Allergologiya fani o’quv-uslubiy majmuasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo'lib, allergologiya fanining klinika, tashxislash va davolash usullarini o'rganishga qaratilgan. Majmua 6-kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fanning bakalavr tayyorlashdagi o‘rni va ahamiyati. Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti so‘nggi 10 yil ichida eng ko‘p va keng miqyosida tarqalib borayotgan va dolzarb muammolarga olib kelayotgan allergik xastaliklarga katta e’tibor qaratmoqda. Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti epidemiologik ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi 10 yil ichida (2000 yil) 40 foiz aholi atopik xastaliklarga chalingan. Ilmiy tekshirish ma’lumotlariga ko‘ra allergik xastaliklar ortib bormoqda, va shu ma’lumotlarga ko‘ra noinfeksion pandemiya so‘nggi 10 yil ichida ortib bormoqda. (A.G.CHuchalin,2001). Allergik xastaliklar keng mikyosida tarqalib borar ekan, aholi turmush tarziga xam o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatib bormoqda (mehnat qobiliyatini yo‘qotish, nogironlik, o‘lim). Bu ko‘rsatgichlar nafaqat solg‘liqni saqlashga tashkilotlariga balki iktisodiy yo‘nalishga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Achinarli tomoni shuki bunday xastalik bilan xastalanganlar asosan mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar orasida, hamda industrial rivojlangan regionlarda ortib bormoqda. Respirator allergozlar Respublikamiz axolisini 10% dan ortiini qamrab olmoqda. Dori allergiyasi xam bundan kam bo‘lmagan holda ortib bormoqda. SHu yo‘nalishdagi xastaliklar turli sohadagi mutaxassis shifokorlarga murojaat etadilar va ko‘pincha noo‘rin davo muolajalarini qabul qilib xattoki ko‘ngilsiz xodisalar bilan yakunlanmoqda. SHularni e’tiborga olgan xolda Tibbiyot talabalarini allergologiya sohasida o‘qitish zarurligi maqsadga muvofikdir. Vrach allergolog mutaxasisligi kabi allergologiya fani uzoq yillardan beri mustaqil shakillanib o‘rganilmoqda.
- Fanning maqsad va vazifalari: UASHning faoliyatidagi fanning ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashgan allergologik xizmat tizimini tashkil qilinishi. Allergik kasalliklarning tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish patogenetik mexanizmlari, allergik kasalliklarning asosiy tashxislash usullar asoslari, allergik kasalliklarni davolash, zamonaviy preparatlar, texnik vositalar va ularni qo‘llash usullari, allergik kasalliklarni oldini olish birlamchi va ikkilamchi tadbirlari.
- Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar: Tibbiyot institutlar davolash soxasi 6 kurs bakalavr uchun bo‘lgan klinik allergologiya bo‘yicha namunaviy dastur allergologiya soxasidagi zamonaviy yutuqlar va umumamaliyot shifokorini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saqlash extiyojlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatish, allergik kasalliklar epidemiologiyasi, o‘zlarini davolash va oldini olish xakidagi konsepsiyasining asosiy mezonlarini xisobga olgan xolda tuzilgan. Bakalavr to‘risida tasavvurlarga ega bo‘lshii lozim : klinik allergologiya fanining maqsadi va vazifalarini, UASHning faoliyatidagi uning ahamiyatini -O‘zbekiston Respublikasida allergologik kasalliklarni davolash xizmatini tashkil qilishni -allergik kasalliklarining tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlarini -allergik kasalliklarning va immun tizimining yoshga ko‘ra xususiyatlarini - allergik kasalliklarning rivojlanish va tobora tarqalishning umumiy sabablarini -allergik kasalliklarning rivojlanishiga somatik kasalliklarning ta’sirini -allergik kasalliklar rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini -allergik kasalliklarning asosiy diagnostik belgilarini -tashxislash usullari asoslarini -allergologik anamnezni yigish xususiyatlarini -zamonaviy preparatlar, texnik vositalar va ularni ko‘llash usullarini -allergik kasalliklarni oldini olish birlamchi va ikkilamchi tadbirlarini -dori allergiyasida kesishgan reaksiya rivojlanishi nuqtai nazaridan davolash taktikasini -davolash samarasini baxolash mezonlarini -reabilitatsiya va dispanserizatsiya asoslarini -kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlarda tez yordam ko‘rsatish tamoyillarini
