Битирув малакавий ишда бакалавр "Nissan" фирмаси тўқув дастгоҳлари билан жиҳозланган қуввати 6,5 млн.пог.м Арт. 3224 "Cаржа" тўқимасини ишлаб чиқаришга мўлжалланган замонавий тўқувчилик корхонасининг технологик жараёнини лойихалаш.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta'lim Vazirligi tizimidagi Jizzax Politexnika Instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib,
Asosiy mavzular
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI: Nissan firmasi to'quv dastgohlari bilan jihozlangan quvvati 6,5 mln.pog.m Art.3224 "Sarja" to'qimasini ishlab chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy to'quvchilik korxonasining texnologik jarayonlarini loyihalash.
- Kirish: Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda 2020-yilga “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishida va shu asosda jamiyat a'zolarining moddiy va ma'naviy farovonligini ta'minlashda Milliy iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog'i boʻlgan toʻqimachilik sanoati alohida oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida 2019 yil 3 yanvardagi Farmonida, jumladan, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq Jizzax viloyatida "Ilg'or hudud" sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirildi. Pirovardida, hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir qishloq bitta mahsulot" tamoyili boʻyicha talab yuqori boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni jadallik bilan yaratish, iqtisodiy faoliyatni rag'batlantirish, va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda Jizzax viloyatida 50 dan ortiq to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur korxonalarda dunyoning eng etakchi firmalaridan “Truetchler",
- Xom toʻqima ta'rifi: "Sarja" turidagi ip gazlamalar asosan uzun tolali paxta tolasidan pishitilgan iplardan ishlab chiqarilib, o'rta og'irlikdagi to'qimalar turkumiga kiradi. Ma'lumotnomada [3] Art. 3224 "Sarja" toʻqimasini taxtlash koʻrsatkichlari keltirilgan. Bitiruv malaka ishimizda ushbu toʻqimani ishlab chiqaradigan toʻquv korxonasini loyihalash rejalashtirilgan. Mamlakatimiz yigiruv korxonalarida ishlab chiqariladigan to'quvchilik iplarining tarkibida o'rta teksli paxta iplarining ulushi yuqori. 3224 artikuldagi "Sarja” matosi uchun tanda sifatida qayta tarash tizimida yigirilib, pishitilgan 16,5x2 teksli, arqoq sifatida qayta tarash tizimida yigirilib, pishitilgan 25x2 teksli paxta tolali iplardan foydalaniladi. Bu to'qima sarja 2/2 o'rilishida ishlab chiqarilib, asosan, toʻquv dastgohida shoda koʻtarish karetkalari yoki ekssentrikli homuza hosil qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Mazkur matoning tanda boʻyicha zichligi R₁=410 ip/10 sm, arqoq boʻyicha zichligi R₁=220 ip/10 smni tashkil qiladi. To'qimaning arqoq boʻyicha zichligi nisbatan ancha kam boʻlganligi uchun tanda boʻyicha pishiqligi ancha yuqori hisoblanadi. Eni 103 sm boʻlgan 100 pogonometr “Sarja” matosi ishlab chiqarish uchun 16,291 kg tanda ipi, 10,1 kg arqoq ipi sarflanadi. Matoni ishlab chiqarishda tanda iplarini qisqarishi ar=11,5%, lekin to'qimaning zichligi tanda boʻyicha yuqori boʻlishiga qaramay arqoq boʻyicha qisqarish bir muncha kam a₁=2,5 %ga teng. "Sarja” matosining sirt zichligi 272 gr/m² boʻlganligi uchun o'rta ogʻrlikdagi to'qimalar turkumiga kiradi. Bitiruv malakaviy ishida “Sarja” matosini 200 sm enda ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligini loyihalash uchun to'qimaning texnik hisobi, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan oʻramlar hisobi va chiqindilar hisobini bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 3224 artikuldagi "Sarja” toʻqmasininng taxtlash koʻrsatkichlari 1.1-jadvalda keltirildi.
