Tibbiyоt kasbiga kirish (Organizmdagi fiziologik jarayonlarni o`rganish)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi hamkorligida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Fiziologiya Kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Ushbu «Fiziologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua» 2-kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda talabalar uchun qo’yilgan bilim, ko’nikma va malakalarga oid talablar, shuningdek, modullarning mazmuni va tashkil etish bo’yicha yo’riqnomalar, tavsiyalar berilgan. Kitobda jami 15 ta mashg’ulot uchun texnologik xarita, shuningdek, nazariy qism va mustaqil ishlash uchun ko’rsatmalar berilgan. Xususan, mavzular quyidagicha yoritilgan: Nafas tizimi, moddalar va energiya almashinuvi, ovqat hazm qilish, buyraklar faoliyati, nerv tizimi, shartli reflekslar, oliy nerv faoliyati, endokrin sistema, jinsiy gormonlar, ko’ruv analizatori, eshitish va vestibulyar analizatorlar, xotira va uning turlari, shaxsiy fazilatlar kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Nafas tizimining funkstional xususiyatlari.Gazlarni qon bilan tashilishi.. Nafasning boshqarilishi.: Nafas – bir kancha jarayonlar yigindisi bo’iib, natijada organizm kislorod iste’mol qiladi va karbonat angidrid ajratib chikaradi. Odam va yuksak hayvonlarning nafasi kuyidagi jarayonlarni uz ichiga oladi: 1) tashqi muxit bilan o’pka al’veolalari orasida havo almashinishi (tashqi nafas, yoki o’pka ventilyasiyasi); 2) al’veolyar havo bilan o’pka kapillyarlaridan utayotgan qon o’rtasida gaz almashinishi (o’pkadagi gazlar diffuziyasi); 3) gazlarning qon bilan tashilishi; 4) tukima kapillyarlarida qon bilan tukimalar o’rtasida gaz almashinuvi (tukimalardagi gazlar diffuziyasi); 5) xujayralarning kislorod iste’mol qilishi va karbonat angidrid ajratib chikarishi (xujayralardagi nafas). Bu jarayonlardan To’rt guruxini, ularning boshqarilish mexanizmi va turli sharoitda utish xususiyatlarini nafas fiziologiyasi urganadi. Xujayradagi nafasni asosan bioximiya urganadi, u tukimalardagi oksidlanish jarayonlarini tekshiradi, ana shu jarayonlarda xujayradagi energiyaga boy moddalar parchalanib ichidagi yashirin energiyani yuzaga chikaradi. Organizmda o’pkaning asosiy vazifalaridan biri gazalmashinuvi. Bundan tashqari o’pka bir kator boshqa funktsiyalarni xam bajaradi: 1.Ayiruv – suv, atsiton, etanol, efir, etilmerkaptanlarni chikarishi. 2.Biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarish: geparin, tromboksan V2, prostaglandinlar, tromboplastin, Qon ivishini VII va VIII faktorlari, gistamin, serotonin, monoaminooksidazalar, glikoziltransferazalar, metiltransferazalar. 3.Biologik aktiv moddalarni inaktivatsiyalash. 80% bradikinin bir marta o’pkadan Qon utkanda parchalanadi, 90-95% E va F gruppasidagi prosta-glandinlar, angiotenzin I va II. 4.Himoya funktsiyasi. Antitelalar xosil bo’ladi, fagotsitozda ishtirok etadi, lizotsim, interferon, laktoferon, immunoglobulinlar ishlanadi. 5.Termoregulyatsiya – o’pkada juda kup issiqlik xosil bo’ladi. 6. Tovush xosil bo’lishi uchun o’pka havo rezervuari xisoblanadi.
