Til va nutq o'stirish metodikasi
Ushbu o’quv-usuliy qo’llanmada oliy ta'lim tizimida "Til va nutq o’stirish metodikasi" fanining o’qitilish, uning maqsad va vazifalari bayon etilgan. Shuningdek, hozirgi davr ta'lim texnologiyasi va yangi modellari asosida maktabgacha ta'lim tizimida nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishning metodik yo’llari, vositalari xususida fikr-mulohazalar yuritiladi. Qo’llanma oliy o’quv yurtining 5141700-Maktabgacha ta'lim va sport tarbiyaviy ish ixtisosligi 2- 3-kurs talabalari hamda shu soha mutaxassislari uchun mo’ljallangan. O’quv-usuliy qo’llanma Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Ilmiy kengashi (2006-yil 28-mart 6 -sonli) qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
Asosiy mavzular
- So’zboshi: Respublikamizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar, fan-texnika, texnologiya yutuqlari hozirgi davr ta'lim mazmunida o’z ifodasini topmoqda. Hukumatimizning "Ta'lim to’g’risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" Qonunlari bu sohada pedagoglar faoliyatida ko’p ijobiy qirralarni ochib, ta'lim mazmunining yangi modellarini taklif etishga, shu asosda o’quv dasturlari, qo’llanmalari va darsiklarida aks etishini talab etmoqda. Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim bo’g’ini asosiy poydevor sanaladi. Shuning uchun ham "Til va nutq o’stirish metodikasi" fani oliy ta'lim tizimida tarbiyachilarga yuksak pedagogik mahoratni egallaydigan, ularni tarbiyalanuvchilar bilan o’zaro muloqotini shakllantirilagina qolmay, nutqiy ko’nikma va malakalarini ro’yobga chiqarishda yordam beradigan ilmiy-nazariy, usuliy fan sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’quv-usuliy qo’llanma bo’lajak tarbiyachilarning universitetlarda "Til va nutq o’stirish metodikasi" fani dasturi asosida tuzilgan bo’lib, fan bo’yicha mustaqil bilim olish va ish ko’rishiga yordam beradi. O’quv-usuliy qo’llanma Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti 5141700-Maktabgacha ta'lim va sport tarbiyaviy ish 2- 3-kurs talabalari uchun mo’ljallangan. Unda 15 ta ma'ruza matni keltirilgan bo’lib, 30 soatni tashkil etadi. Ma'ruza matnlari "Maktabgacha ta'lim tizimi Kontsepsiyasi", "Uchinchi mingyillikning bolasi" tayanch dasturlari asosidagi yo’nalishlarda boyitildi. Tabiiyki, o’quv-usuliy qo’llanmada hozirgi zamon talablari asosida maktabgacha ta'lim tizimida bog’cha bolalarini tarbiyalashda ular bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarning yangi modellaridan foydalanish, ta'lim mashg’ulotlarining sifati va samarasi, ta'lim natijasiga erishishning metodik asoslariga alohida e'tibor berildi. Bundan tashqari, ma'ruza matnlarining mavzu asosidagi qat'iy rejasi, tayanch so’zlari, shu mavzu bo’yicha savollar, shuningdek, fanga doir umumiy adabiyotlar ro’yxati tavsiya etildi. Qo’llanmada bog’cha tizimida tarbiyalanuvchilarning nutqiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishda ularning lug’at boyligini oshirish, grammatik nutqini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini kamol toptirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, savodxonlikka o’rgatish va maktab ta'limiga tayyorlash kabi metodik vazifalarni bajarish, shuningdek, bu tizimda tarbiyachi, usuliyotchi, bog’cha mudirasi, tuman usuliyotchisining vazifalari nimadan iborat ekanligi, ularning ta'lim jarayonida shaxs sifatida tutgan o’rni va mas'uliyati ko’rsatib beriladi. O’quv-usuliy qo’llanmani yaratishda taniqli mutaxassislar M.G’aybullayeva, Q.Shodiyeva va M.Rasulovalarning bu sohadagi metodik qo’llanmalaridan foydalanildi. Mazkur o’quv-usuliy qo’llanma oliy ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim bo’limi talabalari uchun ilk metodik manba bo’lganligi sababli, u ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli emas. Buning uchun mualliflar oldindan uzr so’raydi va qo’llanma haqidagi mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
- Mavzu: "Til va nutq o’stirish metodikasi" fanining maqsad va vazifalari.: Reja: 1. Fan predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Fanning usuliy asosi. 3. Fanning boshqa fanlar bilan o`zaro aloqadorligi. 4. Fan tarixi va taraqqiyoti. Asosiy tayanch so’zlar: Fan predmeti, usuliy asos, aloqadorlik, usuliyot, ona tili, tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, psixologiya, ilmiy tajriba, fan tarixi, tajriba natijalari, fan taraqqiyoti, zamonaviyligi, ta'limda noan'anaviylik, ta'lim texnologiyasi.