- Toʻqimani taxtlash hisobi: Oʻrilish koeffitsienti hisobi F = 2R₁R₁ / (Tr+Ta) = (2*4*4)/(4+5) = 3,5. RT, R₁ - toʻqima oʻrilishining tanda va arqoq iplari boʻyicha rapporti. Tr, Ta - rapport chegarasida tanda (arqoq) iplarini arqoq (tanda) ipi kesib o'tish soni. To'quv dastgohi turini tanlash Berilgan to'qima assortimentini to'qib chiqarish uchun to'quv dastgohini toʻgʻri tanlash muhim rol o'ynaydi. Ishlab chiqariladigan toʻqima sifati, mahsulot miqdori, sarf harajatlarni kamayishi, qo'l mehnatini engillashtirish kabi ko'rsatkichlar, toʻquv dastgohini toʻgʻri tanlanishiga bogʻliq. Toʻquv dastgohini tanlashda quyidagilar asosiy manba hisoblanadi: -berilgan to'qima assortimentini to'qish uchun tola yoki ipni nisbiy qalinligi to'g'ri kelishi; -berilgan to'qima assortimenti toʻqilgandan soʻng olinadigan xom toʻqima kengligini, standart tayyor toʻqima kengligiga toʻgʻri kelishi; -toʻqima uchun oʻrilish turini olish mumkinligi; -toʻquv dastgohida berilgan to'qima assortimentini to'qish imkoniyatini aniqlash tanda va arqoq iplarini to'qimadagi zichligiga, oʻrilish turiga va boshqalarga bog'liq. [5] Bu imkoniyatlar to'quv dastgohi xarakteristikasida ko'rsatiladi. Toʻquv dastnoxini ishchi kengligini tanlashda uni ishlatish imkoniyatidan to'liq foydalanishga harakat qilish zarur.
- Toʻquv dastgohini toʻqish kuchi yoki imkoniyati: Toʻquv dastgohini to'qima to'qish kuchi yoki imkoniyati asosan 2 ta koʻrsatkich orqali ifodalanadi: a)Toʻqimani bogʻlanish koeffitsienti; b)tolali materiallar bilan toʻqimani toʻldirish koeffitsienti. a) Toʻqimani bogʻlanish koeffitsienti quyidagi formula yordamida aniqlanadi. C=PTPA Tor / (F·1000) = (41*22*39,7) / (3,5*1000) = 10,2. PT - toʻqimani tanda iplari boʻyicha zichligi, 41,0 ip/sm. PA- toʻqimani arqoq iplari boʻyicha zichligi, 22,0 ip/sm. Tor - tanda va arqoq iplarini oʻrtacha chiziqli zichligi, teks. Tor = 2*TT*TA / (TT+TA) = 2*(16,5x2)*(25x2) / (16,5x2+25x2) = 39,7 teks. b) Toʻqimani tolali materiallar bilan toʻldirish koeffitsienti. Kto'q.=Ktan*KArq. = 1,45*0,84 = 1,22. Ktan. -to'qimani tanda iplari bilan to'ldirish koeffitsienti. KArq. -to'qimani arqoq iplari bilan to'ldirish koeffitsienti. Toʻqimaning tanda iplari bilan to'ldirish koeffitsienti hisobi. Ktan. = P₁(RT*dr+rT*d₁) / R₁*10 = 41*(4*0,22+2*0,27) / (4*10) = 1,45. Toʻqimaning arqoq iplari bilan to'ldirish koeffitsienti hisobi. KArq. = P₁(RT*dr+rT*d₁) / R₁*10 = 22*(4*0,27+2*0,22) / (4*10) = 0,84. dr, d₁ - tanda va arqoq iplari diametri, mm. Vr, Va- oʻrilish rapportida tanda (arqoq) ipini toʻqimani bir tomonidan ikkinchi tomoniga oʻtish soni (1 ta ip oraligʻida). Sarja 2/2 oʻrilishida Vr, Va = 2.
- Toʻquv dastgohini ishchi kengligini tanlash: Tig' bo'yicha tandani taxtlash kengligiga qarab dastgoh ishchi kengligi tanlanadi, xom toʻqima kengligiga javob berishi kerak. Paxta tolasidan ishlab chiqariladigan tayyor to'qimalar kengligi uchun alohida davlat standartlari [6] mavjud bo'lib, shu asosda qabul qilinadi. Xom to'qimani pardozlash jarayonida kirishishi (eni boʻyicha) Ua = (Bx-BT)/BT * 100 = (103-100)/100 * 100 = 3%. Bx - xom toʻqima kengligi, sm. BT - tayyor toʻqima kengligi, sm. Standart asosida boʻyicha tayyor toʻqima kengligini tanlash. Tayyor toʻqimalar kengligini tanlashda ichki va tashqi bozor talablari hisobga olindi. BT = 200 sm. Pardozlash jarayonidan soʻng hosil boʻladigan tayyor to'qimalar kengligiga mos keladigan xom toʻqimalar kengligini hisoblash. Bx = BT / (1-0,01*Ua) = 200 / (1-0,01*3) = 206,2 sm. Tandani tig' boʻyicha taxtlash kengliklarini hisoblash.