  • Moddalar va energiya almashinuvi. Ovqatlanishning fiziologik asoslari.: Modda almashinuvi tirik organizmning eng muxim funktsiyasidir va xaetning xarakterli belgisi. Xamma xujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli xujayra strukturalari va xujayra aro modda uzluksiz xosil bo’iib, emirilib va yangilanib turadi. Organizmda doimo xar xil ximiyaviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Bunda energiya bir xolatdan ikkinchi xolatga utadi, ximiyaviy birikmalardagi potensial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik, elektr va kinetik energiya turlariga aylanadi. Organizmda modda almashinuvi energiya almashinuvi bilan boylangan. Organizmda ximiyaviy prosesslar natijasida yuqori molekulali moddalardan oddiy moddalar xosil bulganda energiya ajraladi. Energiyaning o’zgarishi natijasida issiqlik xosil bo’iib, gavdadan tashqi muxitga utadi. Organizmdan ajraladigan energiya miqdorini kalloriyalarda eki djoul’ bilan ulchanadi. Djoul jaxonaro birlik sistemasi xisoblanadi 1 Dj = 4,187 kal. teng. Organizmning energiya sarfini tekshirish (kalorimetriya). Dissimilyasiya jarayonlarida energiya ajralib chiqadi, ya’ni potentsial ximiyaviy energiya kinetik energiyada aylanadi. Bu energiyaning kupchilik qismi issiqlik energiyasiga aylanadi; ajralib chikkan energiyaning 20-25 protsenti mexanik energiyaga aylanishi mumkin. elektr energiyasi juda oz chiqadi. energiyaning uzgarishi natijasida issiqlik xosil bo’iib, gavdadan tashqi muxitga utadi. Masalan, yurak qisqarganda yuzaga chikuvchi va Qonni xarakatga keltiruvchi mexanik energiya qarshilikni engishga sarflanib, issiqlik energiyasiga aylanadi. Skelet muskullari ishlaganda xam xuddi shunday xodisa ruy beradi: bunda mexanik energiya organizmdan tashqarida issiqlik energiyasiga aylanadi. Organizmda yuzaga chiqadigan jami energiyani aniklash va issiqlik birliklari – kaloriyalarda ifodalash mumkin. Organizmda xosil bo`ladigan energiyani vositasiz va vositali kalorimetriya usullarida aniklash mumkin. Vositasiz (bevosita) kalorimetriyada organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab apparatlar – kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Odam va yirik hayvonlar uchun shunday kameralarni Rossiyada V.V. Pashutin bilan A.A. Lixachev (1893), keyinchalik esa AKSH da U. etuoter (1S99) bilan F. Benedikt yasashgan. Kalorimetrda tekshirish juda anik natija berishi mumkin. M. Rubner tajribalari shuni ko’rsatadi, organizm sarflaydigan energiya miqdorini kalorimetrik kamerada va yalpi almashinuvni tekshirish yuli bilan aniklash natijalarini M. Rubner takkoslab kurgan. Organizmda xosil buladigan issiqlik miqdori yalpi almashinuvni tekshirish yuli bilan aniklanganda va kalorimetrik kamerada organizmdan chikkan issiqlik bevosita aniklanganda xisoblash natajalari kupi bilan 0,5% fark kildi. Masalan, tajribalardan birida it kalorimetrik kamerada 8 kun turganda organizmdan 2494 kkal issiqlik ajraldi. SHu it organizmida xosil bulgan issiqlik miqdori yalpi almashinuvni tekshirish yuli bilan xisoblab chikilganda esa 2488 kkal ajralganligi aniklandi. Bu rakamlar orasidagi fark xamisha ulchashda yul kuyiladigan xato chegarasida bo’ladi. Organizmning energiya sarfini bevosita kalorimetriya yordamida aniklash yoki yalpi moddalar almashinuvni tadkik qilish goyat murakkab. Gazlar almashinuvini urganish, ya’ni vositali kalorimetriya yuli bilan energiya sarfini xisoblash soddarok va amalda kulayrok. Gazlar almashinuvi – organizm energetikasining kursatkichi (vositali kalorimetriya). Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbai xisoblanadi, bu jarayonlarda kislorod sarflanadi va karbonat angidrid xosil bo’ladi. SHuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish asosida, ya’ni yutilgan kislorod va ajralib chikkan karbonat angidrid miqdoriga karab, organizmning kancha energiya sarflaganini aniklash mumkin. Bu usul vositali kalorimetriya deb ataladi. Gazlar almashinuvini uzok tekshirish uchun maxsus respirasion kameralar ishlatiladi. Ularning kulay modellarini V.V. Pashutin (1886), keyin M.N. SHaternikov kurgan va tasvir etgan. Respirasion kamera odam yoki xayvonidagi gazlar almashinuvini bir sutka va undan ko`proq vaqt davomida tekshirishga imqon beradi. Qisqa vaqtda gazlar almashinuvi maktablarda, kasalxonalarda, korxonalarda va boshqa joylarda oddiy usullar bilan aniklanadi. Duglas-Xolden usuli juda keng tarkalgan, bu usulda tekshiriluvchi kishining yuziga gaz almashtiruvchi nikob tutiladi, bu nikob tekshiriluvchi kishining orqasiga osilgan va havoni o’tkazmaydigan tukimadan yasalgan kopga (Duglas kopiga) tutashtirilgan. Nikobning klapanlari bor, ular shunday tuzilganki, tekshiriluvchi kishi atmosfera havosidan bemalol nafas oladi, nafasidan chikkan havo esa Duglas kopiga kiradi. Ma’lum vaqt (10-15 minut) da nafasdan chikkan havo yigiladi va uning xajmi aniklanadi (kopdagi havo xajmi gaz soati bilan ulchanadi), shu havodagi kislorod va karbonat angidridning protsent miqdori xam aniklanadi. Havoning gazlar tarkibi kislorod va karbonat angidridni Xolden apparatida ximiyaviy boglab olish yuli bilan yoki keyingi yillarda elektron apparatlar yordamida fizikaviy metodlar bilan (gazlarning ba’zi fizikaviy xossalari: kislorodning paramagnit xossalari, karbonat angidridning issiqlik o’tkazish xossasi va boshqalar asosida) aniklanadi. Organizmga 1l kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori