Талабаларда соғлом турмуш тарзини шакллантириш

Ushbu monografiya talabalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish va shu bilan birga ularda kasbiy kompetensiyani shakllantirish, sog'lom turmush tarzi va salomatlik falsafasini shakllantirish ko'nikmalarini egallashga bag'ishlanadi. Unda talabalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirishda muayyan samaradorlikka erishish ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishda qaratilgan maxsus dasturlar asosida talabalarda pedagogik, psixologik, gigienik va fiziologik bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirishga e'tibor qaratilgan. Ushbu monografiya nafaqat talabalar balki magistr va o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyatlarida sog'lom turmush tarzini shakllantirishda xizmat qiladi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Jahon ta'lim tizimida raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlashda sog'lom turmush tarzini shakllantirish kompetentligini rivojlantiruvchi mexanizmlar ta'lim tizimiga tatbiq etilganligi, JSST va YUNESKO tavsiyalari, rivojlangan mamlakatlarning ushbu yo'nalishdagi tajribalari, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimi talabalarida sog'lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatni rivojlantirish, ona va bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish, jismoniy faollikni oshirish, tibbiy-gigienik qoidalarga amal qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash bo'yicha huquqiy me'yoriy asoslarning yaratilganligi va O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ushbu yo'nalishlarning ustuvor vazifa etib belgilanganligi haqida ma'lumot beriladi.
  • I BOB. PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: Sog'lom turmush tarzi tushunchasi, uning zaruriyati va mazmuni, uning nazariy-amaliy asoslari, qonuniyatlari, sog'lom turmush tarzi mezonlari, unga ta'sir etuvchi omillar va sog'lom turmush tarzi konsepsiyasi, strategiyasi va tizimi, shuningdek, sog'lom turmush tarzi komponentlari va ularning birlashgan tizimi, sog'lom turmush tarzi tushunchasining mohiyati va uni shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar, vaziyatlar va usullar, davlat va jamiyatning yoshlar sog'lom bo'lib ulg'ayishiga ta'siri va buning uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
  • II BOB. PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA MOTIVATSIYANI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI: Sog'lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirishning ahamiyati, uning nazariy asoslari, motivatsiyaning turlari (ichki va tashqi), uning rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillar, motivatsiyani rivojlantirish usullari, ta'lim jarayonida motivatsiyaning o'rni, motivatsiya tushunchasiga turli olimlarning qarashlari, motivatsiyaning psixologik asoslari, uning boshqaruvchi funksiyalari, shuningdek, motivatsiyaning qiyosiy va dinamik tavsiflari, talabalarda sog'lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirishda motivatsiyaning o'rni va ahamiyati, uni takomillashtirish usullari va vositalari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • III BOB. TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN MOTIVATSIYANI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI: Talabalarda soǵlom turmush tarzi samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning motivatsiyasi, uni rivojlantirish usullari, ta'lim jarayonida motivatsiyaning o'rni va ahamiyati, motivatsiyani takomillashtirishda uslubiy yondashuvlar, ta'lim bosqichlari, mazmuni, shakllari, usullari va vositalari, samaradorligini oshirish usullari, pedagogik faoliyatda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, talabalarda soǵlom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirish bo'yicha tadqiqotlar va ularning natijalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.