Umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti J.M. QURBONOV R.J. Kurbanova UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINI MODERNIZATSIYALASH VA ULARDA XIZMAT KO'RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Monografiya Samarqand - 2020 Monografiyada servisning konseptual va metodologik aspektlari tahlili, umumiy ovqatlanish korxonalarning texnik texnologik modernizatsiyalash bilan samaradorligini oshirish yo'llari ko'rsatilgan. Shu bilan birga Samarqand viloyati ovqatlanish korxonalari misolida ishlab chiqilgan, korxona moddiy texnika bazasining texnikaviy va texnikaviy iqtisodiy darajasini, yangi texnika ta'sirini aniqlash mexanizmi va metodlari, korxona samaradorligini oshirish metodik tavsiyalari keltirilgan. Monografiya professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarga, hamda iqtisodiyot soxasidagi raxbarlar va oliy malakali mutaxassislar va magistratura, bakalavriatura talabalariga mo'ljallangan. Taqrizchilar: “Tarmoqlar iqtisodiyoti» kafedrasi dotsenti SH.A.Sultonov «Polot Plast servis» MCHJ directori A.Tolibov

Asosiy mavzular

  • Kirish: Jahonda rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko'ra xizmat ko'rsatish korxonalariga bo'lgan talabning ortishi va bu sohaning samarali rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, shakl va usullarni izlash va joriy etish servis korxonalarini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu sohada Germaniya, YAponiya, Rossiya, Koreya Respublikasi servis korxonalarini modernizatsiyalash orqali mehnat, moddiy va xomashyo resurslaridan samarali foydalanishiga, hamda ularda xizmat ko'rsatish samaradorligini oshishiga keskin ta'sir ko'rsatgan. Servis korxonalarini yangi imkoniyatlarga va qiyinchiliklarga mos ravishda modernizatsiya qilish va ularda xizmat ko'rsatishni yaxshilash orqali raqobatbardoshlikni oshishi bilan izohlanadi. Jahon amaliyotida servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda servis korxonalarini, avvalo barcha ishlarning maxsus texnologiya asosida tayyorlanishi, aloqa vositalarining rivojlanishi, xom ashyo va mahsulotlarni etkazish vositalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini texnik-texnologik yangilanishini ta'minlash va xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. SHu jihatdan servis korxonalarini modernizatsiya qilish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda servis korxonalarida ko'rsatilayotgan xizmatlar tadbirkorlikning muhim faoliyati hisoblanib, bu bilan ko‘pgina tashkilotlar va yakka tadbirkorlar shug‘ullanmokdalar. Servis korxonalarining rivojlantirilishi insonlarning turli xildagi ehtiyojlarini qondirish vazifasini bajaradi. Bunday vazifalarni bajarishda servis korxonalarini modernizatsiyalash alohida rol o'ynaydi. Biroq ularning hammasi ham zamonaviy talabga mos kelmaydi. SHu bois ham "..ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish” ustuvor vazifa sifatida belgilandi. SHuning uchun ham servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish dolzarb hisoblanadi.
