Atmosfera azotini bog‘lash texnologiyasi va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoatida azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini, ularning tarixiy rivojlanishini, ilmiy-texnik taraqqiyotini va kelajakdagi o‘rni, shuningdek, ushbu sohadagi innovatsiyalarni hamda ularning iqtisodiy samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kitobda ammiak, nitrat kislota, ammoniy sulfat, karbamid, ammoniy nitrat kabi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalari, ulardagi katalizatorlar va apparatlar, hamda bu jarayonlarni takomillashtirish yo‘nalishlari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning kimyoviy bilimlarini chuqurlashtirish va umumta’lim maktablarida kimyo darslarida foydalanish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- ATMOSFERA AZOTINI BOG‘LASH MUAMMOSI: Ushbu bobda atmosfera azotini bogʻlashning sanoat usullari, jumladan, Gaber-Bosh usuli va uning samaradorligi, shuningdek, kreogen usulda azot va kislorodni ajratish jarayoni yoritilgan. Atmosfera azotini bogʻlashning mavjud usullarining kamchiliklari va ularning o‘rnini bosuvchi yangi texnologiyalar haqida ham ma'lumot beriladi.
- AMMIAK SINTEZI UCHUN AZOT-KISLOROD ARALASHMASINI TAYYORLASH: Bobda tabiiy gazni konversiyalash jarayonlari, jumladan, metan va uglerod (II)-oksidini konversiyalashning fizik-kimyoviy asoslari, ishlatiladigan katalizatorlar va bu jarayonda gazlarni tozalash usullari, jumladan, CO2 va uglerod oksidlarini ajratish texnologiyalari batafsil tahlil qilingan.
- AZOTLI MINERAL O‘G‘ITLAR SANOATI: Ushbu bobda azotli mineral oʻgʻitlar, jumladan, ammiak, nitrat kislota, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat va karbamid (mochevina) ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, ularning xomashyolari, katalizatorlari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar va ularning ta’siri hamda qishloq xo‘jaligida qoʻllanilishi atroflicha koʻrib chiqilgan. Bob oxirida «Azot va uning birikmalari» mavzusini o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar ham keltirilgan.