Arxeologiya fani bo’yisha o`quv uslubiy majmua

Ushbu kitob O'zbekiston arxeologiyasi fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Unda arxeologiyaning asosiy tushunchalari, tarixiy davrlash uslublari, jumladan, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlari, shuningdek, o‘rta asrlar va keyingi davrlarda O‘zbekiston hududida shakllangan arxeologik madaniyatlar hamda ularning yodgorliklari haqida keng ma’lumotlar berilgan. Kitobda shuningdek, arxeologik topilmalarning yoshini aniqlash uslublari, jumladan, radiouglerod, dendroxronologiya kabi uslublar, shuningdek, turli davrlarga oid arxeologik topilmalar tasvirlangan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari: Arxeologiya fanining qadimiy tushunchalari, rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari, me’moriy obidalar va moddiy madaniyat yodgorliklari, ularning o‘rganilishi, O‘zbekiston arxeologiyasining taraqqiyot bosqichlari hamda zamonaviy yondashuvlar haqida ma'lumot beriladi.
  • 2-mavzu. Paleolit davri yodgorliklari va ularning o‘rganilishi: Paleolit davrining bosqichlari, asosiy xususiyatlari, kishilik tarixining olduvay, ashel, mustye davrlari, tosh qurollari va ularning yasalish uslublari, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududidan topilgan qadimgi ajdodlar manzilgohlari, jumladan Selungur va Ko‘lbuloq yodgorliklari haqida ma’lumot beriladi.
  • 3-mavzu. Mezolit davri va uning o‘rganilishi: Mezolit davrining bosqichlari, tabiiy iqlim sharoiti va kishilik jamiyatidagi o‘zgarishlar, buyuk kashfiyotlar, jumladan, o‘q-yoy ixtirosi va mikrolit qurollarning paydo bo‘lishi, mezolit davri yodgorliklari, jumladan Ko‘shilish, Obishir, Machay, Ayrtom yodgorliklari, shuningdek, qoya tosh rasmlari va ularning diniy-estetik mazmuni haqida ma’lumot beriladi.
  • 4-mavzu. Neolit davri va uning o‘rganilishi: Neolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari,