Umumiy o'rta ta'lim maktablari geografiya ta'limida ko'rgazmali vositalardan foydalanish

Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi geografiya darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanishning uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi va ishda oʻz yechimini topdi: -O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar va milliy ta'limga oid siyosatning huquqiy asoslarini o'rganish; -geografiya ta'limining uslublar tizimini tahlil qilish; -geografiya darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Mavzuning ob'ekti sifatida o'rta umumta'lim maktablarining geografiya darslari, predmeti sifatida esa geografiya darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanishning uslublari tanlandi. Mavzuning nazariy va uslubiy asoslari sifatida esa geografiya ta'limining metodlari, jumladan, ta'limning didaktik vositalaridan foydalanish usullari, suhbat, bayon, geografiya darslariga qo'yiladigan metodik talablar, ularning yechimlarini o'rganish orqali, darslarda ko'rgazmali vositalardan foydalanish masalalari va ularning turli metodist olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy asoslarini qayta ishlab chiqildi. Ishni bajarishda geografik sintez, tahlil, geografik o'xshatish, qiyoslash usullaridan foydalanildi.

Asosiy mavzular

  • 1-БОБ. O'ZBEKISTONDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA MILLIY TA'LIMGA OID SIYOSATNING HUQUQIY ASOSLARI: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy ta'lim tizimining huquqiy asoslarini shakllantirish uchun sharoit yaratildi. Mamlakatning o'z rivojlanish yo'lini tanlashi tizimni tubdan qayta tashkil etishni talab qildi. O'z navbatida, islohotlar ta'lim tuzilmasi va mazmun-mohiyatini takomillashtirish imkonini berdi. O'zbekiston Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) ta'lim tizimida erishilgan daraja va ahvolni tanqidiy tahlil qildi, ushbu sohadagi tub o'zgarishlarning strategik yo'nalishlarini belgilab berdi. Avvalo, ta'lim mazmun-mohiyati, umuman ta'lim jarayoni «sovetlar davrida ta'lim sohasida keng yoyilgan mafkuraviy ko'rlikdan to'liq xalos bo'lmagani» ta'kidlandi. Ayniqsa, bu muammo ijtimoiy-gumanitar, estetika fanlarini o'qitish, tarbiyaviymahrifiy ishlarni tashkil etish hamda ularning mazmun-mohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. 1992 yildagi «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar «o'qitish mazmun-mohiyati va uzluksiz ta'lim tizimini tashkil etish o'rtasidagi o'zaro yaqin bog'liqlikni ta'minlash muammosini hal etmadi». Bu borada chuqur ilmiy izlanish, umumiy o'rta ta'limning u yoki bu bosqichida qator o'quv fanlarini o'qitishning maqsadga muvofiqligini asoslash ta'minlanmadi. Ta'lim mazmun-mohiyatining izchilligi, vorisiyligi, ta'lim olayotgan o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishning asosiy didaktik printsiplari buzildi. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim davomiyligini (muddatini) 10 yildan 11 yilga oshirish bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Islohotlargacha bo'lgan umumiy o'rta ta'lim tizimining jiddiy kamchiliklaridan biri majburiy o'tiladigan o'quv fanlarining asossiz ko'paytirilishi bo'ldi (ularning soni 20 taga etgan edi). Boz ustiga, ularning nomlari demokratik va bozor o'zgarishlari talablariga mutlaqo javob bermasdi. O'quv rejalarida ma'naviyat-ma'rifat asoslarini o'rgatadigan, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy bilim beradigan» fanlarga etarlicha ehtibor qaratilmadi. Xorijiy tillarga o'qitish zamonaviy talablarga javob bermasdi. O'sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashning zaifligi avvalgi umumiy o'rta ta'lim tizimining asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Bu avvaldan 11 yillik umumiy o'rta ta'lim tizimi asosiga kiritilgan bo'lib, maktab o'quvchilarini mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlashni, ularning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashishini ta'minlamasdi. Bundan tash.ari umumiy o'rta ta'lim tizimi tuzilmasi va uzluksiz ta'lim tizimini tashkil etishda ham kamchiliklar mavjud edi. Ta'lim va kasb-hunar dasturlari uzluksizligi hamda vorisiyligining umumiy o'rta ta'lim darajasida buzilishi keyingi bosqich - boshlang'ich (kasb-hunar-texnika) va o'rta maxsus ta'lim tizimida ham chuqurlashib bordi. Pedagoglar kasbiy darajasining pastligi o'quv-tarbiyaviy jarayonining tegishli sifatini ta'minlay olmadi. Buning natijasida o'quvchilar sust bilim va tor ixtisoslikka ega bo'ldi. Bitiruvchilar malakasi va umuman o'quv yurti zamon talablariga javob bermasdi. 1997 yilda mamlakat Prezidenti tashabbusi va rahnamoligida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilib, qonun sifatida qabul qilindi. U asosan quyidagilarni o'z ichiga oldi: -insonning butun umri davomida maktabgacha yoshidan boshlab, to pensiya yoshiga etguniga qadar uzluksiz ta'lim olishini ta'minlaydigan tizimni yaratish; -9 yillik o'rta ta'limning majburiyligi va bepulligi; -umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun 3 yillik bepul umumiy majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining mutlaqo yangi tizimini joriy etish; -bakalavriat va magistraturani o'z ichiga oladigan ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini joriy etish; -oliy o'quv yurtini tamomlagandan keyin aspirantura va doktoranturani o'z ichiga oladigan ikki bosqichli ta'lim tizimini saqlab qolish; -uzluksiz ta'lim tizimi, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish zarurligini e'tirof etish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimiga ilk bor yangi, avval mavjud bo'lmagan b'sqich – uch yillik bepul majbutsriy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etdi. Bu bosqich umumiy o'rta ta'limni yoshlarni kasbiy tayyorlash bosqichi bilan mantiqan bog'ladi. Shu tariqa maktabda olingan bilim va ishlab chiqarishda ishlash bo'yicha amaliy tajriba hamda ko'nikmalar o'rtasida mavjud bo'lgan tafovutni bartaraf etish uchun sharoit yaratildi. Islohotlar g'oyasiga muvofiq o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining ikki turi tashkil etildi: -umumta'lim fanlaridan tashqari tanlagan mutaxassislik bo'yicha kasbiy bilim beradigan kasb-hunar kollejlari; -ilmiy-amaliy ahamiyatga ega fanlar bo'yicha chuqur bilim beradigan akademik litseylar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning dastlabki bosqichida faoliyatining qonuniy asoslarini islor qilishga doir keng ko'lamli ishlar bajarildi. Ta'limning barcha turlari maktabgacha ta'lim muassasalaridan to oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning faoliyat ko'rsatish printsiplarini belgilab beruvchi me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. O'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarining faoliyat yuritishi printsiplari qonunan belgilandi. Ularning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, o'quv-uslubiy to'plamlar, darsliklar yaratish dasturi tasdiqlandi. Endi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari tanlagan mutaxassisligi bo'yicha puxta kasbiy bilim va ko'nikmalar, umumta'lim fanlari bilan birgalikda bo'lg'usi kasbi bo'yicha chuqur bilimni egallash hamda o'z kuchini ilm-fanda sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldi. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan umumta'lim hamda kasb-hunar dasturlarini o'zlashtirish islohotlar mantiqiga ko'ra, bitiruvchilarni real hayotga, mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida faol ishtirok etishga tayyorlashni tahminlashi zarur edi. Bu borada 12 yillik ta'limning majburiyligi 9-sinf bitiruvchilarining o'z qobiliyatiga qarab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qish yo'nalishlarini ixtiyoriy tanlash bilan uyg'unlashtirildi. Umumta'lim dasturlarining tengligi asosida litsey va kollejlar bitiruvchilari uzluksiz ta'limning keyingi bosqichida o'qishni davom ettirish huhuqi hamda imkoniyati bilan tahminlandi. Shunday qilib, yangi ta'lim tizimi mustaqil fikrlaydigan, har tomonlama rivojlangan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, madaniyat va kasbiy ko'nikmalarni o'zida mujassam etgan shaxsni shakllantirishni ta'minlashi lozim. Ushbu bosqichda maktab ta'limida o'quvchilarni darsliklar bilan tahminlash darajasini oshirish, shuningdek, maktablarda lotin alifbosidagi o'zbek tiliga o'tish bo'yicha faol ishlar amalga oshirildi. Bu bosqichda oliy ta'limda test sinovi asosida qabul qilinadigan bakalavriat va magistraturani o'z ichiga olgan ikki bosqichli tizim joriy etildi. Ushbu bobda O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar va milliy ta'limga oid siyosatning huquqiy asoslari ko'rib chiqilgan.
  • 1.2. Umumiy o'rta ta'limning tavsifi: O'zbekistonda boshlang'ich (1–4sinf) va o'rta (5–9sinf) ta'limdan iborat 9 yillik majburiy bepul umumiy o'rta ta'lim joriy etilgan. Umumiy maktablarning 10-11 sinflaridagi ta'lim bosqichma-bosqich o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlaridagi ta'lim bilan almashtirilmosda. Bu jarayon 2007/2008 o'quv yilida keskin kamaytirilib, 2009 yildan keyin to'liq ushbu tizimga o'tkaziladi. Umumiy o'rta ta'limning maqsadi quyidagilardan iborat: -o'quvchilarda davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilim, qobiliyat va umumiy madaniyatni shakllantirish; -o'quvchilarni jamiyat hayotiga moslashtirish, ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish; -barkamol rivojlangan shaxs, o'z vatanining fuqarosini shakllantirish; -yoshlarda mustaqillik va demokratiya tamoyillariga sodiqlik hissini tarbiyalash. O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim majburiy, bepul va umumiy hisoblanadi. Maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (Nogiron va rivojlanishdan ortda qolayotgan bolalar uchun) boshlang'ich maktabga boradi. Bolalarni boshlang'ich ta'lim bilan qamrab olish 100 foizni tashkil etadi. Bola boshlang'ich maktabni tamomlagach, o'qish, yozish va sanashni bilishi lozim. O'quvchilarda nazariy fikrlash, o'quv harakatlarini mustaqil nazorat qilish qobiliyati shakllantiriladi. Gaplashish madaniyati, shaxsiy gigiena, sog'lom turmush tarzi va jamiyatda o'zini tutish asoslari o'rgatiladi. Boshlang'ich maktabda o'quv fanlari sifati va mazmun-mohiyati turli maktablar hamda o'qish sharoitiga qarab o'zgaruvchan hisoblanadi. Boshlang'ich maktabda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni tabaqalashtirish bolalarning qobiliyatiga qarab quyidagilar hisobidan erishiladi: -o'qish jarayonining variativligi; -o'quv materialini o'zlashtirish surhati; -bolalarga o'quv fanlarini chuqur o'zlashtirish yo'nalishlarini tanlash imkoniyatini berish; -o'quv topshiriqlarini bolalarning individual imkoniyatlariga moslashtirish; -baravarlashgan sinflar va guruhlarni tashkil etish. Maktablarning barcha birinchi sinf o'quvchilari zarur yangi darsliklar va o'quv anjomlari bilan bepul ta'minlanadi. 1996 yildan buyon kam ta'minlangan oilalarning 1-9 sinf o'quvchilari har yili davlat byudjeti mablag'lari hisobidan maktab anjomlari, qishki kiyim-kechaklar to'plami bilan bepul ta'minlanmoqda. O'zbekistonda boshlang'ich va o'rta ta'lim tashkiliy hamda mazmun jihatdan birbiri bilan chambarchas bog'liq. Har bir umumta'lim maktabi umumiy o'rta ta'limning har ikki bosqichi bo'yicha o'qishni tashkil etadi. Bu boshlang'ich maktablar bitiruvchilarini to'liq hisobga olish va umumiy o'rta ta'lim tizimida uzluksizlikni ta'minlaydi. Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'limning mantiqiy davomi hisoblansada, sifat jihatidan o'qitishning boshqacha mazmun va uslubiyatiga ega. O'rta ta'lim o'quvchining shaxsi, qiziqishlari, ijtimoiy jihatdan o'z yo'lini o'zi belgilash qobiliyatini shakllantirishni ta'minlaydi. O'rta maktab o'quvchisi fanlar asoslari bo'yicha tizimli bilimga ega bo'ladi. O'qish jarayonida keng dunyoqarash, ijodiy fikrlash shakllantiriladi. Xalqning boy ma'naviy va madaniy merosi bilan tanishtirish orqali atrofolamni asrabavaylash ko'nikmasi singdiriladi. O'rta maktab o'quvchilarga maktab fanlarini mustaqil o'rganish uchun keng imkoniyat yaratadi. O'rta ta'lim mazmun-mohiyati tarkibiga majburiy va qo'shimcha tarkibiy qismlar kiritilgan. Majburiy tarkibiy qism davlat ta'lim standartlari tomonidan belgilanadi va o'quvchilarni tayyorlashning etarli hamda zarur darajasiga ega. Uning yutuqlari umumiy o'rta ta'limning ta'lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Mazkur tarkibiy qism davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, shaxs manfaat hamda ehtiyojlari asosida belgilanadi. Qo'shimcha tarkibiy qism o'quvchining ehtiyoj va qobiliyati, maktabning moddiy-texnikaviy va kadrlar bilan ta'minlanish darajasi, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo'shimcha o'quv vazifasi hajmi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan me'yorlarga muvofiq aniqlanadi. Maktabda o'quv-tarbiya ishlari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Asosiy o'quv rejasi va umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. O'quv fanlari, umumta'lim dasturlari ro'yxati, o'qish davrining davomiyligi umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari, Asosiy o'quv rejasiga qarab belgilanadi. Umumiy o'rta ta'lim qatnab o'qish shaklida amalga oshiriladi va bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan o'tkazish bilan nihoyasiga etkaziladi. Ularga davlatning namunaviy nusxadagi shahodatnomasi, alohida muvaffaqiyatlarga erishgan bitiruvchilarga esa imtiyozli shahodatnoma beriladi. Umumiy ta'lim dasturlarini mustaqil o'zlashtirgan o'quvchilarga Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksternat to'g'risidagi nizomga muvofiq ekstern tartibda attestatsiyadan o'tish huhuqi beriladi. O'zbekistonda maktab ta'limidan foydalanish nafaqat uning bepulligi, o'z ona tilida o'qish imkoniyati, shuningdek, maktablar sonining ko'pligi va ularning o'quvchilar uchun qulay tarzda joylashuvi bilan ta'minlanadi.
  • 2-BOB. GEOGRAFIYA TAʼLIMINING USLUBLAR TIZIMI: O'zbekiston Respublikasininng "Ta'lim to'h'risida"gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” va Davlat ta'lim standartlarida bozor munosabatlari sharoitida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni bilimli va ma'naviy barkamol qilib yetishtirish oliy va umumiy o'rta ta'lim mutaxassislari oldida turgan muhim vazifa ekanligi belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda va ta'lim jarayonida talabalarning tafakkur faoliyatlarini tashkil etish hamda rivojlantirishda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan ta'lim texnologiyalarining o'rni beqiyosdir. Bugungi kunda o'quvchilarimiz tomonidan o'zlashtirilayotgan bilimlar tez unutilayotganligi sir emas. Albatta, bu xol pedagog va talabalarning faoliyati bilan hamda ta'lim jarayonida ular tomonidan shakllantirilgan oʻquv tafakkur faoliyatga bog'liq. Hozirgi kungacha uzluksiz ta'lim tizimida reproduktiv oʻqitish ommaviy tus olgan boʻlib, u ta'lim jarayonining asosini tashkil etgan. Reproduktiv metodlar asosida mavzu mazmuni yoritiladi, biroq, amalda ta'lim jarayonida talabalarni oʻylash va fikr yuritish pog'onalariga koʻtara olmaydi. O'quv tafakkur faoliyatini tashkil etish jarayonida hosil bo'luvchi «bilim» tushunchasining ma'nosi-o'quvchi xotirasida saqlanayotgan ma'lumotdir. Bu bilimlarning mavjudligini (yakuniy nazorat paytida) oʻquvchi ularni tiklay olganda, ya'ni bu bilimlarga murojaat qilib berilgan savolga hech qanday qo'llanmalar yordamisiz javob bergandagina, pedagog tomonidan baholanadi. Agar o'quvchi sinov paytida bu ma'lumotlarni tiklay olsa (ya'ni qo'llanmalarsiz bayon qilib bera olsa) bu o'zlashtirishning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Ular odatda bevosita shu ma'lumotga oid savol berilganda xotiradan yuzaga chiqadi yoki boshqacha qilib aytganda esga tushadi. Biroq, xotiradan tiklangan bilimlar shu holatda uzoq saqlanmaydi. Kerak paytda ular qiyinchilik bilan yodga keladi, koʻpincha umuman esga kelmaydi. Reproduktiv metodlarning salbiy asoratlaridan biri oʻquvchi yoki talabalarda mustaqil bilim olish malakalarining shakllanmasligidir, ya'ni o'quvchilar mustaqil ishlash malaka va ko'nikmalaridan cheklanib qoladilar. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uzluksiz ta'limga joriy etilishi ijtimoiy zaruratdir. Bu borada, aynan pedagogik texnologiyalar asosida o'quv tafakkur faoliyatini ta'lim jarayonida reproduktiv oʻqitishdan produktov (mahsuldor) bosqichga ko'tarish orqali takomillashtirish ijtimoiy va amaliy ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning ta'lim tizimida globallashuvi va afzalligi ham mana shunda. Uzluksiz ta'lim tizimida har bir pedagogning oʻquv tafakkur faoliyatida reproduktiv va produktiv metodlardan samarali foydalanishi dars jarayonining asosini tashkil etadi, sifatini yaxshilaydi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Har qanday zamonaviy dars mashg'ulotining samaradorligini baholashda nafaqatgina o'quvchilarning mavzuni oʻzlashtirishi, bilishi va tushunishini aniqlash bilangina emas, balki, mavzu mazmunini tahlil qilaolishi, unga ijodiy yondoshish qobiliyatini ham hisobga olish lozim. Geografiyadan mashg'ulotlar oʻtkazish jarayonida didaktik o'yinlar, muammoli va modulli ta'lim texnologiyalarini, shuningdek, hamkorlikda oʻqitish, aqliy hujum usullarini qoʻllash orqali talabalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishga va mustaqil faoliyatlarini takomillashtirishga erishish mumkin. Ma'lumki, Yerning umumiy geografik qonun va qonuniyatlarini, jumladan, geografik qobiqning umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan “Tabiiy geografiyaning boshlang'ich kursi'dir. Umuman olganda, qobiqqa xos bo'lgan qonuniyatlar juda ko'p. Shulardan ekologik muammolarni bartaraf etishda va tabiatni oʻzgartirish hamda uni mulohaza qilishda koʻproq tadqiqotchilar, shuningdek geograf mutaxassislar geografik qobiqqa xos bo'lgan quyidagi asosiy qonuniyatlarni e'tiborga oladilar. Bular: - tabiatda modda va energiyaning aylanma harakati; - tabiatning bir-butunligi (yaxlitligi); tabiatda ritmiklik;- geografik zonallik va azonallik; tabiatda aylanma harakat va ritmiklik jarayonlarida ularning ochiqligi (berk xalqa emasligi); -geografik qobiqning turli taksonomik kattalikdagi geotizimlarga bo'linishidir. Ushbu bobda geografiya darsining tuzilishi va didaktik jihozlanishiga qo'yilgan talablar ko'rib chiqilgan.
