Raqamli va kompyuterli texnologiyalar

Ushbu o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish» ta'lim yo'nalishining «Avtomatlashtirilgan tizimlarni ta'mirlash va sozlash» mutaxassisligi o'quv rejasidagi «Raqamli va kompyuterli texnologiyalar» fani bo'yicha ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan. Unda raqamli elektron hisoblash mashinalarining tuzilishi, raqamli va kompyuterli texnologiya elementlari yoritilgan. Mazkur o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan kasb-hunar kollejlarining boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • 1. Sanoq sistemalari: 1.1. Sonlarni turli sanoq sistemalarida ifoda etish usullari; 1.2. O'nlik sanoq sistemasi; 1.3. Ikkilik sanoq sistemasi; 1.4. Sakkizlik sanoq sistemasi; 1.5. O'n oltilik sanoq sistemasi; 1.6. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o'tkazish.
  • 2. Raqamli elektron hisoblash mashinalari: 2.1. Raqamli elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy sxemasi; 2.2. Raqamli elektron hisoblash mashinalarining ishlash tamoyili.
  • 3. Mantiqiy funksiya va elementlar: 3.1. Mantiqiy elementlar haqida umumiy ma'lumot; 3.2. «YOKI» mantiqiy elementi; 3.3. «VA» mantiqiy elementi; 3.4. «EMAS» mantiqiy elementi; 3.5. «YOKI - EMAS» mantiqiy elementi; 3.6. «VA - EMAS» mantiqiy elementi; 3.7. Ulab-uzishlar sxemasi; 3.8. Masalalarni yechish usullari.
  • 4. Raqamli va kompyuterli texnologiyalarning tashkil etuvchilari: 4.1. Triggerlar; 4.2. Impuls hisoblagichlari; 4.3. Registrlar; 4.4. Summator; 4.5. Arifmetik qurilma.
  • 5. Xotira qurilmalari: 5.1. Xotira qurilmalari haqida ma'lumot; 5.2. Operativ xotira qurilmasi; 5.3. Tashqi xotira qurilmasi.
  • 6. Raqamli va kompyuterli texnologiyalar elementlari: 6.1. Boshqaruv qurilmasi; 6.2. Axborotlarni kiritish qurilmasi; 6.3. Axborotni chiqarish va aks ettirish qurilmasi.
  • 7. Raqamli va kompyuterli texnologiyalarni qoʻllanilishi: 7.1. REHMning texnik tavsifnomalari; 7.2. Dasturlash haqida tushuncha; 7.3. Mikroprotsessorlar; 7.4. Arifmetik-mantiqiy qurilma sxema bloklari; 7.5. Mikrokalkulyatorlar; 7.6. Mikro EНМ; 7.7. Robototexnika.