Texnometal-servis” MCHJ sharoitlari uchun “153.07.11 Moslama tanasi” detalini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarining texnologik ta‟minot vositalari konstruktsiyalarini ishlab chiqish.
Ushbu diplom loyihasi mashinasozlik texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda "Texnometal-servis" MCHJ sharoitlari uchun "153.07.11 Moslama tanasi" detalini tayyorlash texnologik jarayoni va operatsiyalarining texnologik ta'minot vositalari konstruktsiyalarini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqiladi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar maxkamasining qarorlari, ilmiy-texnik adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar, internet ma'lumotlari, detal ishchi chizmasi, ishlab chiqarish xajmi kabi ko'plab manbalar asosida bajarilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekistonning rivojlanishida mashinasozlik sanoatining roli va ahamiyati, qaror va farmonlar, diplom loyihasining maqsad va vazifalari to'g'risida ma'lumotlar yoritiladi.
- Umumiy qism: Detalning xizmat vazifasi, ishlab chiqarish turini aniqlash, detal konstruktsiyasini texnologiklikka tahlili va boshqalar.
- Texnologik qism: Zagatovka olish turini tanlash, texnologik jarayon marshrutini ishlab chiqish, zagatovkaga ishlov berishda qo'yim hisobi, kesish maromlarini hisoblash, vaqt me'yorini hisoblash.
- Konstruktorlik qism: Dastgoh moslamasi, kesuvchi asbob va o'lchov vositalarini bayoni va hisoblari.
- Xayot faoliyati xavfsizligi qismi: Loyihalanayotgan ishchi joyini mehnat sharoitlarining ta'rifi, ishlab chiqarish joyida yoritish tizimini tanlash, ventilatsiya tizimini tanlash, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, aloqa yong'in signalizatsiya tizimi va boshqalar, mexnat xavfsizligi bo'yicha barcha talablar va qonun qoidalar.
- Iqtisodiy qism: Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
- Xulosa: Bajarilgan diplom loyihasi bo'yicha xulosalar va takliflar yoritiladi.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Bajarilgan diplom loyihasi bo'yicha foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati tuziladi.
- Ilovalar: Spetsifikatsiyalar va texnologik jarayon xujjatlari.