  • 3-BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA KOʻRGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY ASOSLARI: Geografiya ta'limida o'quvchilarni har tomonlama yetuk bilimdon bo'lib etishishida, ta'limni hayot bilan chambarchas bog'lab borishda o'quv qurollarining roli katta. O'qitishdagi ko'rgazmalilik o'quvchilarning geografik tasavvur doiralarining kengayishiga, mavzuning tushunarli bo'lishiga va puxta o'zlashtirilishiga imkon beradi. Turli o'quv ko'rsatmalari, asboblar geografik bilimlar yaxshi o'zlashtirilishiga va xotirada uzoq saqlanishiga sababchi bo'ladi. Bu haqda K. D. Ushinskiy bunday degan edi: «Biz ravshan taassurotlarni ko'rish orqali hosil qilamiz, chunki biz o'zimiz eshitgan narsalardan ko'ra, ko'zimiz bilan ko'rgan narsalarni osonroq tasavvur qilamiz. Ayni bir vaqtda ham ko'rish, ham eshitish, ham muskul harakati yordami bilan hosil qilingan taassurot esa... ayniqsa, ravshan tasavvur hosil qiladi va xotirada uzoq saqlanadi». Ko'rgazmali qo'llanmalar, xususan tasvirli qo'llanmalar ayrim tabiiy geografik hodisalar o'rtasidagi bog'lanishni, insonning tabiatga ta'sirini va uning turli sharoitdagi faoliyatini aks ettirib, o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga va ularni milliy ruhda tarbiyalashga yordam beradi. Maktablarda geografiyani o'rganishda, hilma-xil uslub va usullardan foydalanishda, dars sifatini yaxshilashda, uni mazmunli o'tishda hamda o'quvchrglarning fanga bo'lgan qiziqishnni yanada oshirishda o'quv qurollarining roli kattadir. Darsni ko'rsatmali qurollardan foydalanib tashkil etish ayrim geografik tushunchalar mazmunini juda aniq tushunib olishga yordam beradi. Geografiyani o'qitish uslubikasiga doir mavjud qo'llanmalarda o'quv qurollari tushunchasi turlicha ifodalanadi. O'quv qurollari deganda nimani tushunmoq kerak? U nimalarni o'z ichiga oladi? Ta'limtarbiya saviyasini yanada yuqori ko'tarish maqsadida maxsus tayyorlangan va darsda bevosita tatbiq etiladigan, qo'llaniladigan, foydalaniladigan barcha qo'llanmalar o'quv qurollari tushunchasiga mansubdir. Geografiya ta'limida qo'llaniladigan o'quv qurollari hilma-xil bo'lganligidan ulardan to'liqroq va samarali foydalanish uchun uni guruhlarga bo'lib xarakterlash maqsadga muvofiqdir. O'quv qurollarini to'rt guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh — darsliklar va o'quv qo'llanmalari. Ikkinchi guruh - o'quv-ko'rsatmali qo'llanmalar. Uchinchi guruh - asboblar. To'rtinchi guruh - moslamalar. Har bir guruh o'z navbatida yana bir necha turlarga bo'linadi, Darsliklar va o'quv qo'llanmalari. Bu guruhdagi o'quv qurollari o'qituvchining bayonidan keyinda turadigan bilim manbaidir. Darslik o'quvchilar uchun asosiy qo'llanma, shuningdek, mustaqil bilim olish manbaidir. Darslik bo'lmasa, ta'lim aniq va mukammal bo'lmaydi. O'quvchidan talab qilinadigan bilimlar minimumi ham darslikdir. O'quv ko'llanmalari o'quvchilar bilimini kengaytirish maqsadida qo'llaniladigan xrestomatiya, spravochniklardan iboratdir. O'quv-ko'rsatmali qo'llanmalar. O'quv-ko'rsatmali qo'llanmalardan o'rganiladigan hodisa va ob'ektlar haqida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida asosiy bilim manbalaridan biri sifatida foydalaniladi. Bu o'quvchilarning geografik qonuniyatlarni yaxshi tushunishiga va kuzatish qobiliyatining o'sishiga yordam beradi. O'quv-ko'rsatmali qo'llanmalar xususiyatiga ko'ra yana 4 ga bo'linadi: -kartografik qo'llanmalar, -tasvirli qo'llanmalar, -sxematik ko'llanmalar, -natural qo'llanmalar. Kartografik qo'llanmalar Yerning tasvirini (tabiiy geografik ob'ekt va hodisalar, ularning joylanishini) shartli kichraytirilgan xolda va muayyan kartografik proeksiyada ifodalaydi. Kartografik qo'llanmalar topografik, umumgeografik, maxsus kartalarni, geografik atlaslarni, blankali va kontur kartalarni, globusni o'z ichiga oladi. Tasvirli qo'llanmalar geografik ob'ekt va hodisalarning x.aqiqiy ko'rinishini tasvirlaydi. Tasvirli qo'llanmalar bilimlarni o'rganishda aniq taassurot qoldirishi tufayli bilimlar puxta o'zlashtiriladi. Tasvirli qo'llanmalar turli rasmlarni, fotosurat, ekranli qo'llanma (diapozitiv, diafilum, kinofilm), diorama, panorama, models va maketlarni o'z ichiga oladi. Sxematik qo'llanmalar geografik ob'ekt va hodisalarni shar.tli holda tasvirlaydi. Sxematik qo'llanmalar kartasxema, grafik, diagramma va jadvallardan iboratdir. Natural