  • I BOB. SERVIS KORXONALARINI MODERNIZATSIYALASH BILAN XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY MASALALARI: 1.1.O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish, servisning rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olinganligi, barcha jabhalarda hozirga kelib, o‘zining to‘liq isbotini topganligini va O‘zbekistonda turli sohalarning rivojlanishi bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatishning takomillashib hayotga kirib borganligini ko‘rishimiz mumkin. “Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi” deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev. Istiqlolning 26 yillik davrida ulkan tarixiy o‘zgarishlar yuz berdiki, buning ko‘lamida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal taraqqiyot sari dadil rivojlanib kelmoqda. 1993 yilda nashr etilgan «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» nomli asarida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishi; - davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori; - qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi; - bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi; - bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma – bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan (“Reygonomika” AQSH, “Tetcherizm” Angliya, «Marshal» rejasi, “Turk yo‘li “, “YApon mo‘jizasi”, “Erxard islohoti” Rossiyada «500 kunlik» dastur va h.k.) modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatdan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo‘lib, hozirgi kunda halkimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham iqtisodiyot taraqqiyotining «O‘zbek modeli» deb qabul qilindi. CHunki, bu model boshqa taraqqiyot modellaridan farqli ham iqtisodiy, ham milliy qadriyatlarning tiklanishi va ijtimoiy model bo‘lib, xalqning o‘zligi va g‘ururini qayta tiklash, rivojlantirishi, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilashga va mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda, «O‘zbek modeli»da ming yillab xalkimiz istagi bo‘lgan, shu zaminda 3000 yil muqaddam yaratilgan «Avesto»dagi «ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal» va xalqimizning muqaddas kitobi Qur’oni Karimning 11 ta surasida, 15 ta oyatida, hadislarning 20 tasida insonning insonga yaxshilik qilishiga da’vat etilgan insonparavarlik xususiyati singdirilgan. Mustaqillik davrida bajarilgan barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat». “O‘zbek modeli”ning aynan shu maqsadda yaratilganligini va hayotda o‘z tadbig‘ini topayotganligini biz xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishida ko‘rishimiz mumkin (1.1-jadvalga qarang).
  • 1.1- jadval “O‘zbek modeli” va strategik tamoyillar asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishi: T/r | O‘zbek modelining tamoyillari | Mohiyati | Xizmat ko‘rsatish, servis soha sining rivojlanganligi natijasi 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish | Iqtisodiyotni siyosat-dan ustun qo‘yib, o‘ziga xos ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishi | Sobiq ittifoq mafkurasidan: faqat ishlab chiqarishga tobe soha yoki faqat maishiy xizmat ko‘rsatish deyilishidan xoli bo‘ldi, erkin rivojlanishga o‘t-di, ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘t-di 2. Davlat - bosh islohotchi | Davlat barcha iqti-sodiy o‘zgartirishlar-ning tashabbuskori bo‘lishiga erishishi | Xizmat ko‘rsatish, servis va ki-chik biznes sohasini aholi band-ligini ta’minlash va hayot dara-jasini oshirishning eng muhim omili sifatida rivojlantirish ustuvor vazifasi deb qabul qilindi.Muntazam ravishda Vazir-lar Mahkamasi, Prezident qa-rorlari bilan rivojlanish dav-lat miqyosiga ko‘tarildi. 3. Qonun ustuvorligi | Qonun oldida hamma ning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysinishini amalga oshirish | Mulkchilik Davlat tasarrufi-dan chiqarish va xususiylashti-rish,uy joy fondini xususiy-lashtirish, xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, tash-qi iqtisodiy faoliyatni belgi-lovchi huquqiy normalar va h.z.larni qabul etilib, qonun ustuvorligini, uning hammaga barobar ekanligi kafolatlandi. 4 Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish | Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bos qichida aholining muh toj tabaqalarini hi moyalash ustuvorligini ta’minlash | Qulay iqtisodiy, moliyaviy sha-roit yaratish,ish haqining muntazam ko‘tarib borish, soha kadrlarini bepul tayyorlash, inflyasiya darajasini pasaytirish, turli xildagi imtiyozlar yaratish, soliq yukini kamaytirish, muhtoj tabaqalarni ijtimoiy himoyalash tamoyiliga rioya etildi. 5. Bozor | Islohotlarni inqilo-biy sakrashlarsiz amalga oshirish | 1-bosqich: xizmat tizimini isloh qilish, mafkuradan xoli bo‘lishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tish 2-bosqich: xizmat ko‘rsatish, servis tizimini rivojlan-tirish uchun ijtimoiy iqti-sodiy sharoit yaratish 3- bosqich: mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga xizmat ko‘rsatish, servis tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish 6. Zamonaviy strategik yo‘nalishlar | Tarkibiy o‘zgartirish larni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diver sifikatsiya qilish hiso biga uning raqobatbar doshligini oshirish | xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish
  • 1.1-jadval: O‘zbekiston iqtisodiyotini, avvalambor, Sobiq Ittifoq mafkurasidan holi etib, keyingi rivojlanishida siyosatdan ustun qo‘yib o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishga qo‘yilishi sababli rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida allaqachonlar o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli topgan xizmat ko‘rsatish va servis bizning iqtisodiyotimizga ham jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servisning mustaqillik davridagi evolyusiyasini tahlil etgan holda quyidagi to‘rt asosiy rivojlanish bosqichga bo‘lishni tavsiya qilamiz: I – bosqich (1991-1997y) Xizmat tizimini isloh qilish, erkinlik berish, ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tish. II – bosqich (1997-2006 y) Xizmat ko‘rsatish, servis tizimini rivojlantirish uchun huquqiy ijtimoiy iqtisodiy sharoit yaratish. III– bosqich (2006 - 2017y) Mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivoj-lantirish istiqbollariga xizmat ko‘rsa-tish, servis tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. IV–bosqich (2017 yildan boshlab ) rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish, servis tizimini beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘yicha modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan raqobatbardoshligini oshirish. Sobiq Ittifoq Mafkurasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasi faqat ishlab chiqarishga tobe soha deb qaralardi va uning funksiyasiga navbatdagi mehnat bo‘linish fazasi bo‘lgan aholiga faqat maishiy xizmat ko‘rsatish infratuzimasini keltirib chiqarish qo‘yilgan edi. Xuddi shu vaqtda iqtisodiyotdagi sektorial bo‘linish ifodalanib: birinchi – qishlok xo‘jaligi, ikkinchi - sanoat, so‘ngra o‘z ichiga savdo, transport, bank ishlari, administratsiyani o‘z ichiga olgan «xizmat» uchinchi sektorga ajratildiki, bunday holatda iqtisodiy modellarda uchinchi sektorning muhimligi e’tiborga olinmadi. SHuning uchun ham bu soha iqtisodiyotda ikkinchi darajali bo‘lib nafaqat rejalarda, hattoki statistik ma’lumotlarda xam alohida kiritilmas edi va uning ma’nosi izohli – lug‘atlarda «servis – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish» deb ko‘rsatildi. Natijada xalqning turmush va faoliyat sharoitlari shu davrlarda boshqa rivojlangan davlatnnikidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Iqtisodiyotning mafkuradan xoli etish va keyingi rivojlanishda erkinlik berish bilan xizmat ko‘rsatish, servis sohasi rivojlanib, ko‘plab servis korxonalari vujudga keltirildi. Iqtisodiyot nazariyasida esa «global servis kengligi», «dunyo va milliy iqtisodiyotning servisiza-siyasi», «xizmatlar yangi iqtisodiyoti», «servis tipidagi iqtisodiyot» va h.k.. tushunchalar kelib chiqa boshladi. Servis darajasi rivojlangan davlatlarda, xozirgi postindustrial jamiyatda servislashtirish «postindustrial jamiyat», «innovatsion turdagi jamiyat», «axborot jamiyati», «bilimlar jamiyati» kabi ilg‘or va istiqbolli jamiyat rivojlanishi sektori qatorida qaralyapti. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanishida Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori sifatida namoyon bo‘ldi va rivojlanish davrining dastlabki yillarida ko‘plab asosiy qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilish bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish, servis sohasining jadal sur’atlarda rivojlanishida bevosita va bilvosita xizmat qilyapti. «O‘zbek modeli»ga asosan ushbu qonunlarning ustuvorligini, qonunning oldida hammaning barobarligi va qonunga bo‘ysunishga amal etish bilan O‘zbekiston iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladi iqtisodiyot shakllantirildi. Xo‘jaliklar (korxonalar) faoliyat yuritish tartibga solinib, korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi. Jumladan, Davlat iste’molchining huquqiy ustunligini hisobga olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng xuquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlandi. O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘p tarmoqlar qatori xizmat qiluvchi infratuzilma turlari shakllantirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan birgalikda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, mulkchilik xo‘jalik yuritishning yangi mexanizmini yaratishga doir qonunlar ham qabul qilindi. SHu bilan birga ayrim sohalar e’tiborsiz qoldirildi. Ular jumlasiga, savdo, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, mehmonxona xo‘jaligi, turizm, maishiy xizmat ko‘rsatish va h.k. kiradi. Albatta, bunday xizmat qiluvchi infratuzilmaning shakllanishi «O‘zbek modeli» tamoyillarining bosqichma-bosqich bajarilganligi natijasi hisoblanadi. Xizmat qiluvchi ushbu infratuzilma, albatta, yillar davomida bosqichma-bosqich rivojlanib, ularning yangidan-yangi shakllari paydo bo‘ldi. CHunki, ular endilikda erkin rivojlanish dunyo hamjihatligi, o‘zaro hamkorlik asosida rivojlanib bormoqda.