kislorodning kalorik ekvivalenti deb ataladi. Kislorod kaysi moddalarni oksidlashiga karab bu ekvivalent miqdori turlicha bo’lishi yukorida keltirilgan rakamlardan kurinib turibdi.SHunday qilib, organizmda kaysi moddalar – oqsil, yog va uglevodlar oksidlangani ma’lum bo’lsa, iste’mol kilingan jami kislorod miqdoriga karab kancha energiya sarflanganini xisoblab chikish mumkin. Gazlar almashinuvini tekshirish tajribalarida nafas koeffitsienti gavdasi kaysi ozik moddalar oksidlanganini kursatib bera oladi. Nafas koeffitsienti va uning ahamiyati. Organizmdan ajralib chikkankarbonat angidrid xajmining yutilgan kislorod xajmiga nisbati nafas koeffitsienti deb ataladi. Oqsillar, yoglar va uglevodlar oksidlanganda nafas koeffitsienti turlicha bo’ladi. Avvalo, organizm uglevodlar iste’mol kilinganda nafas koeffitsienti kancha bo’lishini kurib chikaylik. Misol uchun glyukozani olaylik. Bir molekula glyukoza oksidlanishining umumiy yakunini kuyidagi formula bilan ifodalash mumkin: S6N12O6 + 6O2=6SO2 + 6N2O. Glyukoza oksidlanganda necha molekula karbonat angidrid xosil bo’lsa, ushancha molekula kislorod sarflangani (yutilgani) reaktsiya tenglamasidan kurinib turipti. Bir xil temperatura va bir xil bosimda gazning teng miqdordagi molekulalari bir xil xajmni egallaydi (Avogadro – Jerar Qonuni). Demak, glyukoza oksidlanganda nafas koeffitsienti (SO2 ning O2 ga nisbati) 1 ga teng. Boshqa uglevodlar oksidlanganda xam nafas koeffitsienti shuncha bo’ladi. YOglar va oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo’ladi. YOglar oksidlanganda nafas koeffitsienti 0,7 ga teng ekanligini biror yogning oksidlanishi yakunidan kurish mumkin. Buni tripal’mitinning oksidlanish misolida ko’rsataylik: 2S3N5 (S15N31SOO)3 + 145O2 = 102SO2 + 98N2O. Bu misolida karbonat angidridning kislorodga nisbati 102 SO2 / 145 O2 = 0,703 ga teng. Oqsillar uchun xam shunday qilib kurish mumkin; organizmda oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 0,8 ga teng. Odam aralash ovqatlar eb turganda nafas koeffitsienti aksari 0,85-0,9 ga teng bo`ladi. Organizmda 1 l kislorod sarflanganda (yutilganda) oqsil, yog, uglevodlarning oksidlanishiga karab, ajralib chikkan kaloriyalar xar xil bulgani uchun nafas koeffitsientining miqdoriga karab turli miqdorga kaloriyalar ajralib chiqishi tushunarli, chunki nafas koeffitsienti organizmda kaysi moddalar oksidlanganini kursatib beradi. Ba’zi bir sharoitda, masalan, muskullar zur berib ishlagandan sung, qisqa vaqt uchun aniklangan nafas koeffitsienti oqsil, yog va uglevodlar iste’mol kilinganini aks ettirmaydi. Ish vaqtidagi nafas koeffitsienti. Muskullar zur berib ishlagan vaqtda nafas koeffitsienti ortib, ko’pincha 1 ga yakinlashadi. Buning sababi shuki, zur berib ishlash vaqtida uglevodlarning oksidlanishi energiyaning asosiy manbai xisoblanadi. Ish tamom bulgach nafas koeffitsienti tiklanish davri deb ataladigan dastlabki minutlarda keskin kutarilib, 1 dan ortishi mumkin. Navbatdagi davrda nafas koeffitsienti keskin darajada kamayib, dastlabki miqdoridan xam pastga tushadi va ikki soatlik ishdan 30-50 minut keyingina normal miqdorga kelishi mumkin. Ish tamom bulgach nafas koeffitsientining uzgarishlari shu paytda sarflangan kislorod bilan ajralib chikkan karbonat angidrid o’rtasidagi xakikiy nisbatni aks ettirmaydi. Tiklanish davrining boshlarida nafas koeffitsienti kuyidagi sababga binoan ortadi: ish vaqtida muskullarda sut kislota tuplanadi va ish vaqtida uning oksidlanishiga kislorod etishmaydi (kislorod karzdorlik). Bu sut kislota Qonga utadi va asoslarni biriktirib, karbonat kislotani bikarbonatlardan sikib chikaradi. SHu tufayli ajralib chikkan karbonat angidrid shu paytda tukimalarda xosil bulgan karbonat angidriddan oshib ketadi. Navbatdagi davrda teskari xodisa kuzatiladi; bu davrda teskari xodisa kuzatiladi; bu davrda qondagi sut kislota sekin-asta yukoladi. Uning bir qismi oksidlanadi, bir qismidan avvalgi maxsulot resintezlanadi, bir qismi siydik va ter bilan chikib ketadi. Sut kislota kamaygan sayin bikarbonatlardan ilgari sikib chikarilgan asoslar ajrala boshlaydi. Bu asoslar yana bikarbonatlarni xosil qiladi va shu sababli ishdan sung bir kadar vaqt utgach, tukimalardan kelayotgan karbonat angidrid Qonda ushlanib kolishi sababli nafas koeffitsienti keskin darajada kamayadi. Tashqi muxit temperaturasi pasayganda issiqlik xosil bo’lishining kuchayishi gavdani sovushdan saklashda katta axamiyatga ega. Muskullar qisqarganda ularda eng kup issiqlik xosil bo’ladi. Odam xatto kimirlamay yotib muskullarini taranglasa, unda oksidlanish jarayonlari va shu bilan birga issiqlik xosil bo’lishi muskullarni bushashtirish yotgandagiga nisbatan 10% oshadi va undan xam kuchayadi. Uncha katta bo’lmagan xarakat aktivligi issiqlik chikib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa tevarak-atrofdagi havo nam bulganda, binobarin, effektiv terlashkam bulganda gipertermiya boshlanadi. Keskin gipertermiyada, ya’ni gavda temperaturasi 40-410 ga etganda organizm umuman ogir axvolda koladi – issiq eltishi (teplovoy udar) deb shuni aytiladi. Tashqisharoit uzgarmagani xolda termoregulyatsiyaning buzilishi natijasida kelib chiqadigan gipertermiyani nukul tashqisharoit ta’sirida paydo buluvchi gipertermiya xolatidan ajratishkerak. Infektsion isitmada termoregulyatsiya ko’proq, buziladi. U fiziologiyada emas, balki patologiyada urganiladi.
