Ichki kasalliklar propedevtikasi

Ushbu o'quv-uslubiy majmua Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari 2-kurs talabalari uchun "Ichki kasalliklar propedevtikasi" fanidan 2021-2022 o'quv yili uchun mo'ljallangan. Majmuada namunaviy dastur asosida barcha maruzalarning to'liq matni, nafas olish tizimi, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, amaliy mashg'ulotlar, ularni sifatli o'tkazish va talabalarni mustaqil ravishda tayyorlanishi uchun mavzular yuzasidan testlar, vaziyatli masalalar va amaliy ko'nikmalardan tashkil topgan materiallar keltirilgan. Shuningdek, tibbiyot terminologiyalari va glossariy qismi ham mavjud.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Ichki tibbiyotning rivojlanish tarixi.: Ichki kasalliklar propedevtikasi fani, maqsad va vazifalari. Vrachlik deontologiyasi asoslari. Maslahat berish ko'nikmalari.
  • Nafas a'zolari tizimi.: Tekshirish usullari. So'rab-surishtirish. Fizik tekshirish usullari: ko'zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya va auskultatsiya. Asosiy va qo'shimcha nafas shovqinlari. Qo'shimcha tekshirish usullari bronxoskapiya, bronxografiya, tomografiya. O'pkani funksional tekshirish usullari spirometriya, spirografiya, pnevmotaxometriya. Balg'amni tekshirish.
  • Asosiy klinik sindromlar.: O'pka to'qimasining zichlashish sindromi. O'pkada bo'shliq hosil bo'lish sindromi. Plevra bo'shlig'ida havo va suyuqlik yig'ilish sindromi. Bronxospazm sindromi.