- Toʻqima oʻrtasi kengligi hisobi: Toʻqima oʻrtasi kengligi hisobi. B = Bx - Bm = 206,2 - 2 = 204,2 sm. Bx-xom toʻqima kengligi, sm. BM -to'qima milki kengligi, sm. Mokisiz to'quv dastgohlarida toʻqima milki kengligi 2-3 sm boʻladi. Toʻqima milki kengligini 2 sm qabul qildik. Tanda iplari sonini hisobi. A) Toʻqima iplari oʻrtasi boʻyicha n = Bor * Por = 204,2*41 = 8372 dona ip. b) Toʻqima milk iplari soni nм = BM * PM = 2*41 = 82 dona ip. v) Umumiy tanda iplari soni n₁ = no'r + nм = 8372 + 82 = 8454 dona tanda ipi.
- Tig' nomerini aniqlash: Tig' nomerini aniqlash. N_{Tig'} = P₁ * (1-0,01*a₄) / Z_{o'r} = 410 * (1-0,01*2,5) / 4 = 99,9. Z_{o'r} - toʻqima oʻrtasi iplarini tigʻdan oʻtish soni. a - to'qimada arqoq ipi qisqarishi, 2,5%. N_{Tig'} - standart boʻyicha eng yaqini tanlab olinadi, ya'ni 100 nomyerdagi tig' qabul qilindi. Tig' tishlari soni X = n_{o'r}/Z_{o'r} + n_M/Z_M + X_{Zah.} = 8372/4 + 82/2 = 2134 dona tish. Z_{M} - tig'dan milk iplarini oʻtkazish soni. X_{Zah.} - zahiradagi tig' tishlari soni. Mokisiz toʻquv dastgohlarida zahira tishlar olinmaydi.
- SHoda hisobi: SHoda hisobi. SHodalar soni to'qima oʻrilishiga, tanda iplari zichligiga va ularni oʻtkazish usuliga qarab qabul qilinadi. Qatorli o'tkazish usulida shoda hisobi quyidagicha bajariladi: Oʻrta iplari uchun shoda gulalari soni hisobi G_{o'r} = n_{o'r} / n_{shoda.o'r} = 8372 / 4 = 2093 dona gula. n_{shoda.o'r.} -oʻrta iplari oʻtkaziladigan shodalar soni. Shodalar soni toʻqima oʻrilishi asosida belgilanadi. Polotno oʻrilishi asosida shakllanadigan “Sarja” toʻqimasi oʻrta iplari uchun 4 ta shoda qabul qildik. Milk iplari uchun shoda gulalari soni hisobi G_M = n_M / n_{shoda.milk} = 82 / 4 = 20 dona gula. "Sarja" to'qimasi milki ham sarja oʻrilishda shakllantiriladi. Milk iplari uchun 4 ta shoda qabul qildik. Hamma shodadagi gulalar soni hisobi G_{um} = G_{o'r} * n_{shoda.o'r} + G_M * n_{shoda.milk} + G_{qo'sh.} = 2093*4 + 20*4 + 8 = 8460 dona gula. G_{qo'sh} - qo'shimcha gulalar soni (har bir shoda uchun 2÷4). Qo'shimcha gulalar sonini har bir shoda uchun 2 tadan qabul qilindi. SHoda kengligi hisobi B_{shoda} = B_{T.Tig'} + (1÷2sm) = 211,5+1,5 = 213 sm. SHodadagi gulalar zichligi hisobi P_G = G_{o'r} / B_{shoda} = 2093 / 213 = 9,8 ≈ 10 gula/sm. SHodadagi gulalar zichligi ruxsat etilgan gula zichligiga teng yoki undan kichik boʻlishi shart, ya'ni P ≤ [P]. Ruxsat etilgan gula zichligi tanda ipi chiziqli zichligiga bog'liq boʻladi, T₁=26÷50 teksli iplar uchun ruxsat etilgan gula zichligi [P]=8÷10gula / sm ga teng bo'ladi. P ≤ [P]. 10gula / sm = 10gula / sm.