  • Hazm tizimi faoliyatini o’rganish usullari. Og’iz bo’shlig’ida va me’dada ovqat hazm bo’lishi.: Tirik organizm yashashi uchun energetik va plastik moddalarni iste’mol qilishi zarurdir. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmi, o’simliklardan o’zida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay olmasligi bilan farqlanadi. Shuning uchun ham bunday moddalar hayvonlar organizmiga tashqaridan tushishi zarur. Bundan tashqari, odamlar va yuqori rivojlangan hayvonlar organizmida oqsil, yog’ va karbonsuvlar ma’lum bir fizik va kimyoviy ishlovdan so’nggina assimilyastiya qilinadi. Mana shunday ishlovdan o’tkazish hazm tizimining vazifasiga kiradi.Hazmning mohiyati. Hazm-iste’mol qilingan ovqat hazm yo’llarida fizik va kimyoviy o’zgartiriladigan murakkab fiziologik va bioximik jarayonlardir. Buning natijasida oziqli moddalar o’zlarining plastik va energetik qimmatini saqlab koladilar va turga xoslik xususiyatlarini yo’qotadilar. Oziq moddalarning maydalanishi, bo’kishi, erishi fizik o’zgarishlar bo’lib, ularning hazm shiralari ta’sirida emirilishi-kimyoviy o’zgarishdir. Hazm shirasi tarkibidagi gidrolitik fermentlar bu jarayonda katta ahamiyatga ega.Oziqli moddaning fizik va kimyoviy o’zgartirilishi hazm yo’lida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hazm yo’lida oziqli moddalarning harakati, uning ayrim qismida ma’lum vaqtgacha ushlab turilishi, hazm shirasi bilan aralashishi silliq muskullar faoliyati bilan bogliq. Oziqli moddalarning depolimerlarnishi natijasida asosan monomerlar hosil bo’ladilar, ular ichakda qon va limfaga so’riladilar, to’qima va hujayralarga etib boradilar va u erdagi metabolizmda ishlatiladilar. Suv, mineral tuzlar va ayrim organik moddalar (vitaminlar) o’zgarmagan holda qonga so’riladi. Hazm turlari. Gidrolitik fermentlarning kelib chiqishi mohiyatiga qarab hazm xususiy, simbiont va autolitik kabi uch turga bo’linadi. Xususiy hazm-muayyan makroorganizmda, uning hazm bezlarida, epitelial hujayralarida sintezlangan so’lak, meda va meda osti, ingichka ichak epiteliysi fermentlari tomonidan amalga oshiriladi. Simbiont hazm-oziqli moddalar gidrolizi, makroorganizm hazm yo’lidagi bakteriya va sodda hayvonlar fermentlari tomonidan amalga oshiradi. Odamlarda bu turdagi hazmning ahamiyati kam. Ovqatdagi kletchatka odamlarda simbiontlar fermenti ta’sirida yo’g’on ichakda gidrolizga uchraydi. Autolitik hazm-organizmga ovqat tarkibida tushuvchi ekzogen gidrolazalar hisobiga amalga oshiriladi. Chaqaloqlarda xususiy hazm to’la rivojlangan emas, shuning uchun xam ularda autolitik hazmning ahamiyati kattadir. Ona suti tarkibida ovqatli moddalar bilan birgalikda fermentlar ham tushadi va ular gidrolitik jarayonida ishtirok etadilar.
