O‘tkir Hoshimov ijodida mavzu va obrazlar talqini
Ushbu bitiruv malakaviy ish Oʻtkir Hoshimov ijodida mavzu va obrazlar talqini
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mazmuning dolzarbligi: Bugungi kundagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar “Yangi O'zbekiston”, “Uchinchi Renesans'ni amalga oshirish uchun eng avvalo bugungi har jabhadan xabardor, bilim salohiyati kuchli, dunyoqarashi keng bir so'z bilan aytganda bugungi "komil inson”ni tarbiyalashi ta'lim sohasi oldidagi muhim vazifalardan bo'lib turibdi. Shuning uchun ham taʼlim sohasiga yangicha nuqtai nazar bilan qarash, har sohani milliy tamoilidan kelib chiqqan holda shakllantirib, jamiyat hayotiga tadbiq qilish, bugungi oldimizdagi yuksak vazifa. Tadqiqotning oʻrganilish darajasi: Oʻzining sermazmun asarlari bilan xalqimiz ko'nglidan joy olgan buyuk adib Oʻtkir Hoshimov ijodiga qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Ijodkorning oʻziga xos uslubi, asarlida ko'tarilgan davr muammolarining xilma-xilligi, insonga xos tuyg'ularning obrizlar orqali tahlil qilinishi va bu tuyg'ularni yosh avlodga yetkazish masalasida koʻpgina adabiyotshunos olimlar, tadqiqotchilar samarali yumushlar olib bormoqda.
- I BOB. OʻTKIR HOSHIMOV ROMANLARIDA DAVR MUAMMOLARI VA UNING BADIIY TALQINI: O'tkir Hoshimov oʻzbek xalqining eng mashhur va sevimli yozuvchilaridan biridir. Adibning “Bahor qaytmaydi”, “Qalbinga quloq sol”, “Nur borki, soya bor”, "Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikka karra ikki-besh" kabi koʻplab qissa, hikoya, romanlari xalqimiz ko'ngil mulkidan joy olgan asarlar. Ularda davr muammolari aks etishi va ularning oqibatlari nihoyatda ishonarli tasvirlangan. Ayniqsa, ularning ichida mustaqillika erishganimizdan so'ng yozilgan “Tushda kechgan umrlar" romani alohida o'rin tutadi. Bu romada o'tgan asarning 80-yillarida avj olgan “paxta ishi”, “oʻzbek ishi
- II BOB. MILLIY AN'ANALAR TASVIRI VA UNING OBRAZ TAKOMILIDAGI BADIIY VAZIFADOSHLIGI: Har bir davr milliy adabiyotining yetakchi xususiyatlaridan biri falsafiy-estetik qarashlarning xalq hayoti, an'analari bilan bog'liqligida namoyon boʻladi. Chunki badiiy asar millat sajiyasining ikkilamchi koʻrinishi boʻlib xarakter to 'laqonligini belgilaydigan hamda estetik mohiyatini yuzaga chiqaradigan tayanch nuqta hisoblanadi.
- III BOB. TAʼLIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING BERILISHI: Oʻzbek adabiyotini darslarida o'quvchining kitobxonlik darajasi, o'qilgan asarni tushunishning chuqurligi aniqlanadi. Oʻzbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. Oʻzbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni oʻrganishdan maqsad oʻzbekning ruhiyatini anglatish orqali o'quvchining ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.
- XULOSA: Bitiruv malakaviy ishimiz “Oʻtkir Hoshimov ijodida mavzu va obrizlar talqini" mavzusida boʻlib, biz unda adibning romanlari, maktab darsligiga kiritilgan hikoya, qissa va romanlarini ilmiy jihatdan tahlil qilib, unda ifodalangan umumbashariy g'oyalarni va unda “inson konsepsiyasi”ni ishlab chiqish hamda o'qitish usullarini oʻrganishga harakat qilganmiz. Shuningdek, romanlarda ko'tarilgan davr muammolari, mavzu va obrazlar talqinini o'rganib ular oʻrtasida uzviy zanjirni aniqladik.