qo'llanmalar o'rganidadigan geografik ob'ekt va hodisalarning aslidan iboratligi uchun ham alohida ahamiyatga ega. O'quvchilar turli sezgi a'zolari yordamida narsalar haqida aniq tasavvur hosil qiladilar. Natural qo'llanmalar turli kolleksiya, gerbariy, tuproq namunalarini to'plashdan iboratdir. Asboblar turli mazmundagi amaliy ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan o'quv qurollarini o'z ichiga oladi. Maktabda geografiyani o'qitishda tatbiq etiladigan asboblar quyidagilardan iborat: 1) kuzatish asboblari: termometr (maksimal, minimal), termograf, flyuger, anemometr, barometr, barograf, gigrometr gigrograf, eg'in o'lchagich, qor qalinligini o'lchaydigan reyka qalqitma, burchak o'lchagich, skafis; 2) joyda orientirovka olish va gorizont tomonlarini aniqlash uchun ishlatiladigan asboblar: kompas, gnomon qutb yulduzi kursatkichi va rumbli halqa; 3) masofalarni o'lchash asboblari: er o'lchaydigan snrkulu ruletka, metr o'lchagich, reyka, eklimetr, planshet, vizir chizg'ichi, 4) tajriba o'tkazish uchun ishlatiladigai asboblar: stakan probirka, kolba va har xil shisha idishlar, voronka shtativ' spirt lampasi. Moslamalar. Bu moslamalar ko'rsatmali qo'llanmalarni kursatish, saklash va ixcham qilib joylash maqsadida foydalaniladigan erdamchi qurollardir. Moslamalar geografiya ta'limida bevosita ishtirok etmasada, kartalar, jadvallar sxemalar, ekranli qo'llanmalarni ko'rsatishga yordam beradi' Ular karta iladigan va saqlaydigan maxsus moslamalar karta, rasmlar, jadvallar iladigan tagliklar, rasmlar iladigan maxsus tutqichlar, ko'rsatmali qo'llanmalar saqlaydigan maxsus moslama va javonlar, shuningdek, proeksion apparatlar va maxsus ko'rsatkichlardan iboratdir. Ko'rsatmali qullanmalarni tayyorlash uchun zarur bo'lgan asbob va buyumlar ham mazkur guruhga mansubdir. Hozirgi geografiya darsliklaridan foydalanish uchun bir necha ta'lim uslublarini tadbiq etishga to'g'ri keladi. Darsning barcha bosqichlarida darslik bilan muntazam ishlab borish mustahkam bilim, ko'nikma berishdagi, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdagi asosiy yo'nalishdir. O'quvchilar kitobdan foydalanishga o'rgatish maktab geografiyasi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir. Darslik o'quvchilar uchun asosiy qo'llanma, ular oladigan bilimlarning eng muxim manbaidir. Maktabda darsliklarning ta'limtarbiya berishdagi barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmoqda, deyish qiyin. Ko'pchilik maktablarda yangi materialni o'rganishda darslikdan kam foydalaniladi, o'quvchilar bilimini aniqlashda esa mutlaqo foydalanilmaydi. Oqibatda ko'pchilik o'kuvchilar darslik bilan ishlashni bilmaydilar, berilgan topshiriqqa oid javobni darslik tekstidan topishga qiynaladilar, zarur illyustrasiya va jadvallarni uzoq vaqt qidiradilar. SHuning uchun darslik bilan ishlash eng muhim pedagogik masaladir. O'quvchilar darslik bilan o'qituvchi rahbarligida ishlaydilar. O'qituvchi o'quvchilarni darslik bilai o'quv yilining boshida birinchi darsda tanishtiradi: darslikning titul varag'ini o'quvchilar ochib darslikning nomi va muallifini bilib oladilar, darslikning eng oxirgi varag'ida mundarija bilan tanishadilar. O'qituvchi darslikning kartalari, sxemalari, jadvallari, profillari, rasmlari, ilovalari, savollari, topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, darslik bilan ishlash yo'llari haqida umumiy ko'rsatma beradi. Sinfda darslik bilan ishlash usullari turlicha bo'lib, ulardan biri tekst bilan ishlash va yangi bilim olishdir. Darslik teksti bilan ishlashnya izohli o'kishdan boshlash ma'qul izohli o'qish V va VI sinflarda o'quv yilining boshlaridanoq boshlanadi. Tekstning ma'lum qismi o'qilgach, o'quvchi uning mazmunini o'z so'zi bilan ifodalab berishi kerak. O'qituvchi tekstda uchragan qiyin iboralar va yangi terminlarga izoh berib, geografik ob'ektlarni kartadan ko'rsatadi. Darslik bilan ishlashning yana bir usuli darslikning ayrim mavzulariga plan tuzishdir. Bunda o'quvchilar tegishli tekstni o'qib chiqqach, uni qismlarga bo'ladilar, eng muhimlarini ajratadilar, ajratilgan qismlarga kichik mavzular belgilaydilar. O'quvchilar darslkkdagi ayrim mavzularga plan tuzib bo'lgach, uning mazmunini punktlar bo'yicha bayon etadilar. O'quvchilar bunday jadvallarni to'ldirishlari uchun faqat darslik tekstini anglash va tushunishlari kifoya qilmaydi, ular ilgari olgan bilimlarni esga