  • 1.2.Servis korxonalarini modernizatsiyalashning paradigmal tahlili: Hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘plab korxonalar mavjudki, ular orqali iste’molchilarning turli ehtiyojlari qondirilib kelinmoqda. Bugungi kunda servis korxonalarining turli xildagi turlari bilan: ularga umumiy ovqatlanish, savdo korxonalari, mehmonxonalar va boshqa o‘zining turi, katta va kichikligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bilan farq qilgan holda faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsada. ularning hammasi ham hozirgi vaqt, an’anaviy me’yor qoidalariga javob beradi deb bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ularda modernizatsiyalash ishlari amalga oshirish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, modernizatsiya inglizcha “modern” so‘zdan olingan bo‘lib, ”zamonaviy”, “yangi” degan ma’noni bildiradi. Modernizatsiyaning siyosiy, ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy ko‘rinishlari mavjud. SHuning uchun tadqiqotimizda xizmat ko‘rsatish korxonalari modernizatsiyasini umumiy ovkatlanish korxonalari misolida, aynan uning servislashtirilishi bilan uzviy nazariy asoslarini ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modernizatsiyalash bosqichida ishlab chiqarish sifati ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik-iktisodiy darajasi, standartlashtirilganligi, me’yor hamda talablarga mosligi va h.k.. muhim hisoblanadi. SHuning uchun ham umumiy ovqatlanish korxonalarning modernizatsiyasi deganda, ob’ektni texnik-texnologik takomillashtirish, yaxshilash, yangilash orqali yuqori sifat talablari va me’yorlarini texnikaviy shartlariga moslash tushuniladi. Xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, servisga nisbatan iqtisodiyotimizda nisbatan yangicha qarashlarning shakllanayotganligi munosabati bilan uning ilmiy mohiyatini aniqlash, kelgusida shunday korxonalar faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiyalashning paradigmal nazariy tahlilini ko‘rib chiqamiz.
  • 1.3.Servis korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida xizmat, xizmat ko‘rsatish va serisni ta’rifini takomillashtirish: Umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiyasi ularni takomillashtirish, yaxshilash, ob’ektini yangilash bilan hozirgi zamon talablari va me’yorlari, texnikaviy shart- sharoitlari, me’yor va sifat ko‘rsatkichlariga mos keltirish ishlarini bajarish lozim. Amalga oshirilgan modernizatsiyasi bo‘yicha bajarilgan ishlarning ijobiy bo‘lganligini uning oxir oqibat samaradorligining oshgan yoki oshmaganligi bilan baholanadi. Ma’lumki, har bir sohaning rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlari, yangi nazariyalarning kelib chiqish sharoitlari, umuman ma’lum sohada ilmiy tafakkur usulini radikal ravishda o‘zgartiruvchi ilmiy fikrlar soha tarixida muntazam ravishda bo‘lib turgan va oxir oqibat ma’lum sohaning to‘liq shakllanishiga sabab bo‘lgan. Xuddi shunday, boshqa shakllangan sohalar kabi hozirgi vaqtda servis sohasi o‘zining evolyusion rivojlanish davrini bosib o‘tmoqdaki, bunday vaqtda biz hozirda to‘liq nazariy jihatdan o‘rganilmagan servis nazariyasining o‘rnida servis paradigmal nazariy tahlilini ko‘rib chiqishimiz joizdir. Xizmat ko‘rsatish, servisning hozirgi vaqtda uning nazariyasi: paradigma (bu ilmiy birlashmalarga ma’lum vaqt davomida muammolarni