Umumta’lim maktablarida rashod nuri guntekin hayoti va ijodini o‘rgatish

Ushbu kitob, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti, Turkiy Tilllar Fakulteti, Oʻzbek Adabiyoti Kafedrasi tomonidan tayyorlangan va 5111200 – Oʻzbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi 4-„A“ kurs talabasi Saburova Qunduz Erke bay qizi tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishidan iboratdir. Ishning mavzusi «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA RASHOD NURI GUNTEKIN HAYOTI VA IJODINI OʻRGATISH» deb nomlanadi. Kitobda Rashod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi, uning oʻrgatish usullari, maktab ta’limida qoʻllanadigan metodlar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, ishning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari, ishning ilmiy yangiligi.
  • I BOB. ADABIY TA'LIMDA RASHOD NURI GUNTEKIN HAYOTI VA IJODINI OʻRGATISH: 1.1. Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini oʻrgatishning tarbiyaviy-axloqiy asoslari. 1.2. Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanib oʻrgatish.
  • II BOB. UMUMIY ORTA TA'LIM MAKTABLARIDA RASHOD NURI GUNTEKIN HAYOTI VA IJODINI OʻRGATISHNING SAMARALI USULLARI: 2.1. Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini oʻrgatishning innovatsion usullari. 2.2. Umumiy oʻrta ta'lim maktablarida „Choliqushi“ romanini qiyoslab oʻrgatish.
  • III BOB. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING AMALIYOTGA TATBIQI: 3.1. Umumta'lim maktablari dastur va darsliklarida Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodining berilishi. 3.2. Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini oʻrgatish boʻyicha namunaviy dars ishlanmalari.
  • XULOSA: Oʻquvchining shaxsiy sifatlarini shakllantirishda adabiyot fani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yozuvchining ijod dunyosiga kirishi va shu orqali bola ongi va didini oʻstirish asosiy maqsad hisoblanadi. Darslik va majmualardan oʻrin olgan oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining oʻquvchi fikrini boyitish va hissiyotlarni tarbiyalashda ahamiyatlidir. Rashod Nuri Guntekin turk adabiyotining zabardast vakili. Yozuvchi oʻz asarlarida oʻsha davrdagi jamiyat hayotiga xalaqit bermasdan xalq hayotidan kelib chiqib odamlar hayotini tasvirlashi bilan izohlanadi. Hozirgi kunda Turkiyaning koʻplab mintaqalaridagi maktab, teatr va koʻchalarga adib nomi berilgan. Umumta'lim maktablarida Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini zamonaviy interfaol metodlar vositasida o'rgatish o'quvchilarni ma'naviy barkamol insonlar sifatida tarbiyalashda muhim vazifa bajaradi. Shuning uchun ham maktab adabiyot dastur va darsliklari tinimsiz oʻzgarib turgan hozirgi sharoitda adib asarlarini o'rgatish nazardan chetda qolmasligi kerak. Yozuvchi asarlari oʻquvchilarning yosh va ruhiy xususiyatlariga qanchalik mos kelishini hisobga olib ish koʻrish katta didaktik ahamiyat kasb etadi. Zero, oʻquvchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqdorda berilgan badiiy ozuqagina oson yuqadi hamda yoshlarda ezgu ma'naviy sifatlar qaror topdirishga xizmat qiladi. Yozuvchining hayoti va ijodi hamda „Choliqushi" romanini o'rgatishga bag'ishlangan dars mashg'ulotlarida ilg'or xorijiy tajriba va an'analardan samarali foydalanish dars sifatining oshishiga hamda darsdan kutilgan maqsadning to'liq amalga oshishiga bevosita xizmat qiladi. Ular oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg'ulot turidir. Bu orqali o'qituvchi va oʻquvchi oʻzaro hamkorlikda ishlaydi. Oʻquvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog'onaga ko'tariladi. O'qituvchi shu tarzda oʻquvchilarni faollashtiradi, oʻzlashtirishi past oʻquvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi. Interfaol usullarni qoʻllash natijasida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oʻz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Yuqorida keltirilgan zamonaviy metodlar oʻquvchida mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk shaxs boʻlib tarbiyalanishiga yordam beradi. Oʻzbek va turk adabiyotining bir-biriga o'xshash tomoni shundaki, har ikki millat ham mentalitet, ham urf-odat jihatidan bir-biriga yaqin hisoblanadi. Turkiy xalq hisoblangan bu ikki millatning o'xshash tomonlari ularning adabiyotida ham aks etadi. Chunki adabiyot oʻsha xalqning dunyoqarashi, urf-odatlari, mentalitetining oʻzgusidir. „Choliqushi“ romanidagi obrazlar oʻrtasidagi munosabatlar, badiiy tasvir vositalarini oʻzbek adabiyoti tarixidagi, ayniqsa, avvalgi sinflarda oʻqitilgan asarlarning aynan shunga yaqin qahramonlar qismati bilan qiyoslab oʻrgatish oʻrinlidir. Bunday tasavvur oʻquvchilarda qardosh xalqlarning asarlari va ulardagi obrazlar bilan bilan solishtirib, qiyoslab oʻrganish malakasini hosil qiladi. Qolaversa, o'quvchilarda darslikdagi „Choliqushi“ romanidan taqdim etilgan parchaning davomini o'qishga, asar qahramonlarining taqdiri qanday yakun topishini bilishga qiziqish va ishtiyoq tug'iladi. Badiiy asarlarni bir-biri bilan solishtirib, qiyoslab oʻrgatish usuli oʻquvchilarda romanni toʻliq oʻqishiga rag'bat uyg'otadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizdan o'rin olgan barcha metod va usullar o'quvchilarni teran fikrlashga, asar g'oyasini tushunishga va shu orqali oʻquvchilarning tarbiyalanishida muhim rol o'ynaydi.