- Bakalavr bilishi va foydalana olishi lozim: - mustaqil ravishda o‘quv, ilmiy adabiyot bilan ishlash. -allergik kasalliklarning asosiy diagnostik belgilarini aniqlash. -allergik bemorni asosiy va fon kasalliklari nuqtai nazaridan kerakli tekshirish rejasini tuzish. -umumamaliyot shifokoriga oid allergik sinamalarini tanlash va o‘tkazish -spetsifik tekshirishga allergologa yuborish ko‘rsatmalarni aniqlash -laborator instrumental tekshirish natijalarini taxlil qilish -klinik tashxisni asoslash -xaqiqiy va psevdoallergik xolatlarni taqqoslash -spetsifik va nospetsifik giposensibilizatsiyani o‘tkazish uchun ko‘rsatmalarni aniqlash -bronxial obstruksiyani qaytish - qaytmasligini aniqlash -bronxlarning yashirin giperreaktivligini aniqlash -shoshilinch xolatlarda (tarqalgan eshakemi, Kvinke shishi, insekt allergiya, Laella sindromi, bronxial astma xuruji, anafilaktik shok) tibbiy yordam ko‘rsata olish -tibbiy xujjatlarni yuritish asoslariga ega bo‘lishi
- Bakalavr tajribaga ega bo‘lishi lozim: - mustaqil ravishda allergik bemorni ko‘rish - klinik (umumiy kon, peshob, balgam, taxlili), bioximik va immunologik taxlillarni allergik kasalliklar nuqtai nazaridan interpretatsiyasi -pikfloumetriyani o‘tkazish va instrumental tekshirishlar (ko‘krak qafasi, burun oldi bo‘shliqlari rengenografiyasi, rinoskopiya, spirometriya) interpretatsiyasi allergik kasalliklar nuqtai nazaridan -bronxial obstruksiyani qaytish - qaytmasligini aniqlash. -provokatsion sinamalarni o‘tkazish va natijalari interpretatsiyasi -ingalyasion vositalarni ko‘llash -shoshilinch allergik xolatlarda (tarqalgan eshak emi. Kvinke shishi, insekt allergiya, Laella sindromi, bronxial astma xuruji, anafilaktik shok) yordamko‘rsatish.
- Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy ilg‘or interfaol usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining prezentatsiya (taqdimot), multimedia va elektron-didaktik texnologiyalardan foydalaniladi. “SWOT-tahlil” usuli Muammoning asosiy to‘rt jihatni yoritishga xizmat qiladi. Talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o‘rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, xal qilish imkoniyatlaini topadi. U yordamida moammoning quyidagi jixati taxlil qilinadi: S-kuchli (ustun) jihatlari (hal etilayotgan muammoning afzalliklarini yoritish) W- kuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo‘lida tashkil etilayotgan harakatlarga ichki omillarining ta’sirini o‘rganish) O- imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo‘llarini izlash) T- tahdidni o‘rganish (maqsadga erishish yo‘lida tashkil etilayotgan harakatlarga tashqi omillarining ta’siri aniqlash) Klaster usuli Puxtha o‘ylangan strategiya bo‘lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Sinkveyn usuli Har bir talaba va talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi va besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Baliq skeleti usuli Bir qator muammolarni tasvirlash va uni echish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi. Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmlarini to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
- Boshqa fanlar bilan integratsiyasi: Allergologiya fani anatomiya, normal fiziologiya, patologik anatomiya va fiziologiya, bioximiya va barcha klinik fanlar bilan integrativ bogliklikda utiladi va bu fanlardan olingan bilim saviyalari e’tiborga olinadi. «Klinik allergologiya» fanini urganishi talabalarning gumanitar, fizik- ximik, tibbiy fanlar bo’yicha olingan bilimlariga asoslangan, etarlicha chukurligi va kengligi xos, «Davolash ishi» soxasidagi klinik fanlar (terapiya, farmakologiya, dermatologiya, otolaringologiya, reanimatsiya), va pediatriya bilan birlashgan.
