Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari
Ushbu kitob 'Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari' faniga bag'ishlangan bo'lib, unda tizimli tahlilning asosiy tamoyillari, metodologiyasi, turlari, elementlari, tuzilmasi, qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari, tahlil turlari, hamda xizmat ko'rsatish faoliyatida tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari va qaror qabul qilish texnologiyasi, qarorning mazmun-mohiyati, turlari, asosiy tamoyillari, qabul qilishda mexanizmlar va yondashuvlar, mezonlar, modellashtirish, qaror natijalarini sharhlash va baholash kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobning asosiy maqsadi - tizim tahlilini amalga oshirish, muammolarni aniqlash va hal qilish, samarali qarorlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Kitobda ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan metodlar, texnikalar, va yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, tizimli tahlil asosida qaror qabul qilish va uni baholash, hamda qarorlarni amalga oshirish jarayonlari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Tizimli tahlil asoslari: Tizim tushunchasi, tizimli tahlilning umumiy va xususiy jihatlari, tizim elementlari, tizimlararo aloqalar, tizimning rivojlanish tamoyillari, tizimli tahlil usullari va metodologiyasi, tizimli tahlilning asosiy bosqichlari haqida ma'lumot beradi.
- Qaror qabul qilish asoslari: Qaror tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, turlari, asosiy tamoyillari, qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari, mezonlar, qaror qabul qilishda turli xil vaziyatlar va shaxsiy omillarning ta'sirini o'rganadi.
- Xizmatlar ko'rsatish muammolarini echimida tizimli tahlil: Xizmatlar ko'rsatish sohasidagi muammolarni tizimli tahlil usuli va metodologiyasi, tizimli tahlilning o'ziga xosligi, tizimli tahlil asosida qaror qabul qilish va prognoz berish texnikasi, xizmat ko'rsatish korxonalaridagi tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari haqida ma'lumot beradi.