Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash. Darslik
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan tayyorlangan «Patentlash, litsenziyalash va sertifikatlash» nomli o‘quv qo‘llanmasi bo‘lib, unda O‘zbekistonda intellektual mulkni muhofaza qilish, shu jumladan patentlash, litsenziyalash va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari, qoidalari va amaliy jihatlari, shuningdek, mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va jahon tajribalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu kitob magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda intellektual mulkni yaratish va muhofaza qilish masalalariga oid muhim ma’lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Hozirgi vaqtda intellektual mulkning yaratilishi va huquqiy muhofazasi bo‘yicha ishlarining tashkillashtirish dunyo mamlakatlarida davlat miqyosida – muhim davlat ishlari sifatida olib boriliyapti. CHunki, har qanday mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ta’lim, bilim,, ilmga, umuman fanning rivojlanishi bo‘lgan munosabatini belgilaydi va mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyati hisoblanadi. Xuddi shuningdek intellektual mulk bo‘yicha ishlarning qanday darajada olib borilishiga, uning yangi texnika-texnologiyalar yaratilishiga, jamiyat va tabiat qonunlarini o‘rganib, hayotga tadbiq etganligiga bog‘liqdir.
- O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha ishlarning tashkillashtirilishi va innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi: Ma’lumki, har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi, undagi intellektual mulkning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. SHuning uchun, barcha mamlakatlar o‘z intellektual mulklarini rivojlanishi borasida, ayniqsa uning davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor beradilar. Agar biz insonning aqlini, tafakkurini, bilimini va ilmini, zakovatini, qobiliyatini va h.k. uning intellekti desak, unda ana shular yordamida yaratilgan, ijod etgan mahsulot yoki mulk uning intellektual mulki deb yuritiladi.Intellektual mulkning asosiy manbai bo‘lib insonning ilmiy-tadqiqot faoliyati, inson yashab turgan jamiyatning bu faoliyatga, ayniqsa, bilimiga, ilmiga, umuman fanga texnikaviy rivojlanishga bo‘lgan munosabati va mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyati hisoblanadi.Hozirgi vaqtda intellektual mulkning yaratilishi va huquqiy muhofazasi bo‘yicha ishlarining tashkillashtirish dunyo mamlakatlarida davlat miqyosida – muhim davlat ishlari sifatida olib boriliyapti.
- Intellektual mulk muhofazasida patent va uning fan, ijod, ilmiy texnikaviy rivojlanishdagi roli: YUqorida qayd etib o‘tganimizdek, intellektual mulkning sanoat mulki tarkibiga kiruvchi tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqish joylari nomlari to‘g‘risida huquqiy muhofazasi ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan ishlab chiqilib, yurtimiz iqtisodiy hayotida qo‘llanildi. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Mahsulot belgilari va xizmat belgilari to‘g‘risida”gi qonun (Oliy Kengash axborotnomasi, 1993 yil №6, 244-modda), 1997 yil 26 dekabardagi hamda 2000 yil 15 dekabrdangi qabul qilingan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar Bilan, 2001 yil 30 avgustgacha amaliyotda qo‘llanilib kelindi.
- Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqish joy nomlari: Intellektual mulkning sanoat mulki tarkibiga kiruvchi tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqish joylari nomlari to‘g‘risida huquqiy muhofazasi ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan ishlab chiqilib, yurtimiz iqtisodiy hayotida qo‘llanildi. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Mahsulot belgilari va xizmat belgilari to‘g‘risida”gi qonun (Oliy Kengash axborotnomasi, 1993 yil №6, 244-modda), 1997 yil 26 dekabardagi hamda 2000 yil 15 dekabrdangi qabul qilingan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar Bilan, 2001 yil 30 avgustgacha amaliyotda qo‘llanilib kelindi.
- Sertifikatlashtirish: Sertifikatlashtirish deb, mahsulot yoki xizmatlarni muayyan standart yoki texnik shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyatga aytiladi. «Sertifikatlashtirish» iborasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «to‘g‘ri qilingan» degan ma’noni bildiradi. Mahsulot, xizmat yoki jarayonning to‘g‘ri qilinganligi yoki bajarilganligi, ularning me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishini ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga tobe bo‘lmagan uchinchi tomon yordamida tekshirish orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham me’yoriy hujjatlar talablariga to‘liq mos keladigan mahsulot, xizmat yoki jarayon sertifikatlashtirishdan bemalol o‘tadi.