- Mavzu bayoni: Allergik kasalliklarning aniqlash vositalariga quyidagilar kiradi: Allergik anamnez. To’gri yigilgan anamnez, ayniksa bolalarda dori allergiyasini aniqlashda muxim axamiyat kasb etadi. Allergologik anamnez yigishning bir necha turlari ishlab chiqilgan bo’lib, ularning xar biri uziga xos xususiyatlarga ega. Biz xam anamnez sxemasini ishlab chiqqanmiz va buni quyida xavola kilamiz. Bemorning ismi, otasining ismi, tugilgan yili, kuni Tashxis. Oilaviy anamnez: otasida onasida aka-ukalarida opa-singillarida buva-buvilarida xola va xolavachchalarida dikkinafas (bronxial astma), pichan isitmasi, ya’ni pollinoz, eshakem, Kvinke shishi, nafas yo’llari (rinit, rinosinusit, bronxit, laringit, traxeolaringit, pnevmoniya va b). Allergiyalari, dori darmonlarga, ovqat ga reaksiya, bod, sil kasalliklari bor ko’pligi surab bilinadi. Onasida xomiladorlik davrining utishi (xomiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmidagi zaxarlanish - toksikoz) alomatlari, shu davrda Qanday dori-darmonlarni olgani, ovqat lanish tartibi, nimaga bosh Qorongi bo’lgani. Tug’ruq… Bolaning ogirligi… buyi… Onasi necha oy yoki necha yil kukrak berib bokkan. Emizish davrida onaning ovqat lanish tartibi. Boshdan kechirgan kasalliklari va ularga Qanday davo kilinganligi. Qo’shimcha ovqat lar berish boshlangan vaqt, ovqat larda bolada reaksiya bo’lgan-bo’lmagan ligi. Boshdan kechirgan kasalliklari va ularga Qanday davo kilingani, emlash (ularning vaqti, reaksiya bo’lgan-bo’lmagan ligi). Uy sharoitlari. Kiyim boshi, yostigi, kurpa – tushagi. Turmushdagi allergenlarning turlari. Antibiotiklar olgan olmaganligi (qachon, qaerda olgan, ularga reaksiya bo’lgan-bo’lmagan ligi haqida ma’lumot), boshqa dori –darmonlar olganmi? Ularga sezgirligi. Ekssudativ diatez (eritema, gneys, bichilish, toshmalar tilning jugrofiya xotirasiga uxshash karash boglashi) belgilari. Qanday ovqat ga va qachon reaksiya bo’lgan. Asosiy shikoyatlari. Boshlanishi, allergik xolatlarning kurinishlari, allergik xolatning ruy rost paydo bo’lgan vaqti, kaytalanishi, faslga boglikligi. Allergik xolatning kelib chiqishiga nima turtki bo’lgan (yuqori nafas yo’llari ning shamollashi, zotiljam, ichak ko’pumli kasalliklari, sarik ovqat allergenlari, emlash vositalari va boshqa sabablar). Keyingi vaqtda Qanday dorilar olgan. Ularning davomliligi, miqdori, olgan soatlari, kiritish yo’llari . Yuqoridagi zikr kilingan allergologik anamnezni yigishda shifokor nixoyatda sabr tokatli bo’lishi lozim. Allergologiya va immunologiya - nisbatan yangi fan, Ko’pchilikning tibbietning bu soxasidan xabari ko’pligini inobatga olib, savol-javob vaqtida Ko’p savollarni oddiy qilib tushuntirishga to’gri keladi
