O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati

“Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan maʼruzalar kursi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Andijon Mashinasozlik Instituti, “Gumanitar Fanlar” kafedrasi tomonidan tayyorlangan ushbu kitobda fuqarolik jamiyati, uning mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi, fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari va belgilari, uning mamlakatimizda shakllanishi va rivojlanishining o‗ziga xos qonuniyatlari va tamoyillari, fuqarolik jamiyatining nazariy asoslari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlari, fuqarolik jamiyatining shakllanishida va rivojlanishidagi ijtimoiy nazorat va uning namoyon bo lish omillari, jamoatchilik nazorati va uning fuqarolik jamiyatidagi roli, fuqarolik jamiyati institutlari va ularning rivojlanishi, fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari, ijtimoiy sheriklik, axoli bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, ijtimoiy himoya qilish va sog liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta'lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo lgan yosh avlodni tarbiyalash g‗oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari, jamiyatda ijtimoiy nazorat va davlat organlari faoliyatining ochiligi kabi masalalar chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • 1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari: Fuqaroviylik-bu jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Fuqaroviylik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
  • 2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‗lish omillari: Fuqarolik ongi – jamiyat taraqqiyotining asosiy omili, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlarni boshidan kechirayotgan fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati va saviyasini yuqori darajaga ko tarish, ularda aniq fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda o‗z ifodasini topadi. Davlatning taraqqiy etishida va undagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning yangi bosqichga o‗tishida mamlakat oldida turgan vazifalarni turli yo‗nalishlarga taqsimlagan holda, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.
  • 3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o„rni: Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o‗rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni o‗rganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo‗lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o‗rganish muhim ahamiyatga egadir.