  • Buyraklarning gomeostatik vazifasi. Buyraklar funkstiyalari.: Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil bo’ladigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muxitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muxitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi. Chiqaruv organlari – buyraklar, o’pka, ter bezlari – organizmda vodorod ionlari Kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim axamiyatga egadir. O’pka al’veolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o’pka termoregulyatsiyada xam qatnashadi. Chiqaruv organlari orasida yog va sut bezlari aloxida urin tutadi. Ular ajratadigan moddalar – teri yogi va sut – modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari bo’lmay, ma`lum fiziologik axamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovqat bo’ladi, teri yogi esa terini moylab turadi. Buyraklar asosiy chiqaruv a’zosi bo’lib, juda ko’plab vazifalarni bajaradi. 1.Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha bo’lgan suv, noorganik va organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, dorivor moddalar. 2.Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish (volyumoregulyastiya). 3.Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyastiya). 4.Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini ta’minlash. 5.Kislota- asos muvozanatini saqlash. 6.Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3-,prostoglandinlar, bradikininlar, urokinaza. 7.Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish. 8.Eritropoezda ishtirok etish. 9.Gemostozda ishtirok etish. 10.Oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish. 11.Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib yuborish.
  • Ayiruv sistemasi. Buyraklar fiziologiyasi.: Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil bo’ladigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muxitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muxitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi. Chiqaruv organlari – buyraklar, o’pka, teri bezlari – organizmda vodorod ionlari Kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim axamiyatga egadir. O’pka al’veolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o’pka termoregulyatsiyada xam qatnashadi. Chiqaruv organlari orasida yog va sut bezlari aloxida urin tutadi. Ular ajratadigan moddalar – teri yogi va sut – modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari bo’lmay, ma`lum fiziologik axamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovqat bo’ladi, teri yogi esa terini moylab turadi. Buyraklar asosiy chiqaruv a’zosi bo’lib, juda ko’plab vazifalarni bajaradi. 1.Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha bo’lgan suv, noorganik va organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, dorivor moddalar. 2.Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish (volyumoregulyastiya). 3.Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyastiya). 4.Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini ta’minlash. 5.Kislota- asos muvozanatini saqlash. 6.Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3-,prostoglandinlar, bradikininlar, urokinaza. 7.Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish. 8.Eritropoezda ishtirok etish. 9.Gemostozda ishtirok etish. 10.Oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish. 11.Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib yuborish.
  • Buyraklar faoliyatining boshqarilishi.Ichki muhitning tarkibi va hajmi boshqarishida buyraklarning ahamiyati. Siydik konstentratsiyasi va hujayralararo suyuqlikning boshqarilishi.: Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil bo’ladigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muxitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muxitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi. Chiqaruv organlari – buyraklar, o’pka, teri bezlari – organizmda vodorod ionlari Kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim axamiyatga egadir. O’pka al’veolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o’pka termoregulyatsiyada xam qatnashadi. Chiqaruv organlari orasida yog va sut bezlari aloxida urin tutadi. Ular ajratadigan moddalar – teri yogi va sut – modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari bo’lmay, ma`lum fiziologik axamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovqat bo’ladi, teri yogi esa terini moylab turadi. Buyraklar asosiy chiqaruv a’zosi bo’lib, juda ko’plab vazifalarni bajaradi. 1.Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha bo’lgan suv, noorganik va organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, dorivor moddalar. 2.Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish (volyumoregulyastiya). 3.Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyastiya). 4.Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini ta’minlash. 5.Kislota- asos muvozanatini saqlash. 6.Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3-,prostoglandinlar, bradikininlar, urokinaza. 7.Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish. 8.Eritropoezda ishtirok etish. 9.Gemostozda ishtirok etish. 10.Oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish. 11.Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib yuborish.
  • Buyraklar faoliyatining boshqarilishi.Ichki muhitning tarkibi va hajmi boshqarishida buyraklarning ahamiyati. Siydik konsentrastiyasi va hujayralararo suyuqlikning boshqarilishi.: Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil bo’ladigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muxitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya’ni organizm ichki muxitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (izoioniya) qatnashadi. Chiqaruv organlari – buyraklar, o’pka, teri bezlari – organizmda vodorod ionlari Kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim axamiyatga egadir. O’pka al’veolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o’pka termoregulyatsiyada xam qatnashadi. Chiqaruv organlari orasida yog va sut bezlari aloxida urin tutadi. Ular ajratadigan moddalar – teri yogi va sut – modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari bo’lmay, ma`lum fiziologik axamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovqat bo’ladi, teri yogi esa terini moylab turadi. Buyraklar asosiy chiqaruv a’zosi bo’lib, juda ko’plab vazifalarni bajaradi. 1.Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha bo’lgan suv, noorganik va organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, dorivor moddalar. 2.Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish (volyumoregulyastiya). 3.Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyastiya). 4.Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini ta’minlash. 5.Kislota- asos muvozanatini saqlash. 6.Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3-,prostoglandinlar, bradikininlar, urokinaza. 7.Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish. 8.Eritropoezda ishtirok etish. 9.Gemostozda ishtirok etish. 10.Oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish. 11.Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib yuborish.
