Yog'-moy chiqindilari asosida xelat tipidagi kompleks hosil qiluvchi zanga qarshi qoplama olishning labaratoriya reglamentini yaratish

Ushbu kitobda "Yog'-moy chiqindilari asosida xelat tipidagi kompleks hosil qiluvchi zangga qarshi qoplama olishning laboratoriya reglamentini yaratish" mavzusidagi ilmiy ish tahlil qilinadi. Unda "yog'-moy" chiqindilaridan zangga qarshi qoplama olish texnologiyasini yaratish va keng amaliyotga tadbiq qilish masalasi ko'rib chiqiladi. Materiallar korroziyadan himoyalashning turli usullari, jumladan, metall qoplamalar, noorganik qoplamalar, polimerlar asosidagi himoya qoplamalari, bitumli qoplamalar, shuningdek, ularning xossalari, qo'llanilishi va tavsiyalari batafsil yoritilgan. Tadqiqotda gossipol smolasini suvsizlantirish, CaO, vermikulit, kaolin, uratrapin kabi komponentlarning ta'siri o'rganilgan. Ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi va iqtisodiy samaradorligi ham ko'rsatilgan. Ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, tashish va saqlash sharoitlari hamda loyihaning moliyaviy natijalari va tavakkalchiligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi va qurilish hamda ishlab chiqarishda zangga qarshi qoplamalarning ahamiyati haqida umumiy ma'lumot berilgan.
  • SANOAT JIHOZLARINI KORROZIYADAN HIMOYALOVCHI QOPLAMALAR HAQIDA ADABIYOTLAR TAXLILI: Metallarni korroziyadan himoya qilishning turli usullari (qoplamalar asosida himoyalash, agressiv muhit tarkibini o'zgartirish, elektrokimyoviy usul) va ularning samaradorligi, xususan, metal qoplamalar, anod va katod qoplamalar, galvanik qoplamalar, kimyoviy qoplamalar, polimer qoplamalar, bitumli qoplamalar kabi turlari atroflicha o'rganilgan.
  • TAJRIBA VA TADQIQOTLAR QISMI: Gossipol smolasini suvsizlantirish jarayonini o'rganish, CaO miqdorining ta'siri, kaolin va vermikulitning ta'siri, karboksimetilseluloza va uratrapinning qo'llanilishi, ruh II oksid va kaliy bixromat qo'shish jarayoni, eruvchi qo'shish jarayoni kabi tajribalar va ularning natijalari keltirilgan.
  • Xelat tipidagi zangga qarshi qoplamani turli muhitlarga chidamliligini aniqlash: Olingan mahsulotning fizik-mexanik xossalari, jumladan rangi, hidi, jinsliligi, konsistentsiyasi, erkin natriy gidroksid va karbonat miqdori, haroratga chidamliligi, resorbtsiya qobiliyati va yuvilishi tekshirilgan. Shuningdek, namuna olish, sinash va tekshirish uslublari hamda zangga qarshi qoplamaning turli muhitlarga chidamliligini aniqlash usullari bayon etilgan.
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi: Gossipol smolasi, konifol, rux oksid, kalsiy oksid, erituvchi, uratropin ishtirokida xelat tipidagi zangga qarshi qoplama olishning texnologik sxemasi va jarayon bosqichlari batafsil yoritilgan.
  • IQTISOD QISMI: Loyiha iqtisodiy asoslari, jumladan, biznes reja, texnik-iqtisodiy asosnoma,Invest Invest MJ
  • XULOSA: Ilmiy ishning asosiy xulosalari, jumladan, sanoat jihozlarini korroziyadan himoyalovchi qoplamalar olishning laboratoriya reglamentini yaratish, metallarni korroziyadan himoyalovchi qoplamalar olishning tajriba tadqiqot uslubi, gossipol smolasidan olingan bitumning fizik-kimyoviy va mexanikaviy ko'rsatkichlari, qoplama tayyorlashning laboratoriya texnologik reglamenti va ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan.