Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish

Ushbu nomzodlik dissertatsiyasi maktabgacha yoshdagi bolalarda tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali ularning nutqini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda maktabgacha ta'lim tizimining dolzarb muammolari, xususan, bolalarda nutq rivojlanishining ahamiyati, uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bolalar nutqini rivojlantirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishning oʻrni va usullari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijasida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, metodlari va shakllari ishlab chiqilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz tizimning birinchi bo'g'ini hisoblanib u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muxim axamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori
  • Magistrlik dissertatsiya ishining o'rganilganlik darajasi: Buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Axmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husain Voiz Koshifiy, Zahriddin Muhammad Boburlarning ta'limiy-tarbiyaviy qarashlarida nutqning bolalar hayotidagi o'rni haqidagi fikrlari yoritilgan. F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, S.Gʻoziyeva, V.S. Muxina, D.R. Babayeva, N.N. Djamilova, V.N. Drujinin, Q. Shodiyeva, G.E.Djanpeisova, M.Sh.Rasulova, N.U.Bikboyeva, A.G.Grigoryans, kabi bir guruh olimlar tomonidan bolalarni nutqini o'stirishda tevarak-atrofdan samarali foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari oʻrganildi. 2. Tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, metod, shakl va vositalari aniqlandi, asoslanadi va tajribadan oʻtkazildi. 3. Tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ish shakllari takomillashtirildi. 4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid ilmiy uslubiy tavsiyalari ishlab chiqildi.
  • Tadqiqotning ilmiy farazi: Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish samarali natija beradi agarda; tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni, internet saytlardagi materiallarni oʻrganilsa va tahlil qilinsa; -tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda tizimli ish olib borilsa; tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid tavsiyalar yaratilsa; Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish tizimini ishlab chiqilsa.
  • Magistrlik dissertatsiya ishining metodlari: Mazkur tadqiqot ishida: -tevarak - atrof bilan tanishtirish muammosiga doir ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik va metodik adabiyotlarni ilmiy nazariy o'rganish va analitik tahlil; - taqqoslash, ma'lumotlar to'plash, tajriba, kuzatish; -matematik statistika va muammoga doir ma'lumotlarni to'plash va ularni saralash;
  • Magistrlik dissertatsiya ishining metodologik asoslari: Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qonun va qarorlar, “Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'limga oid "Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va takomillashtirish bo'yicha chiqarilgan qarorlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan «Davlat talablari», “Ilk qadam
  • Tadqiqotning asosiy bazasi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maktabgacha ta'lim texnologiyalari” kafedrasida hamda Toshkent shahridagi 336-sonli DMTT hamda 473-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
  • Tadqiqot bosqichlari: Tadqiqot bosqichlari (2019-2020 yillar)– tadqiqot mavzusiga aloqador ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik yoʻnalishdagi ilmiy adabiyotlar o'rganib chiqish, shuningdek mavzuni nazariy va amaliy jihatdan asoslab berish. Tadqiqotning maqsadi, mazmuni, vazifalari belgilab olish. pedagoglarning qimmatga ega tajribalari umumlashtiriladi, talabalar faoliyati yuzasidan kuzatishlar, suxbatlar, so'rov nomalar tarqatiladi, taʼkidlovchi, izlanuvchi tajribalar olib boriladi. Ikkinchi bosqich (2020-2021 yillar) Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muxitni kuzatishga oʻrgarish bo'yicha tajriba-sinov ishlari amalga oshiriladi, pedagogik eksperiment asosida olingan natijalar izohlanadi va umumlashtiriladi, tadqiqot materiallari tizimlashtiriladi, xulosa va tavsiyalar shakllantiriladi, tajriba ishlarini olib borish uchun maxsus tayyorgarlik olib borildi.
  • Magistrlik dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishidan olingan natijalardan tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid topshiriqlarni tuzishda, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotga yo'naltirishda hamda shu sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.
  • Natijalarning joriy qilinishi: tadqiqotning muhim nazariy g'oya va amaliy natijalari, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, ilmiy to'plamlarda, «Maktab va hayot» kabi ilmiy-metodik jurnallarda maqolalarni e'lon qilish orqali amaliyotga tatbiq qilindi.
  • Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi: Tadqiqotning g'oyalari va amaliy natijalari tadqiqotchilarning respublika ilmiy-metodik to'plamida, ilmiy jurnallarda, muallif tomonidan chop ettirilgan 2 ta ilmiy maqola asosida jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.
  • Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: dissertatsiya kirish, uch bob, 6 boʻlim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovadan iboratdir.
  • I. Bob. Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning nazariy asoslari.: 1.1 Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 7 fevral 2017 yil kuni “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida
  • 1.2. Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning hozirgi holati: Bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o'stirishda g'oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqda K.D.Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to'g'ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to'g'ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko'rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi».
  • II. Bob. Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish yo'llari.: 2.1 Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish mazmuni. Bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida xilma-xil metodlardan foydalanish orqali bolajanlarga ta'lim-tarbiya beriladi. Ko'rgazmali (kuzatish, rasmlarni ko'rish, kinofilmlarni namoyish qilish), amaliy (o'yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar), og'zaki (tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o'qish, suhbat) uslublaridan va xilma-xil formalardan: mashg'ulotlardan ekskursiyalardan kundalik hayotga mehnatdan kuzatishlardan uchastka va tabiat burchagidan o'yinlardan foydalaniladi.
  • 2.2. Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali shakllari: Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish-bu ularda tabiatga boʻlgan munosabatni tarbiyalash va tajribaga asoslangan atrof-muhit haqidagi real bilimlarni ta'limiy vositasidir. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha ta'lim Tashkilotidagi ta'lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama aqliy, estetik, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo'lmaydi.
  • III. Bob. Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning amaliy taxlili.: 3.1 Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish boʻyicha tajriba sinov ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tevarak-atrof kuzatishga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan rivojlantiruvchi beshta faoliyat markazlarida, ekskursiyada, kundalik hayotda amalga oshiriladi. Tabiat bilan tanishtirish jarayonida beriladigan blimlar bolalarning imkoniyatlari hamda o'rab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi.
  • 3.2 Tevarak - atrof bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning tajriba-sinov natijalari.: Shakllantiruvchi tajriba davrida maktabgacha katta yodagi bolalarni tevarak-atrof kuzatishga o'rgatishga oid maxsus metodikaning samaradorligi ko'zga tashlandi. Buni tajriba guruhi faolliklarining oshganligi hamda ularga bo'lgan intilishlarida ko'rish mumkin bo'ldi. Biroq, tavsiya etilgan maxsus metodikaning samaradorligi nazorat va tajriba guruhlari tarbiyalanuvchilarning faoliyatlarini oʻzaro taqqoslash, ularning oʻzlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini qiyosiy oʻrganish asosidagina toʻla tasdiqlanishi mumkin.
  • Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tevarak-atrof bilan tanishtirish bolalarda tabiatga bo'lgan mehr-muhabbatini oshiradi, estetik qarashlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlash, kattalar mehnatini e'zozlash, atrof-olamni toza, ozoda saqlashga o'rgatadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan tevarak-atrof bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tevarak-atrofga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Manbalarni oʻrganish hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishish maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak-atrof kuzatishga oʻrgatish dolzarb muammolardan biri ekanligini tasdiqladi.: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tevarak-atrof bilan tanishtirish bolalarda tabiatga bo'lgan mehr-muhabbatini oshiradi, estetik qarashlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlash, kattalar mehnatini e'zozlash, atrof-olamni toza, ozoda saqlashga o'rgatadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan tevarak-atrof bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tevarak-atrofga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Manbalarni oʻrganish hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishish maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak-atrof kuzatishga oʻrgatish dolzarb muammolardan biri ekanligini tasdiqladi.
  • Tavsiyalar: 1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tevarak-atrofkuzatishga oʻrgatishning yetakchi shakli sifatida ta'lim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 2. Tadqiqotni olib borish davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari amaliyotida turli ta'lim-tarbiya turlaridan foydalanish samarali ekanligi ma'lum bo'ldi. 3. Tarbiyachilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning mustaqil ta'lim olish va ijodkorlik ko'nikma va malakalariga ega boʻlishlariga e'tibor qaratish talab etiladi. 4.Tarbiyachi bolalarni tevarak - atrof bilan tanishtirishda tabiatdagi turli xil tabiat hodisalari, ko'rgazmalilik uslublar bilan tanishtirib borish kerak. 5.O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'ri o'sib shakllanishida, tevarak - atrofda bo'ladigan voqea va hodisalarning sirasrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat qiladi. 6.Tevarak - atrofga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tevarak - atrof yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalab borish.