  • Oliy nerv faoliyati. Shartli reflekslar.: Xayvon va odam organizmida o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashuv nerv tizmilari reflektor faoliyati orqali amalga oshiriladi. Evolyustiya jarayonida organizm bir butunligini ta’minlovchi va har xil a’zolar faoliyatini bir - biriga va tashqi muhit o’zgarishiga moslanishini ta’minlovchi reflektor reakstiya (shartsiz refleks) vujudga keladi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlarda hayot jarayonida orttirilgan yangi sifatga ega bo’lgan reakstiya ham mavjud bo’lib, buni I.P.Pavlov shartli refleks deb atadi. Shartli refleks, I.P. Pavlov bo’yicha, moslashishning mukammal shaklidir. Gomeostoz va organizmning vegetativ funkstiyalarini boshqarish mexanizmlari nerv tizimining oddiy faoliyati natijasi bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitdagi organizmning murakkab fe’l-atvori oliy nerv faoliyati orqali ta’minlanadi. Oliy nerv faoliyatining funkstional birligi shartli refleksdir. Shartli refleks bosh miya po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalari negizida shakllanadi. Oliy nerv faoliyati o’zgaruvchi tabiat va ijtimoiy sharoitlarga organizm fe’l-atvorini moslashtiruvchi shartsiz va shartli reflekslar va oliy psixik faoliyatlar majmuidir. Oliy nerv faoliyati reflektor tabiatga ega ekanligi birinchi bo’lib I.M.Sechenov tomonidan e’tirof etilgan, so’ngra bu fikr I.P.Pavlov tomonidan tajribada tasdiqlangan va miyaning oliy qismi faoliyatini baholab bera oladigan-shartli refleks usuli yaratilgan. I.P.Pavlov barcha reflektor faoliyatlarni ikki guruhga: shartsiz va shartli reflekslarga bo’ldi. Shartsiz reflekslar 1. Tug’ma, nasldan-naslga beriluvchi reakstiya, ko’pchiligi tug’ilishi bilan o’zini namoyon qiladi. 2. Turga xos, ya’ni shu vakillarning hammasiga xos. 3. Turg’un, butun hayot davomida saqlanib turadi. 4. MNS quyi qismlari (po’stloq osti yadrolari, miya o’zagi, orqa miya) ishtirokida amalga oshadi. 5. Ma’lum bir resteptor maydonga nisbatan ko’rgazma va boshqa ko’rsatmalarda xisoblanadi. Shartli reflekslar 1. Individual hayot natijasida orttirilgan reakstiya. 2. Individual. 3. Turg’un emas, hayot davomida hosil bo’lib, yo’qolib turadi. 4. Asosan bosh miya po’stlog’i faoliyati mahsulidir. 5. Har xil resteptor maydonga ega.
  • Gipotalamo-gipofizar tizim,qalqonsimon bez va qalqon oldi bezi gormonlari: Gipotalamus neyrosekretor hujayralarida hosil bo’ladigan va neyrohipofizga yuboriladigan yoki gipofizning oldingi bo’lagiga ta’sir etuvchi gormonlar gipotalamusning vazifasini belgilaydi. Gipotalamusning vazifasi shundaki, u tashqi va ichki muhitdan kelayotgan axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ishlaydi va nerv va gumoral nerv tizimlari orqali organizmning barcha a’zolari va sistemalar faoliyatini boshqaradi. Bosh miya po’stlog’i rivojlanmagan hayvonlarda rivojlanmagan bo’lsa, bu hayvonlarning faoliyatida oddiy reflekslar ishidan iborat bo’ladi. Bosh miya po’stlog’i rivojlangan hayvonlarda esa, murakkab shartli reflekslar shakllanishi va ishlatilishi bilan namoyon bo’ladi.Shartli reflekslar xosil bo’lishida miya po’stlog’ining roli katta. Bu jarayon juda murakkab bo’lib, uning asosida ham harakat, ham motorik nerv tizimining faoliyati yotadi. Gipotalamus va gipofizning vazifalarini hamda ularning ish jarayonida organizmga ta’sirini va ish faoliyatini tahlil qilish talabalardan talab etiladi. O’rganilayotgan mavzu bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustaxkamlash uchun savollar beriladi. Shartli reflekslar, ularning turlari, mexanizmi va ahamiyati, tashqi va ichki tormozlanishi, hamda oliy nerv faoliyatining rivojlanishi kabi masalalarni o’rganish talab etiladi.
