Yakkabog’ tumanidagi 35/10 kVli podstansiyaning elektr qismi hisobi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari va farmonlariga asoslanib, Yakkabog' tumanidagi 110/35/10 kV li “O'zbekiston” podstansiyasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini, uskunalarini tanlashni, elektr energiyasini uzatish tannarxini aniqlashni, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini, atrof muhit muhofazasini va iqtisodiy samaradorligini yoritadi. Ishda podstansiyaning mavjud holati, energiya ta'minoti tizimi bilan bog'lanish sxemasi, texnik shartlar, rele himoyasi, avtomatika, elektr energiyasini hisoblash kabi muhim masalalar batafsil ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida
- Yakkabog' tumanidagi 110/35/10 kV li “O'zbekiston” podstansiyasining tavsifi: Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi 110/35/10 kV li “O'zbekiston” podstansiyasi shu podstansiya xizmat doirasiga tegishli bo'lgan sanoat, kommunal-maishiy, qishloq va suv xoʻjaligi, toʻqimachilik va boshqa turdagi iste'molchilarni ishonchli, uzluksiz va sifatli elektr ta'minoti uchun xizmat qiladi. Dastlabki ma'lumotlar, energotizimga ulash sxemasi, texnik shartlar, podstansiya xizmatini tashkil etish, rele himoyasi, avtomatika, elektr energiyasini ulash va hisobga olish masalalarini o'z ichiga oladi.
- 110/35/10 kV li “O'zbekiston” podstansiyasi yuklamalarining hisobi va tahlili: Podstansiyaning 10 kV li fiderlari va 35 kV li fideri bo'yicha hisobiy yuklamalarini aniqlash, transformatorlar soni va quvvatini aniqlash, kuchlanish va simlar kesim yuzalarini tanlashning texnik-iqtisodiy hisoblari, qisqa tutashuv toklarini hisoblash, shinalar va simlarni tanlash, elektr jihozlarni tanlash, elektr qurilmalarini yashinni to'g'ri zarbidan himoyalash hisobi keltirilgan.
- Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi: Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini ustunlarini ajralib turish hamda ustun elementlarini almashtirish ishlarini bajarish texnalogik karta yoki ish loyihasi asosida bajarilishi, xavfsizlik qoidalari, ish jarayonida rioya qilinishi lozim bo'lgan me'yorlar va talablar bayon etilgan.
- Atrof muhit muhofazasi: Podstansiyalar Davlat ekologik ekspertizasi faoliyat yuritishning to'rtinchi toifasiga kiradi. Loyihalanadigan ob'ektda elektr energiyani uzatish va taqsimlashning texnologik jarayoni chiqimsiz hisoblanadi va o'rab turgan havo hamda suv muhitiga zaharli chiqindilarni chiqarib tashlash bilan bog'liq kechmaydi, atmosfera ifloslanishiga o'z ta'sirini o'tkazmaydi.
- Iqtisodiy qism: Elektr uskunalarining eng qulay iqtisodiy varianti to'liq keltirilgan xarajatlarni eng kam qiymatini talab etadi. Kapital qo'yilmalar va yillik ekspluatatsiya xarajatlari hisoblanib, 1 kW soat elektr energiyasi uzatishdan tan narxi keltirilgan.