Сурхондарё вилояти, Шўрчи туманидаги «Йулдош Мурод» фермер хўжалиги суғориш тармоқларини такомиллаштириш
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tomonidan chop etilgan bo‘lib, unda irrigatsiya va melioratsiya masalalari, xususan Surxondaryo viloyati Shо‘rchi tumanidagi “Yuldosh Murod” fermer xo‘jaligi misolida sug‘orish tizimlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kitobda sug‘orish tarmoqlarining holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, tuproq meliorativ holati va iqtisodiy jihatlar tahlil etilgan.
Asosiy mavzular
- Umumiy qism: Fermer xo‘jaligining joylashuvi, iqlim sharoitlari, geomorfologik va gidrogeologik sharoitlari, tuproq-meliorativ holati va yer osti suvlarining tahlili.
- Texnik qism: Fermer xo‘jaligining hisobiy yer fondi, sug‘orish texnikasi elementlarini tanlash, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish tartibi va keltirilgan gidromodulning hisobi, suv sarflarini aniqlash, sug‘orish tarmoqlarining hisobiy suv sarflarini aniqlash, sug‘orish kanallarining gidravlik hisobi.
- ГМ Ishlarini tashkil qilish: Ishlarni bajarish usullari, ish hajmlarini aniqlash, mashina va mexanizmlarni tanlash, mashinalar ish unumdorligi va ishlarni mehnat sarfini aniqlash.
- Hayot faoliyati havfsizligi: Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
- Tabiatni muhofaza qilish: Hududni ekologik holati va uni sog‘lomlashtirish chora tadbirlari, sug‘orish tarmoqlarini qurishning atrof muhitga ta’siri.
- Iqtisodiy qism: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sug‘oriladigan yer майдонlarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari, fermer xo‘jaligining iqtisodiy masalalarini ko‘rib chiqish.