olishlari kerak. Darslikdagi rasmlar bilan ishlashning ahamiyati katta. Ba'zi rasmlar o'qituvchi tomonidan oldindan tuzilgan savollar asosida tahlil qilinadi. Masalan, «Evrosiyoning ekvatorial o'rmoni» rasmini analiz qilinayottanda quyidagi savollar berilishi mumkin: ekvatorial o'rmonlari o'simliklarining xususiyatlari nimalardan iborat? Urmonlar nima uchun bunchalik quyuq va xilmaxil Ekvatorial o'rmonlar o'rtacha mintaqaning qaysi tabiat zonasiga o'xshaydi? Bu rasmda yil ning qaysi fasli tasvirlangan? Darslikdagi tosshiriqlarni bajarishga alohida e'tibor berish zarur. O'quvchilarning mustaqilligini orttirish uchun o'qituvchi topshiriklarni o'qitmay, <<birinchi topshiriqqa yoki «uchinchi topshiriqqa javob talab qilishi mumkin. Buning uchun o'kuvchilar har bir topshiriq mazmunini darslikdan o'qib olib, javob tayyorlaydilar. O'qituvchi o'quvchilarni darslikda berilgan raqamli ma'lumotlar bilan ishlashga o'rgatishi lozim. Bu ma'lumotlardan geografik ob'ektlar, o'lkalar va tabiiy geografik rayonlarni ta'riflashda foydalaniladi. Masalan, VI sinfda o'quvchilarga er sharidagi yirik daryolar uzunligini ko'rsatuvchi diagramma, VII sinfda materiklar kattaligini tasvirlovchi diagramma va VIII sinfda yil davomida biron joyning yog'in miqdorining o'zgarishini ko'rsatuvchi grafik chizishni topshiriq tariqasida berish mumkin. Yangi materialni darslikdan mustaqil o'rganish ham mumkin. Tanlangan mavzuni mustaqil o'rganishdan avval o'qituvchi o'zining kirish so'zida dars mavzusining mazmuni bilan qisqacha tashiitiradi va tegishli paragrafni mustaqil o'rganish uchun o'quvchilarga topshiradi. Tanlangan mavzu aniq, o'quvchilarga tushunarli bo'lishi kerak. O'qituvchi o'quvchilarning javob tayyorlashi lozim bo'lgan savollarni sinf doskasiga yozib qo'yadi. O'quvchilar taxminan 15 minut davomida darslik tekstini o'qib savollarga javob tayyorlaydilar. O'qituvchi o'quvchilarning javobini qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldiradi, oxirida o'qituvchi javoblarni umumlashtirib tegishli xulosalar chiqaradi. Materiklar geografiyasi kursidan Janubiy Amerikaning daryolari va ko'llari mavzusini darslikdan mustaqil ravishda o'rganishga tavsiya etish mumkin. Materialni mustaqil o'rganish uchun tegishli ko'rsatmalar berar ekan, o'qituvchi Amazonka daryosk, sharshara va ko'llarning xususiyatiga e'tibor berish zarurligini uqtiradi, so'ngra u sinf doskasiga quyidagi: Janubiy Amerikani daryolari okean havzalari bo'yicha qanday taqsimlangan? Amazonka daryosining asosiy xususiyati nimadan iborat? Amazonkaniig sersuvligi, uzunligi va kattaligi jihatidan Kongo, Nil daryolari bilai taqqoslang. Parana daryosi suv rejimini Amazonka suv rejimi bilan taqqoslang. Orinoko daryosini ta'riflab bering. Janubiy Amerikadagi sharsharalar qanday xususiyatga ega? Janubiy Amerika ko'llarini ta'riflang, degan savollarni yozib qo'yadi. Bu savollar yordamida o'quvchilar o'zlashtirgan bilim aniqlanadi. O'quvchilarning javobi baholanadi. Darslikdan yangi bilim va ma'lumotlarni o'rganishning bu usuli o'quvchilarning mustaqil ishlari sifatida ham katta ahamiyatga ega. O'quvchilarning javob berishi uchun darslikning har qaysi paragrafi oxirida berilgan savol, mashq va toishiriqlardan foydalanish mumkin. Darslik bilan ishlashda o'quvchilarning bergan javoblari ular bilimini baholashda hisobga olinadi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash Darslik bilan ishlashdan tashqari, o'quvchilarni qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish, undan zarur geografik ma'lumotlarni topa olishga o'rgatish lozim. O'quvchilarni qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish uchun o'qituvchi ilmiyommabop va badiiy adabiyotlardan qiziq faktlar, ajoyib o'simliklar yoki hayvonlar haqida, aholining urfodatlari haqida so'zlab berishi kerak. Qo'shimcha adabiyotlar yuzasidan beriladigan topshiriq bir yoki bir necha o'quvchiga topshirilishi mumkin. Topshiriq bajarilgach, sinfda yoki sinfdan tashkari vaktda kisqacha axborot beriladi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashda ko'proq o'z respublikaskning tabiati va aholisining mehnat faoliyatini yorituvchi ilmiyommabop va badiiy adabiyotlarni tavsiya etish alohida ahamiyatga egadir. Qo'shimcha adabiyot bilan ishlash geografiya fanining asoslarini o'rganish va o'quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishda katta ahamiyatga ega.