- Tanda kuzatgich hisobi: Tanda kuzatgich hisobi. Tanda kuzatgichlar soni tanda iplari soniga teng. n_{T.K.} = n_T = 8454 dona tanda kuzatkich. Tanda kuzatgich zichligi n / P_{T.K.} = M_{Re.yuka} * (B_{shoda}+1) / 6 * (213+1) = 8454 / (6 * 214) = 6,5 ≈ 7 t.k/sm. M_{Re.yuka} = 2÷6-tanda kuzatkich reykalari soni. Tanda kuzatkich reykalari sonini toʻqima jami tanda iplari miqdori asosida 6 ta qabul qilindi. Tanda kuzatkich zichligi ruxsat etilgan zichlikdan kichik yoki unga teng boʻlishi shart, ya'ni; P_{T.K} ≤ [P_{T.K}]. Ruxsat etilgan tanda kuzatkich zichligi tanda ipi chiziqli zichligiga bog'liq boʻlib, T₁=26÷32 teksli iplar uchun ruxsat etilgan tanda kuzatkich zichligi [P_{T.K}]=7t.k./ sm ga teng boʻladi.. P_{T.K} < [P_{T.K.}]. 7t.k./sm = 7t.k./sm.
- 100 metr xom toʻqima toʻqish uchun sarflanadigan ip ogʻirligi: 100 metr xom toʻqima toʻqish uchun sarflanadigan ip ogʻirligi hisobi. 100 metr xom toʻqima toʻqish uchun toʻqimani oʻrtasiga sarflanadigan tanda iplari og'irligi hisobi M_{o'r} = n_{o'r} * T_{o'r} * (1-0,01* B%) / 10⁶ * 100 = 8372 * 16,5x2 * (1-0,01*1%) / 10⁶ * 100 = 30,8kg. 100 metr xom toʻqima toʻqish uchun toʻqimani milkiga sarflanadigan tanda iplari og'irligi hisobi M_M = n_M * T_M * (1-0,01* B%) / 10⁶ * 100 = 82*16,5x2 * (1-0,01*1%) / 10⁶ * 100 = 0,301kg. Yuqoridagilarni hisoblashda ohorlash jarayonidagi tandani uzayishi B% hisobga olinadi. Bu miqdor tanda ipini uzilishdagi nisbiy uzayishi asosida qabul qilinadi. Tandani uzayishi yakka paxta iplari uchun 0,7-1% boʻlib, B=1% deb qabul qilindi. Tanda ipi ohorlanganligi uchun qoldiq ohor miqdori hisobga olinib, tanda og'irligi hisoblanadi. Qoldiq ohor miqdori P_{oold.} = 2/3 * Px = 2/3 * 3 = 2%. Px - haqiqiy ohor miqdori, %. Paxta tolali tanda iplari uchun: 2-6%. M_T = (M_{o'r} + M_M) * (1+0,01* P_{oold.}) = (30,8+0,301) * (1+0,01*2) = 31,7 kg. 100 metr xom toʻqima uchun sarflanadigan arqoq ipi og'irligi, kg. M_{Arq.} = P_A * T_A * L_{Apk} / 10⁶ * 100 = 220*10*25x2*2,135 / 10⁶ * 100 = 23,5kg. L_{Apk} - arqoqni homuzadagi uzunligi, metrda. L_{Arq.} = B_{T.Tig'} + B_M = 2,115+0,02 = 2,135 (m). B_{T.Tig'} -tanda iplarini tig' boʻyicha taxtlash kengligi, m.
- Toʻqima yuzasini tolali materiallar bilan qoplanishi, % da.: Toʻqima yuzasini tolali materiallar bilan qoplanishi, % da. a) Tanda boʻyicha: E_T = P_T * d_T * 100 = 4,1*0,22*100 = 90,2%. b) Arqoq boʻyicha: E_A = P_A * d_A * 100 = 2,2*0,27*100 = 59,4%. E_{to'q.} = E_T + E_A - (E_T * E_A) / 100 = 90,2+59,4 - (90,2*59,4)/100 = 96%. 1.2-jadval. Toʻqimani taxtlash hisobini jamlash jadvali.