- 2-Mavzu: Nutq o’stirish ishining mazmuni, usuliyoti va vazifalari: Reja: 1. Fanning bo'limlari. 2. "Uchinchi mingyillikning bolasi" tayanch dasturi. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yiladigan davlat talablari. 4. Nutq o’stirish usul va uslublari. 5. Mashg’ulotga qo’yiladigan talablar. Asosiy tayanch so’zlar: Bolalar bog’chasi, lug’atni boyitish, grammatik qurilish, tovush madaniyati, dialogik va monologik nutq, hikoya qilish, badiiy adabiyot, savodxonlikka tayyorgarlik, fan dasturi, ta'lim, bo’lim, taqvimiy reja, maishiy faoliyati, lug’at usuli, ko’rgazma usuli, o’yin usuli, mashg’ulot, mashg’ulotga tayyorgarlik.
- 3-Mavzu: Bog’lanishli nutqni o’stirish usuliyoti: Reja: 1. Nutq munosabatida shakl va tuzilish. 2. Dialogik nutqni shakllantirish. 3. Suhbatda so’zlashuv nutqini shakllantirsh. 4. Suhbatning qurilishi. Asosiy tayanch so’zlar: Bohlanishli nutq, ilk yoshdagi, o’rta, katta, tayyorlov guruh bolalar nutqi, so’zlashuv nutqi, suhbat, suhbat mazmuni, suhbatning qurilishi, suhbat ta'limi va tarbiyaviy usullari.
- 4-Mavzu: Hikoya qilish ta'limi usullariga qo’yiladigan asosiy talablar: Reja: 1. Monologik nutq haqida. 2. Bolalar hikoyalari tavsifi. 3. Hikoya qilish ta'limining usullari. 4. Qayta hikoya qilish talimiga qo’yiladigan talablar. Asosiy tayanch so’zlar: Monologik nutq, bolalar hikoyalari, daliliy va ijodiy, aniq va syujetli hikoyalar, hikoya turlari, hikoya ta'limi usullari, qayta hikoya qilish.
- Mavzu: Lug’at o’stirish usuliyoti: Reja: 1. Lug’at o’stirishga qo’yiladigan talablar. 2. Lug’at ishning mazmuni va vazifalari. 3. Lug’at ustida ishlash usullari. 4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ishi. Asosiy tayanch so’zlar: Lug’atga munosabat, lug’atni belgilash va mustahkamlash, faol lug’at, passiv lug’at, lug’atni tushuntirish, ko’rgazmalilik, tevarak-atrof bilan munosabat, lug’atni faollashtirish va mustahkamlash mashg’ulotlari.
- Mavzu: Grammatik to’g’ri nutq qurilishini shakllantirish usuliyoti: Reja: 1. Nutqni grammatik to’g’ri shakllantirishning mazmuni va vazifalari. 2. Grammatik to’g’ri nutqni shakllantirsh ta'limi. 3. Grammatik mashg’ulot xususiyatlari. 4. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish usuliyoti.
- Mavzu: Tovush madaniyatini tarbiyalash usuliyoti: Reja: 1. Nutq tovush madaniyati tarbiyalashning mazmuni va vazifalari. 2. Tovush madaniyatini o’stirish ishini tashkil etish. 3. Nutqda nafas yo’llarini tarbiyalash. 4. So’zning aytilishi va talaffuzini nutq jarayonida to’g’ri qo’llash. Asosiy tayanch so’zlar: Nutqda tovush talaffuzi, ohang ustida ishlash, bo’g’in va urg’u ustida ishlash, orfoepik to’g’ri talaffuz, ovoz tempi (sur'ati) va sifati, ifodali nutqni tarbiyalash, ravon gapirish (diksiya), ifodalalik (intonatsion ma'nodorlik), tovush madaniyati.
- 8-mavzu: Mashg’ulot jarayonida tovush madaniyatini shakllantirish usuliyoti: Reja: 1. Nutqning tovush madaniyati bo’yicha ishlarni tashkil etish. 2. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bo’yicha mashg’lotlarning tuzilishi. Asosiy tayanch so’zlar: Tovush sur'ati, tovush sifati, ravon gapirish, ifodali nutqda tovush madaniyati, ovozni eshitish, nutq organlari va artikulliyatsiyasi, nutq apparati, ovozni tarbiyalash, nafas yo’llarini tarbiyalash.
- 9-mavzu: Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish usuliyoti: Reja: 1. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish mazmuni va vazifalari. 2. Mashg’ulot jarayonida badiiy adabiyot bilan tanishtirsh usullari. 3. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlarining qurilishi. 4. She'r yodlatish usuliyoti. 5. Badiiy asarni sahnalashtirish. Asosiy tayanch so’zlar: Badiiy adabiyot, obraz, syujet, qahramon, ifodali o’qish, parcha, sahna asari, mashg’ulotda mavzu birligi, takrorlash, ifodalilik, xotiralash, tanlab o’qish, she'r, she'r qismlari va qurilishi, she'r yodlatish usullari.
- 10-mavzu: Mashg’ulotdan tashqari paytlarda badiiy adabiyot bilan tanishtirish: Reja: 1. Bolalarning turli faoliyat ko’rinishlarida badiiy adabiyot. 2. Adabiy ertaliklar va tadbirlar. 3. Kitob burchagi haqida. Asosiy tayanch so’zlar: Ertak, hikoya, rivoyat, masal, maqol, tez aytish, topishmoq, she'r va she'riy parchalar, ertalik, adabiy kecha, kitob burchagi, sahna, sahna ko’rinishlari, bosh qahramon, ijobi va salbiy qahramon, teatr, kino.
- 11-Mavzu: Bolalar savodxonliligini shakllantirishga tayyorgarlik: Reja: 1. Savodxonlilikni shakllantirishning mazmuni va vazifalari. 2. Savodxonlilik ta'limi usullari tarixidan. 3. Savodxonlilik ta'limining asosiy yo’nalishlari. 4. Savodxonlilikning bog’cha ta'limidagi dasturiy talablari. Asosiy tayanch so’zlar: Savodxonlilik, so’zni bo’g’inga ajratish, savodxonlilikning psixologik nuqtalari, savodxonlik tarixi, yangi alifbo, gapni qismlarga ajratish, yangi tovushni o’rganish, bosma harflarni o’rganish, alifbodan so’z va gapni o’qish.
- 12-mavzu: Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash: Reja: 1. Maktabda tayyorlashda bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish ahamiyati. 2. Maktabda o’qish va yozishga o’rgatish davrlari. 3. Analiz va sintiz tovush metodi asosida savodxonlikni takomillashtirish. 4. O’qishga o’rgatish va yozuv ishida dastur materiallari.
- 13-mavzu: Maktabgacha muassasalarda nutq o’stirish ishini tashkil etish: Reja: 1. Bog’chada to’g’ri nutq o’stirish ishining qulay sharoiti. 2. Nutq o’stirish ishining gigienik sharoiti. 3. Atrofdagi kishilar bilan munosabatni shakllantirish. 4. Nutq o’stirish bo’yicha qo’llanmalar. Asosiy tayanch so’zlar: Maktabgacha muassasalar, gigienik talablar, atrofdagi kishilar, ota-ona, kattalar, oshpaz, xizmatchi, tarbiyachi, musiqachi, shifokor, usuliy ishlar.
- 14-mavzu: Bog’chada ishlarni rejalashtirish: Reja: 1. Mashg’ulot bo’yicha bir haftalik ishni rejalashtirish. 2. Mashg’ulot bo’yicha oylik ishni rejalashtirish. 3. Mashg’ulot bo’yicha yillik ishni rejalashtirish. 4. Tarbiyachining ish rejasiga qo’yiladigan talablar. Asosiy tayanch so’zlar: Haftalik reja, oylik reja, yillik reja, guruhlarda nutq o’stirish mashg’ulot rejalari, reja namunalari, rejaga qo’yiladigan talablar.
- 15-mavzu: Bog’chda tarbiyachi, mudira, usuliyotchining burch va vazifalari: Reja: 1. Usuliy yordam va uni nazorat qilish. 2. Tarbiyachining keng va ilg’or tajribalari. 3. Tarbiyachining mutaxassislikdan malaka oshirish va ota-onalar bilan nutq o’stirish ishi bo’yicha tashfiqoti. 4. Ta'lim tizimida bohcha mudiriasi, uslubiyotchi va ularning faoliyatii. Asosiy tayanch so’zlar: Bog’cha mudirasi, usuliyotchi, tarbiyachi, guruhga kirish, nutq o’stirish bo’yicha tarbiyachi ishning qurilishi, o’zaro mashg’ulotga kirish, pedagogik yig’ilish, malaka oshirish, bog’cha mudirasi faoliyati, ilg’or tajriba, noan’anaviy mashg’ulot.