Real sektor korxonalari iqtisodiyoti

Ushbu O'quv-uslubiy majmua "Real sektor korxonalari iqtisodiyoti" fanidan tayyorlangan bo'lib, uning maqsadi talabalarda ushbu fanni chuqurroq o'zlashtirishga yordam berishdir. Majmuada umumiy tushunchalar, qisqacha mazmun, asosiy terminlar, hamda nazariy va amaliy jihatdan muhim bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1.Real sektor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati: Real sektor iqtisodiyoti, uning mohiyati, o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari, iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining mazmun mohiyati haqida tushunchalar berilgan. Shuningdek, bozorda uni aniqlash va boshqarish usullari, foydalanish va xizmat ko'rsatish tizimi, iqtisodiy rivojlanish va uning natijalari, real sektorning davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va vazifalari kabilar yoritilgan.
  • 2. Real sektor iqtisodiyotini o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari: Mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlashda iqtisodiyotning real sektorining roli, korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar, real sektor davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va vazifalari hamda korxonani tavsiflash bo'yicha tushunchalar berilgan.
  • 3. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va mazmuni: Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni, ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillari, korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish shakllari, ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.
  • 4. Korxonada boshqaruv falsafasi: Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani boshqarishning tamoyillari, maqsad va vazifalari, boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari, korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari, korxonada xodimlarni boshqarish kabilar yoritilgan.
  • 5. Korxona resurslarini samarali boshqarish (Lean Production): Korxona resurslarini samarali boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari, zamonaviy echimlari, Lean Production bosqichlari, tejamkorlik tizimini joriy etishning ustuvor yo'llari haqida ma'lumot berilgan.
  • 6. Korxonada xarajatlarni boshqarish: Xarajatlarning iqtisodiy mohiyati va turkumlari, xarajatlarni boshqarishning mohiyati va zarurligi, ilg'or xorij tajribalari, xarajatlarni boshqarishning asosiy metodlari, sanoatda risk (tavakkalchilik) tushunchasi va uni baholashning o'ziga xos xususiyatlari, xarajatlarni boshqarishning ilg'or xorij tajribalari kabilar yoritilgan.
  • 7. Korxona faoliyatida risklarni baholash: Sanoatda risk (tavakkalchilik) tushunchasi, uning mohiyati va xususiyatlari, risk turlari va uni boshqarish, sanoat korxonalarida risk (tavakkalchilik)ni aniqlash usullari va uni kamaytirish masalalari hamda riskni baholashning usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • 8. Mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash tizimi: Mahsulot sifati va uni oshirishning ahamiyati, mahsulotning sifatini boshqarish va standartlash, mahsulotning sifatini rivojlantirish, korxonalarda mahsulotning sifatini nazorat qilish usullari kabilar yoritilgan.
  • 9. Korxona faoliyatini samarali tashkil etishda reinjining: Korxona biznes-jarayonlari reinjiniringi, biznes-jarayonlari reinjiniringining dolzarbligi, korxonada biznes-jarayonlari reinjiniringiga ta’sir etuvchi omillar, korxonada biznes-jarayonlari reinjiniringining asosiy bosqichlari haqida tushunchalar berilgan.
  • 10. Korxona faoliyatini innovatsion rivojlantirish yo’llari: Innovatsiyalarning iqtisodiy mohiyati va mazmuni, innovatsion faoliyatni tashkil etish metodikasining asosiy tarkibiy qismlari, ishlab chiqarishning texnologiklik va inovatsionlilik darajasi, sanoat tarmoqlarining rivojlanish ko'rsatkichlarini hisoblash metodikasi kabilar yoritilgan.
  • 11. Sanoatda benchmarking va korxonada marketing faoliyatini tashkil etish: Benchmarking mohiyati va vazifalari, benchmarking jarayoni va turlari, benchmarking - iqtisodiy tahlilning yangi usuli sifatida, korxonada marketing faoliyatini tashkil qilish, korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish asoslari, ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil qilish usullari kabilar yoritilgan.
  • 12. Raqobat razvedkasi (Competitive intelligence) va strategik rejalashtirish hamda strategiyani shakllantirish: Korxona missiyasini aniqlash, Raqobat razvedkasining mohiyati va vazifalari, strategiyaning asosiy variantlarida xavflar va ularni oldini olish, strategik rejalashtirishning mohiyati, vazifalari va boshqarish uslubiyati, Innovatsion strategiya turlarini bir biri bilan aloqadorligi hamda tavsifi, Biznes rejalashtirish – strategik rejalashtirishning quroli sifatida, strategik rejalashtirish jarayoni va uning asosiy bosqichlari kabilar yoritilgan.