Ultratovush to'lqinlarini gepatotsitlarning perekisli oksidlanishga ta'siri va ularni korreksiylash usulini izlash
Ushbu dissertatsiya ishida magistr gepototsitlarning gomogenatida va ajratib olingan hujayra yadrosida radiatsiyaning in vivo ta'sirini va uni korreksiyalash usullarini izlash ustida tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotda o'simlik antioksidanti sifatida yong'oq, shaftoli, shotut barglaridan olingan ekstraktdan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, 8 Gr ta'sirida kalamushlar nurlantirilgandan keyin lipidlarning perekisli oksidlanishi 2,8 martaga oshgan, nurlanish patalogiyasida bu ko'rsatgich ortib borgan. Antioksidant preparati qo'llanilgan guruhlarda nurlanishdan keyin hujayra yadrosidagi lipidlarning perekisli oksidlanishi ortgan bo'lib, lekin nurlantirilgan hayvonlarnikiga qaraganda nisbatan kamroq. 60 kunlarida normaga yaqin ekanligi aniqlangan. Bu ko'rsatgich antioksidant preparati organizmni radiatsiyadan ma'lum darajada himoya qilganligidan dalolat beradi.
Asosiy mavzular
- Ultratovush to'lqinlarining gepototsitlarning perekisli oksidlanishiga ta'siri: Nurlanish ta'sirida lipidlarning perekisli oksidlanishi 2,8 martaga oshishi va bu ko'rsatkichning membranalarning struktura va funksiyasining buzilishiga olib kelishi.
- Ultratovush ta'sirini korreksiyalash usuli: Antioksidant preparati (o'simliklar) qo'llanilgan guruhlarda nurlanishdan keyin hujayra yadrosidagi lipidlarning perekisli oksidlanishining kamayishi va 60-90 kunlarida normaga yaqinlashishi.
- O'simlik antioksidantlarining roli: Yong'oq, shaftoli, shotut barglaridan olingan ekstraktlarning organizmni radiatsiyadan himoya qilishdagi samarasi.