  • Jinsiy bezlar.: Erkaklar jinsiy bezlari. Erkak jinsiy bezlarida spermatogenez jarayonlari kechadi va erkak jinsiy gormonlari – androgenlar hosil bo’ladi. Spermatogenez urug’ hosil qiluvchi naychalarda joylashgan spermatogen epitelial hujayralarning faoliyati bo’lib hisoblanadi. Androgenlar interstistial hujayralar – glandulostitlarda (Leyding hujayrasida) hosil bo’ladi. Bu hujayralar urug’ hosil qiluvchi naychalar orasida joylashib, urug’don massasini yaqin 20 % ini tashkil qiladi. Uncha ko’p bo’lmagan miqdoda androgenlar buyrak usti bezi po’stlog’ining to’r sohasida ham ishlab chiqariladi. Androgenlarga bir necha steroid gormonlar kiradi, ulardan eng muhimi testosterondir. Bu gormonning qonga o’tishi erkaklarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni adekvat rivojlanishini ta’minlaydi. Testosteron ta’sirida o’g’il bola balog’atga etganida jinsiy a’zo va moyaklar kattalashadi, soqol, past ovoz, qorinning o’rta chizig’i bo’ylab ko’tariluvchi chov junlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari, testosteron oqsillar sintezini kuchaytiradi, bu esa o’sish va jismoniy rivojlanishga, muskullar massasining ortishiga olib keladi. Testosteron suyak skeletining shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatad, u suyakda oqsil matristalari hosil bo’lishini tezlashtiradi va unda kalstiy tuzlarining to’planishini ta’minlaydi. Buning natijasida suyak eniga va bo’yiga o’sadi va pishiqligi ortadi. Testosteron ko’p ajralganda moddalar almashinuvi tezlashadi va qondagi eritrostitlar soni ham ortib ketadi. Testosteronning ta’sir etish mexanizmi taxminan quyidagicha amalga oshadi: u hujayra ichiga kirib, faollashadi (degidrotestosteron), keyinchalik u hujayra yadrosi va organellari bilan bog’lanadi, bu esa oqsil va nuklein kislotalar sintezining o’zgarishiga olib keladi. Testosteron sekrestiyasi adenogipofizning lyuteinlovchi gormoni orqali idora etiladi, bu gormon esa jinsiy balog’atga etishni tezlashtiradi. Agar qonda testosteron gormoni miqdori ortib ketsa, qaytar bog’lanish mexanizmi bo’yicha lyuteinlovchi gormon sekrestiyasi tormozlanadi. Ikkala gonadotrop gormonlar – follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gormonlar konstentrastiyasi qonda pasayib ketganda, spermatogenez jarayonlarining tezlashuviga olib keladi. O’g’il bolalarda 10-11 yoshgacha urug’donda androgenlar ishlab chiqaruvchi faol glandulostitlar bo’lmaydi. Biroq, bu hujayralardan testosteron gormoni sekrestiyasi, xomiladorlik davrida va bola tug’ilgandan so’ng bir necha xaftagacha davom etadi. Bu sekrestiya yo’ldosh tomonidan ajralib chiqqan gormon gonadotropin ta’sirida yuzaga chiqadi. Erkak jinsiy gormonlarining sekrestiyasi etarlicha bo’lmasa, evnuxoidlik rivojlanishiga olib keladi. Bunda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikadi, suyak skeleti noproporstional bo’lib qoladi, ko’krak va qorinning pastki sohalarida yog’ to’planadi, ba’zida esa sut bezlari ham kattalashadi (ginekomastiya), erkak jinsiy gormonlarining kam ishlab chiqarilishi asab va ruxiy o’zgarishlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, qarama qarshi jinsga bo’lgan qiziqish yo’qoladi va boshqa erkaklarga xos bo’lgan psixofiziologik harakatlar ham yo’qoladi. Ayollar jinsiy gormonlari. Ayollar jinsiy gormonlari bezlaridan (tuxumdon) estrogenlar va progesteron ishlab chiqariladi. Bu gormonlarning ajralishi stiklik xarakterga egadir, bu qizlarda xayz ko’rish paytida gipofizni gonadotrop gormonlarining sekrestiyasiga bog’liq bo’ladi. Estrogenlar faqat jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak usti bezi po’stloq qavatining to’rsimon sohasida ham ishlab chiqariladi. Xomiladorlik paytida estrogenlar sekrestiyasi, yo’ldoshning gormonal faolligi ta’sirida ortadi. Bu guruhda faolligi yuqori bo’lgan gormon β-estradiol bo’lib hisoblanadi. Sariq tananing gormoni progesteron bo’lib, xayz ko’rishning oxirlarida uning sekrestiyasi kuchayadi. Estrogenlar ta’sirida birlamchi va ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining yuzaga chiqishi tezlashadi. Balog’atga etish davrida tuxumdonlar o’lchami, bachadon, qin va tashqi jinsiy a’zolarning o’lchami kattalashadi. Proliferastiya jarayonlari va endometriyada bezning kattalashuvi kuzatiladi, bu ta’sir osteoblastlar faolligini oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, suyakning epifizar tog’ayiga ta’sir etib, uning uzunasiga o’sishini tormozlaydi. Bu gormonlarning ta’siri natijasida oqsillar biosintezi kuchayadi, yog’larning hosil bo’lishi ham ortadi, ortiqcha yog’lar teri ostiga shunday to’planadiki, ayol qomatini xarakterlab beradi. Estrogenlar ta’sirida ayol terisi nozik, silliq va kapillyarlar bilan yaxshi ta’minlanadi, jun bilan qoplanishi ham ayol tipiga mansub bo’ladi. Progesteronning organizmdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: urug’langan tuxum hujayrasini endometriyaga inplantastiyasiga tayyorlaydi. Bu gormon ta’sirida endometriya hujayralarining proliferativ va sekretor faolligi ortadi. Proliferativ va sekretor faollik sut bezlarida ham kuzatiladi, bu esa uning o’lchamining kattalashuviga olib keladi. Bu bezlardan jinsiy gormonlarning oz ishlab chiqarilishi quyidagi holatlarga: xayzning buzilishi, sut bezlari, qin, bachadonning atrofiyasiga olib keladi. Suyak tizimi ham ko’p o’zgarishlarga uchraydi, suyakning epifizar sohasi o’sishdan to’xtaydi, bu esa suyakning uzunasiga o’sishini tormozlaydi.

