Oliy toifali hamshiralar uchun oila tibbiyotida hamshiralik ishi

Ushbu kitob "Oliy toifali hamshiralar uchun oila tibbiyotidahhamshiralik ishi" fanining o'quv uslubiy majmuasi bo'lib, unda oilaviy tibbiyot, sog'lom turmush tarzi, bolalar salomatligi, reproduktiv yoshdagi ayollar bilan ishlash, shuningdek, turli kasalliklarning oldini olish va profilaktikasi kabi muhim mavzular qamrab olingan. Kitobda oilaviy hamshiraning oiladagi rolini, vazifalarini va zamonaviy tibbiyot texnologiyalaridan foydalanish usullari atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanga kirish.Oilaviy tibbiyotda xamshiralik ishi: Fanning qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o’rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. Oila tibbiyoti falsafasi va asosiy tamoillari. Alma-Ata deklarastiyasi. O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash tizimida birlamchi tibbiy yordam xizmati va unda o’rta tibbiy xodimlarning o’rni. QVP va oilaviy polikliniklarni ishini tashkil qilish mezonlari.
  • Jamoat salomatligini saqlash: Sog’likni saqlash tizimida sanitar oqartuv ishlarini tashkil qilish va olib borish. Profilaktika, uning turlari, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, vakstinoprofilaktika. Skrining va axoli o’rtasida keng tarqalgan kasalliklar skriningi.
  • Sog’lom turmush tarzi: Salomatlikni mustaxkamlashda tibbiyot xodimlarinni o’rni. Sog’lom turmush tarzining asosiy yo’nalishlari, xavf omillari va ularga qarshi kurashish. Rastional oqatlanishni yo’lga qo’yish. Tamaki chekishni, alkogolizm suistemol qilishni cheklash. Jismoniy faollikni oshirish.
  • Bemor axvolini baholash: Bemor konsultastiyasida umumiy ko’ruvni o’tkazish, anamnezni yig’ish. Fizikal tekshiruv. Ambulator kartalarni yuritish. Tibbiy xujjatlarni QVP va oilaviy poliklinikada yuritishni yo’lga qo’yish. Bemor haqida olingan ob’ektiv va sub’ektiv ma’lumotlarni taxlil qilish. Hamshiralik tashxisini qo’yish.
  • Oila tibbiyoti hamshirasining oilada ayollar bilan ishlash tartibi: O’zbekiston Respublikasida onalik va bolalikni himoya qilish. Oilani rejalashtirish haqida tushuncha. Reproduktiv yoshidagi ayollar bilan ishlash tartibi. Kontrastepstiya usullari, ularni qo’llash tartiblari. Xomilador ayollarni nazorat qilish.
  • Oila tibbiyoti hamshirasining oilada go’daklar bilan ishlash tartibi: Birlamchi tibbiyot tizimida patronaj xizmati. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish. Ona ko’krak suti bilan boqishning axamiyati. Bolalarni ovqatlantirishda qo’shimcha ovqatlarni kiritish. Ona ko’krak suti bilan boqishda kuzatiladigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilishda qo’llaniladigan usullar. Bolalarni ovqatlantirish.
  • Oila tibbiyoti xamshirasi oilada o’smirlar bilan ishlash tartibi: O’smir yoshdagi bolalar muammolari va ularni erta aniqlash. Bolalarga e’tiborsiz va qo’pol munosabatda bo’lish.
  • Mikronutrientlar etishmovchiligi va rastional ovqatlanish: Yod, temir, vitamin A tanqislik belgilari. Ularning profilaktikasida Respublikada olib boriladigan tadbirlar (saplementastiya va fortifikastiya). Rastional ovqatlanish prinstiplari.
  • Xamshira ko’nikmalari: Bemorlar konsultastiyasida shaxslararo muloqot. Etika va deontologiya. Dori darmonlarni qabul qilishda oila tibbiyoti xamshirasini o’rni. Dori-darmonlarni qabul qilish usullari va ularning qabul qilinishini nazorati.
  • Arterial gipertoniya va YuIKda hamshiralik parvarishi: Arterial gipertoniya va YuIKda hamshiralik jarayonini olib borish, hamshiralik tashxisini quyish, kasallikni oldini olishda profilaktik ishlarini to’g’ri olib borish.
  • Bronxial astma. Turli yosh toifalarida kechish xususiyatlari hamshiralik parvarishi: Bronxial astma. Turli yosh toifalarida kechish xususiyatlari hamshiralik parvarishini olib borish bo’yicha ko’rsatmalar berish, hamshiralik jarayoni.
  • Temir tanqisligi belgilari ularning profilaktikasida respublikada olib borilgan tadbirlar to’g’risida: Temir tanqislik belgilari. Ularning profilaktikasida Respublikada olib boriladigan tadbirlar (saplementastiya va fortifikastiya). Rastional ovqatlanish prinstiplari.
  • Chaqaloqning ko'krak emishdan bosh tortishi: Chaqaloqning ko'krak emishdan bosh tortishi onani qiynaydigan eng katta muammo desak mubolag'a bo'lmaydi. Bolaning ko'krakdan bosh tortishiga doimo bir sabab bo'ladi, ana shu sababni bilish muammoni yechimi hisoblanadi.
