Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan gipsakarton mahsulotlari ishlab chiqarish sexini loyihalash
Ushbu diplom loyihasi
Asosiy mavzular
- Kirish: Temir-beton konstruksiyalarini rivojlanishi, ularning texnologiyasi, zamonaviy yechimlar, va muammolar, hamda rivojlanish yo'nalishlari keltirilgan.
- Texnologik qism: Loyixada keltirilgan "Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilgan gipsakarton mahsulotlari ishlab chiqarish sexini loyihalash" mavzusidagi korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati, asosiy xom-ashyolarga talab, texnologik jarayonlarni tanlash va hisoblash ishlari keltirilgan.
- Arxitektura-qurilish qismi: Sanoat binosining xajmiy-rejaviy yechimi, asosiy karkas elementlari, ularning turlari, poydevorlar va devorlar bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Qurilish konstruksiyalari qismi: Qovurg'ali tom yopmasining hisobi, plita tokchasining egilishga hisoblash, plita mustahkamligini hisoblash, qovurg'ali temir-beton plitani konstruksiyalash va uning mustahkamligini hisoblash ishlari keltirilgan.
- Iqtisodiy qism: Sanoat korxonalarining xom-ashyoviy materiallarga talabi, yoqilg'i, issiqlik va elektr energiyasiga bo'lgan talab, zavod bo'yicha umumiy xarajatlar, brak bo'yicha yo'qotishlar, mahsulotning fabrik-zavod narxi, umumiy tannarxi hisoblash ishlari keltirilgan.
- Ekologiya va atrof-muhit muxofazasi qismi: Mexnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena, yong'in xavfsizligi masalalari va ularning ahamiyati keltirilgan.
- Xulosa: Beton texnologiyasi va yig'ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish yo'nalishlari, zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va kelajakdagi rejalar keltirilgan.