Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси
Mazkur o'quv qo'llanma “Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi” fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda mutaxassislik fanlarini o'qitishning nazariy va amaliy jihatlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, elektron o'quv-uslubiy majmualarni yaratish va qo'llash, ta'lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, bilimlarni baholash texnologiyalari hamda mashg'ulotlarni tashkil qilish metodikasi kabi muhim masalalar atroflicha yoritilgan. O'quv qo'llanma magistrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi: Fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni. Ta’limni axborotlashtirish, uning tavsifi va asosiy tushunchalari. Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik jihatlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari.
- Ta'limiy elektron vositalar va ularni qo'llash: Ta'limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qo'yiladigan talablar, ularning sifatini baholash. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llash. Axborot-metodik ta'minot va ta'lim muassasasini tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish. Hisoblash texnikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari: AKT xonasi jihozlariga qo'yiladigan talablar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish. Kompyuterli o'rgatuvchi tizimlar va o'rgatuvchi dasturlar haqida tushuncha.
- Bilimlarni baholash texnologiyalari, mashg'ulotlarni tashkil qilish: Bilimlarni baholash texnologiyalari. Didaktik testlar va ulardan bilimlarni nazorat qilishda foydalanish. Elektron o'quv-uslubiy majmualardan o'quv jarayonida foydalanish uslubiyoti. Mutaxassislik fanlari bo'yicha mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi. Mutaxasisslik fanlari bo'yicha o'quv faoliyatning turlarini o'quv-metodik jihatdan ta'minlash.
- O'quv, o'quv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish: O‘quv yuklamalari, o‘quv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini rejalashtirish tizimi.