Oqava suvlarni biokimyoviy tozalashda aerotenk – tindirgich blokini avtomatik rostlash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi sanoat korxonalarida kimyoviy moddalar bilan ifloslantirilgan oqova suvlarni mexanik tozalash usuliga bag'ishlangan. Ishda oqova suvlarni tozalash jarayonining texnologik sxemalari, asosiy qurilmalarning hisobi, hayot faoliyati xavfsizligi va iqtisodiy samaradorlik masalalari ko'rib chiqilgan. Jarayonni avtomatlashtirish va uning asosiy parametrlari, jumladan haroratni nazorat qilish tizimi ham tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi: Shaharlar, posyolkalar, aholi punktlari, chorvachilik komplekslari va har xil turdagi sanoat korxonalarining rivojlanishi natijasida ulardan hosil bo'ladigan oqova suvlarni zamonaviy tozalash inshootlarida talab darajasida tozalab, so'ngra esa suv havzalariga tashlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu turdagi oqova suvlarni tozalab havzalarga tashlanishi natijasida atrof muhit ifloslanishining va ekologik holatning buzilishlarining oldi olinadi. Oqova suvlarni tozalashda aerotenklarni qo'llash va bu texnologiyani joriy qilish hozirgi davrning muhim va dolzarb muammolaridan biridir.
- Ishning maqsadi va vazifalari: Tabiiy loyqa va oqava suvlarni biokimyoviy tozalashda aerotenk tindirgich blokini avtomatik rostlash malakaviy bitiruv ishimning asosiy maqsadi va vazifasidir.
- Bitiruv ishining obyekti va predmeti: Oqava suvlarni biokimyoviy tozalashda aerotenk tindirgichlarining o'rni va ularni ish unumdorligini oshirish, oqava suvlarni tozalashda tejamli qurilmalarni joriy etish malakaviy bitiruv ishimning tadqiqot doirasiga kiradi.
- Bitiruv ishining uslubiyati va uslublari: Olingan ma'lumotlar oqava suvlarni tozalashning zamonaviy usullari bu klassik tozalash uslubidan farqli ravishda jadal tezlik bilan amalga oshiriladigan reagentli usullarni qo'llashga asoslangan uslublarini o'z ichiga oladi.
- Bitiruv ishi natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, oqava suvlar sifatini yaxshilovchi qurilmalarni ishini avtomatlashtirish, ma'naviy eskirgan suv tozalash filtrlarini, tindirgichlarni, quvurlarni zamonaviylariga almashtirish amaliy ahamiyatga ega ekanligi aniqlanadi. Bu tadqiqotlar natijasini tadbik qilish o'zini ancha samaradorligini ko'rsatadi.
- Oqava suvlarni biokimyoviy tozalash jarayonining texnologik sxemasi: Rasm 1.9 da biokimyoviy tozalash qurilmasining texnologik sxemasi keltirilgan. Unda 1-birlamchi tindirgich, 2-dastlabki aerator, 3-aerotenk, 4-regenerator, 5-ikkilamchi tindirgich ko'rsatilgan. Oqova suv avval 1-tindirgichga beriladi va bu yerda tarkibidagi turli mexanik hamda muallaq zarralardan ajratiladi.
- Aerotenk – tindirgich blokini avtomatik rostlash tizimining funksional sxemasi: Rasm 2.1 da aerotenk-tindirgich blokini avtomatik rostlash sistemasi keltirilgan. Bu sistemada erigan kislorod konsentratsiyasi, aktiv loyqaga nagruzka (yuklanish) va ortiqcha loyqani chiqarishni rostlash bo'yicha uchta rostlash konturi mavjud.
- Nasos qurilmasini tanlash: Texnik vazifani bajarish uchun quvvat hisobini amalga oshirish kerak va katologdan shu quvvatga mos keluvchi qurilmani tanlash kerak. Qo'yilgan texnik vazifa nasos ishchi g'ildiragini aylanish chastotasini o'zgartirish orqali bosimni rostlash bo'lganligi tufayli ushbu qurilmaga tanlanadigan yuritmada dvigatel valini aylanish tezligini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.
- Chastota oʻzgartirgich qurilmasini tanlash: Yuritmaviy dvigatelni normal ishlashi uchun ta'minot tarmog'idagi elektr energiya parametrlarini o'zgartirish hamda dvigatelga uzatiladigan elektr energiya kattaliklarini o'zgartirish va dvigatel tezligini rostlash funksiyalarini o'zgartirgich qurilmalari bajaradi. Chastota o'zgartirgich sifatida «Stroytexavtomatika» firmasining CTA-B9.HVI-400kVt tranzistor chastota o'zgartirgichi tanlanadi.
- Bosim datchigini tanlash: Ushbu loyiha uchun “Metran" firmaning bosim datchigi tanlandi. Metran-100 bosim datchigi avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tizimlariga ishlashga mo'ljallangan bo'lib, bosimni uzviy ravishda unifikatsiyalangan analog signalga o'zgartirishni ta'minlaydi.
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Sanoat va maishiy-xo,jalik oqava suvlarini tozalash jarayoni qo,yidagi havfsizlik talablariga javob berishi kerak: oqava suvlarni tozalash amaldagi sanitar meyorlari talabiga javob be-rishi; oqava suvlarni uzatish tizimida nosoz ishlatishga ruhsat etilmaydi; kanalizatsiya quvurlari, quduqlarining chuqurligi 1,0 m dan kam bo,,lmasligi va xizmat ko„rsatish tizimlari yoki skobalar (tutqichlar) bilan jihozlangan bo,,lishi kerak.
- Iqtisodiy qism: Qishloq va suv xo,jalik ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirish qishloq xo,jaligini elektrlashtirish soxasining samarali yo,nalishlardan biridir. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida avtomatlashtirish vositalari ishlatilmoqda. Bunday vositalarni ishlatish ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
- Atrof-muxit muhofazasi: Bizni o,rab turgan atrof muhitni shartli ravishda beshta asosiy tashkil etuvchiga ajratish mumkin. Bular suv resurslari (yer yuzi va yer osti suv manbalari); havo basseynlari; yer- (-tuproq- zamin) va bioqatlam-o,,simlik dunyosi (flora) va hayvonot dunyosi (fauna) hisoblanadi. Har biriga mumkin bo,,lgan zararli tasirlari tahlil qilinadi.