- Xom ashyo tavsifi: Artikuli 3224 “Sarja” matosini ishlab chiqarish uchun pishitilgan 16,5x2 teksli tanda ipi, 25x2 teksli arqoq iplaridan foydalaniladi. Ip yigirish tizimini tanlaganda, yigiriladigan ipga qo'yilgan talablarga qarab, yigirish oʻtimlari, usullari aniqlanadi. Ip olishda karda, qayta tarash va apparat sistemalaridan biri, halqali yoki pnevmomexanik usulda ishlaydigan yigirish mashinalari tanlanadi. Yigirish uchun tanlangan usullarga qarab mashinalar tarkibi aniqlandi va har bir tanlangan mashinalar atroflicha asoslandi. Mashinalarni tanlashda fan taraqqiyoti, texnika, texnologiyaning rivojlanish yoʻnalishlarini yaxshi tahlil qilib va ularni sanoat miqyosida qo'llanilishini e'tiborga olib asoslandi. Undan tashqari ishlab chiqarishda keng qo'llanilayotgan pakovkalar (gʻaltaklar) oʻlchami katta boʻlishi ham nazarda tutildi. SHunday qilinmasa, mehnat unumdorligi past boʻladi. SHu bilan birga, shunday mexanizm va moslamalarni qabul qilindiki, ularni qo'llash natijasida mehnat sharoiti yaxshilanadi va mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo'lishligi e'tiborga olindi. [7] Qabul qilingan jihozlar korxonaning yaqin kelajakda yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan ishlay olishini, qoʻshimcha sarf xarajatlarni imkoni boricha kamroq sarflashni ta'minlashi lozim. Ip yigirish uchun qabul qilingan jihozlar va ularning ketma-ketligi quyidagi asosiy shart-sharoitlarga bogʻliq holda tanlandi: - yigiriladigan ip turi va shu ipdan ishlab chiqariladigan mahsulot xossalariga; - xom ashyo turi va sifatiga; - yigiriladigan iplarning texnik koʻrsatkichlarini mosligiga; - yigirish rejasi va usuliga; - korxonaning quvvati va tarkibiy tuzilishiga. Jihozlar tanlashda, uning unumdorligiga, ishlay oladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar turiga, mexanizatsiyalanganlik va avtomatlashtirilganlik darajasiga, egallaydigan maydoniga, elektr quvvatiga boʻlgan talabiga, ishlash davriyligiga, xizmat koʻrsatishning qulayligiga, xizmat koʻrsatish xavfsiziliga e'tibor berildi.
- Toʻquvchilik texnologik jarayoni omillari: Toʻquvchilik texnologik jarayoni omillari. Dastgoh tezligi ayl/min 600. Tanda iplarining uzilish soni (1m to'qima) uzuq/m 5. Arqoq iplarning uzilishi uzuq/m 4. Ip tarangligi: Tanda SN 35. Arqoq 25. Navoydagi oʻram zichligi g/m² 0,52.
- Oʻramlar hisobi: Toʻquvchilik korxonalariga tanda va arqoq iplari har xil oʻramalarda, jumladan, yigirish naychalari, gardishli gʻaltaklar, yumshoq oʻramli bobinalar, kalavalar va boshqa turdagi oʻramalarda keltiriladi. To'quvchilik texnologik jarayonlarida ishlatiladigan oʻramlar bir-biridan farqli boʻlib, kiruvchi va chiquvchi oʻram turlari degan atamani keltirish maqsadga muvofiq boʻladi. Toʻqimani shakllantirishda to'quv dastgohiga tanda va arqoq iplari alohida-alohida oʻramalarda keltiriladi. SHuning uchun ularning tayrlanishidagi oʻram turaliri ham bir-biridan keskin farq qiladi. Tandalash jarayoni uchun bobina yoki gardishli gʻaltaklar kiruvchi oʻrama hisoblansa, tandalash turiga qarab tanda g'altagi yoki to'quv gʻaltagi chiquvchi o'rama hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishida guruhlab tandalash jarayoni qabul qilinganligi uchun bu jarayonda chiquvchi oʻram turi tanda g'altagi hisoblanadi. Kiruvchi o'rama sifatida tanda iplariga konussimon bobina o'ramasi uchun hisob ishlari bajarildi.