qo‘yish modeli va echimini beruvchi hamma tomondan tan olingan ilmiy yutuqlar tushuniladi) holatida bo‘lib, ya’ni hozirgi izlanish vazifalarini echish uchun ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan nazariya darajasidir. SHuning uchun ham paradigmal tahlilda sohani shakllantiruvchi fanlarda evolyusion rivojlanish bilan olib borilsa, izlanishlar samarali hisoblanadi. Barcha fanlar o‘zining rivojlanishida kamida ikki bosqichda, ya’ni klassik-noklassik va postklassik usulologik paradigmial transformatsiyasidan o‘tishi lozim. Xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, servis yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun unda bunday bosqichli o‘tish aralashsimon bo‘lmoqda. Unda uch usulologik platforma ham sinxron ravishda rivojlanib bormoqda. SHuning uchun ham hozirgi vaqtda uning umumiy darajadagi ilmiy me’yori, ta’rifi tushunchasi to‘liq shakllantirilmagan. Bunga sabab servis paradigmasi xosil bo‘lish usulologik asosining yo‘qligi, servis fanining
  • 1.4.-rasm. Xizmatlar sohasi xizmatlari tasniflagichi modeli: institutsiyalanmaganligi, yangi fan bazali ob’ekti haqidagi bilimlarning kamligi va bu bilimlarning adekvat emasligi hisoblanadi.Agar biz ilmiy izlanish usulologiyasini zamonaviy tizimli tahlil prinsiplari bo‘yicha ko‘rib chiqsak, unda ular: ontologik, aksiologik, gnoseologik va praksiologik bosqichlardan tarkib topgan strukturaga ega bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin (1.1-rasmga qarang). Bunday strukturaning asosini deduktiv muammoli mantiqli tahlil yordamida qo‘yilgan qiymatli-maqsadli, ya’ni ko‘p bosqichli muammolar identifikatsiyasidan «atomlashgan» echimlar konseptlariga o‘tish talab etiladi. Ushbu muammoli dekompozitsiyani bajarish prinsipining tizimli moduli quyidagicha bo‘lishi mumkin: maqsad – (integratsiyalashgan vazifa) - muammo (to‘siq) – sabab (omil)- echim konsepti. Servis omili deganda (sabab, holati) ko‘riladigan hodisa, jarayon, holati (maqsaddan kelib chiqib) sharoit, holat sababi tushuniladi. SHunday qilib servis sohasi fanining etuk darajada bo‘lishligi yuqorida keltirilgan bosqichlar davomida shakllanishi va turli faoliyat darajasidagi muammolarni echish konsepsiyasiga, ya’ni turli innovatsion tushunchaga ega bo‘lishi talab etiladi. Uning to‘laligi umumiy darajadagi kategoriyaga ega bo‘lishligi bilan belgilanadi. Ammo, hozirgi vaqtda ko‘pgina mualliflarning ta’kidlashicha servis fanining ta’rifiy ifodalanishida umumiy birlik sezilarli darajada emas va shu bilan birga uning umumiy ilmiy me’yori ham to‘laligicha aniqlanmagan. Har qanday soha fanning to‘laqonli fan bo‘lganligini quyida keltirilgan paradigmativ yondashuv talablariga javob berishligi bilan aniqlanadi. Bularga: fan yozuvining xususiy darajali apparatining mavjudligi, emperik va nazariy darajaning tizimli birligi, konseptual umumiyligi, xususiy usulikasining mavjudligi, fanning vaqt-vaqti bilan ketma–ketlikda almashib turuvchi tarixiy g‘oyalari sifatida bo‘lishi, mantiqiy birligi va isbotlanishuvini, me’yoriy darajada (bunda qonuniyatlarni, tartiblarni aniqlash mumkin) bo‘lishi, maxsus izlanish ob’ektiga ega bo‘lishi, verifikatsiya, falsifikatsiya, nazariy geterogenlik (turli izlanish konsepsiyasi va yo‘llariga ega bo‘lish) xususiyatlarining bo‘lishi, prognostik funksiyasi va nazariyadan amaliyotga o‘tishdagi amaliy moslashuvchanligi kiradi.