- Allergologik sinash usullari: Allergologik sinash usullari ko’pincha teri yuzida, ikkinchi urinda esa shokli a’zolarga to’gridan – to’gri ta’sir qilib o’tkaziladi. Bu sinash usullarini o’tkazishdan oldin bemorni bu tadbirga oldindan tayerlash lozim. Buning uchun bemor amalda soglom bo’lishi, sunggi 2-3 xafta mobaynida organizm sezgirligini pasaytirib yuboradigan dori-darmonlar qabul kilmagan bo’lishi lozim. Agar bemor gormonal dorilar ichgan, gistaglobulin yoki allergoglobulinlar olganligi ma’lum bo’lsa, unda sinash usullarini 2 oydan keyin o’tkazish lozim. Teri sinamalari. Bunda allergen teriga kiritilib, organizmning spetsifik sensibilizatsiyasi dori darajasini aniqlash uchun qo’llaniladigan diagnostik usuldir. Bunda terida paydo bo’ladigan shish yoki yalliglanish jarayoniga baho beriladi. Bilamizki, teri sinamalari kasallikning remissiya bosqichida qo’yiladi. Bu sinamaning sifatiy, miqdoriy, to’gri va nofaol (passiv) turlari farklanadi. Sifatiy sinamalar quyidagi savolga: berilgan allergenga sezgirligi bormi yoki ko’pmi ? javob berish lozim. Musbat natija aynan ushbu allergendan kasallikning kelib chiqishini isbotlamaydi. Kasallikning etiologik faktori boshqa allergen bo’lishi mumkin, qaysi kim bu allergen xali bemor terisiga kiritilmagan bo’lishi mumkin. Teri sinamalarida musbat natija bemorning anamnezidagi ma’lumotlariga mos kelishi zarur. Agar bunday moslik kuzatilmasa yoki teri sinamasining natijasi ifodalanmagan bo’lsa, provakatsion testlar qo’yiladi. Miqdoriy sinamalar esa organizmning sensibilizatsiya darajasi haqida ma’lumot beradi. Bu sinama individual sezgirlikni aniqlash uchun qo’yiladi va spetsifik giposensibilizatsiya o’tkazishda allergenning dastlabki dozasini tanlash maqsadida ishlatiladi.
- Psevdoallergik eshakemning chin allergendan farki: xamma javoblar to’g’ri eliminatsion testlarning manfiyligi konda bilirubin miqdorining oshishi o.i. kasalliklarni davolaganda oxirgi effekt berishi Psevdoallergik krapivnitsaning sababi oshkozon ichak sistemasi kasalliklari derma surgich qavatining shishi allergenlarning organizmga ta’siri terining jaroxatlanishi
- Eshakemning utkir davri qancha davom etadi.: 5-6 xaftagacha bir necha soatdan 2 sutkagacha 24 soat 1 oygacha
- Irsiy angionevrotik shishning xarakterli belgilari (bittasidan tashkari): kasallikning ko’zishi allergen bilan kontaktga boglik krapivnitsaning bulmasligi antigistamin dori vositalarini ko’rsatmaydi konda Ig E miqdorining normada bo’lishi
- Rinit turlari: barcha javoblar to’g’ri
- Allergik rinitni keltirib chikaradigan chang ulchami qancha: 50 mkndan katta 25 mkn 40 mkn 15 mkn
- Bolalarda kondagi reagen miqdorini aniqlash uchun qaysi usul ko’llaniladi: Praustnitsa-Kyustner usuli priktest usuli applikatsiya usuli teri ostiga allergen yuborish usuli
- Organizmning atrof-muxit allergenlari ta’siriga javoban kup miqdorda IgE ishlab chikara olish qobiliyati nima deb ataladi: atopiya Sensibilizatsiya Allergiya Astma
- Anafilaktik shokning klinik kurinishlari: Gemodinamik, serebral, asfiktik, abdominal asfiktik, serebral abdominal Gemodinamik
- Bronxial astmada shokli a’zo qaysi: Burun O’pka Xammasi
- Qaysi dori vosita Laella sindromini keltirib chikaradi: Sulfanilamidlar Naftizin Intal Ketotifen
- Zardob kasalligini davolashda qaysi dori vosita ko’llaniladi: Fenkarol Anatoksin Antibiotik