Профессионал таълим муассасалари ўқувчиларининг касбий маданиятини компетенциявий ёндашув асосида ривожлантириш методикасини такомиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi
Asosiy mavzular
- Ushbu ishning maqsadi va vazifalari: Dissertatsiyada "Kasbiy madaniyatni kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi" mavzusida tadqiqot olib borilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - kasbiy ta'lim muassasalari o'quvchilarida kasbiy madaniyatni kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Professional ta'lim jarayonida o'quvchilar kasbiy madaniyatining shakllanish holatini o'rganish va uni kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari va shart-sharoitlarini aniqlash; 2. Kollej o'quvchilarida kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning nazariy konsepsiyasiga asoslangan metodik modelni ishlab chiqish; 3. Kollej o'quvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy madaniyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda uslubiy-metodik ta'minotini rivojlantirish; 4. Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarida kasbiy madaniyatning rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari va metodikasini takomillashtirish.
- Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot obyekti: Professional ta'lim muassasasi o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish jarayoni. Tadqiqot predmeti: Professional ta'lim muassasasi o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning mazmuni, shakli, metodi va vositalari.
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqot jarayonida mavzuga oid psixologik-pedagogik adabiyotlarni o'rganish, professional ta'lim bo'yicha Davlat ta'lim standartlarini (DTS) tahlili, tarixiy-qiyosiy tahlil, kuzatish, ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazish, umumlashtirish, professional ta'lim muassasasi o'quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini tahlil qilish, pedagogik tashxislash va prognoz qilish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borish va natijalarga matematik-statistik qayta ishlov berishdan iborat.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Professional ta'lim muassasalari o'quvchilari kasbiy madaniyatining motivatsion-qadriyatli, kognitiv va faoliyatli komponentlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning axborot didaktik ta'minoti tizimli rejalashtirish, didaktik ta'sirlar majmui, o'zaro muvofiqlashtirish orqali psixologik omillar va pedagogik shart-sharoitlarni uzviyligini ta'minlash natijasida mazmunan rivojlantirilgan; Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirishning konsepsiyasiga asoslangan metodik model rejalashtirilgan; Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlari, intellektual, psixologik, fiziologik, ma'naviy-axloqiy yetuklikni hamda texnologik, kommunikativ va konstruktorlik kompetensiyalarini shakllantirish orqali kasbiy madaniyatni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan; Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentlik va mutaxassislikka oid sifatlarini, tayanch hamda kasbiy kompetensiyalarni baholash vositalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqish orqali ixtisoslik, maxsus va texnik bilimlarni uzviyligida kasbiy madaniyatni rivojlantirish darajalarini baholash mexanizmlari optimallashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlanganlik holati, psixologik omillari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan; Professional ta'lim muassasalari uchun "Pedagogik texnologiya" nomli o'quv qo'llanma hamda "O'quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi" nomli uslubiy qo'llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: OAK ro'yxatidagi xorijiy va milliy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiya materiallari, shuningdek, dissertatsiyada foydalanilgan ma'lumotlar rasmiy manbalardan olinganligi, tahlil va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi matematik-statistika metodlar vositasida qayta ishlanishi asoslanganligi, xulosalar, taklif va tavsiyalar vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, metodik ishlarning mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda, shaxsiy-faoliyatli innovatsion yondashuvlar asosida "Metallarga ishlov berish texnologiyasi" o'quv fani bo'yicha tashkil etiladigan mashg'ulotlar samaradorligini oshirishda metodik manba sifatida foydalanilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning metodik modeli (tashkiliy-pedagogik tuzilmasi) tavsiya etilgan bo'lib, professional ta'lim uchun mo'ljallangan o'quv dasturlari, o'quv-metodik qo'llanmalar, elektron va boshqa didaktik vositalarning metodik apparatini ishlab chiqishda hamda professional ta'limda (metodik birlashmalar) ishlab chiqarish ta'limi ustalari, o'qituvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazlari professor-o'qituvchilari o'z pedagogik faoliyatlari samaradorligini oshirishda foydalanishlari mumkin.
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o'tkazilgan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi bo'yicha jami 22 ta ilmiy-uslubiy ish, jumladan, 3 ta o'quv qo'llanma, 1 ta uslubiy qo'llanma, 1 mualliflik guvohnomasi chop etilgan. Ilmiy nashrlarda jami 8 ta maqola (5 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda) chop etilgan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 156 betni tashkil etadi.
- Dissertatsiyaning asosiy mazmuni: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan. Birinchi bobda "Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusida "kasbiy madaniyat" tushunchasining mazmuni, kompetensiyaviy yondashuv, psixologik-pedagogik omillar va shart-sharoitlar o'rganilgan. Ikkinchi bobda "Kasbiy madaniyat ne'gizidagi kompetentlik sifatlari" mavzusida aniq fanlar bo'yicha bilimlar, konstruktorlik, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, axborot va ijtimoiy madaniyat kabi kompetentlik sifatlari tahlil qilingan. Uchinchi bobda "Kasbiy madaniyatni rivojlantirish metodikasi" mavzusida interfaol metodlar, o'quv topshiriqlari va pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi, tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning samaradorligi ko'rsatilgan.