- Konussimon ip oʻramining hisobi: Konussimon ip oʻramining hisobi. 1. Konussimon oʻramdagi ipning hajmini hisoblash. V = π*H/4 * (D²o'r - D²o'q) = 3,14*220/4 * (98² -19,5²) = 9547,32sm³. 2. Oʻramdagi ip og'irligini hisobi G = V*γ = 9547,32*0,42 = 4009 g. y-oʻramdagi ipning nisbiy zichligi, gr/sm³. Oʻramning nisbiy zichligi ipning tolaviy tarkibi, chiziqli zichligi va boshqa ko'rsatkichlariga qarab tanlanadi. 15,4x2-31x2 teksli pishitilgan paxta iplari uchun y=0,42-0,44 gr/sm³. 4. Konussimon oʻramga oʻralishi mumkin bo'lgan ipning eng yuqori uzunligi hisobi. a) tanda ipi uchun: L = G * 1000 / T = 4009 * 1000 / 16,5x2 = 121485m. b) arqoq ipi uchun: L = G * 1000 / T = 3914,4 * 1000 / 25x2 = 80180m. TT, TA - tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi, teks. 4. Konussimon ip oʻrami (tanda uchun) dan olinadigan tanda gʻaltaklarini sonini hisoblash. K = L / L = 121485 / 40075 = 3,03 dona. Olingan K qiymatini katta tomonga kelasi butun songa yaxlitlanadi va K bilan belgilanadi. K = 3 dona.
- Xom ashyo balansi tuzish: Toʻquvchilik korxonasida ishlab chiqarishga keltiriladigan tanda va arqoq iplarini toʻquvchilikka tayyorlash va toʻqima toʻqishda keyin undan toʻqima va chiqindilar ajralib chiqadi. Amalda korxonaga keltirilgan xom ashyo (ip, ohor moddalari) massasi korxonadan chiqadigan toʻqima va chiqindilarning massalari yig'indisi teng boʻlishi shart. SHuning uchun ham ushbu vazifani xom ashyo balansi (yoki muvozanati) deb yuritiladi. Xom ashyo balansi jadvalini (4.7-jadval) toʻldirish quyidagi tartibda bajariladi. Jadvalni ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismida toʻquvchilik korxonasiga keltirilgan xom ashyo – tanda va arqoq iplari, ohor moddalari miqdori keltiriladi. Bir yilda talab qilinadigan tanda va arqoq iplari miqdori toʻquvchilik korxonasining ishlab chiqarish dasturi asosida qabul qilinadi. Ohor moddalari miqdori esa tajribali toʻquvchilik korxonalari tavsiyalari asosida qabul qilindi.
- Toʻquv korxonasida ishchilar sonini aniqlash: Toʻquv korxonasida ishchilar sonini aniqlash. Sex va bo'limlar, Ishchilar kasblari, Dastgoh soni, Ishchilar soni (1-sm, 2-sm, Jami). Tayyorlov boʻlimi: 4, 5, 9. Toʻquvchilik boʻlimi: 22, 22, 44. Matoni saralash: 1, 1, 2. Chiqindi bo'limi va ombor: 1, 1, 2. Jami: 28, 29, 57.
- XULOSA: Mazkur “Nissan firmasi to'quv dastgohlari bilan jihozlangan quvvati 6,5 mln.pog.m Art.3224 “Sarja” to'qimasini ishlab chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy to'quvchilik korxonasining texnologik jarayonlarini loyihalash" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida quyidagi xulosalar va tavsiyalarni keltirish maqsadga muvofiq boʻladi: 1. Hozirgi kunda ip gazlamalarga talab juda yuqori va matolarni ishlab chiqarishda aholi talablarini inobatga olish zarur. 2. Mamlakatimiz yigiruv korxonalarida keng assortimentli paxta tolali to'quvchilik iplari ishlab chiqarish imkoniyati juda yuqori boʻlib, bu koʻrsatkich paxta tolali gazlamalarni keng hajmda ishlab chiqarish imkon yaratadi. 3. Tashqi va ichki bozor talablari asosida mato enini 200 sm va undan yuqori qilib ishlab chiqarish tavsiya etildi va shu asosda hisob ishlari bajarildi. 4. Bitiruv malaka ishida Yaponiyaning Nissan firmasi 112 ta yuqori unumdorlikka ega LA 40 rusumidagi toʻquv dastgohi quvvatiga ega toʻquvchilik korxonalari loyihalandi. 5. Zamonaviy to'quv dastgohlariga mos ravishda to'quvchilikka iplarni tayyorlash dastgohlarining yuqori unumdorlikka ega boʻlgan turlari tanlandi. 6. Loyihalangan toʻquv korxonalarida bosim ostida ishlaydigan jihozlar va ular bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ma'lumotlar keltirildi.