O'zbek xalq og`zaki badiiy ijodi
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbek xalq og'zaki ijodi fanidan tayyorlangan bo'lib, unda ma'ruzalarni o'rganish bo'yicha filologiya ta'limi bakalavr yo'nalishlari va mutaxassisliklari uchun o'quv dasturi, o'quv qo'llanma, ta'lim texnologiyasi, ko'rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari, ma'ruzalarda keltirilgan atamalarning glossariysi, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ro'yxati jamlangan. Mazkur o'quv-uslubiy majmua oliy o'quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o'quv-uslubiy majmuadan o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar, respublikamizda olib borilayotgan ma'naviy islohotlar jarayonlariga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- O'ZBEK XALQ OG'ZAKI IJODI: O'zbek xalq og'zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari. Folklorning o'ziga xos xususiyatlari, badiiy-kompozitsion hamda ijro xususiyatlari, obrazlar tarkibiga oid bilim berish; talabalarni xalq og'zaki ijodi namunalari to'plashga va o'rganishga rag'batlantirish; talabalar tomonidan to'plangan folklor namunalarini chuqur poetik tahlil qilib, ularning obrazlar tarkibini, asosiy motivlarining genezisini ilmiy jihatdan tekshirishga talabalarni jalb qilish va shu orqali ularda tadqiqotchilik ko`nikmasini shakllantirish.
- O`zbek xalq lirikasi: Qo`shiqlar: janriy tabiati va tasnifi.
- Marosim folklori: O`zbеk marosim folklori, Mavsumiy marosimlar folklori, Oilaviy-maishiy marosimlar folklori, So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori, Olqishlar va qarg`ishlar.
- Nomorosimiy folklor: Mehnat qo`shiqlari, Lirik qo`shiqlаr, Tarixiy qo`shiqlаr, Tеrmа.
- O`zbеk xalq eposi: Xalq og’zaki nasri, Afsona, Rivoyat, Naql, Latifa, Ertak, Doston.
- O`zbеk xalq paremikasi: Topishmoq, Maqol.
- O`zbеk xalq og`zaki dramasi: O`zbek xalq og`zaki dramasi, Qo`g`irchoq teatri, Askiya janri tabiati va payrovlari, Lof.
- O`zbek bolalar folklori: Bolalar folklori tabiati.