Sport mahoratini oshirish (futbol)

Ushbu o'quv qo'llanma futbol o'yinining paydo bo'lish tarixi, o'yin qoidalari, o'yin texnikasi va taktikasi hamda ularni o'rgatish usuliyatlari, hakamlik asoslari, musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish usullari kabi masalalar yoritilgan bo'lib, undan jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlari, MOF tinglovchilari, umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda akademik litsey va kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya o'qituvchilari foydalanishlari mumkin. Qo'llanma futbolning kelib chiqishi, rivojlanishi, asosiy qoidalari, texnikasi, taktikasi, mashg'ulot usullari, musobaqalar tashkil etish va o'tkazish, hakamlik va sportchilarni tayyorlash kabi muhim masalalarni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati, yoshlarning jismoniy va ma'naviy barkamol bo'lib tarbiyalashdagi o'rni.
  • I bob. Futbolning paydo bo'lishi va rivojlanishi: Futbolning kelib chiqish tarixi, futbolning dunyoda va O'zbekistonda rivojlanishi, futbol maydoni va jihozlari, o'yin qoidalari.
  • II bob. O'yin texnikasi: Futbolda o'yinchilarning harakatlanish texnikasi, to'pga zarba berish, to'pni to'xtatish, to'p olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to'pni olib qo'yish, to'pni tashlash texnikasi. Darvozabonning o'yin texnikasi: to'pni ilib olish, qaytarib yuborish, tepadan oshirib yuborish, tashlab berish.
  • III bob. O'yin taktikasi: O'yinchilarning vazifalari (darvozabon, himoyachilar, yarim himoyachilar, hujumchilar), darvozabonning o'yin taktikasi, hujum va mudofaa taktikalari, individual va jamoaviy taktika.
  • IV bob. Futbolda o'qitish uslublari asoslari va tayyorgarlik turlari: O'qitish uslublari (so'zdan foydalanish, ko'rgazmali, amaliy), tayyorgarlik turlari (umumiy jismoniy, yordamchi jismoniy, maxsus jismoniy, jismoniy, nazariy, psixologik, jamoaviy taktik tayyorgarlik).
  • V bob. Halqaro qoidalari va hakamlik qilish asoslari: Futbol assotsiatsiyalari Xalqaro Kengashi nizomi, o'yin qoidalari, maydon o'lchamlari, hakamlik qilish asoslari, hakamlarning majburiyatlari, qoidabuzarliklar va jazolar.
  • VI bob. Musobaqa qoidalari: Musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish, musobaqa turlari (asosiy, yordamchi), musobaqalarni rejalashtirish, o'yin tizimlari (davrali, aralash), g'alaba va ochkolarni hisoblash.
  • ilovalar: Sport o'yinlari uchun maxsus mashqlar majmuasi, futbolga oid harakatli o'yinlar, O'zbekiston futbol federatsiyasi va FIFAga a'zo bo'lgan yillari, FIFA prezidenti, Osiyo o'yinlarida futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining natijalari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati.