Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanidan
Ushbu kitob "Transport vositalari ishonchliligi va diagnostika asoslari" nomli o'quv-uslubiy majmua bo'lib, transport vositalarining ishonchlilik nazariyasi, diagnostikasi, ularga ta'sir etuvchi omillar, xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari, hamda zamonaviy diagnostika vositalarining qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Kitobda diagnostika jarayonlari, ularning turlari, qo'llaniladigan usullar, mexanizmlarning nosozliklari, diagnostik parametrlar va me'yorlar, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash va ekspluatatsiya jarayonida samaradorlikni baholash kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, ushbu majmuada laboratoriya mashg'ulotlari uchun ham amaliy ishlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- 1-Bob. Transport vositalarining ishonchlilik nazariyasi asoslari: Bu bobda transport vositalarining ishonchliligi, uning nazariyasi, asosiy tushunchalar, ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar, buzilishlar va nosozliklar tasnifi, ishonchlilik ko'rsatkichlari hamda ularning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, transport vositalarining texnik holati, ishlash qobiliyati va ularning iqtisodiy samaradorligi ham yoritilgan.
- 2-Bob. Transport vositalarining detail va uzellarini eskirishi va yeyilishi: Mazmuni: Transport vositalari qismlarining eskirishi, zanglash, yemirilishi, yeyilishi va ishqalanishi, mexanik yeyilish turlari, korroziyaviy-mexanik yeyilish, kavitatsion va eroziv yeyilishlar, ularning sabablari va oldini olish choralari haqida ma'lumot beriladi.
- 3-Bob. Ishonchlilik xususiyatlari va uning ko’rsatkichlari: Bu bobda ishonchlilikning asosiy tushunchalari (buzilmaslik, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik, saqlanuvchanlik), ularning ko’rsatkichlari, ularni aniqlash usullari va ijodiy namunalari keltirilgan. Shuningdek, transport vositalarining ishonchliligini o’zgarish sabablarini tahlil qilish va ushbu jarayonlarni tahlil qilish usullari ham bayon etilgan.
- 4-Bob. Buzilishlarning taqsimot qonunlari: Mazmuni: Tasodifiy miqdorlar va hodisalar, ularning taqsimlanish xarakteristikasi, normal, Veybull-Gnedenko, logarifmik normal va eksponentsial taqsimlanish qonunlari, ularning qo’llanilishi hamda buzilishlarni aniqlash usullari yoritilgan.
- 5-Bob. Ishonchlilikka ta’sir etuvchi omillar: Ushbu bobda ishonchlilikka ta’sir etuvchi omillar (konstruktsion, ekspluatatsion va texnologik), ularning mohiyati va ahamiyati, ularni tahlil qilish va xulosalash asosida ishonchlilikni oshirish choralari ko’rib chiqilgan.
- 6-Bob. Avtomobil agregat va tizimlari ishonchliligi buyicha "axborot xaritasi"ni to’ldirish: Bu bobda avtomobillarning texnik holatini va ishonchliligini baholash, «axborot xaritasi»ni tuzish va uning ahamiyati, shuningdek mavjud avtoservis korxonalarining ishlashini tahlil qilish va rivojlantirish bo’yicha takliflar berilgan.
- 7-Bob. Transport vositalarining tortish xususiyatlarini diagnostikalash: Mazmuni: Tortish sifatlarini diagnostikalash usullari va parametrlari, tortish stendlarining tasnifi, ularning ishlash printsipi va amaliy qo’llanilishi, diagnostika jarayonlari hamda ularning samaradorligi haqida ma’lumot beradi.
- 8-Bob. Diagnostikaning vazifalari va rivojlanish yo’nalishlari: Mazmuni: Diagnostikaning maqsadi va vazifalari, texnik holatni aniqlash, nosozliklarni aniqlash, avtomobil tizimlarini tuzilishi va texnik holati, diagnostika jarayonlari va vositalari hamda ularning rivojlanish yo’nalishlari haqida ma’lumot beradi.
- 9-Bob. Diagnostik tashqi belgilar, parametrlar va me’yorlar: Mazmuni: Nosozlik, nosozlikni aniqlash, diagnostika, diagnostik parametrlar, ularning turlari, xususiyatlari, me’yorlar va ularni aniqlash usullari haqida ma’lumot beradi.
- 10-Bob. Texnik diagnostika va transport vositalari ishini oldindan aytib berish: Mazmuni: Ob’ekt texnik holatini aniqlashning uch tur masalasi, diagnostikalash tizimining tarkibi, transport vositalari ishini oldindan aytib berish, tuzilmaviy va diagnostik parametrlar orasidagi bog’lanishlar va ularning ahamiyati haqida ma’lumot beradi.
- 11-Bob. Diagnostikaning umumiy jarayonlari va diagnostika vositalari: Mazmuni: Diagnostikaning umumiy jarayoni, diagnostika vositalarining tuzilishi, ishlash printsipi, ularga qo’yiladigan talablar va ularning tasnifi, shuningdek diagnostika jarayonini avtomatlashtirish usullari haqida ma’lumot beradi.
- 12-Bob. Transport vositalarining tortish xususiyatlarini diagnostikalash: Mazmuni: Tortish sifatlarini diagnostikalash usullari va parametrlari, tortish stendlarining tasnifi, ularning ishlash printsipi va amaliy qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi.
- 13-Bob. Transport vositalarining tormozlanish xususiyatlarini diagnostikalash: Mazmuni: Tormozlanish xususiyatlarini diagnostikalash usullari va me’yoriy bazasi, tormoz tizimi diagnostikasi, tormozlash jarayonining samaradorligi va diagnostika jihozlari haqida ma’lumot beradi.
- 14-Bob. Doimiy o’rnatilgan diagnostika vositalari va texnik diagnostikaning samaradorligi: Mazmuni: Doimiy o’rnatilgan diagnostika vositalarining tasnifi, ularning ishlash printsipi, avtomobil tizimlariga qo’yiladigan talablar, diagnostikaning samaradorligi va uni baholash usullari haqida ma’lumot beradi.
- 15-Bob. Universal vositalar bilan diagnostikalash (COMBOY-99 skaneri yordamida): Mazmuni: Universal diagnostika vositalar, COMBOY-99 skanerining vazifasi, tuzilishi, ishlash printsipi, ulash tartibi va diagnostika qilish usullari, hamda avtomobilning texnik holatini baholash va xulosa chiqarish haqida ma’lumot beradi.
- 16-Bob. Universal vositalar bilan diagnostikalash (K-ZM avtotestari yordamida): Mazmuni: K-ZM avtotestening vazifasi, tuzilishi, ishlash printsipi, avtomobil tizimlarini diagnostikalash, diagnostik parametrlarni aniqlash hamda uni ishlatish usullari haqida ma’lumot beradi.
- 17-Bob. Universal vositalar bilan diagnostikalash (SOMBOY-99 skaneri yordamida): Mazmuni: SOMBOY-99 skanerining vazifasi, tuzilishi, ishlash printsipi, ulash tartibi va diagnostika qilish usullari, hamda avtomobilning texnik holatini baholash va xulosa chiqarish haqida ma’lumot beradi.
- Tajriba mashg’ulot materiallari: Ushbu bo’limda avtomobil tizimlari va agregatlarining ishonchliligini va diagnostikasini o’rganishga qaratilgan amaliy ishlar, jumladan, nazorat jadval va hisob-kitoblar keltirilgan.
- Illovalar: Kitobga qo’shimcha ravishda foydali ma’lumotlar, jadvallar, standartlar va boshqa muhim ma’lumotlar jamlangan.