Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари. ЎУМ
Qo'llanma "Moliyaiviy hisobotning xalqaro standartlari" fanining asosiy tushunchalarini va xalqaro standartlarning milliy buxgalteriya hisobi tizimiga integratsiyasini yoritib beradi. Unda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining mazmuni, maqsadlari, qo'llanilishi, milliy standartlar bilan qiyosiy tahlili, shuningdek, turli standartlar bo'yicha amaliy misollar va ularning yechimlari keltirilgan. Kitobda shuningdek, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning asosiy bosqichlari, komponentlari va usullari, konsolidatsiyalashning asosiy tamoyillari, aktivlar, majburiyatlar, tuzatishlar va hisobga olish siyosati masalalari chuqur yoritilgan. Material oxirida har bir modul bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar hamda test savollari berilgan.
Asosiy mavzular
- Moliyaiviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish: Moliyaiviy hisobotning xalqaro standartlarining yaralish tarixi, mazmuni va milliy standartlar bilan qiyosiy tahlili, shuningdek, ularning asosiy tamoyillari va maqsadlari yoritilgan.
- Moliyaiviy hisobotning xalqaro standartlarida umumiy masalalar: Xalqaro moliyaviy hisobotning maqsadi, vazifalari, elementlari, ularni o'lchash va aniqlash hamda valyuta kursi o'zgarishining ta'siri kabi masalalar bayon etilgan.
- Tushumlarni hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Qurilish shartnomalari, xaridorlar bilan shartnomalar bo'yicha tushumlar, ijara kabi mavzularni ochib beradi.
- Nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Zahira, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qarzlar bo'yicha xarajatlar, investitsion mulk, sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugallanmaydigan faoliyat standartlari bayon etilgan.
- Baholashni hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Aktivlarning qadrsizlanishi va haqiqiy qiymatni baholash standartlari yoritilgan.
- Nomoliyaviy majburiyatlarni hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Rrezervlar, shartli majburiyatlar va aktivlar, foyda solig'i standartlari bayon etilgan.
- Moliyaviy instrumentlarni hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Moliyaviy instrumentlarni taqdim etish, tan olish va baholash, ma'lumotlarni ochish standartlari yoritilgan.
- Konsolidatsiyalash asoslarini hisobga oluvchi standartlarning tavsifi: Alohida moliyaviy hisobot, assotsiatsiyalashgan kompaniyalardagi investitsiyalar va qo'shma korxona, jamlangan moliyaviy hisobot standartlari tahlil qilingan.
- Moliyaiviy hisobot transformatsiyasi: Moliyaiviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish, nazorat qilish jarayonlari va ularning maqsadi hamda qo'llanilish sohalari yoritilgan.