va PN BGO 3.8 punkti asosida jixozlanadi. Yokilgi maxsulotlarini saklash ombori atrofi tikonli sim tusiklar bilan uralib, yongin xavfsizligi zonasi shudgorlanib, ut uchirish moslamalari bilan ta'minlanadi. Yokilgi va yoglash maxsulotlarini tashishda maxsus avtomashinalar ajratilgan bulib, ular ut uchirish moslamalari bilan jixozlangan. 4.4. KGT ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligi. KGT ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizlik koidalariga kattik rioya kilinadi. Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bilimlari buyicha injener - texnik xodimlar koidalarda kursatilgan muddatlarda va ishchilar xar yili imtixon topshiradilar. Ishga yangi kabul kilinganlar avvalo ekspeditsiya bazasida, keyinchalik ish joyida mexnat xavfsizligining boshlangich instruktajini utaydilar. Mexnat xavfsizligi buyicha olgan bilim va tushunchalari bilan ish joyiga sinov muddatlari asosida ishga kuyiladi. Ish joyida mexnat xavfsizligi buyicha olgan bilim va tushunchalari tekshirildan keyin mustakil ishlashga ruxsat beriladi va maxsus ruxsatnoma beriladi. Odamlarni avtomobillarda tashish uchun 1 yoki 2 sinf «D» kategoriyali, ish staji 3 yildan kam bulmagan shoferlar tayinlanadi. Partiya ishchi-xodimlari ekspeditsiya bazasi va dala lageriga transportda borish va kaytish vaxta mashinalarda oldindan kuzda tutilgan yunalish orkali amalga oshiriladi. Otryadlar profilga borish va kaytishi maxsus jixozlangan avtotransportda bajariladi. uchastka yoki obyekt joylashgan xududda xavfli zonalar portlamaydigan manbalarni ishlatuvchi xodimlar uchun, yetarli ogirlikka bordosh berolmaydigan kupriklar, yerning nuraydigan kismi, EEL liniyalari, gaz utkazgich va shunga uxshashlar kursatiladi. - xalk xujaligi inshoatlari, shu jumladan kuriklanadigan zonalar, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari, axoli xonadonlari, ishlab chikarish kurilishlari kursatiladi. Yukori bosimli (200atm.bosimigacha), uskunalarda ishlash vaktida uzok vakt silkinishlar xavfni keltirib chikarishi mumkin, shuning uchun xizmat kursatayotgan xodimdan yaxshi texnik bilim va yukori maxoratni, texnika xavfsizligi koidalariga anik va yukori daraja mexnat intizomiga rioya kilish talab etiladi. Sikilgan va kisilgan gaz va kislorod ballonlarini tashish, ishlatish va saklashda «Gaz xujaligida xavfsizlik xarakati koidalari» va «Katta bosim ostida ishlovchi va suruvchi mexanizmlarni ishlatishdagi xavfsizlik koidalari» da kuzda tutilgan barcha talablarga kattik rioya kilinadi. Mexnatni muxofaza kilish va texnika xavfsizligiga rioya kilish axvolini nazorat kilish MMKABT (Mexnatni muxofaza kilishning aloxida boshkaruv tizimi) buyicha olib boriladi.
- V. IQTISODIY QISM: 5.1. Izlov-qidiruv ishlarini baholash tamoyillari va iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari. Har qanday maqsadga muvofiq ishning iqtisodiy samaradorligi yakuniy natijaning unga erishishga sarflangan mablag'ga nisbati bilan oʻlchanadi. Geologik qidiruv ishlarida ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridan farqli ravishda, mehnat sarflari va yakuniy natija olish orasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud emas. Ish va xarajatlarning ma'lum qismi umuman natijasiz boʻlishi mumkin.geologik qidiruv ishlarining samaradorligiga tashqi, tabiiy omillar katta ta'sir ko'rsatadi. Geologik qidiruv ishlarining samaradorligi koʻp omilar bilan bogʻliq, ularga konning tabiiy sharoiti, ishlash va qidirishning ilmiy -metodik ta'minoti, burgʻilash va yerni o'rganish usullarida hamda neft va gaz konlarini ishlatishda texnik progress, ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish, va yakuniy natija mehnat unumdoligining oʻsishida namoyon boʻlishi kiradi. U aloxida konlarda hamda butun tuman va tarmoq boʻyicha aniqlanadi va alohida bosqichlar, etaplar va butun izlov-qidiruv ishlari siklini tavsiflaydi. Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligini miqdoriy ifodalash uchun toʻgʻri va hisob kitobli hamda natural va narxli turlarga boʻlinadigan baho koʻrsatkichlarining butun tizimidan foydalaniladi. Hisoblash koʻrsatkichlari xarajatlarni olingan natijalarga nisbati bilan yoki bosqich natijalarini sarflangan xarajatlarga boʻlish yoʻli bilan hosil qilinadi. Geologik qidiruv ishlariga xarajatlar tarmoq ichi va xalq xoʻjaligi iqtisodiy samaradorligi ajratiladi. Tormoq ichi iqtisodiy samaradorligi aloxida basqichlar, etaplar va butun sikl boʻyicha ishlarni tavsiflaydi, u ma'lum bosqichlarda yechiladigan vazifalarni hajmi va sifati hamda olinadigan natijalarni ishonchliligi bilan aniqlanadi. Aloxida konda izlov bosqichining samaradorligi tuzilmani chuqur burgʻilashga tayyorlashning davomiyligi, bu bosqich ishlarining hajmi va narxi, ishlov burgʻilashning davomiyligi, izlov quduqlari soni, bir metr izlov qudugʻiga va pul ifodasida xarajatlar, mahsuldor quduqlarning soni yoki umumiy quduqlardan ulushi, C₁ va C2 toifa zaxiralarining oʻsishi bilan baholanadi. Izlov bosqichi va butun izlov-qidiruv ishlari siklining samaradorligi o'xshash koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ammo bundan tashqari, bitta quduqqa va 1 metr burgʻilashga toʻgʻri keladigan neft va gaz zaxiralari, A+V+S1 toifalar boʻyicha balans va olinadigan 1 tonna neft zaxirasini va ming m³ gaz zaxiralarini tayyorlash narxi kabilar qoʻshiladi. Tormoq ichi samaradorligini baholash taqqoslash xarakteriga ega, samaradorlik aniq obyektlarda bajarilgan ishlarning haqiqiy va loyihaviy yoki normativ koʻrsatkichlarini solishtirishdan aniqlanadi. U geologik qidiruv ishlarining ilmiy-texnik, metodik va tashkiliy darajasini ifodalash kerak, lekin uning ko'rsatkichlarida ish rayonlarining va ularda ochiladigan konlarning tabiiy xususiyatlari ifoda etishi lozim. Shuning uchun turli krnlarda ishlarning samaradorligini tavsiflashda taqqoslanadigan obyektlarning tabiiy xususiyatlarini solishtiruvchanlik sharoitini saqlash lozim. Geologik qidiruv ishlarining samaradorligini hisoblashda shuni nazarda tutish lozimki, geologik va geofizik ishlarning barcha turlarigi xarajatlarni neft va gaz zaxiralarini tayyorlash narxiga kiritish mumkin emas. Bunday ishlarning bar qismi umumdavlat ahamiyatiga ega, masalan, regional geologik, geofizik va geoximik suratga olish, umumnazariy tadqiqotlar va boshqalar. Hisoblashlarga faqatgina ma'lum etap, stadiya yoki butun izlov-qidiruv ishlari sikli vazifalarini bajarishga ketgan xarajatlar kiritiladi. 5.2. Maydonda loyihalangan ishlarning davomiyligi "Maket poiskov metorojdeniy (zalejey) nefti i gaza” muvofiq izlov quduqlarining qurish davomiyligi oʻtishning geologik-texnik sharoitlari o'xshash boʻlgan qo'shni maydonlarda quduqlarni qurish ma'lumotlariga asosan aniqlanadi. Ular minora ostidagi hududni tozalash, minora qurish va burgʻilash jihozlarini montaj qilish, burgʻilashga tayyorgarlik ishlari, burgʻilash va burgʻilash jihozlarini demontaj qilish, sinashga tayyorgarlik va quduqlarni mahsuldorlikka sinash jarayoni bilan bogʻliq ishlar siklini oʻz ichiga oladi. Loyihalanayotgan obyektda izlov burgʻilash har birining chuqurligi 3800 m, umumiy hajmi 11400 pog.m. boʻlgan uchta quduqni qurish bilan amalga oshirilishi lozim. Asos quduq sifatida Yuj. Djamboʻlak №2 izlov qudugʻi qaboʻl qilingan, chunki burgʻilash jihozlari, minora, minora qurish va uni montaj qilish sharoitlari bir xil. Minora qurishning davomiyligi tasdiqlangan zonal loyiha va smeta boʻyicha 51,3 kun. Loyihalangan tezligi Hisoroldi NGQE erishgani boʻyicha va asos quduq boʻyicha 338 m/st.oy. ni tashkil etadi. Shunga muvofiq loyihalangan quduqning burgʻilash davomiyligi quyidagini tashkil etadi: 3800 30 305 374кип Mahsuldorlikka sinash ishlatish tizmasi bilan mustahkamlangandan sung 8 ta obyektda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Asos quduq bilan analogi boʻyicha bu ishlarning davomiyligi quyidagini tashkil etadi: a) birinchi obyektni sinash – 21,0 kun. b) keyingi obyektlarni sinash – 140 kun Shunday qilib bitta quduqni qurish davomiyligi taxminan quyidagini tashkil etadi: Minora qurish va jihozlarni oʻrnatish – 51,3 kun. Burgʻilashga tayyorgarlik ishlari va 0-3800 m oraliqda burgʻilash – 382 kun. Ishlatish tizmasi bilan mutahkamlangandan sung 8 ta obyektni sinash – 140 kun. Bazaviy quduqda erishilgan ko'rsatkich boʻyicha loyihaviy burgʻilash tezligi quyidagini tashkil etadi: VK = 51,3 +382 + 140 = 573,3 m/st.oy. 5.3. Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi bitta koʻrsatkich oʻlchanishi mumkin emas. Shunga asosan (geologik qidiruv jarayonini bosqichlar va territoriyalar boʻyicha tashkil qilish, ishlab chiqarish ishlari turlarini komplekslash, qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning xususiyatlari, tabiiy omillar va boshqalar) geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi turli koʻrsatkichlar tizimi yordamida oʻlchanishi lozim. Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi natural (ishlarning samaradorligini aloxida bosqichlar va turlari boʻyicha baholash uchun), narxli (xarajatlar samaradorligini baholash uchun) ifodaga ega boʻlishi mumkin. Xalq xoʻjaligi nuqtai nazaridan samaradorlikni aniqlash uchun jamlama yoki umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar (zaxiralarning pulli baxasi, xarajatlarning iqtisodiy ko'rsatkichlari va ularni oʻzini oqlashi) zarur boʻladi. Toʻrtsari maydonida izlov ishlarini olib borish uchun 3 ta quduqni burg'alash ishlari loyihalangan. Bu quduqlarning chuqurligi 3800 metrdan boʻlib, umumiy uzunligi 11400 metrni tashkil etadi. Maydonda geologik izlov ishlarini olib borish uchun quyidagi miqdorda kapital xarajatlar rejalashtirilgan: - izlov ishlari va tuzilmani chuqur burgʻilashga tayyorlash ishlariga xarajatlar 1649 ming so'm; - 1 metr loyihalangan burgʻilashga xarajatlar 318,27 soʻm; - maydonda izlov burgʻilash ishlariga ajratilgan xarajatlar 3628,297 ming so'm. - izlov ishlariga umumiy xarajatlar 5277,297 ming so'm. Bitiruv malakaviy ishining II boʻlimida keltirib oʻtilganidek, maydonda neft, gaz va kondensat zaxiralarining kutiladigan oʻsishi quyidagini tashkil etadi: Gaz 657 mln.m³; Kondensat - 62 ming tonna; Neft – 1549 ming tonna. Jami shartli yoqilgʻi – 2268 ming t.sh.yo.
- XULOSA.: To'rtsari maydoni yura davri yotqiziqlarini quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT) boʻyicha oʻrganish va tabaqalash ishlab chiqarish amaliyoti davrida yig'ilgan ma'lumotlar va ularni talqin qilish hamda umumlashtirish asosida amalga oshirildi. Bunda geofizikaviy materiallardan, quduqlarda geofizikaviy tadqiqotlardan (karotaj), chuqur burgʻilash ma'lumotlaridan va boshqa shu kabi ma'lumotlardan foydalanildi. Toʻrtsari №1 qudugʻidagi yura davri karbonat va terrigen yotqiziqlari QGT usullari asosida talqin qilindi va gorizontlarning joylashishi aniqlanildi. Toʻrtsari burmasi oʻzi bilan shimoli – sharqqa cho'zilib yotuvchi, sharqiy qismi esa tektonik buzilish bilan tushilgan holatni namoyon etadi. Oʻlchami 5,5 x 2,5km, mahsuldor maydoni 12,2km, amplitudasi 130m, gʻovaklik koeffitsiyenti Kp= 9 ga teng. Mahsuldor qapqoqni tasdiqlash uchun struktura gumbaz qismini 3800m chuqurlikdagi qidiruv qudugʻi bilan yura terrigen yotqiziqlarini ochishgacha burgʻilash kerak. 1:25000 masshtabli strukturaviy xaritani qurish uchun binning 25 x 25 oʻlchami yetarli. Strukturaviy xarita OGT 3D vaqtli kesimlari asosida, T5 qaytaruvchi gorizont (J3 tt) boʻyicha qurilgan. CR1865, 1900 profillari boʻyicha vaqtli kesim asosida qurilgan seysmogeologik kesimdan №1 tavsiyaviy quduqni koʻrsatishimiz mumkin. Tavsiya qudugʻi strukturaning gumbaz qismiga qoʻyiladi. Seysmik ma'lumotlarning sifati har xil boʻlishiga qaramasdan, struktura gumbaz qismi yetarli darajada talqin qilingan. Aniqlikni yanada oshirish uchun qoʻshimcha ma'lumotlar sifatida shimoli – sharqiy qism boʻyicha L1721 va janubiy qism boʻyicha L1625 profillariida seysmorazvedka 3D ishlari olib borilmoqda.