  • 1.1 – rasm. Ilmiy izlanishda tizimli tahlilni usulologik tuzilmasi.: Ushbu talablardan kelib chiqib, servisning xususiyatida sinergetik (umumiylik) tabiati borligi tasdiqlanilyaptiki, ularni kelgusi izlanishlarda har tomonlama oshirish lozim bo‘ladi. Hozirda esa amerikalik olim J.Jafari ko‘rsatganidek, nisbatan yangi yo‘nalish, lekin servisdan ancha vaqt oldin rivojlangan turistik (turisologiya) izlanishlarga yondashib, uning usulologiyasini qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. CHunki, servis va turizm bir – biriga yaqin sohalar bo‘lib hisoblanadi. Servisning rivojlanish bosqichlaridagi transformatsiyasi shuni ko‘rsatadiki, uning evolyusion tarixida, ayniqsa oxirgi vaqtlarda «servis» definitsiyasini ochib, uni me’yorlashtirishga intilishlar mavjud. Xuddi shunday turizmning hozirgi vaqtda 13 dan ko‘p ta’rifi borki, servisda ham shunday rivojlanish bormoqdaki, «bilimlar jamiyati» kabi ilg‘or va istiqbolli jamiyat rivojlanishi sektori qatorida qaralyapti. Xizmatlarning paradigmal tahlili ko‘pgina tushunchasi-ning nomoddiylik tavsifini asosiy ko‘rsatkich deb qarab, moddiy tovardan farqlash kerakligini ko‘rsatmoqda. Biroq ko‘pgina hollarda xizmat natija-sida moddiy ne’mat yaratiladi (masalan: uy –joy qurilishi, kiyim tikish, mebel ta’mirlash va xokazolar). Bularda xizmat moddiy ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashadi. Xizmatning asosiy xususiyatiga bajaruvchidan ajralmas ekanligi, saqlanmasligi, iste’mol vaqti bilan ishlab chiqarish vaqtining albatta to‘g‘ri kelishi, sifatning doimiy emasligi, mulkiy huquqni berolmasligi va h.k. xususiyatlarini ham xizmatning yoki servisning asosiy ko‘rsatkichi deb bilish nomuvofiq hisoblanadi. Hozirgacha, eng ko‘p tarqalgan xizmatning paradigmal tahlili 1.2-jadvalda keltirilgan. Jadvalda xizmatning asosiy xususiyatlari bo‘yicha guruhlanishida ham xizmatning eng ko‘p turlari nomoddiy ekanligi ko‘rinib turibdi.Xizmatning kundan kun murakkablashib, zamonaviy servisga o‘tishini, uning sinergetik xususiyatga ega ekanligini, nafaqat bir, balki bir necha xususiyatli ekanligini hozirgi vaqtda olimlar tomonidan to‘liq anglanilmayapti. L.Berrining ta’kidlashicha, oxirgi yillar izlanishlari asosan xizmatni baholashga va kim qanday usulikani qo‘llashiga bag‘ishlanyapti.
  • 1.2-jadval Xizmatning paradigmal nazariy tahlili: Konsepsiya mualliflari | Chiqqan davri | Paradigmalar elementi va konsepsiyalar mualliflarining bahosi | Asosiy xususiyatlari D.Sey | 1964 | Ishlab chiqarish va iste’molini bir vaqtda bo‘lish konsepsiyasini taklif etib, birinchi bo‘lib bu terminni qo‘lladi | Nomoddi y
  • 2.1. Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiya innovatsion xolatini baholash.: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida ham, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, mazkur Farmon asosida qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da - “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik turlarini tubdan o‘zgartirish” lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi jamiyat farovonligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Resurslar sarfini tejovchi samarali innovatsion iqtisodiyotni barpo etish jarayonida xizmatlar sohasi alohida o‘rin tutadi. CHunki u tovar ishlab chiqarish bilan taqqoslaganda, materil sarfini kamligiga, xarajatlarni tez qoplanishi va yuqori daromadlilikga egadir. YAlpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar sohasi muhim va salmoqli o‘rin tutadi. Respublikada xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YAIMdagi ulushi 2000 yildagi 42,5 foizdan 2017 yilda 47,3 foizgacha oshdi. 2017 yilda YAIMda alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar ulushi boshqa turdagi xizmatlar - 26%; tashish va saqlash,axborotlashtirish va aloqa-11,2 %; savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari - 10,1 % egallaydi. Modernizatsiya yo‘li bilan ishlab chiqarish kompleks va yuqori samaradorlik bilan yangilanadi. Bunda nafaqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, balkim ishlab chiqarish texnika texnologiyasini, mehnat va boshqaruvini tashkillashtirishni, umuman barcha iqtisodiy munosabatlarni o‘zgartirish lozim bo‘ladi. YUqorida keltirganimizdek, modernizatsiya ob’ekti sifatida umumiy ovqatlanish korxonasining texnik va texnologik darajasini oshirish iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy va boshqaruv aspektlarini o‘z ichiga olish vazifasi qo‘yiladi.
  • 2.1.-diagramma. YAIMda xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi, foizda: 2.1- chizma. 2017 yilda YAIMda alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar ulushi. Xizmatlar 47,3 % Savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari - 10,1 % Tashish va saqlash, axborotlashtirish va aloqa-11,2 %; Boshqa turdagi xizmatlar - 26%
  • 2.2. Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiyalashning innovatsion jarayonlari tadqiqoti: Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiya innovatsiya xolati urganilganda, shu ma’lum bo‘ldiki tadqiqotni chuqurlashtirish maqsadida undagi aniq korxonalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Bunda korxonalardagi asosiy fondlardan foydalanish, korxonalardagi mehnat unumdorligining dinamik holati va korxonalar rivojlanishining istiqbollari tadqiqotlari muhim o‘isoblanadi. SHuning uchun biz, ushbu tadqiqotlarni Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalaridan “YUlduz “ restorani misolida olib bordik. “YUlduz” restoranining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligining tahlili tadqiqoti olib borildi va olingan natijalar 2.5-jadvalda keltirildi. Ushbu jadval ma’lumotlarining tahlilidan umumiy ovqatlanish korxonasining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligi, ya’ni fond bilan qurollanganligi va fond ta’minotining pasayib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki moddiy - texnika baza o‘z ichiga barcha asosiy fondlarni va bir qism aylanma fondlarni o‘z ichiga oladi. Korxona asosiy fondlari uning moddiy texnika bazasining bir qismi bo‘lib, ularning muntazam ravishda eskirishi bilan o‘z qiymatining bir qismini tayyor mahsulotga o‘tkazadi. SHuning uchun ularga bir xil hisob me’yorlari beriladi. SHunday qilib, korxona asosiy fondi uning ishlab chiqarishning asosi bo‘lib, ishlab. Korxona iqtisodiy samaradorligini hisoblash usulining asosiy formulalari, ularni tashkil etuvchi ko‘rsatkichlari 1 jadvalda keltirilgan. Ushbu usulda bir va bir necha variantni qiyoslash bilan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash mumkin. Yillik iqtisodiy samaradorlik hisob yilidan oldingi holat bilan taqqoslanadi.Bizda 2015 yilgacha holat bilan 2017 yil modernizatsiya yili hisobi bajarilgan.