  • Eshitish va vestibulyar analizatorlarni tekshirish.: Eshitish tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo’lib, insonlarda nutqning paydo bo’lishi va shaxslarning o’zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signallar havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig’anog’ida joylashgan eshituv resteptorlarini qo’zg’atadi. Tashqi va o’rta quloqning tuzilishi va vazifalari. Tashqi eshituv yo’li tovush tebranishlarini quloq pardasiga (nog’ora parda) etkazadi. Nog’ora parda tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratib turadi, uning shakli ichkariga yo’nalgan voronkani eslatadi (0,1 mm) . Nog’ora parda tashqi eshituv yo’li orqali kelgan tovush to’lqinlariga tebranadi. O’rta quloq. Havo bilan to’lgan o’rta quloqda uch xil suyakchalar mavjud. Ular bolg’acha, sandon va uzangi deb nomlanadilar, bu suyakchalar nog’ora pardaning tebranishlarini ichki quloqqa o’tkazadi. Suyakchalardan biri- bolg’acha dastasi nog’ora pardaga suqilib kirgan, bolg’achaning ikkinchi tomoni sandonga birlashgan. Nog’ora pardaning tebranishlari bolg’acha dastasi bilan sandon o’sig’idan tuzilgan richagning uzunchoq dastasiga o’tadi, shu sababli tovush tebranishlari amlitudasi kamayib, kuchi oshgan holda uzangiga keladi. Uzangining boshi darcha membranasiga tarqalib turadigan yuzasi 3,2 mm2 ga teng. Nog’ora pardaning yuzasi esa 70 mm2. Nog’ora parda bilan uzangi yuzasining nisbati 1:22, shu tufayli tovush to’lqinlari oval darcha membranasini taxminan 22 barobar ortiqroq kuch bilan bosadi.
  • Oliy nerv faoliyati. Organizmlarning signal tizimlari.: Xayvon va odam organizmida o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashuv nerv tizmilari reflektor faoliyati orqali amalga oshiriladi. Evolyustiya jarayonida organizm bir butunligini ta’minlovchi va har xil a’zolar faoliyatini bir - biriga va tashqi muhit o’zgarishiga moslanishini ta’minlovchi reflektor reakstiya (shartsiz refleks) vujudga keladi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlarda hayot jarayonida orttirilgan yangi sifatga ega bo’lgan reakstiya ham mavjud bo’lib, buni I.P.Pavlov shartli refleks deb atadi. Shartli refleks, I.P. Pavlov bo’yicha, moslashishning mukammal shaklidir. Gomeostoz va organizmning vegetativ funkstiyalarini boshqarish mexanizmlari nerv tizimining oddiy faoliyati natijasi bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitdagi organizmning murakkab fe’l-atvori oliy nerv faoliyati orqali ta’minlanadi. Oliy nerv faoliyatining funkstional birligi shartli refleksdir. Shartli refleks bosh miya po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalari negizida shakllanadi. Oliy nerv faoliyati o’zgaruvchi tabiat va ijtimoiy sharoitlarga organizm fe’l-atvorini moslashtiruvchi shartsiz va shartli reflekslar va oliy psixik faoliyatlar majmuidir. Oliy nerv faoliyati reflektor tabiatga ega ekanligi birinchi bo’lib I.M.Sechenov tomonidan e’tirof etilgan, so’ngra bu fikr I.P.Pavlov tomonidan tajribada tasdiqlangan va miyaning oliy qismi faoliyatini baholab bera oladigan-shartli refleks usuli yaratilgan. I.P.Pavlov barcha reflektor faoliyatlarni ikki guruhga: shartsiz va shartli reflekslarga bo’ldi. Shartsiz reflekslar 1. Tug’ma, nasldan-naslga beriluvchi reakstiya, ko’pchiligi tug’ilishi bilan o’zini namoyon qiladi. 2. Turga xos, ya’ni shu vakillarning hammasiga xos. 3. Turg’un, butun hayot davomida saqlanib turadi. 4. MNS quyi qismlari (po’stloq osti yadrolari, miya o’zagi, orqa miya) ishtirokida amalga oshadi. 5. Ma’lum bir resteptor maydonga nisbatan ko’rgazma va boshqa ko’rsatmalarda xisoblanadi. Shartli reflekslar 1. Individual hayot natijasida orttirilgan reakstiya. 2. Individual. 3. Turg’un emas, hayot davomida hosil bo’lib, yo’qolib turadi. 4. Asosan bosh miya po’stlog’i faoliyati mahsulidir. 5. Har xil resteptor maydonga ega.