Juft korrelyatsion-regression tahlil. Uslubiy ko’rsatma va topshiriqlar

Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tasarrufidagi Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻrtasidagi oʻzaro bog'lanishlarni oʻrganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biri. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki koʻrsatkichlar ishtirok etadi, biri bogʻliq boʻlmagan oʻzgaruvchilar, ikkinchisi bogʻliq oʻzgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta'sir etadi, ularning oʻzgarishiga sababchi boʻladi. Masalan, iste'molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va xizmatlarga boʻlgan talabi oshadi. Bu bogʻlanishda talabning ortishi natijaviy belgi, unga ta'sir etuvchi omil, ya'ni daromad esa omil belgidir. Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog'lanish korrelyatsion bogʻlanish yoki munosabat deyiladi.
  • Juft korrelyatsion-regression tahlil: Korrelyatsiya soʻzi lotincha correlation soʻzidan olingan boʻlib, oʻzaro munosabat, muvofiqlik, bog'liqlik degan ma'noga ega. Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bogʻlanish juft korrelyatsiya deb ataladi. Korrelyatsion bog'lanishga misol qaraylik, Y ishlab chiqarishda sifatli mahsulotlar soni, X esa eng sifatli xom-ashyo miqdori bo'lsin. Ishlab chiqaradigan mahsulatlari bir xil bo'lgan bir nechta sanoat korxonalariga teng miqdorda sifatli xom-ashyolar berilganda, barcha korxonadan bir xil miqdordagi sifatli maxsulotlar olinmaydi. Lekin, ulardan olinadigan mahsulotning o'rtachasi xom-ashyoning funksiyasi bo'ladi, ya'ni Y miqdor X miqdor bilan korrelyatsiaviy bogʻliqlik orqali bog'langan. Korrelyatsion bog'lanishlarni oʻrganishda ikki toifadagi masalalar koʻndalang boʻladi. Ulardan biri oʻrganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya'ni kuchli yoki kuchsiz) bogʻlanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi. Korrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bogʻlanish zichlik darajasini baholashga aytiladi.
  • Tanlanma korrelatsiya koeffitsiyenti: Tanlanma korrelatsiya koeffitsiyenti alohida muhim ahamiyatga ega boʻlib, u belgilar orasidagi chiziqli korrelatsion bogʻlanishning zichligini baholash uchun xizmat qiladi. Tanlanma korrelatsiya koeffitsiyenti uchun |r₁≤1| munosabat har doim oʻrinli boʻlib, r, kattalik birga qancha yaqin boʻlsa, bog'lanish shuncha kuchli, 0 ga qancha yaqin boʻlsa, bogʻlanishi shuncha kuchsiz boʻladi. X ning Y ga regressiya toʻgʻri chizigʻining tanlanma tenglamasi quyidagi koʻrinishga ega: xy-x = r(y-y) / σy