  • 2.5. jadval “YUlduz” restoranining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligining tahlili (ming so‘m): № | Ko‘rsatkichlar | 2015y | 2017y | Farqi | 2015y 2007y % 1 YAlpi tovar aylanishi | 12142 | 44542 | +32400 | 366,8 2 CHakana tovar aylanishi | 10582 | 44212 | +33630 | 417,8 3 O‘z ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha aylana | 1023 | 3214 | +2191 | 314,1 4 Foyda | 1010 | 930 | +829 | 920,7 5 Asosiy fondlarning o‘rtacha qiymati | 31245 | 45678 | +1443 | 146,2 5.1 Faol qismi | 3360 | 4242 | +146,1 | 126,2 6 O‘rin miqdori | 200 | 250 | +50 | 12,5 7 O‘rtacha ro‘yxat,kishi | 46 | 98 | +52 | 213,0 7.1 Savdo ishlab chiqarish personallari | 28 | 62 | +34 | 221,4 8 Asosiy fondlarning fond qaytimi | 0,38 | 0,97 | +0,59 | 255,2 9 Asosiy fondlarning faol qismining fond qaytimi | 0,30 | 0,75 | +0,45 | 250 10 Asosiy fondlarning fond sig‘imi | 2,57 | 1,02 | -1,55 | 39,6 11 Asosiy fondlarning faol qismining salmoqligi | 3,28 | 1,32 | -1,96 | 40,2 12 Asosiy fondlarning faol qismining salmoqligi | 0,10 | 0,09 | -0,01 | 90 13 Asosiy fondlarning foydalanish samaradorligi koeffitsienti | 0,003 | 0,020 | +0,017 | 666,6 14 Bir o‘rindan olingan foyda | 0,50 | 3,72 | +3,22 | 744 15 Bir o‘rinda chakana tovar aylanmasi | 52,91 | 176,8 | +123,8 | 334,1 16 Bir o‘rinda ishlab chiqarish mahsuloti bo‘yicha aylanmasi | 5,11 | 12,85 | +7,74 | 251,4 17 O‘rinlar soni hisobda: bir ishchi uchun | 4,34 | 2,55 | -1,79 | 58,7 Bir savdo ishlab chiqarish uchun | 7,14 | 4,03 | -3,11 | 56,4 18 Asosiy fondlarning samaradorligining integral ko‘rsatkichi | 0,001 | 0,02 | +0,02 | 2000 19 Fond qurollanganligi | 679,2 | 466,1 | -213,1 | 68,62 20 Fond ta’minoti | 120 | 68,42 | -51,58 | 57,01
  • 2.3. Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik-iqtisodiy darajasini aniqlash usuli va uning tahlili: Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni modernizatsiyalash uchun texnik iqtisodiy darajasini aniqlash usulisi mavjud emas. SHuning uchun biz quyida boshqa sohalarda mavjud usullar tahlilini olib borib, so‘ng ularning takomillashtirilgan usulini ishlab chiqdik. V.I.Terexin ta’kidlashicha, ushbu masala quvvati yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida modellashgan turli usullarda hisoblanadi. Bunda mahsulotning texnikaviy darajasi ko‘p parametrli funksiya sifatida qaralib hisoblanadi. YA’ni j – mahsulotning texnikaviy darajasi Xi (i=1,n) ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: Agar texnik - iqtisodiy darajani baholansa unda qo‘shimcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar xam inobatga olinishi kerak buladi. Unda texnikaviy-iqtisodiy daraja koeffitsientini quyidagicha ifodalash mumkin: Bunda: Z₁j – l sohadagi xarajatlar. (l=1,L) Ushbu matematik modeldan texnikaviy daraja va texnik – iqtisodiy daraja bir – biriga qarshi bo‘lmay, balkim bir – birini to‘ldirishini ko‘rish mumkin. Ushbu modellarni ikkalasi xam korxonaning mordernizatsiya innovatsion yangiligini hisoblashda qo‘llanilishi kerak deb hisoblaymiz. Agar texnikaviy daraja korxona jihozlarining kanchalik takomillashganligini ko‘rsatsa, texnik - iqtisodiy daraja korxona rentabelligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishini ifodalaydi.