Оna tili va o’qish darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Ushbu metodik qo'llanma boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ona tili va o'qish darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Unda ona tili va o'qish darslarida qo'llaniladigan turli interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish yo'llari atroflicha yoritilgan. Qo'llanma nafaqat o'qituvchilar uchun, balki oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich va maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Kirish: Mustaqillik sharofati bilan o'zbek diyorida ham yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayot umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo'nalishlariga jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda. Xo'jalikning barcha sohalari, shu jumladan, ta'lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir!"- deb ta'kidladilar.
- Ta'lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish: Boshlang'ich ta'limda ona tili o'qitish muhim sanaladi. Ona tili - nutq: o'qish va yozish sohasidagi ko'nikma va malakalar o'quvchilar o'quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o'qish ko'nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o'z ona tilini o'rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida rol o'ynaydi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinfda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur. Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya'ni ularni elementar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikmalarni malakaga aylantirish.
- Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini tashkil etish va ularda DTS talablari: Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan ona tili o'qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o'qish va nutq o'stirish bo'limida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuniga; o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O'qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog'lab o'tishi uning ta'sirchanligi, ongli idrok etishlarini ta'minlaydi. O'qish va nutq o'stirishning ta'limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo'yicha o'qish mazmunini o'qish ko'nikmalarining og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish
- Noan’anaviy darslar va axloqiy ta’limiy tadbirlarda xalq maqollaridan foydalanish: Yoshlarimizda axloqiy tarbiyani shakllantirishda faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo'lib kelgan milliy mafkuramizga murojaat qilishimiz mumkin. Shuningdek, axloqiy tarbiyaning rivojlanishida maqollarning o'rni beqiyosdir. O'zbek xalq maqollari kishilarni odoblilik-xushxulqlikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka yetaklaydi. Agar axloqiy tarbiya bo'lmasa, buning aksi bo'ladi, ya'ni odobsizlikdan badxulqlikka, badxulqlikdan axloqsizlikka o'tish mumkin. Shuning uchun ham yoshlarimiz milliy mafkurasini shakllantirishda, ularning axloqiy tarbiyasini shakllantirishda, axloqiy madaniyatini o'stirishda o'zbek xalq maqollarining roli juda katta. “Yaxshi xulq-kishining husni” deb bejizga aytishmagan. Insonning tashqi qiyofasi emas, balki uning ichki dunyosi, qalbi, xulqi go'zal bo'lishi lozim.
- 4 – sinf o’qish darsida ertaklarni interfaol usullarda o’tish: Bizga ma’lumki, inson tafakkuri nutq yordamida yuzaga chiqadi va ular o’zaro aloqada bo’ladilar. Fikr bayon qilish vositasi bo’lgan nutq og’zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Og’zaki nutq oilada,hayotda, kishilar bilan o’zaro munosabatda, hamda ularga taqlid qilish orqali rivojlanib boradi. Og’zaki nutq asosida yozma nutq rivojlanadi. Nutqning yozma shakli tilning alifbo va imlosi bilan bevosita bog’liqdir. O’quvchilarning og’zaki nutqni o’stirishda turli ilg’or pedagogik mahoratdan foydalanish, darslarni ko’rgazmali qurollardan foydalanib, ta’lim to’g’risidagi qonunga mos holda yangi pedagogik texnologiyalardan amalda foydalanish kerak. Mamlaktimizda qabul qilinan "Ta’lim to’g’risidagi qonun"i va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”da o’qitish jarayonida ilg’or pedogogik texnologiyalardan keng foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiyalarni keng ko’lamda tatbiq etish barcha turdagi ta’lim muassasalari oldidagi eng dolzarb vazifalardan ekanligi alohida ta’kidlanadi.
- Boshlang'ich sinflarda G'afur G'ulom she`riyatini o'tishda interfaol usullardan foydalanish: O'zbekistonda bugungi kunda ijtimoiy sohalarni, jumladan, ta`lim tizimini rivojlantirishga katta mablag' yo'naltirilayotgani, qolaversa, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar etib tarbiyalashga katta e`tibor qaratilayotgani jahon jamoatchiligi tomonidan keng e`tirof etilmoda. Haqiqatan ham, endilikda kelajagimiz bo'lgan yosh avlod tarbiyasiga davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan katta e`tibor berilmoda. Shunday ekan hozirgi kunda barcha sohadagi singari boshlang'ich sinf darslariga ham yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, darslarni shunchaki emas, noan`anaviy usullarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o'tish talabi qo'yilmoqda. An`anaviy o'quv jarayonida biz ko'proq o'qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma`lum tajriba ortirgan bo'lishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa proyektlashtirishdir. Ana shu aniq proyektlashtirilgan dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug'diradi. Bunday proyekt asosida ish olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo'lmasa-da, yuqori samaraga erisha oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu ,avvalambor, aniqlikka ega bo'lgan va qat`iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo'lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi.
- Boshlang'ich ta'limda sinfdan tashqari o'qish darslari samaradorligini ta'minlovchi interfaol metodlardan foydalanish: Boshlang'ich ta'limda sinfdan tashqari o'qish darslari samaradorligini ta'minlovchi interfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mazmunini o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Intеrfaol usullardan o`rinli, o`quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olgan holda foydalanish lozim. Rixsixon Ubayxo`jaеva:“Ilg`or pеdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib, boshlang`ich sinf ona tili darslarida ular sеminar darslar, konfеrеntsiya darslari, ”Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkvеyn”, “BBB”(Bilar edim, bilishni xohlayman, bilib oldim), “Dеbatlar”, “Tanqidiy tafakkur” va boshqalarni ko`rsatadi. Bu usullardan o`quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanilmasa, qilingan ishlar samara bеrmaydi”.
- Boshlang'ich ta'limda didaktik o'yinlarning o'rni: Didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin -boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar -o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. O'yin orqali bolalar borliqni o'rganadi va dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib, o'yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi. O'yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O'yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta'sir etish ehtiyoji paydo bo'ladi va shakllanadi. Maktab yillarida o'yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O'quvchilarning o'yin faoliyati juda ko'p soha olimlarini, ya'ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san'atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o'yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o'zaro ta'sirda shakllanadi.
- Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o'qitish ta'limining o’rni: Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o'qitish ta'limning qulay turi sifatida kirib keldi. Masofaviy ta'lim ma'lumot olishning shunday shaklidirki, unda kunduzgi va sirtqi ta'lim bilan bir qatorda ma'lumot jarayonida ta'limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal, an'anaviy va innovatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta'limning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: O'qituvchi - o'quvchi - kommunikatsiya. Masofaviy ta'lim vositasida o'quvchi uchun qulay bo'lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo'lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim subyekti va obyektining ta'lim vositalari yordamidagi o'zaro ta'siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o'ziga xos pedagogik tizim elementlarini o'z ichiga oladi. Bular: ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari va vositalari, ta'limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o'quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, normativ huquqiy asoslar, marketing kabilar.