  • 3.2. Geografiya darslarida kartografik ko'rgazma vositalaridan foydalanish: Geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Karta geografiya o'rganadigan barcha predmet va hodisalar haqida hikoya qila oladi, karta tez, aniq va lo'nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham afzallik qilishi mumkin. Maktabdz geografiya o'rganilar ekan, u bilan birga karta ham o'rganiladi. Geografkya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqot ishlari kartasiz bajarilmaydi. Karta geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. SHunday ekav har bir o'quvchi kartaii o'qiy olishi lozim. Agar o'quvchi kartaga qarab hali o'rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog'larning balandligi va yo'nalishini aniqlay olsa, ma'lum bir joyning er yuzasini yoki iqlimini ta'riflay olsa, bu o'quvchi kartani biladi, deyish mumkin. Kartadan to'g'ri foydalana olishni o'rganish uchun geografiya o'qituvchisi o'quvchilarni har qaysi yangi karta bilan mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim: kartaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirishi; o'quvchilar e'tiborini karta masshtabiga jalb etishi; kartadagi joyni ko'z bilan chamalab o'lchay olishlari uchun «o'lchov» sifatida xizmat qiladigan «mo'ljal»larni ko'rsatib o'tishi (masalan, Qora dengiz, Qaspiy dengizi va Saxalin orolining bo'yi 1000 km. Baykal va Tanganbika ko'llarining bo'yy 600 km); karta proeksiyasining xususiyatini ko'rsatib o'tishi lozim. Bundan tashqari, o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini gradus to'rining holati, meridian va parallellarining qanday o'tkazilganligiga, kenglik va uzunlikni belgilangan o'rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralarga jalb qilishi lozim. Globusdagi joy kartada boshqacha tasvirlanganligini ko'rsatib o'tishi kerak. Karta bilan ishlash. Geografiya o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarga kartani tushunish va o'qiy olishni o'rgatishdir. Kartani bilishning ma'nosi shuki, o'quvchilar undagi shartli belgilarga tushunishlari va shu shartli belgilar orqali ko'rsatilgan predmet va hodisalarning obrazlarini ko'z oldilariga keltira olishlari, kartaga qaraganlarida ular ongida daryolar, tog' tizmalari va muzliklarning manzaralari hosil bo'lishi kerak. Kartani bilish uchun joyda orientirlashni, gorizont tomonlari yo'nalishlarini qogozda tasvirlashni, masshtab bilan ishlashni, joy planini o'qishni va chizishni bilish kerak. Undan keyin esa o'quvchilar globus va kartalarda geografik kenglik va uzunliklarni aniqlash, turli mazmundagi (tabiiy, iqlim, tuproq, o'simlik, aholi va boshka) kartalarni o'qishni, kartaning asosiy afzal va kamchilik tomonlarini aniqlashni bilishi lozim. O'quvchilar kartani bilsalar shartli belgilar va yozuvlar asosida territoriyani tasvirlashga o'rganadilar. SHu bilan birga o'quvchilar kartani sharhlashga hamda o'zaro aloqa va munosabatlarni ochib berishga hamda kartada bevosita ko'rsatilmagan narsalarni ham aytib bera olishga o'rganadilar. Kartani o'qish. Kartani o'qish ko'nikmasi geografiyaning barcha kurslari davomida geografik materiallarni o'rganish bilan birga shakllanadi. Kartani maxsus mashqlar yordamida ham, geografik materialni o'rganish prosessida ham o'qishga o'rgatib boriladi. Kartani o'qishdan avval kartani tushunish kerak. Kartani tushunish uchun esa kartaning «alifbesi»ni bilish zarur. Ammo o'quvchiga karta alifbesi o'rgatilsayu, kartani o'qishga oid mashqlar o'tkazilmasa, u samarali natija bermaydi. O'zbek tilida o'qitiladigan maktablardagi asosiy o'quv kartalari rus tilidadir. Binobarin, kartada ko'p uchraydigai geografik termin va iboralarning ma'nosini tarjimasini o'quvchilarga aytib tushuntirib berish kerak. O'quvchilarga geografik terminlariing ruschao'zbekcha lug'atini tuzdirib borish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar uchun darsda sarf etilgan 2-3 minut vaqt, o'quvchilarning 10-15 minut vaqtini tejaydi. Kartani o'qish malakasini egallash uchun avvalo uning shartli belgilarini bilish zarur. O'quvchilar joydagi predmetlarii planda tasavvur qila olishlari kerak. Agar o'quvchilar ko'z bilan chamalab plan olishda bevosita ishtirok etgan va uni tushunib etgan bo'lsalargina topografik kartaning shartli belgilarini, qolaversa, boshqa geografik kartalarni yaxshi tasavvur eta oladilar. Kartani o'qiy olish avvalo oddiy tarzda bo'lib, borabora murakkablashtirilib boriladi. VI sinf o'quvchilari oddiy savollarga javob berishlari mumkin. Masalan, O'zbekistonda relbefning qanday shakllari uchraydi, degan savolga, o'quvchilar kartaga qarab, O'zbekistondagi muhim tor va pasttekisliklarni ko'rsatib berish bilan kifoyalanadilar. Bunday ish VII sinfda ancha murakkablasha boradi. Kartani o'qish murakkablashgan sayin o'quvchilarning bilimi ham chuqurlashib boradi. Masalan, Markaziy Osiyo er yuzasini qanday tasvirlash mumkin? Markaziy Osiyoning g'arbida relbefning qanday shaklini ko'rish mumkin? Pomirdan shimol va sharqda qanday tog' tizmalari joylashgan? Pomirdan sharqda, u bilan deyarli bir kenglikda qanday tog' joylashgan, uning nomi nima? Tibetni janubdan kanday tog'lar o'rab turadi? Uning balandligini aniqlang. Himolay tog'lari qaysi yo'nalishda joylashgan va uning uzunligini aniqlang va h. k. O'quvchilar keyinchalik kartada berilmagan ayrim ma'lumotlarni ham bilib olishga intiladilar. Kartani o'qish asosida tegishli xulosa va yakunlar chiqara olishlari uchun o'quvchilarga beriladigan savollar nazariy bilimlarga asoslanuvchi, hodisa sabablarini aniklovchi savollar bo'lishi kerak. Masalan, mana bunday: Ximolay tog'larining janubkda yogin nima uchun juda ko'pu, shimolida kam? Qoraqum bilan Qizilqumning cho'l bo'lishiga sabab nima? degan savollar. O'quvchilarniig kartadan oladigan bilimlari ma'lum bir tartib, plan asosida (masalan, joyning geografik o'rni quyidagi tartibda: joyning nomi, u joylashgan materik, uning geografik kengligi va uzunligi, dengiz va quruqlikdagi chegaralari, geografik o'rnining qulay va noqulayligi) bo'lishi kerak. Kartalarning birbiriga solishtirish usuli o'quvchilarning kartalarni qunt bilan o'qishlariga, ulardan ko'prok ma'lumot olishlariga yordam beradi. Avstraliya, Janubiy Amerika, SHimoliy Amerika va Evrosiyoning tabiiy geografik sharoitlarini o'rganishda o'quvchilar meridional yo'nalishda joylashgan tabiat zonalariga duch keladilar. Masalan, o'quvchilarga SHimoliy Amerikadagi zonalarning joylashish xususiyatlarini va uning sabablarini aniqlash uchun umumgeografik, iqlim va o'simlik kartalarini birbiriga solishtirish vazifasi topshiriladi. O'quvchilar kartalarni tahlil qilib okean va dengiz oqimlari hamda relbefning iqlim sharoitiga ta'sirini va shunga muvofiq holda zonalarning joylashishini aniqlaydilar. SHunday qilib, turli mazmundagi kartalarni solishtirish o'quvchilarga SHimoliy Amerikaning geografik o'rni va er yuzasining xususiyati tabiat zonalarining meridional holda joylanishiga sababchi bo'lgan, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Solishtirish usulida kartani tahlil qilishga o'rgatish muayyan bir tartyb bilan olib boriladi. O'quvchilarga ikkita kartani birbiri bilan solishtirish va tabiat elementlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarini aniqlash tavsiya etiladi. Masalan, Afrikaning (VII sinf) umumiy obzorida umumgeografik va iqlim kartalaridan iqlim bilan relbef o'rtasidagi, iqlim sharoiti bilan daryo rejimi o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni aniqlash vazifasi topshiriladi. Evrosiyoning tabiiy geografik o'lkalariga geografik xarakteristika berishda o'quvchilar bir qancha kartani masalan, umumgeografik, iqlim, tabiat zonalari, aholi va siyosiy kartalarni solishtiradilar, ular tabiatning asosiy elementlari, aholi faoliyatining ayrim tomonlari o'rtasidagi bog'lanishlarini aniqlaydilar. Kartalarni odatda suhbat yo'li bilan solishtiriladi, masalan, o'qituvchi o'quvchilarga savol beradi, o'quvchilar savollarga kartalar asosida javob berish bilan faktik ma'lumotlarni aniqlaydilar va bu kartalarni birbiriga solishtirib tegishli xulosalar chiqaradilar. O'Xuvchilarda karta haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. Bunday tasavvurlar kartadan geografik ob'ektlarni ko'rsatish, bu ob'ektlarning nomini yozdirish, parallel chiziklarga parallel qilib yoziladi. YOzuvlar siyox yoki tush bilan yoziladi. Kontur kartada bajarilishi kerak bo'lgan ishning mazmuni avval shu karta orqasiga yozib qo'yiladi, so'ngra tartib bilan bajariladi. Bu ishning aniq bajarilishini ta'minlaydi. Kontur kartada olib boriladigan ish o'z vaqtida tekshirilib, baxolanib va tegishli ko'rsatmalar berilib turilishi lozim. Kontur kartalarni tekshirgandan so'ng ijobiy va kamchilik tomonlarjsh sinfda muhokama qilish kerak. O'quv yilining oxirida yaxshi ishlangan kontur kartalar ko'rgazmaga qo'yiladi.
  • 3.3. Geografiya darslarida tasvirli ko'rgazmalardan foydalanish: Geografiya o'qituvchisi qanchalik tajribali, nutqi chyaroyli ravon va sodda bo'lmasin, u darsshGquruq so'zlar bilan o'tmas' ligi kerak. O'quvchilarga o'zi tug'ilib o'sgan joylarning tabiatidan keskin farq qiluvchi landshaftlar haqida bilim berilganda uning tasvirini ko'rsatib, tushuntirib berish lozim. Tasvirli o'quv qurollaridan foydalanish geografik tasavvurning shakllanishiga, tushunchalarning aniq o'zlashtirilishiga yordam Oeradi. O'qituvchi tasvirli materiallardan foydalanayotganda o'quvchilar diqqatini o'rganilayotgan ob'ekt tasvirini kuzatishga, uning o'ziga xos belgilarini an^qlashga va umumiy xulosalar chiqarishga jalb etishi va tasvirga izoh berib booishi kerak. Tasvirli qo'llanmalarning asosiy turlariga to'xtab o'tamiz. Rasmlar. Rasm darsda bilim manbalaridan biri bo'lib xizmat qiladi, shu sababdan o'rganiladigan ob'ekt va hodisalarni ko'rib tasavvur qilishda rasmlarning axamiyati kattadir. Rasmlar joyning asosiy xususiyatini ochiq va ravshan kursatib beradi. Rasmda tasvirlangan tabiiy geografik ob'ekt va prosesslar (vulkan otilishi, tabiat zonasining landshafti) mushohada qilinadi (1-rasm). Bunda o'qituvchi bir necha savollar berib o'quvchilar e'tiborini rasmning asosiy qismigatortadi. Rasmni karta bilan bog'liq holda o'rganish va undagi tasvirni kartadan topish o'quvchilarni rasm bilan kartani birga qo'shib o'rganishlariga yordam beradi. Rasmda ko'rilgan hamma narsa umumlashtiriladi. Bundan tashqari, rasm yangi bilimlarni o'rganishda, bu bilimlarni mustahkamlash va takrorlashda alohida ahamiyat kasb ztadi. Darsni yangi materialga tegishli rasmlarni tahlil qilishdan boshlash ham mumkin. Tasvirli ko'rsatmalardan biri fotosuratlar bo'lib, ular landshaftning aslini ko'rsatadi. Jurnal, kitob, gazetalardan to'plangan illyustrasiyalar va fotosuratlarni epidiaskop orqali ko'rsatish ham mumkin. Ekranli qo'llanmalar. Ekranli qo'llanmalar ikki xil bo'ladi: proeksion apparatlar va televidenie. Proeksion apparatlarning o'zi 3 xil (episkop, epidiaskop va diaskop apparatlari)ga ajratiladi. Ko'rgazmali vositalarning zamonaviy turilaridan biri taҷdiмот materiallaridir. Taҷdiмот materiallarini кмпютрда “Power Point