  • Bola ko'krakdan bosh tortayotganida amaliy yordam: 1. Bola haqiqatan ko'rak sutidan bosh tortayaptimikin? Ba'zi chaqaloqlar bir davrga kelib onani kamroq ema boshlaydilar. Ba'zilar bir faqat ko'rkakni xush ko'rib qoladilar. Ko'pchilik chaqaloqlar oldingi emishdan so'ng ko'p vaqt o'tmagani sababli qorni to'q bo'lgani uchun yaqin soatga emishdan bosh tortadi. Ikki oy bo'lgach, soatlab emib yotgan bola bir necha daqiqa davomida tez-tez emib turishga o'tib olishi mumkin. Shu kabi holatlar onani ranjitishi hech gap emas. Bolaning bir tartibda emishiga o'rganib qolgan ona uchun bu ko'krakdan bosh tortishdek tuyuladi. Aslida bu chaqaloq odatlarining o'zgarishidir, xolos. Ularga moslashish kerak bo'ladi.
  • Ko'krak sutga to'lib ketayotgan bo'lsa?: Shunday davr keladiki, bola uyquda ko'p bo'lib yoki uzoq vaqt davomida emmay yursa, onaning ko'kragi sutga to'lib ketadi. Odatda ko'krak suti bolaning ehtiyojiga munosib ravishda keladi. Agar ko'krak suti haddan ziyod ko'p kelib, ko'krakka og'riq berayotgan bo'lsa, u holda ortiqcha sutni sog'ib tashlash lozim. Sog'ilgan sutni to'g'ri saqlab keyinchalik bolaning o'ziga bersa bo'ladi, ko'krakni esa og'riq, mastit kabi noxush holatlardan asrab qolasiz.
  • Bolani talabiga qarab emizish: Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt- soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan, ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi ko'rsalar, ba'zilari tuni bilan onasini emib chiqishni xushlaydilar. Shu yo'l bilan ular o'zining sutga bo'lgan 24 soatlik ehtiyojini qoplaydilar. Bolaning onaning tartibiga emas, ona bolaning tartibiga moslashishi lozim. Ona ko'krakni vaqti-bemahal emas, aynan bola xohlaganida unga tutqasishi kerak. Bola har emganida qancha emishi muhim emas, uning jismoniy ko'rsatkichlarining ortib borishi sut yetarli ekanligidan dalolat beradi.
  • Onalar nima uchun bolani ko‘krakdan ayiradi: - Bola ikki yoshga yetib, ko‘krak sutiga ehtiyoj sezmagani uchun; - Tishlari chiqib, tishlab olish holatlari ko‘paygani uchun; - Qorni ochmasa ham emishga ruju qo‘ygani uchun; - Ona yana homilador bo‘lib qolsa yoki rejalashtirsa; - Ona ishga chiqsa; - Sutga ta’sir qiladigan ba’zi dorilarni qabul qilishni boshlasa va hokazo.
  • Ko’krakdan ayirish uchun nimalarga e’tibor qilish lozim?: Tabiiyki, vaqti kelib, bolani sutdan ayirishga to‘g‘ri keladi. Ko‘krak sutini emishga o‘rganib qolgan bola osonlikcha bunga ko‘nmaydi. Ko‘krak suti talab qilib yig‘lashga tushadi. Bu paytda otalar ko‘makka kelishi zarur. Bir muddat pyure, bo‘tqa va sho‘rva kabi ko‘shimcha ovqatlarni otasi yedirib tursin. Shunda bola onasiga tarmashavermaydi va sal bo‘lsada ko‘krakni unutadi. Kechqurun ham yoningizda olib yot­mang. Sut hidi uning «xumor»ini qo‘zg‘aydi. Agar yolg‘iz yotishdan qo‘rqsa, otasining yoniga qo‘ying. Ba’zida esa bolalarni yangi o‘yinchoqlar bilan chalg‘itib, ko‘krakdan ayirish mumkin. Yangilikka qiziqqan bola uch-to‘rt kun ichida ko‘krakni unutadi. Dam olish kunlari biror dugona yoki qarindoshingiznikiga olib boring. Ularning bolalari bilan o‘ynab, chalg‘igan bolakay sizga ko‘p ham talpinmaydi. Otasi bilan ko‘chaga sayrga chiqarib yuboring. Sizni qancha kam ko‘rsa, ayirish shuncha oson bo‘ladi.
  • Qachongacha emizish mumkin?: Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining Bolalar oziqlanishi milliy komissiyasi maslahatiga ko‘ra, bolani yarim yoshgacha ko‘krak suti bilan boqish shart. So‘ngra meva va sabzavotli pyure, bo‘tqalar berish mumkin. Agar ko‘krakdan ayirish uchun hech qanday jiddiy sabab bo‘lmasa, emizishda davom ettiravering. Farzandingizni ikki yoshgacha emizsangiz, u turli kasalliklardan hi­moyala­nadi. Hatto uch yoshgacha emizish ham mumkin: chunki ona suti bola uchun eng foydali ozuqadir. Ona suti immunitetni ko‘taradi, infeksiyali kasalliklardan saqlaydi va allergiya chaqirmaydi.
  • Oila tibbiyoti hamshirasining bola tarbiyasida roli: Bola tarbiyasida hamshiraning roli katta. U oilaga tashrif buyurib, bolaning sog'lom o'sishi uchun zarur sharoitlar yaratishga yordam beradi, shuningdek oilada profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi.
  • O’smir yoshdagi bolalar muammolari va ularni erta aniqlash: O’smirlik davri psixologik rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O’smirlar bilan ishlashda ularning muammolarini erta aniqlash va ularga to’g’ri yondashish muhimdir.
  • Mikronutrientlar etishmovchiligi va rastional ovqatlanish: Yod, temir, vitamin A tanqislik belgilari. Ularning profilaktikasida Respublikada olib boriladigan tadbirlar (saplementastiya va fortifikastiya). Rastional ovqatlanish prinstiplari.