Этноэкологик маданиятнинг ҳудудий жиҳатлари

Ushbu monografiyada oʻzbek xalqining tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish madaniyatining (etnoekologik) hududiy jihatlari tadqiq etilgan. Xalqimizning koʻp asrlik tabiatdan oqilona, unga zarar yetkazmasdan, tabiiy jarayonlar bilan uygʻun foydalanish madaniyati va uni asrash, avloddan-avlodga yetkazib berish usullari Fargʻona vodiysi aholisi misolida koʻrib chiqilgan. Kitob geograflar, ekologlar, etnograflar, hamda oliy oʻquv yurtlarining ushbu yoʻnalishlarda taʼlim olayotgan talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarga moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Etnologiyaning geografik ildizlari: Monografiyada etnoekologiya atamasining tarixiy rivojlanishi, geografik determinizm, va xalqlarning tabiat bilan oʻzaro aloqadorligi haqidagi dunyoqarashlar oʻrganilgan. Xususan, G. Konklin, F. Ratsel, Sh. Montesque kabi olimlarning asarlariga murojaat qilinib, etnoekologik gʻoyalarning rivojlanishiga turtki boʻlgan omillar tahlil etilgan.
  • Etnologik tadqiqotlarning ijtimoiy-geografik yoʻnalishlari: Ushbu boʻlimda etnoekologik tadqiqotlarni oʻrganishning nazariy-uslubiy asoslari, usullar va bosqichlari koʻrib chiqilgan. Jumladan, rayonlashtirish, tipologiya, kartografiya va etnogeografiya kabi usullardan foydalanish masalalariga urgʻu berilgan.
  • Etnologik madaniyatning hududiy jihatlarini ijtimoiy-geografik tadqiq etish usullari: Fargʻona vodiysining etnoekologik mintaqalari va rayonlari aniqlanib, ularning geografik, etnik va xoʻjalik koʻrsatkichlari asosida tasniflanishi amalga oshirilgan. Bunda hududning tabiiy-iqtisodiy va ijtimoiy-geografik xususiyatlari hisobga olingan.
  • Fargʻona vodiysi aholisining tabiatdan foydalanish madaniyatining ijtimoiy-geografik jihatlari: Fargʻona vodiysi aholisining tabiatdan foydalanish madaniyatining ijtimoiy-geografik jihatlari, jumladan, anʼanaviy xoʻjalik yuritish tizimining etnoekologik mohiyati, suv resurslaridan foydalanishning anʼanaviy usullari va aholi maskanlarining tashkil etilishining hududiy xususiyatlari koʻrib chiqilgan.
  • Geografik nomlarning ijtimoiy ekologik funksiyalari: Geografik nomlarning ijtimoiy-ekologik funksiyalari va ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Jumladan, nomlarning tabiatni muhofaza qilishdagi oʻrni va axamiyati, shuningdek, qadamjolar va ziyoratgohlarning hududiy joylashuvining ijtimoiy-geografik funksiyalari tahlil etilgan.