Falsafa fani (Sirtqi ta'lim yo'nalishlari uchun)

Ushbu kitobda falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli (ontologiya), rivojlanish nazariyasi (dialektika), bilish falsafasi (gnoseologiya), jamiyat falsafasi va inson borlig’i, globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi, mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi, etika va estetika, dinshunoslik va axloqiy me’yorlar, korrupsiya tushunchasi va uni bartaraf qilish yo‘llari, jumladan, falsafiy atamalar va mustaqil ta’lim mavzulari haqida keng qamrovli ma’lumot berilgan. Kitobda falsafaning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, nazariyalari va dunyoqarash shakllarining rivojlanish tarixi hamda ularning zamonaviy dunyoda ahamiyati tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Borliq falsafasi (ontologiya): Falsafaning shakllanish tarixi, falsafa va fan ilmiy dunyoqarash shakli, qadimgi Sharq falsafiy bilimlari, Islom dini, Xristianlik, O’rta asr Sharq falsafasi, Arastu falsafasi, Ontologiya tushunchasi, borliq masalasi, falsafa va fan sintezi, borliq va yo‘qlik dialektikasi.
  • Rivojlanish nazariyasi(dialektika), bilish falsafasi(gnesologiya): Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi, shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi, dialektika rivojlanish xaqidagi ta’limot, barqaror va beqarorlik nisbati, rivojlanishning tiplari, falsafaning asosiy qonunlari, tafakkur shakllari, bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi, haqiqat bilish mezoni.
  • Jamiyat falsafasi va inson borlig’i. Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi.: Jamiyat va tarix falsafasi tushunchasi va funksiyalari, formativ va sivilizatsion yondashuv, qadriyat, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning o’zaro aloqadorligi, inson borlig’i va ongning tabiati, globallashuv hodisasi va globalistika, global muammolarning turli darajalari, sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari.
  • Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi. Etika va estetika.: Mantiq va mantiqiy shakl va qonunlar, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, deduktiv, induktiv va analiz, sintez usullari, etika kategoriyalari, nikoh, oila, axloqiy me’yorlar, insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik, axloqiy tarbiya, go‘zallik, san’at, fojiaviylik, kulgililik.
  • Dinshunoslik: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya tushunchalari, din paydo bo‘lishining sabablari, milliy dinlar (zardo‘shtiylik, buddaviylik, xristianlik, islom), Islomning asoslari, diniy marosimlar va bayramlar, diniy fanatizm va ekstremizm.
  • Korrupsiya tushunchasi va uni bartaraf qilish yo‘llari: Korrupsiya tushunchasi va uning shakllanish tarixi, sabablari, turlari, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, huquqiy mexanizmlari, xalqaro tajriba va milliy qonunchilik asosida korrupsiyaga qarshi kurash choralari, shuningdek korrupsiyani oldini olish va bartaraf etish mexanizmlari.