Mahalliy xom ashyolar asosida silikat asosli avtoklav materiallari olishning resurs va energiya tejamkor texnologiyasi

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasida silikat g'isht ishlab chiqarish texnologiyasi va undagi muammolar hamda ularning yechimlari batafsil o'rganilgan. Mahalliy xom-ashyolar asosida silikat g'isht ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va sanoat miqyosiga tadbiq qilish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot ishida qaraqum qumlaridan foydalanish, ularning kimyoviy va mineralogik tarkibini o'rganish, hamda silikat g'isht ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Silikat g'isht ishlab chiqarishning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: Silikat g'isht ishlab chiqarishdagi muammolar, jumladan, xom-ashyo muammolari, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, kvars qumining xususiyatlari va ulardan foydalanish usullari hamda O'zbekistonda silikat g'isht ishlab chiqarishning hozirgi holati va istiqbollari yoritilgan.
  • Tadqiqot ob'ektlari va uslublari: Tadqiqot ishida qo'llanilgan materiallar (Qoraqum qumlari, Jamansoy ohaktoshi, qumli soztuproq) va ularni tadqiq qilishda foydalanilgan uslublar (kimyoviy, mineralogik, granulometrik tahlillar, mexanik va fizik-kimyoviy sinovlar) hamda ularda qo'llanilgan uskunalar va apparatlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Tajriba tadqiqot qismi: Qoraqum barxan qumlarining kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibi va xossalari, Qo'shko'pir tumani qumli soztuprog'ining kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibi va xossalari, Jamansoy koni ohaktoshining kimyoviy va minerallogik tarkibi va xossalari hamda barxan qumini dag'alligini o'rganish va uni kamaytirishga oid tajribalar batafsil bayon etilgan.